Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.3. Sharxlash prinsiplari va qoidalari
- Mantiqiy sharxlash
- Teologik sharxlash
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR
168 va erkinliklarni asosiy deb bilishadi. Ularning fikriga ko’ra yuridik ahamiyatga faqatgina normaning qabul qilingan matni ega bo’ladi, holos. Tomonlarning matnda ko’rsatilmagan xohish-istaklari ahamiyatga ega emas. Rasmiy matnning tarkibiga kiritilmagan normalar va og’zaki kelishuv holatlar mavjud bo’lgan matn tadqiq qilishning yagona ob’ekti bo’la olmaydi. Bundan kelib chiqadiki “tekstualistlar” maktabi rasmiyatchilik bilan xarakterlanadi. Ijobiy jihat faqat sharxlash vositalari orasida markaziy vosita matnning holati alohida belgilanishi hisoblanadi. “Teologiya” maktabi tarafdorlari normaning ma’lum maqsad uchun xizmat qiladi va tegishli funktsiyani bajarishidan kelib chiqib, maqsadga erishish va funktsiyalarini bajarilishi ta’minlanishi uchun sharxlanishi lozim deb ta’kidlaydilar 1 . 9.3. Sharxlash prinsiplari va qoidalari Prinsiplar sharxlashning birmuncha umumiy bo’lgan tartib- qoidalarini o’zida aks ettiradi. Ular orasida markaziy o’rin xalqaro huquqiy majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipidir. Xalqaro huquq normalari vijdonan bajarilishi va o’z navbatida adolatli sharxlanishi lozim. Vena Konvensiyalari bu prinsipni sharxlashning umumiy qoidasidagi asosiy tarkibini aniqlashtiradi: “Shartnoma uning matnidagi atamalarga berilgan oddiy ma’nodan, shartnomaning maqsadi va ob’ektidan kelib chiqib vijdonan sharxlanishi lozim” (31-modda, 1-band). Ushbu prinsipning ahamiyati Xalqaro Sud tomonidan ko’p bora e’tirof etilgan. Yadro qurollarni sinab ko’rish to’g’risidagi masala yuzasidan chiqarilgan qarorda shunday deyiladi: “Manbasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, huquqiy majburiyatlarning yuzaga kelishi va bajarilishini tartibga soluvchi prinsiplardan biri, adolatlilik prinsipi hisoblanadi. Ko’plab sohalarda o’zaro hamkorlik taboro muhimlashib borayotgan asrda xalqaro hamkorlikda ishonch muhim ahamiyatga ega”. Bunda adolatlilik, ishonchlilik prinsipining ishonch va haqqoniylik kabi elementlariga urg’u beriladi. Sharxlashning keyingi prinsipi, samaradorlilik prinsipi hisoblanadi. Ushbu prinsipni tushinish uchun, 1995 yil 2 oktyabrdan Sobiq Yugoslaviya uchun Xalqaro Tribunalning qarorini keltirib o’tish lozim: shu tariqa, mavjud xalqaro huquq nuqtai nazaridan kelib chiqib, “mumkin 1 Robert Kolb. The Law of Treaties (An Introduction). - Cheltenham, UK; Northampton, MA, USA: Edwarb Elgar Publishing, 2016. – P.145.; 169 bo’lgan doirada statut ushbu maqsadning samaradorliligini, ta’sirchanligini ta’minlagan holda sharxlanishi lozim”. Samaradorlilik prinsipi shartnomaning maqsadi va ob’ektiga muvofiq ravishda sharxlanishi talab etadigan Vena konvensiyalarida o’z aksini topgan. Shartnoma maqsadining kelgusida shakillanib borishi – samaradorlilik prinsipining asosiy talabi. Navbatdagi prinsip, huquqiy jihatdan to’g’rilik prinsipi. Sharxlash tomonlarning boshqa turdagi majburiyatlari va xalqaro huquq normalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi va ularni buzilishiga olib kelmasligi lozim. Qonunlarni isloh qilish huquqni buzilishiga olib kelmaydi. Prinsip jiddiy ahamiyatga ega. Aytib o’tilganiday, bir tomonlama sharxlash normalarning buzilishini to’g’irlash uchun ishlatiladi. Huquqiy jihatdan to’g’rilik prinsipi sharxlashning yaxlitlik prinsipi bilan bog’liq. U xalqaro huquq normalari barcha holatlarda bir xilda sharxlanishi lozimligini anglatadi. Normalarni bir holatda boshqacha, yana bir boshqa holatda boshqacha sharxlash mumkin emas. Sub’ektlarni xurmat qilish prinsipi davlatlarning suveren jihatdan tengligi prinsipidan kelib chiqadi. Sharxlash natijalari sub’ektlarning faqat bittasiga tegishli huquqlarni bir tomonlama ta’qiqlab qo’ya olmaydi. Sub’ektlardan birining huquqlarini ta’qiqlovchi tegishli normalar chegaralangan bo’lishi kerak. Zamonaviy xalqaro huquqning o’ziga xos xususiyati, undagi adolatlilik prinsipining mustahkamlanganligi hisoblanadi. U sharxlashda ham muhim rolga egadir. Sharxlashning natijalari sub’ektlardan birining qonuniy manfaatlarini bir yoqlama chegaralashi mumkin emas. Adolatlilik prinsipi tadqiq qilishning boshqa vijdoniylik, huquqiy jihatdan to’g’rilik, sub’ektlarning haq-huquqlarini xurmat qilish kabi prinsiplari bilan bog’liq. Sud jarayonlarida amalga oshiriladigan sharxlashda bu prinsip alohida ahamiyatga ega. Sharxlashning asosiy qonun-qoidalari quyidagilar: Normalardagi mavjud atamalarning, matnni hisobga olgan holda, asl ma’nosi tushunilishi lozimligi (matndan kelib chiqqan holda normalarda ishlatilgan atamalar o’zining oddiy ma’nosiga muvofiq keluvchi ma’noda tushunilishi), atamalarga faqatgina tomonlarning xohish-istagidan kelib chiqib alohida ma’no berish mumkin. Xalqaro Sudning 1950 yil, Bosh Assambleyaning davlatlarni BMTga qabul qilishga tegishli bo’lgan vakolati haqidagi konsultativ xulosasida shunday deydi: “Sudning Shartnoma holatini sharxlashga qaratilgan birinchi majburiyati - ularni 170 matnda mavjud bo’lgan asl va oddiy ma’nosiga ko’ra harakatga keltirishdir. Agarda tegishli so’zlar ma’nosi matnda ham o’zining asl va oddiy ma’nosiga mos ravishda keltirilgan bo’lsa, u holda ishga yakun yasaladi. Agarda, boshqa bir tomondan so’zlarning asl ma’nosi aniqlanmagan yoki noo’rin tushunchalarga olib keladigan bo’lsa, faqat o’shandagina Sud sharxlashning boshqa bir vositalari yordamida, tomonlar aslida bu so’zlarni ishlatish orqali nimani nazarda tutgan bo’lsalar o’sha narsani aniqlashga harakat qilishi lozim 1 . Maxsus normaning qoidasi – huquqning umumiy prinsipi. Sharxlash maxsus normalarni umumiy normalar oldidan sharxlash vakolatidan kelib chiqishi lozim. Gap umumiy imtiyoz, maxsus normalar umumiy normalarni bekor qilishiga yo’l qo’yuvchi kuchliroq yuridik kuch haqida emas, aynan sharxlash imtiyozi haqida bormoqda. Maxsus normalar umumiy normalarni aniqlashtiradi, oydinlashtiradi va to’ldiradi, ba’zida esa istes’nolar ham qiladi. Maxsus normalarning tadbiq qilish imtiyozini e’tirof etgan holda, ularni keng ko’lamda sharxlash kerak emas. Bunday normalar, ular to’g’ridan-to’g’ri qo’llanilishi ko’zda tutilgan hollarda va ular belgilanishiga qat’iy mos kelgan ravishda qo’llaniladi. Bir tildagi qonunlarni sharxlashdagi mavjud qiyinchiliklar barchaga ma’lum. Bu qiyinchiliklar bir nechta tildagi matnlarni sharxlashda bir necha barobar ortadi. Har bir tilning o’z semantikasi mavjud bo’lib, ular turli xildagi huquqiy tizimlarning yanada muhimroq bo’lgan atamalari va tushunchalarni o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. 10.3. Sharxlash usullari Sharxlashga oid bir tushunchani ifodalash uchun adabiyotlar va amaliyotda turli xil atamalar: uslub, usul, yo’nalish, tur kabilar ishlatiladi. Bu sharxlash masalasining nafaqat yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi bilan, balki bu atamalar ma’nosi turli tillarda bir xil emasligi bilan ham izohlanadi. Mazkur sharxlash usullari ko’pchilik adabiyotlarda quyidagicha ifoda etilgan: Universal shartnomalar odat normalarga nisbatan olib qaraganda, davlatlar munosabatlarini bir qisminigina qamrab oladi. Shuning uchun sharxlashda shartnomaviy va odat normalarning o’zaro harakatini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Maxsus-yuridik sharxlash yuridik tushunchalar, turkumlar, maxsus yuridik bilimlar asosida ham yuzaga 1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.271- 273. 171 keladi. Bu nuqtai nazar turli xildagi huquqiy tizimga ega bo’lgan davlatlarda yuridik atamalarning ma’nosi mavjud tushunchani ifodalash uchun mos kelmay qolishi ham mumkin. Ayrim atama va tushunchalar ayrim davlatlarning huquqiy tizimida mavjud bo’lsa, boshqalarinikida bo’lmasligi mumkin. Shu tariqa maxsus-yuridik sharxlash davlatning ichki huquqiga ham oid bo’lishi mumkin. Ma’lumki, Vena Konvensiyasi davlatning shartnomadagi belgilangan majburiyatlariga rozilik berishi, uning shartnoma tuzish vakolatiga oid bo’lgan ichki qonunining buzilishi bois, ushbu majburiyatlarga rozilik bera olmasligini bildirishga haqli emasligini belgilab qo’ygan, ya’ni shartnoma ishtirokchisi hisoblanuvchi davlat, shatnomadagi majburiyatlarni bajarish yoki biror bir holatga rozilik berishning oqibatlari, o’sha davlatning ichki qonunlarining buzilishiga olib kelishini baxona qilishi, ichki qonunlar majburiyatlarni bajarishga yo’l qo’yolmasligini ro’kach qilmasligi lozimligini e’tirof etadi. Istisnoli holatlar ham mavjud bo’lib, bunday holatlar alohida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ichki huquq normalari yaqqol buzilgan, yoki qo’pol ravishda buzilgan holatlar hisoblanadi (46-modda). Konstitutsiyaviy huquqni sharxlash yordamida normalarning maxsus, alohida ahamiyatga ega ekanligini aniqlab olish lozim. Shulardan kelib chiqqan holda aytish joizki, shartnomalarni ichki qonun-qoidalarga asoslangan holda inkor etish chegaralangan. Xalqaro huquq normalarining odat yoki shartnomaviy bo’lishidan qat’iy nazar, har qanday holatda ham so’z orqali shakllanadi va birinchi navbatda grammatik jihatdan tahlil qilinadi. Eng so’ngida esa, umumiy Maxsus sharxlash – xalqaro-huquqiy normalarning yuridik tavsifini oydinlashtiradi. Mazkur sharxlash orqali norma harakatda ekanligi, huquqiy jihatdan qabul qilinishi, tadbiq qilinishi, uning harakatlanadigan sub’ektlar doirasi kabi masalalar belgilab oladi. Grammatik sharxlash - so’zlarni, atamalarni, etimologiyadan kelib chiqib hamda, tilning sintaksisi, xatto stilistikasi nuqtai nazaridan kelib chiqib normalar matnini taxlil qilish orqali ularning ma’no- mohiyatini aniqlashtirishni anglatadi. 172 tarzda qo’llaniladigan ma’no beriladi. Bunda vaqt o’tishi bilan so’zlarning semantikasida ham ma’lum bir o’zgarishlar bo’lishini inobatga olish lozim. So’zlar va atamalarga normalar yaratilishida ishtirok etuvchi sub’ektlar ma’no berishi lozim. Faqat umumiy kelishilgan holda, sub’ektlar biror-bir atamaga umumiy, ananaviy ishlatilinadigan ma’nosidan ko’ra yaxshiroq, mosroq keluvchi boshqa ma’no berishsagina, o’sha atama o’zgacha ma’noga ega deb hisoblanadi. Bunda ham istisnoli holatlar mavjud bo’lib ularga maxsus atamalar (texnik, ilmiy va san’at soxasida) kiradi. Bu turdagi atamalarga o’zining ananaviy ma’nosida boshqacha ma’no berib bo’lmaydi. Grammatik sharxlashning navbatdagi bosqichi bu – butun bir gap ma’nosini aniqlash. Bu bosqichda gap bo’laklari, gapning grammatik va ma’no tuzilmasi aniqlanadi. Grammatik sharxlashda qo’shimchalar, tinish belgilari, gap bo’laklarining bir-biriga mos kelishi alohida ahamiyatga ega. Taxlil predmeti bunda so’z emas, balki so’z va ularning ma’nolari bilan anglanituvchi tushunchalar hisoblanadi. Albatta mantiqiy jihatdan sharxlash har qanday sharxlash usulida ham qo’llaniladi biroq, aynan mantiqiy sharxlashda mantiq eng birinchi darajaga chiqadi. Shuni aytib o’tish joizki, yuqorida aytib o’tilgan holat, ozmi-ko’pmi qaysidir darajada, sharxlashning barcha turlari, usullariga tegishli bo’la oladi. Mantiqiy sharxlash ayniqsa, norma bir nechta ma’noda tushunilishi mumkin bo’lgan holatlarda samarali hisoblanadi. Mantiqiy sharxlash yo’li bilan mantiqiy jihatdan to’g’ri bo’lganini ko’rsatish mumkin. Bu shart-sharoitlar sub’ektlarning xohish-istaklari va ularni amalga oshiruvchi normalarda o’z aksini topadi. Ularning taxlili natijalari normalarning asl maqsad va mohiyati tarkibini aniqlashda yordam beradi. Tarixiy sharxlash Xalqaro Sud amaliyotida ishlatiladi. Xalqaro Sudning arbitraj to’g’risidagi qarorida (1991 yil) shunday deyiladi: “Ko’rsatib o’tilgan dalillarning ma’nosini belgilash uchun, arbitraj bitimlari tayyorlangan shart-sharoitlarga murojaat qilish foydali.” Mantiqiy sharxlash – mantiq qonun-qoidalariga asoslanga holda normalar matnini taxlil qilishni anglatadi. Tarixiy sharxlash – normalar tarkibini, ularning tarixiy yaratilishi shart-sharoitlariga ko’ra taxlil qilish. 173 Bundan ko’rinib turibdiki, shartnomalarning tuzish jarayonlariga murojaat qilish, ma’lum bir dalillarni tasdiqlash maqsadida amalga oshirilgan tadqiqotlarga qo’shimcha vosita sifatida ishlatiladi. Odatda tarixiy sharxlashni faqat o’tmish bilan bog’lashadi. Shuningdek, sharxlash normalarni amalga oshirilish vaqtining tarixiy shart-sharoitlari, ixtiyoriy ravishda ularning rivojlanishidagi tendensiyalarni ham hisobga olmay qolmaydi. Mavjud tarixiy shart- sharoitlarni inobatga olgan holda va ishtirokchilarni inobatga olgan holda sharxlash siyosiy sharxlash bilan bog’lanib ketadi. Siyosiy shart-sharoitlarni hisobga olmay turib normalarni to’g’ri sharxlashning imkoni yo’q. Nafaqat normalarning o’zi, balki ularni sharxlash ham siyosatning quroli hisoblanadi. U davlatlar tomonidan ularning siyosiy manfaatlarida faol ishlatiladi. Ushbu sharxlash usulining mohiyati qay darajada ekanligini Vena Konvensiyasining sharxlashga bag’ishlangan moddasining 1-bandidayoq bayon qilinganligidan bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu usulning ahamiyati xalqaro sudlar amaliyotida ham e’tirof etilgan. Masalan, 1995 yil 2 oktyabrdan Sobiq Yugaslaviya ishi uchun Xalqaro Tribunal chiqargan qarorlarida, mazkur usulga butun bir bo’lim bag’ishlangan. Ob’ekt va maqsad sharxlash uchun nechog’lik muhim ekanligi Xalqaro Sud tomonidan bir necha bor e’tirof etilgan. Teologik sharxlash o’z mohiyatidan kelib chiqib, sharxlashning alohida usuli sifatida qabul qilingan. Shu bilan birga aytib o’tish lozimki, ushbu usul tobora katta ahamiyat kasb etib borayotgan tizimli sharxlash usulining qismi hisoblanadi. Ushbu usulda quyidagi asosiy holatlar inobatga olinadi: a) norma uning maqsadi va ob’ektiga binoan sharxlanishi lozim; Siyosiy sharxlash – normalar tarkibini, ular yaratilgan vaqtdagi siyosiy shart-sharoitlar, vaziyatlarni hisobga olgan holda va ishtirokchilarning siyosatini inobatga olgan holda aniqlashtiradi. Teologik sharxlash – normalarni ob’ekti va maqsadlariga binoan sharxlash. Tizimli sharxlash – normalarni boshqa xalqaro huquq normalari bilan o’zaro bog’liqligiga ko’ra taxlil qilish. 174 b) sub’ektlar normalarni vujudga kelishi jarayonida tuzishga erishgan har qanday kelishuvlari hisobga olinadi; c) norma uni tashkil etgan aktlarning asosiy qismi sifatida talqin qilinishi lozim; d) boshqa sub’ektlar tomonidan qabul qilingan, normaga oid bo’lgan har qanday hujjati inobatga olinadi; e) sharxlashga yoki normalarni qabul qilishga doir sub’ektlarning qabul qilgan har qanday bitimlari hisobga olinadi; f) normalarning sharxlanishi amaliyoti hisobga olinadi; j) sub’ektlar o’rtasida qabul qilingan har qanday tegishli xalqaro normalar inobatga olinadi. Normativ sharxlashning asosiy ko’rinishi, sub’ektlarning o’zlari tomonidan amalga oshiriluvchi rasmiy sharx yoki autentik sharx hisoblanadi. Bir tomonlama sharxlash boshqa nuqtai nazaridan normativ bo’lishi mumkin. Demak, davlat tomonidan normalarni sharxlash uning barcha idoralari uchun normativ va majburiy hisoblanadi. Xalqaro tashkilotning yuqori idorasi tomonidan amalga oshirilgan sharxlash esa uning quyi idoralari uchun normativ va majburiy hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi ma’lum bir holatda normalarni to’g’ri sharxlanishini ta’minlashdan iborat. Xalqaro huquq normalarini sharxlashning aloxida o’ziga xos ko’rinishi – normativ maslaxatli sharxlashdir. U barcha holatlarda tadbiq qilinuvchi normalarning umumiy tarkibini aniqlashtiradi va ayni paytda kazual sharxlashdan farq qilishi bilan xarakterlanadi. Uning yana bir boshqa o’ziga xos xususiyati – maslahat (tavsiya) xarakteri mavjudligi. Xalqaro idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan bunday sharxlash turi nafaqat mavjud normalarning tarkibini aniqlashda, balki uning rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Normativ sharxlash - norma faoliyati ko’lamiga tushishi mumkin bo’lgan barcha holatlarda tadbiq qilinuvchi normalarning umumiy tarkibini aniqlashtirishni aks ettiradi. Kazual sharxlash - normalarning ular tadbiq qilinayotgan jarayonda sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladigan sharxlash tushuniladi. 175 MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalar huquqida sharxlash institutini ko’rib chiqishlari, xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Xalqaro shartnomalarni sharxlash kimlar tomonidan amalga oshiriladi? 2. Sharxlangan xalqaro shartnomalarni xalqaro shartnomalar huquqining manbasi sifatida qabul qilish mumkinmi? 3. Xalqaro shartnomalarni sharxlash masalasida xalqaro tashkilotlar ahamiyati qanday? 4. Xalqaro shartnomalarni sharxlash prinsiplarining o’ziga xos xususiyati nimada? 1 KAZUS. BMT a’zolari o’rtasida tuzilgan ko’p tomonlama xalqaro shartnomani amal qilishida uning taraflaridan biri bo’lgan Tunis davlatida shartnomada belgilangan qoidalarga nisbatan e’tiroz paydo bo’ldi va uni sharhlashni so’radi. Shartnomaning boshqa bir ishtirokchisi bo’lgan AQSH Tunisning e’tirozi shartnoma qoidalariga nisbatan emas, balki uning kirish qismiga nisbatan ekanligini va bu shartnomani rasmiy sharxlash uchun asos bo’la olmasligini ta’kidladi. 1) Xalqaro shartnomalarni sharxlashni kim amalga oshiradi? 2) Xalqaro shartnomani sharxlash qamrovi qanday? Tunisning talabi o’rinlimi? 3) Xalqaro shartnomalarning sharxlashda qo’shimcha vositalar qaysilar hisoblanadi? 2 KAZUS. Kanada va Fransiya davlatlari o’rtasida tuzilgan shartnomada lingvistik jihatdan tushunmovchilik kelib chiqadi. Har ikki davlatning rasmiy tili fransuz tili ekanligini hisobga olib, tomonlar avvalboshdanoq, shartnomani Fransiya davlatida amal qiluvchi fransuz tilida tuzishga o’zaro kelishib olgan. Keyinchalik Kanadadagi fransuz tilidagi ma’noviy jihatdan Fransiyadagi fransuz tiliga mos kelmaydigan so’zda anglashilmovchilik holati kelib chiqqan. Tomonlar o’zaro kelishuvga erisholmagach, Fransiya shartnomaga xalqaro huquqshunos olimlar, huquqshunoslar va advokatlar, Kanada esa tuzilgan shartnoma sohasida faoliyat ko’rsatuvchi xalqaro tashkilotlar sharh berishini ilgari suradi. Shuningdek, Kanada shartnomani aynan muammoli qismini sharhlanishini, Fransiya esa shartnomani, keyinchalik boshqa muammolari ham yuzaga kelmasligi tufayli, to’liq hajmiga nisbatan sharh berilishini bildiradi. 1) Shartnomani sharhlovchi sub’ektga nisbatan tomonlarning qaysi birining pozitsiyasi to’g’ri? 176 2) Sharhlash shartnomaning butun hajmiga nisbatan tadbiq etilishi mumkinmi? Xalqaro shartnomalarni sharhlash qamrovi tushunchasini yoritib bering. MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Istalgan xalqaro shartnomani tanlang. Mazkur shartnomaning eng kamida ikkita normasini nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalardan foydalangan holda sharxlashga harakat qiling. Ushbu shartnomaga nisbatan dunyoning yetakchi olimlari bergan sharxlashlari mavjud bo’lsa o’rganish va uni tahlil qilish lozim. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 177 XI. XALQARO SHARTNOMALARGA NISBATAN DAVLATLARNING HUQUQ VORISLIGI (yuridik fanlar nomzodi Azimov Mirvohid Mirilyasivich) Annotatsiya. Mazkur bobda xalqaro shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligining umumiy masalalari, vorislikning kelib chiqish sabablari va oqibatlariga bag’ishlangan masalalarini o’rganadi. 11.1. Umimiy qoidalar 1978 yilda mazkur masala bo’yicha xalqaro shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to’g’risidagi Konvensiya qabul qilindi. U butun tafsilotlari bilan qabul qilingan mufassal hujjat hisoblanadi. Ma’lumki, Konvensiya loyihasining muzokarasi diplomatik Konferensiyalarning ikki sessiyasini egalladi 1 . BMT Bosh Assambleyasi huquqiy vorislikka tegishli bo’lgan o’z rezolyutsiyalarida kodifikatsiya Ikkinchi jahon urushidan so’ng mustaqillikka erishgan davlatlarning fikrini hisobga olishi lozim deb ta’kidlagan 2 . Xalqaro huquq komissiyasi gap yangi mustaqil davlatlar haqida ketganda, zamonaviy amaliyot oldin mavjud bo’lgan presedentlarni o’zgartirishini e’tirof etgan. Shu bilan birga asosiy qoidalar bugun ham saqlanib qolingan. Shuning uchun davlat amaliyoti qay darajada faqat siyosatni ifodalashi va qay darajada yuridik huquq va majburiyatlarni ifodalashini aniqlab olish vazifasi qo’yilgan. Yangi mustaqil davlatlarning huquqiy vorislik masalalarini hal qilishda zamonaviy presedentlar BMT Ustavining prinsiplarini hisobga olgan holda amaliyotni aks ettirishi muhim 3 . Konvensiya muqaddimasida avvalambor xalqaro hamjamiyatda dekolonizatsiya jarayoni bilan bog’liq chuqur o’zgarishlarga alohida urg’u berilgan. Ayrim mualliflar huquqiy vorislik to’g’risida gapirish noo’rin deb hisoblaydi 4 . Aksariyat huquqshunoslar huquqiy vorislikni bir davlat hududining ikkinchisiga o’tish fakti sifatida baholashadi. Bu fikr davlat 1 Qarang: U.N. Conference on the Succession of States in Respect of Treaties. Vol.I. 1977; Vol. II and III 1978. 2 Qarang, masalan: 1962 yil 20 noyabrdan 1765 (XVII) rezolyutsiyasi, 1963 yil 18 noyabrdan 1902(XVIII) rezolyutsiyasi 3 Qarang: YILC.1974. Vol. II.Part One. P. 167. 4 Qarang, masalan: Do’ring K. Volkerrecht. Heidelberg. 1999. S.74. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling