Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
d) Davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga pora berib o’z tomoniga
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU BO’YICHA XULOSALAR
- MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
d) Davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga pora berib o’z tomoniga og’dirish. Pora berib o’z tomoniga og’dirish davlatlarning jinoiy qonunchiligiga ma’lum. Bu jinoyat davlatlararo munosabatlarga ham tegishli. Shunday bo’lsada rasmiy xalqaro amaliyotda bu turdagi ko’rib chiqilgan ishlar uncha ko’p emas. Sababi zamonaviy davlatlar o’zining xalqaro nufuzini o’ylab, bu kabi masalalarni ko’tarmaydi. Bunday faktlarning chop etilishi bundan tashqari mamlakat ichida hukumatga oppozitsiyani (muholifatni) kuchaytirishga yordam berishi mumkin. Agar tarixga nazar solsak, O’rta asrlar diplomatiyasida o’z maqsadiga erishish uchun yolg’on va pora berish keng ishlatilganini ko’rishimiz mumkin 3 . 1 Vattelg’ E. de. Xalqlar huquqi. M., 1980. B.350 2 Qarang: YILC.1979. Vol. II.Part Two. P. 241. 3 Qarang, masalan: Picavet C. La diplomatie francaise de Lois XIV. Paris, 1930. P. 89. 159 Xalqaro huquq komissiyasi dastlab loyihaga poraxo’rlik to’g’risidagi moddani kiritmagan. Keyinchalik ham ayrim Komissiya a’zolari bu moddaga qarshi bo’lgan, unga zarurat yo’q deb hisoblashgan, chunki korrupsiya ularning fikricha yolg’on to’g’risidagi modda ta’siriga tushadi. Shunga qaramay muzokaraning aksariyat ishtirokchilari boshqa davlat vakilini pora berish yo’li bilan o’ziga og’dirish kelishuvga putur yetkazadi hamda yolg’on bilan taqqoslaganda u o’z davlati nomidan rozilik bildirishi umuman boshqacha bo’ladi deb hisoblaydi. Buning natijasida loyihaga pora berib o’z tomoniga og’dirish haqida alohida modda kiritildi 1 . Bunda Xalqaro huquq komissiyasi pora berib o’z tomoniga og’dirish bu - shartnoma tuzishda davlat vakilini pozitsiyasiga katta ta’sir ko’rsatuvchi harakatlar tushunilishini ta’kidladi. Vakilga uncha katta bo’lmagan sovg’alar berish modda ta’siriga tushmaydi. Bunda pora berish yo’li bilan o’z tomoniga og’dirish harakatlari bevosita yoki bilvosita muzokara olib boruvchi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Pora berib o’z tomoniga og’dirish oqibatlari xuddi yolg’on oqibatlariga o’xshash. 1968 – 1969 yillardagi Vena konferensiyalarida yolg’on va pora berish to’g’risidagi moddalar batafsil muhokama qilingan. Chili, Yaponiya va Meksika delegatsiyalari pora berib o’z tomoniga og’dirish to’g’risidagi moddani olib tashlashni taklif qilishdi 2 . Chili vakili yolg’onga tegishli pretsedentlar yo’qligiga ishora qildi. Xattoki shunday holatlarda ham, agar davlat aldangan bo’lsa, u o’zining mansabdor shaxslarini vakolatsiz bo’lib qolishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladi. Meksika delegatsiyasi fikricha, pora berish qonuniy harakat ekanligini hech kim tasdiqlab o’tirmaydi. Ammo bu harakat yolg’on haqidagi modda bilan qamrab olingan. AQSH delegati yolg’on to’g’risidagi moddaga qarshi chiqdi, unga ko’ra boshqa davlat uni yanglishtirishi asosida davlatga o’z roziligini haqiqiy emas deb e’tirof etishga ruxsat shartnomaviy munosabatlarning barqarorligiga putur yetkazadi. Buyuk Britaniya fikri ham shunga o’xshash edi. Yaponiyaning fikricha, davlat pora olishga moyilligi bo’lgan vakilni tanlasa, uning o’zi o’z tanlovidan qiynaladi. Sovet Ittifoqi (SSSR) mazkur moddalarni olib tashlashga qarshi chiqdi. Davlatlar qadim zamonlardan tengsiz shartnomalarni tuzishda yolg’on va pora berishga murojaat qilishgan. Hammaga ma’lumki, masalan, 1903 yilgi Panama kanali to’g’risidagi shartnomani tuzishda 1 Qarang: YILC.1966. Vol. II. P. 245. 2 Qarang: U.N. Conference on the Law of Treaties. First session. 1968. P.255. 160 Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Panama hukumati ataylab adashtirilgan. Ayrim delegatsiyalar yolg’on va pora berib o’z tomoniga og’dirish shartnoma ratifikatsiya qilingan yoki jamoa organi tomonidan tasdiqlangan holatlarga tegishli emas deb ta’kidlagan. Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy shartnomalar murakkab huquqiy tuzilmani anglatadi. Shuning uchun parlament deputatlari har doim ham yolg’on va pora berish natijalarini aniqlay olmaydi. 9.3. Xalqaro shartnomalarning mutloq haqiqiy emasligi a) Davlat yoki xalqaro tashkilot vakillarini shartnomaga rozilik bildirishga undash. Davlat vakillarini shartnomaga rozilik bildirishga undash diplomatik amaliyotda uchrab turadi. Napoleon 1797 yilda Avstriya vakilini do’q- po’pisa va qo’rqitish yo’li bilan uning Frantsiya bilan shartnomasini imzolashiga erishgan. 1905 yil Yaponiyaning Koreya anneksiyasi to’g’risidagi shartnomani koreya imperatori yapon harbiy soqchilari qurshovida imzolagan. 1939 yilda Chexoslovakiya ustidan protektorat haqidagi Germaniya bilan bo’lgan shartnomani chexoslavakiya prezident tomonidan imzolashiga nemis havo kuchlarining Pragani bombardimon qilish havfi bilan bog’liq holat majburlagan. Xalqaro huquqning an’anaviy doktrinasi vakilni majburlashni kuch ishlatish asosida shartnomani haqiqiy emas deb topishning yagona holati sifatida ajratdi. I.Blyunchli fikricha, agar bir tomon vakili ikkinchi tomonning kuch ishlatish yo’li bilan shartnomaga rozi bo’lishga majburlangan bo’lsa, u holda bunday kelishuv haqiqiy emas deb hisoblanadi 1 . Bu qoida davlatlarga nisbatan majburlov doimiy holat bo’lgani bilan izohlanadi. Nazariya va amaliyotning tahlili shunga guvohlik beradi, unga ko’ra vakolatli shaxsni undash natijasida tuzilgan shartnomani haqiqiy emas deb hisoblash haqidagi xalqaro huquqning odat normasi qadimdan mavjud bo’lgan 2 . 1969 yildagi Vena konvensiyasi moddasini qo’shish lozim. 1986 yil Xalqaro tashkilotlar ishtirokida o’tkazilgan xalqaro shartnomalar huquqi bo’yicha Vena konferensiyasida Xalqaro huquq komissiyasi takliflari o’zgarishsiz qabul qilindi. 51-modda “Davlat yoki 1 Qarang: Bluntschli J. Droit international codife. Paris, 1870.P. 357. 2 Qarang: Sandorski J. Op.cit. 1978.S.132 161 xalqaro tashkilot vakilini majburlash” ga muvofiq, shartnomani bajarish bo’yicha davlat yoki xalqaro tashkilot roziligi uning vakilini unga qarshi yo’naltirilgan harakat yoki tahdid bilan majburlash natijasida ifodalangan bo’lsa, u hech qanday yuridik ahamiyatga ega emas. A.N.Talalaev bu moddani sharhlash jarayonida kuch tushunchasiga juda keng izoh berdi: “...”Kuch” yoki “majbur qilish” tushunchasi zamirida kuch ishlatishning har qanday shakllari: harbiy, iqtisodiy, siyosiy, jismoniy, psixologik va boshqalar tushunilishi lozim” 1 . b) Davlat yoki xalqaro tashkilotlarni kuch xavfi yoki kuch ishlatish yo’li bilan majbur qilish. Xalqaro munosabatlarning butun tarixi davomida kuch hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Shu munosabat bilan har bir xalqaro shartnomani ishlab chiqish va tuzishda tomonlarga u yoki bu darajada bosim o’tkazilish holatlari kuzatilib turadi. Huquqshunoslar bunday holatni tan olib, o’z qarashlarini bayon qilishgan. X.Uoldok fikriga ko’ra, “majbur qilish” deganda siyosiy yoki iqtisodiy shakldagi ta’sir etish vositalaridan foydalanish tushunulmasligi lozim. X.Uoldokning quyidagi fikri e’tiborga molik: “Siyosiy yoki iqtisodiy bosimning qo’llanishi davlatlar o’rtasidagi normal munosabatlarning qismi hisoblanadi, xalqaro huquq esa shartnomaga rozilikni ifodalashda bosimning qonuniy va noqonuniy shakllari orasidagi farqni aniq ifoda qilish uchun zaruriy omillarga ega emas”. Shuning uchun xalqaro huquqning hozirgi holatida “majbur qilish” tushunchasini kuch yoki kuch xavfini noqonuniy ishlatish chegarasidan tashqari joriy qilish xavflidir 2 . Jumladan, tahdid va kuch ishlatish haqidagi normalar zamonaviy huquqda o’rnatilguniga qadar majbur qilish natijasida tuzilgan tinchlik va boshqa shartnomalarga boshidan kuch ishlatib majburan tuzilgan shartnomalarning tan olinmasligi to’g’risidagi qoidalar qo’llanilmaydi deb ta’kidlanadi 3 . Boshqacha qilib aytganda, avval kuch ishlatish yo’li bilan majburan tuzilgan shartnomalar boshdan haqiqiy emas deb tan olinmaydi. Biroq, bu ularni hozirgi davr xalqaro huquq doirasida haqiqiy emas deb tan olish mumkinligini istisno qilmaydi. Avval kuch ishlatish yo’li bilan majburan tuzilgan shartnomalarning haqiqiy emas deb topish, kuch ishlatilmaslik xalqaro huquqning imperativ 1 Талалаев А.Н. Право международных договоров. Договоры с участием международных организаций. M., 1989., - C. 162. 2 Qarang: YILC.1963. Vol. II. P. 52. 3 Qarang: YILC.1966. Vol. II. P. 247. 162 prinsipi ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga umumiy xalqaro huquqning yangi imperativ normasining paydo bo’lishi bilan unga zid bo’lgan har qanday mavjud shartnoma haqiqiy emas bo’lib qoladi. (Vena konvensiyasi, 62-modda). v) Umumiy xalqaro huquqning imperativ normalariga zid shartnomalar. Avvallari xalqaro munosabatlar tizimi imperativ normalar majmuasi mavjud bo’lishi uchun ijtimoiy-siyosiy asos sifatida xizmat qiluvchi zaruriy yahlitlik va hamjihatlik darajasiga yetmagan edi. Davlatlarning alohida manfaatlari, avvalambor yirik davlatlarning, umumiy manfaatlaridan ustunroq turardi. Xalqaro huquq yuqori darajada cheklangan va asosan dispozitiv xususiyatga ega edi. Unda shartnomalarning erkinlik prinsipi hukmronlik qilardi, davlatlar o’zaro kelishuvga asosan har qanday normadan chekinishi mumkin edi. Shunga ko’ra, doktrinada imperativ xarakterdagi normalarning mavjudligi inkor qilinar, shartnomalarni tuzishda davlatlarning to’liq erkinligi e’tirov eilib, u faqat boshqa davlatlar bilan shartnomalar tuzishda ziddiyatli holatlar bilan cheklanishi mumkinligi haqida gapirilardi 1 . Natijada 13- moddaning 1- bandi loyihasi taqdim qilindi: “Agar shartnomaning ob’ekti yoki uning amalga oshirilishi jus cogens xarakteriga ega bo’lgan umumiy norma yoki xalqaro huquq prinsipining buzilishi bilan bog’liq bo’lsa, shartnoma xalqaro huquqqa zid va haqiqiy kuchga ega emas”. Vena konferensiyasida imperativ normalarni oson farq qilish mumkin, chunki ular jamoat tartibini mustahkamlaydi va rivojlantiradi deb ta’kidlandi. Vena konferensiyasida imperativ normalarni qabul qilish tartibi to’g’risida masalaga e’tibor qaratilgan. Konferensiya bunday normalarni paydo bo’lishiga davlatlar oddiy ko’pchiligining roziligi yetarli degan fikrga qo’shilmadi. Fransiya delegatsiyasi bu qoidaga o’ta tanqidiy yondashdi. Uning ta’kidlashicha, agar modda oddiy ko’pchilik roziligi bilan hammaga majburiy xususiyatga ega imperativ normalar yaratiladi deb sharhlansa, unda buning oqibatida nazoratsiz va har qanday ma’suliyatdan xoli bo’lgan yangi xalqaro manbaning yaratilishiga olib keladi 2 . 1 Qarang: Field D. Outlines of International Code. N.Y., 1872. Art.198. 2 Qarang: U.N. Conference on the Law of Treaties. Second session. P.94. 163 Umuman qarama-qarshi bo’lgan fikr ham bildirildi. Unga ko’ra, imperativ normalarni qabul qilish uchun barchaning roziligi zarur. Bu fikrni Braziliya delegatsiyasi bildirdi. Konferensiya asosli ravishda bunga erishish noreal deb hisobladi. Konferensiyada bildirilgan fikrlarning tahlili quyidagi xulosani qilishga asos bo’ladi, ya’ni imperativ normalarni barcha qit’alar va asosiy huquqiy tizimlarni o’z ichiga oluvchi aksariyat davlatlar qabul qilishi lozim. Imperativ normalar to’g’risidagi modda ko’pchilik ovoz bilan (87 ovoz –“ha”, 8 – “yo’q”, 12 – “betaraf”) qabul qilindi. Imperativ normalar muammosi xalqaro tashkilotlar ishtirokida shartnomalar huquqi to’g’risidagi moddalar loyihasini muhokama qilish jarayonida yana yuzaga keldi. Xalqaro huquq komissiyasi imperativ normalar xalqaro tashkilotlarga xuddi davlatlarga nisbatan qo’llanilgandek qo’llanadi deb hisobladi. Tahririy o’zgartirishlar kiritilgan tegishli modda xalqaro shartnomalar bo’yicha Vena konferensiyasiga taqdim etildi va maqullandi 1 . 1986 yilgi Konvensiyaga kiritilgan “Umumiy xalqaro huquq (jus cogens) ning imperativ normalariga zid bo’lgan shartnomalar” haqidagi 53-modda agar shartnoma tuzilishida u umumiy xalqaro huquqning imperativ normasiga zid bo’lsa, bunday shartnoma ahamiyatsiz hisoblanadi deb belgilagan. Bu yerda yana bu mazkur Konvensiyaga tegishli bo’lganligi sababli, umumiy xalqaro huquqning imperativ normasi butun davlatlar xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilinadigan va tan olinadigan, undan chetga chiqishga yo’l qo’yib bo’lmaydigan va umumiy xalqaro huquqning shunday xarakterga ega bo’lgan faqat keyingi normasi bilan o’zgarishi mumkin bo’lgan norma hisoblanadi deb ko’rsatildi. MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomani haqiqiyligi va haqiqiy emas deb topish tushunchasi, xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish shartlari va turlariga o’rganish jarayonida xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish, amal qilishini tugatish va to’xtatib turish masalalariga oid bo’lgan huquqiy asoslarni keltiring. 1 Talalaev A.N. Xalqaro shartnomalar huquqi. Xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalar. M., 1989., 169 B. 164 2. Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topilishi uchun qanday asoslarga tayaniladi? 1 KAZUS. 1941 yil 9 aprelda AQSH hukumati Vashingtondagi Daniya elchisi bilan Grenlandiyani himoya qilish to’g’risida shartnomani imzolaydi. Grenlandiya Germaniya tomonidan bosib olingach, AQSH hukumati Daniya hukumati bilan imzolangan deklaratsiyani ushbu kelishuv tegishli tartibda imzolanmaganligini ro’kach qilib tan olmaydi. Mazkur holatga huquqiy baho bering? 2 KAZUS. 1713 yilgi Utrext tinchlik shartnomasi Angliyaning manfaatlarini ko’zlagan holda, Dyunkerka (Fransiya) porti buzilishi va hech qachon qayta tiklanmasligi nazarda tutilgan. Fransiya ushbu shartga rozilik bildirdan holda, Mardekda - Dyunkerkadan bir mill uzoqlikda bundanam katta port qurishni boshladi. Angliya esa, bunga nisbatan o’z noroziligini bildirib, Fransiyaning Utrext tinchlik shartnomasini buzayotganligini vaj qiladi. Haqiqatan ham ushbu sharoitda shartnoma shartlari buzilmoqdami? Mazkur holatga huquqiy baho bering? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomani haqiqiyligi va haqiqiy emas deb topishga taaluqli bo’lgan masalalarni o’rganshi. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 165 X BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI SHARXLASH (yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna) Annatotsiya. Mazkur bobda talabalar sharhlash tushunchasi; sharhlash ob’ekti va vositalari; sharhlash prinsiplari va qoidalari, usullar va sub’ektlari haqidagi bilimlarga ega bo’ladilar. 10.1. Sharxlash tushunchasi Shartnomalar huquqi haqidagi Vena Konvensiyalarining “Shartnomalarini sharxlash” bo’limi konvensiyaning 3-qismi “Shartnomalarga rioya qilinishi, tadbiq qilinishi va sharxlanishi”da joylashgan. Darhaqiqat, sharxlash aynan ushbu bo’lim uchun ahamiyatli. Sharxlashning yuridik muammolari shartnomalarning tadbiq qilinishida yuzaga keladi. Shu bilan birga, sharxlash shartnoma tarkibini aniqlash zaruratini yuzaga keltirgan holda muhim ahamiyat kasb etadi. Normalarning tayyorlanishi va ularning tadbiq qilinishi ularning tarkibi va maqsadini tushunishga bog’liq. Bunga esa, sharxlash orqali erishiladi. Sharxlash huquqning harakatlanishida markaziy o’rinni egallaydi. Huquqning murakkablashuvi va u tomonidan hal etiladigan masalalarning murakkablashuvi sharxlash jarayonini ham murakkablashtiradi. Huquqiy tizim qanchalik murakkab bo’lsa u tomonidan hal etiluvchi muammolar, masalalar ham shunchalik yirik bo’ladi va uning sharxlash ham shunchalik murakkab qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Sharxlash masalasiga Xalqaro huquq instituti ham e’tibor qaratdi. Mazkur masala katta ahamiyatga ega ekanligiga qaramay, aynan bu masalaga bag’ishlangan xalqaro huquq normalari mavjud emas. Bu jarayon davlatlarning huquqiy tizimi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan huquqning umumiy prinsiplari bilan tartibga solingan. Sharxlashning xalqaro huquqiy asoslari yaratilishida 1969 va 1986 yillardagi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyalari muhim bosqich bo’ldi. Ikkala konvensiyada ham, deyarli bir xil tarkibli “Shartnomalarning sharxlanishi ” nomli bo’lim mavjud. Konvensiyalardagi normalar o’ziga xos xususiyatga ega. Konvensiyalarda, ularda qayd etilgan holatlar ushbu Konvensiyalar aynan kuchga kirgandan keyin, Konvensiya ishtirokchilari hisoblangan tomonlar 166 tuzgan shartnomalarga nisbatan qo’llanilishi alohida ta’kidlab o’tilgan (4- modda). Boshqacha aytganda, qaytadan tuzilgan normalar ortga qaytish kuchiga ega emasligiga tayangan holda, Konvensiyalarda huquqning umumiy prinsiplari tasdiqlangan. Konvensiyalarda ular tomonidan tuzilgan, ortga qaytish kuchiga ega bo’lmagan normalar xalqaro huquqda amalda bo’lgan, Konvensiyalarda qayd etilgan holatlardan qa’tiy nazar, shartnomalarga taalluqli bo’lishi mumkin bo’lgan normalarga tegishli emasligi ta’kidlangan. Asosan sharnomalarning odat huquqi normalari nazarda tutilgan. Biroq Konvensiyalar tomonidan o’rnatilgan sharxlash to’g’risidagi normalar keng ko’lamda o’ziga xos yangilik hisoblanadi. Sharxlash tadbiq qilish bilan chambarchas bog’liq. Shu bilan birga ular o’rtasida o’ziga xos farq mavjud. Sharxlash bu – normalarning mazmuni, maqsadini oydinlashtirish jarayoni bo’lib, ushbu ma’no va maqsadlar natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarni aniqlash hisoblanadi. Tadbiq qilish esa, tomonlarning sharxlash natijalariga mos holda normalarni amalda qo’llashi, shakllantirishini anglatadi. Sharxlash huquqning shakllanib borishida muhim va zaruriy bosqich hisoblanadi. Normalarning maqsad-muddaosi, ma’no-mohiyati va tarkibini aniqlab olmay turib ularni bajarish, amalga oshirib, tadbiq qilish mumkin emas. Normalarni amalga oshirish jarayonlarini sharxlash bir qator qo’shimcha funksiyalarni ham bajaradi. U mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, normalarni yaratish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolarni to’g’irlash va uzilishlarni bartaraf etishga yordam beradi. Doimiy ravishda o’zgarib turuvchi sharoitlarda normalarning tarkibi va maqsadini aniqlashtirish alohida ahamiyatga ega. Xalqaro Huquq Komissiyasi ko’rsatib o’tgan sharxlash materiallaridan foydalanishda qo’shimcha spetsifikaga e’tibor qaratish lozim. Davlat qonunlarini qo’llash bilan amalga oshiriladigan tadqiqotda, davlatning huquqiy tizimini tegishli ravishda isloh qilish tartib- qoidalaridan ham foydalanish lozim. Davlatning bir tomonlama aktlarini isloh qilishda uning siyosati va boshqa faktorlarni inobatga olish lozim. Xalqaro shartnomalarni sharxlash– shartnomalarning ob’ekti va maqsadini oydinlashtirish hamda, ma’lum bir vaziyatlarda ularni sharxlash natijalarini hisobga olgan holda, ularning boshqa bir turdagi holatlarini aniqlash. 167 10.2. Sharxlash ob’ekti va vositalari Shartnomani sharxlash ob’ekti uning sub’ektlari xohish-istaklarini qamrab oluvchi tarkibi, qarorlari hisoblanadi. Sharxlashning vositasi – normalarning tarkibini aniqlaydigan vosita. Sharxlash asosiy vositalari: Sharxlashning qo’shimcha vositalariga: Adabiyotlarda ham amaliyotda ham sharxlashning ob’ekti va vositalari o’rtasida katta farq mavjud. Shuningdek, bu doiradagi masalalarning to’g’ri yechimi nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Sharxlash nazariyasida birqancha maktablar mavjud. Maqsad maktabi tarafdorlari fikriga ko’ra sharxlashning vazifasi sub’ektlarning maqsadini aniqlash, ularning umumiy xohish-istaklarini aniqlashdan iborat. Shunga mos ravishda sharxlashning ob’ekti tomonlarning ilk xohish-istaklari hisoblanadi. Natijada matnning mohiyati va sub’ektning kelgusidagi amaliyotining ahamiyati butunlay yo’qoladi yoki sezilarli darajada susayadi. Ushbu qarashlarga mos ravishda normalar yaratilishining tarixiy shart-sharoitlarini o’zida mujassamlovchi tayyorlov materiallariga asosiy e’tibor beriladi. Boshqa bir maktab – “tekstualistlar” (matnshunoslar) maktabi. Uning tarafdorlari ham sub’ektlarning xohish va erkinliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblashadi, faqatgina matnda aks ettirilgan xohish tayyorlov materiallari shartnoma tuzish holatlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling