Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
 
1.  O’zbekiston  Respublikasi  imzolagan  istalgan  xalqaro  shartnomani  tahlil 
qilish,  ya’ni  shartnomani  tadbiq  qilinishiga  taalluqli  bo’lgan  masalalarni 
(ratifikatsiyasi, implementatsiyasi) o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

133 
 
VIII. XALQARO SHARTNOMALARNI BAJARILISHINING 
MONITORINGI 
 
(yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich) 
 
Annotatsiya. 
Mazkur 
bobda 
xalqaro 
shartnomalarni 
bajarilishining 
monitoringi tushunchasi, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni 
bajarishning xalqaro monitoringi hamda milliy monitoringi va uni amalga oshiruvchi 
sub’ektlar to’g’risidagi masalalarini o’rganadi. 
 
 
8.1. Xalqaro shartnomalarni bajarilishining monitoringi tushunchasi 
 
Xalqaro  shartnomalarga  qo’shilish,  yuqorida  ta’kidlaganimizdek, 
a’zo-davlat  uchun  muayyan  majburiyatlarni  keltirib  chiqaradi.  Bu 
majburiyatlar  milliy  qonunchilikni  xalqaro  shartnoma  qoidalariga 
moslashtirishdan  tortib,  huquqiy  qo’llash  amaliyotida  tegishli  tarzda 
tashkiliy-huquqiy islohotlarni amalga oshirishni talab etadi.  
Albatta,  xalqaro  huquqda  milliy  huquq  kabi,  xalqaro  normalariga 
rioya  etilishi  ustidan  qat’iy  nazorat  olib  borish,  ularni  aniq  va  bir  xilda 
bajarilishini ta’minlashning majburiy vositalari mavjud emas.   
Chunki, xalqaro huquqiy tizim, uning birlamchi sub’ektlari bo’lmish 
davlatlarning  teng  huquqli  a’zoligiga  asoslangan.  Xalqaro  huquqqa ko’ra, 
hech bir sub’ekt boshqa sub’ekt ustidan hokimiyatga ega emas, (uni, lotin 
tilida:“Par in parem non habit imparium” deb, ifoda etiladi)
Xalqaro  huquq  sub’ektlari  o’z  milliy  manfaatlaridan  kelib  chiqqan 
holda, xalqaro huquqning manbasi bo’lmish xalqaro shartnomaga ixtiyoriy 
ravishda qo’shiladilar va undan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishni 
o’z zimmasiga oladilar.  
Xalqaro  huquqda  bunday  holat  xalqaro  shartnomalardan  kelib 
chiqadigan  majburiyatlarini  xalqaro  huquqning  asosiy  prinsiplaridan  biri 
hisoblangan  “pacta  sund  servanda”,  ya’ni  xalqaro  shartnomalardan  kelib 
chiqadigan majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi asosida bajaradilar.  
Xalqaro  majburiyatlarning  bajarilishi  yuzasidan  huquqiy  davlatgina 
ishonchli  kafolat  berishga  qodirdir.  Boshqa  bir  jihatdan  esa,  xalqaro 

134 
 
majburiyatlarga  sodiqlik  huquqiy  davlatga  xos  sifat  ekanini  e’tirof  etish 
o’rinlidir
1

Shu  nuqtai  nazardan,  xalqaro  huquqning  birlamchi  hamda  teng 
huquqli  a’zosi  sifatida  O’zbekiston  Respublikasi  ham  “pacta  sund 
servanda” prinsipiga rioya qilgan holda yuqorida ta’kidlab o’tgan xalqaro 
hujjatlaridan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarini  bajarib  kelmoqda  va 
ularning  normalarini  milliy  huquqiy  tizimga  singdirib  bormoqda.  Ya’ni, 
xalqaro  huquq  normalarini  implementatsiya  qilish  orqali  milliy 
qonunchilikka singdirib borilmoqda.  
Xalqaro 
shartnomalar 
normalarini 
milliy 
qonunchilikka 
implementatsiya  qilishda,  uning  tarkibiy  qismi  hisoblangan,  bu 
implementatsiyaning  o’rganish  jarayoni,  ya’ni  monitoring  qilish  muhim 
ahamiyat kasb etadi.  
Aynan mazkur jarayonda qonun hujjatlari monitoringining ahamiyati 
namoyon  bo’ladi.  Chunki,  birinchidan,  yuqorida  ta’kidlab  o’tilganidek, 
muayyan  qonun  hujjati  bo’yicha  monitoring  o’tkazilganda  u  tartibga 
soladigan  ijtimoiy  munosabatlarga  oid  xalqaro  shartnoma  aniqlanadi, 
tizimli  tahlil  etiladi  va  qiyoslanadi;  ikkinchidan,  qonun  hujjatini  xususan 
xalqaro  huquq  normalarini  inobatga  olgan  holda  takomillashtirish 
yuzasidan  ilmiy  asoslantirilgan  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi;  uchinchidan 
esa,  ushbu  sohaga  oid  ijtimoiy  munosabatlarning  shakllanib  borish 
sur’atlari  aniqlanadi.  Shu  munosabat  bilan  monitoring  natijalari  huquq 
ijodkorligi jarayoni sub’ektlarining xalqaro shartnomalar qoidalarini ichki 
huquq  tizimga  joriy  etish  borasidagi  o’z  funksiyasini  amalga  oshirishda 
foydalanish mumkin bo’lgan asosiy manbalardan biri bo’lib hisoblanadi
2

 
Monitoring” lotincha “monitium” so’zidan olingan bo’lib, “ogoh 
etuvchi” degan  ma’noni ifoda etadi. Mazmunan ushbu  atama  muayyan 
hodisa,  jarayonni  muntazam  va  tizimli  kuzatish,  hisobga  olish,  unga 
baho berish hamda istiqbolini belgilashni anglatadi
3

 
                                                 
1
 Саидов А. Ҳуқуқ мониторинги предмети ва Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари мониторингини 
долзарб  муаммолари  //Қонун  ҳужжатлари  мониторинги:  назария  ва  амалиёт  масалалари”.  Илмий-амалий 
семинар материаллари / Машул мухаррир: Ф.Х.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.98 
2
  Гафуров  М.  Қонун  ҳужжатларини  ҳалқаро-ҳуқуқий  хужжатларга  мослигини  таъминлашда  мониторингни 
амалга  оширишнинг  аҳамияти    //Қонун  ҳужжатлари  мониторинги:  назария  ва  амалиёт  масалалари”.  Илмий-
амалий семинар материаллари / Машул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.191 
3
Хакимов  Р.  Парламент  назорати  ва  қонун  ҳужжатлари  мониторинги  //Қонун  ҳужжатлари  мониторинги: 
назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 
2006. –Б.70 

135 
 
Monitoring  ilmiy-nazariy  va  amaliy  ahamiyat  kasb  etgani  bois, 
qizg’in  muhokama  mavzusi  bo’lib  hisoblanadi.  Ushbu  hodisa  ilmiy-
nazariy  sohada  tadqiqot  uslubi,  amaliy  sohada  esa  boshqaruvni  samarali 
tashkil etish vositasi sifatida maydonga chiqadi. Monitoringning mazmun-
mohiyatini anglash uchun uning qo’llanish sohalari, har bir alohida olingan 
tarmoqdagi  rivoji  va  o’ziga  xos  xususiyatlarini  o’rganish  dolzarb 
vazifadir
1

Monitoring  barcha  davlat  organlari,  jamoatchilik  tuzilmalari, 
fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari,  korxonalar,  muassasalar, 
tashkilotlar  va  mansabdor  shaxslar  tomonidan  fuqarolarning  huquq  va 
qonuniy  manfaatlariga  rioya  qilish  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  tizimli 
to’plash va ishlov berishning anglatadi.  
Huquq  sohasida  monitoringning  mazmun-mohiyatini  tushunish, 
imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  huquqiy  fan  va  huquqni  qo’llash 
amaliyoti  oldida  turgan  dolzarb  vazifadir.  Huquq  sohasida  monitoring 
deganda,  milliy  huquqiy  tizim,  yuridik  fan  va  ta’lim,  qonun  hujjatlari, 
qonun  osti  hujjatlari,  huquqni  qo’llash  amaliyoti,  davlat  hokimiyati  va 
boshqaruvi  tizimida  hamda  iqtisodiyot  tarmoqlarida  huquqiy  ishlarni 
tashkil  qilish,  huquqiy  targ’ibot  hamda  aholining  huquqiy  madaniyatini 
yuksaltirish  shuningdek  xalqaro  huquq  borasida  kuzatish,  baholash  va 
rivojlantirish  istiqbollari  belgilash  bilan  bog’liq  ilmiy-amaliy  chora-
tadbirlar tizimi tushuniladi
2

Huquq  sohasi  monitoringining  ahamiyati  shundaki,  birinchidan, 
shaxs, jamiyat va davlat tizimidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish 
darajasini  doimiy  kuzatish,  ikkinchidan,  milliy  huquq  tizimining 
rivojlanish  istiqbolini  aniqlash,  uchinchidan,  huquq  normalarining 
amaliyotga  tadbiq  etish  holatini  baholash,  to’rtinchidan,  xalqaro  xuquq 
normalarini implementatsiya qilish yo’nalishlarini belgilash, beshinchidan, 
qonun  hujjatlarni  yanada  takomillashtirish  yuzasidan  ilmiy-amaliy 
tavsiyalar  ishlab  chiqish,  oltinchidan,  bunday  monitoring  aholining 
huquqiy madaniyatini yuksaltirish va siyosiy faolligini oshirish jarayonini 
takomilashtirishga xizmat qiladi. 
Ijtimoiy  munosabatlarni  huquqiy  tartibga  solish  doirasining  kengligi 
va  darajasiga  qarab  huquqiy  monitoringning  huquqiy  islohotlar 
                                                 
1
Файзиев  Ш.  Амалдаги  қонун  ҳужжатлари  мониторингининг  назарий  ва  амалий  масалалари  //Қонун 
ҳужжатлари  мониторинги:  назария  ва  амалиёт  масалалари”.  Илмий-амалий  семинар  материаллари  /  Масъул 
мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.6. 
2
Файзиев  Ш.    Амалдаги  қонун  ҳужжатлари  мониторингининг  назарий  ва  амалий  масалалари  //Қонун 
ҳужжатлари  мониторинги:  назария  ва  амалиёт  масалалари”.  Илмий-амалий  семинар  материаллари  /  Масъул 
муҳаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006.. –Б.8. 

136 
 
monitoringi;  huquq  tizimi  monitoringi  (huquq  tarmog’i,  huquq  instituti 
yoki  huquq  sohasi  doirasida  alohida-alohida);  amaldagi  qonun  hujjatlari 
monitoringi;  huquqni  qo’llash  amaliyoti  monitoringi,  kabi  shakllari  bilan 
xalqaro shartnomalari monitoringi shakli ham muhim ahamiyat kasb etadi.   
O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  monitoringi 
jarayonida  amaldagi  qonun  hujjatlarining  O’zbekiston  Respublikasi 
xalqaro  shartnomalariga  mosligi,  xuquqni  qo’llash  amaliyotida  xalqaro 
shartnomalarga rioya etilishi masalalari o’rganiladi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  O’zbekiston  Respublikasi 
qo’shilgan xalqaro shartnomalarini monitoring qilish ham, amaldagi qonun 
hujjatlari  monitoringi  sifatida  –  huquq  monitoringining  ustuvor  va  asosiy 
yo’nalishidir. 
 
Qonun  hujjatlari  monitoringi  –  bu  amaldagi  qonun  hujjatlarini 
doimiy kuzatib borish, baholash, nazorat va tahlil qilish, uning istiqbolini 
prognozlash  va  ushbu  asosda  takomillashtirishga  oid  takliflarni  ishlab 
chiqishga  qaratilgan  yaxlit  (kompleks)  tadbirlar  tizimidir.  Tor  ma’noda 
huquqiy tahlil jarayonidir. 
 
Har qanday monitoring kabi, qonun hujjatlari monitoringining asosiy 
yo’nalishlarini aniqlab olish lozim.  
Qonun  hujjatlari  monitoringi  yo’nalishi  –  bu  qonun  hujjatlarini 
muntazam  kuzatib  borish,  baholash,  nazorat  va  tahlil  qilish  hamda  uning 
istiqbolini  prognoz  qilish  yo’sinida  amalga  oshiriladigan  faoliyatdir
1

Qonun  hujjatlari  monitoringining  asosiy  yo’nalishlarini  shartli  ravishda 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
• Davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi; 
•  Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  sohasidagi  qonun  hujjatlari 
monitoringi; 
•  Sud-huquq  sohasi  va  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  himoya 
qilishga oid qonun hujjatlari monitoringi; 
•  Mudofaa  va  xavfsizlik  masalalari  bo’yicha  qonun  hujjatlari 
monitoringi; 
                                                 
1
Машкуров Ғ.. Қонун ҳужжатлари мониторингининг асосий йўналишлари ва босқичлари //Қонун ҳужжатлари 
мониторинги:  назария  ва  амалиёт  масалалари”.  Илмий-амалий  семинар  материаллари  /  Масъул  мухаррир: 
Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.59-60 

137 
 
•  Xalqaro-huquqiy  tadqiqotlarga  oid  qonun  hujjatlari  monitoringi 
kabilar shular jumlasidandir
1

 
 
 
Har qanday davlatning xalqaro shartnomaga qo’shilishi uning milliy 
qonunchiligiga  muayyan  ta’sir  ko’rsatadi.  Bu  borada  xalqaro  shartnoma 
qoidalari  bilan  milliy  qonunchilik  hujjatlarini  o’zaro  nisbati  monitoringi 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunday  monitoringdan  quyidagi  maqsadlar 
ko’zda tutiladi: 
birinchidan,  xalqaro  shartnomalar  talablariga  milliy  qonunchilikni 
yaqinlashtirish; 
ikkinchidan,  xalqaro  shartnomalar  qoidalarini  milliy  qonunchilikka 
singdirish (implementatsiya qilish); 
uchinchidan, 
xalqaro 
shartnomalar 
bilan 
milliy 
qonunlarni 
uyg’unlashtirish (garmonizatsiyalash); 
to’rtinchidan,  xalqaro  shartnomalar  bilan  milliy  qonunchilik 
qoidalarini birxillashtirish (unifikatsiya qilish)
2

Xalqaro  shartnomalarni  monitoringi  jarayonida,  bu  xalqaro 
shartnomalardan  kelib  chiqadigan  xalqaro  majburiyatlarni  bajarish 
yuzasidan olib boriladigan monitoring muhim ahamiyat kasb etadi.  
 
8.2. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni 
bajarishning xalqaro monitoringi va uni amalga oshiruvchi sub’ektlar 
 
Xalqaro 
shartnomalardan 
kelib 
chiqadigan 
majburiyatlarni 
bajarishning  xalqaro  monitoringi  –  bu  xalqaro  huquq  sohasida  amal 
qiluvchi  va  ularga  davlatlar  ixtiyoriy  ravishda  va  erkin  tarzda 
qo’shiladigan  tamoyillar,  me’yorlar,  qoidalar  va  jarayonlar  (qaror  qabul 
                                                 
1
 Машкуров Ғ.. Қонун ҳужжатлари мониторингининг асосий йўналишлари ва босқичлари //Қонун ҳужжатлари 
мониторинги:  назария  ва  амалиёт  масалалари”.  Илмий-амалий  семинар  материаллари  /  Масъул  мухаррир: 
Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.60 
2
 Саидов А. Ҳуқуқ мониторинги предмети ва Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари мониторингини 
долзарб  муаммолари  //Қонун  ҳужжатлари  мониторинги:  назария  ва  амалиёт  масалалари”.  Илмий-амалий 
семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.95-98 
Xalqaro shartnomalar monitoringini ikki 
jihati mavjud
 
xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilikning 
o’zaro nisbatiga taalluqli
 
xalqaro shartnomalarni ijrosi monitoringiga 
tegishli
 

138 
 
qilish  tuzilmalari  ma’nosida)  birligidir.  Xalqaro  monitoring  muayyan 
sohada,  misol  uchun,  inson  huquqlari  sohasida  mavjud  muammolarni 
o’rganish bo’lib, u institutlashgan holda rivojlanadi.  
Masalan,  BMTning  inson  huquqlari  bo’yicha  shartnomaviy  (shuningdek, 
nazorat)  organlarining  davlatlar  tomonidan,  ular  qo’shilgan  shartnomalar 
normalaridan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarni  bajarishlari  yuzasidan  olib 
boradigan  nazorat  faoliyati.  Shuningdek,  inson  huquqlari  xalqaro  monitoringi 
amalga oshirilishida faol ishtirok etayotgan fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan 
tobora  ko’proq  oldinga  surilmoqda.  Amnesty  International,  Human  Rights  Watch, 
Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi kabi xalqaro nohukumat tashkilotlari inson huquqlari 
buzilishi  to’g’risidagi  faktlar  to’plashda,  ularni  tarqatishda,  kampaniyalar 
uyushtirishda,  inson  huquqlari  buzilayotgan  davlatlarga  vositaviy  yoki  vositasiz 
ta’sir  ko’rsatishda  muhim  rol  o’ynamoqda.  Ammo,  ular  faoliyatini  inobatga  olgan 
holda,  bu  tashkilotlar  monitoringida  bir  tomonlamalik  xollari  ko’p  uchrashini  ham 
alohida qayd etib o’tish lozim. 
 
Xalqaro monitoring turli darajalarini farqlash kerak: 
-
 
universal,  dunyo  ko’lamida  amal  qiladi  (BMT,  YuNESKO, 
MAGATE va boshqalar); 
-
 
mintaqalararo, ikki va ko’proq mintaqalarda dirasida (EXHT); 
-
 
mintaqaviy,  bir  mintaqa  doirasida  amal  qiladi  (misol  uchun: 
Yevropa Kengashi); 
-
 
submintaqaviy, kichik bir mintaqa doirasida amal qiladi (misol 
uchun: MDH). 
Universal  xalqaro  monitoring  BMT  va  uning  ixtisoslashgan 
muassasalari    tomonidan  amalga  oshiriladi.  Inson  huquqlari  sohasidagi 
BMT faoliyati uchta asosiy vazifani hal etishga qaratilgan: 
-
 
birinchidan,  inson  huquqlari  sohasida  xarakatlar  dasturini 
shakllantirish. 
Masalan, 1993 yilgi Vena harakat dasturi; 
-
 
ikkinchidan,  inson  huquqlari  xalqaro  huquqi  me’yorlari 
kodifikatsiyasi,  ya’ni  inson  huquqlari  bo’yicha  xalqaro  shartnomalarning 
qabul qilinishi; 
-
 
uchinchidan, a’zo davlatlar tomonidan inson huquqlari sohasida 
xalqaro majburiyatlarning qo’llanilishi va bajarilish bo’yicha monitoring
1
.  
Inson  huquqlari  bo’yicha  mintaqalararo  monitoring.  Yevropada 
xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti  tizimidagi  monitoring.  Insoniylik 
mezonlari  doirasida  YeXHT  har  ikki  yilda  a’zo  davlatlar  tomonidan 
xalqaro  majburiyatlarning  bajarilishini  muhokama  qiluvchi  sharhlovchi 
konfrensiyalar  o’tkaziladi.  YeXHTning  Inson  huquqlari  va  demokratik 
                                                 
1
  Саидов  А.Х.  Инсон  ҳуқуқлари  халқаро  мониторинги:  тушунча,  тизими  ва  мазмун  //  Инсон  ҳуқуқлари 
мониторинги. Тўплам. Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2004. -Б.87. 

139 
 
institutlar byurosi (IHDIB)  monitoring olib borishda muhim rol o’ynaydi. 
YeXHTning  inson  huquqlari  sohasidagi  faoliyatida  davlatlar  tomonidan 
o’tkaziladigan  saylovlarni  kuzatish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Saylovning  demokratik  ruhda  o’tganligi  bo’yicha  YeXHTning  bahosi 
xalqaro xamjamiyat uchun muayyan davlatga nisbatan o’z munosabatlarini 
belgilashda ta’sir ko’rsatadi. 
Inson huquqlari bo’yicha mintaqaviy monitoring
Misol  uchun:  Yevropa  Kengashi  tizimi  monitoringi.  Bu  monitoring  faoliyati  – 
vaziyatni  kuzatishdan  iborat.  Yevropa  kengashining  inson  huquqlari  bo’yicha 
standartlari 200 dan ortiq xalqaro shartnomalarda belgilangan. 
 
Xalqaro  shartnomalardan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarni  bajarishni 
monitoring 
qilish 
bo’yicha 
Yevropa 
kengashining 
Parlament 
Assambleyasida  muayyan  tajriba  shakllangan.  Parlament  Assambleyasida 
mazkur  masalalar  bilan  uning  Monitoring  bo’yicha  komissiyasi 
shug’ullanadi.  Komissiya  partiya  guruhlari  tomonidan  shakllantiriladi. 
Mazkur  organ  tashkilotga  yaqinda  a’zo  bo’lgan  davlatlarning  o’z 
zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarishilari yuzasidan monitoring olib 
boradi.    Agar  a’zo-davlatlar  o’z  zimmalariga  olgan  majburiyatlari  qo’pol 
ravishda  buzilsa,  Assambleya  bunday  davlatning  milliy  parlament 
delegatsiyasi vakolatini to’htatishi va Yevropa kengashining qo’mitasidan 
ushbu davlatni tashkilot a’zolari safidan chiqarishni so’rashga haqli
1

Albatta, bu doiradagi monitoring O’zbekiston uchun tegishli emas. 
Inson huquqlari bo’yicha submintaqaviy monitoring.  
Misol  uchun,  MDH  davlatlari  tizimi  monitoringi.  Hozircha  bu  monitoring 
asosan  saylovlar  jarayonida  ko’rinadi.  MDHning  kuzatuvchilari  ushbu  davlatlarda 
bo’ladigan saylovlarda ishtirok etib, saylov bo’yicha o’z xulosalarini taqdim etadi. 
Xalqaro  monitoringni  amalga  oshiruvchi  sub’ektlar.  Xalqaro 
monitoring  sub’ektlariga,  misol  uchun,  BMTning  organlari,  yuqorida 
ko’rib  chiqqan  BMTning  inson  huquqlari  bo’yicha  shartnomaviy 
(shuningdek,  nazorat)  organlarini  ko’rsatish  mumkin.  Mazkur  organlar 
vakolatini  tegishli  xalqaro  shartnomaning  matnidan  oladi  va  u  asosida 
tegishli  shartnomani  bajarilishi  kuzatib  boradi.  Shuningdek,  inson 
huquqlari  xalqaro  monitoringi  amalga  oshirilishida,  ayrim  xalqaro 
nohukumat tashkilotlar yordamidan ham foydalanishi mumkin. 
Misol uchun, Inson huquqlari bo’yicha universal xalqaro monitoring. BMTning 
quyidagi organlari tomonidan amalga oshiriladi: 
1.
 
Inson  huquqlari  bo’yicha  kengash.  U  BMTning  inson  huquqlari  bo’yicha 
asosiy organi bo’lib, Bosh Assambleyaga bo’ysunadi.  
                                                 
1
 
Парламентская 
Ассамблея 
Совета 
Европы. 
 
http://www.mid.ru/bdomp/ns-
dos.nsf/2b5ba3b238823e59432569e70041fcb4/432569d800223f3443256c300048c771!opendocument
 

140 
 
2.
 
BMTning  inson  huquqlari  bo’yicha  Oliy  komissari  boshqarmasi.  Oliy 
komissar  boshqarmasi  BMTning  inson  huquqlarini  himoya  qilish  bilan  bog’liq 
masalalar  bo’yicha  rasmiy  vakili  va  inson  huquqlari  masalalari  bilan 
shug’ullanuvchi  BMT  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchisi  bo’lib,  insonning 
umumiy  fundamental  huquqlarini  himoya  qilish  va  rivojlantirish  masalasi  bilan 
shug’ullanadi. 
3.
 
BMTning  inson  huquqlari  bo’yicha  shartnomaviy  organlari.  Ularga 
BMTning davlatlar tomonidan taqdim etiladigan milliy ma’ruzalarini ko’rib chiqish 
bilan shug’ullanuvchi to’qqizta asosiy qo’mitasi kiradi. Masalan, 2001 yil yanvarida 
O’zbekiston  hukumati  BMTning  Xotin-qizlarni  kamsitishning  barcha  shakllariga 
barham berish bo’yicha qo’mitaning 24-sessiyasida Konvensiya asosiy qoidalarining 
ijrosi haqida o’zining birinchi ma’ruzasini taqdim etdi
1
.  
4.
 
Monitoringning  shartnomadan  tashqari  mexanizmlari.  Masalan,  Inson 
huquqlari bo’yicha kengash doirasida faoliyat yurituvchi kichik komissiyalar, maxsus 
ma’ruzachilar. 
5.
 
BMTning  ixtisoslashgan  tashkilotlari  doirasida  tashkil  etilgan  organlar. 
Masalan,  YuNESKOning  inson  huquqlari  bo’yicha  qo’mitasi.  Ta’lim,  fan  va 
madaniyat  sohasida  huquqbuzarliklar  bo’yicha  davlatlar,  xalqaro  nohukumat 
tashkilotlari, alohida shaxslar va shaxslar guruhlarining xabarlarini ko’rib chiqadi. 
Shuningdek, shu sohalarda xususiy shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqadi.  
6. Individning inson huquqlari xalqaro monitoringida ishtiroki. Ya’ni, individual 
murojaat  qilish  jarayoni  Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  bo’yicha  xalqaro  pakt, 
Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-
qimmatni  kamsituvchi  turlariga  qarshi  konvensiyaning  26-moddasi,  Irqiy 
kamsitishning  barcha  shakllariga  barham  berish  to’g’risidagi  konvensiyaning  24-
moddasida ko’zda tutilgan. 
Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomaning 3-moddasiga 
binoan,  shartnomaning  ishtirokchi-davlatlari,  ushbu  shartnomadan  kelib 
chiqadigan  majburiyatlarini  bajarib  borishini  tekshirish  maqsadida  Atom 
energiyasi  bo’yicha  xalqaro  agentligi  (MAGATE)    bilan  hamkorlik  olib 
boradi.   
Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling