Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU BO’YICHA XULOSALAR
- 6.1. Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishi
100 Protokolning a’zolari bo’lishmagan bo’lsa ham undagi o’zgarishlar davlarlarga nisbatan qo’llanilishini taklif qiladi” (2-modda). Millatlar Ligasining Statutida tinchlikni saqlab turishga daxldor holatlarni tinch yo’l bilan hal qilish muommasi aks ettirilgan. Assambleya “jahonda tinchlikni saqlab turishga xavf solishi mumkin bo’lgan shartnomalarni Millatlar Ligasi a’zolari tomonidan qayta ko’rib chiqishni taklif qilishi mumkin” (19-modda). Ko’ptomonlama shartnomalarning sonining ko’payishi natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarni oldini olish uchun shartnomada qayta ko’rib chiqish bo’yicha normalar aks ettiriladi. Natijada shartnomada ko’pchilik tomonidan ma’qullanganda shartnomaga o’zgartirish kiritish, qolgan ishtirokchilar uchun oldingi shartnoma qoidalari qo’llanilishini belgilovchi normalar kiritiladi. Shartnomalardagi o’zgartirish to’g’risidagi normalarning tahlili ularning xilma-xilligi va keraklicha aniq emasligini ko’rsatdi. Ayrim shartnomalarda ushbu takliflarni kiritish mumkin bo’lgan holatlar keltirilgan, lekin ularni qabul qilish tartibi, o’zgartirish bilan rozi bo’lmagan tomonlarning huquqiy holati va boshqa holatlar to’grisida hech narsa deyilmaydi. Umuman olganda, shartnomaviy amaliyot tahlil qilinayotgan masalaga nisbatan aniq qoidalar kiritishga yo’l qo’ymaydi. MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalarni imzolashdan avval olib boriladigan jarayonlar haqida xalqaro huquqiy-hujjatlarni ko’rib chiqishlari, xalqaro shartnomalarni tuzish bosqichlarini o’rganishlari, qabul qilingan shartnomalarga o’zgartirish va qo’shimcha kiritish masalalarini bilishlari hamda xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Xalqaro shartnomalarni tayyorlashning tashkiliy shakllari sifatida diplomatik muzokaralarning o’ziga xos xususiyati nimada? 2. Muzokaralarni olib borishda umumtan olingan xalqaro huquq prinsiplariga tayaniladimi? 3. Xalqaro shartnomani imzolashda davlatlar nomidan ishtirok etuvchi vakolatli organ kim tomonidan belgilanadi? 4. Xalqaro shartnomani tuzish jarayonida matnning autentligini belgilangandan so’ng unda xatolik mavjudligi aniqlansa qanday harakatlar sodir etiladi? 5. Xalqaro shartnomani imzolashning necha ko’rinishi mavjud? 101 6. Shartnomalar qancha vaqtgacha parafirlangan holicha turishi mumkin? 7. Xalqaro shartnoma imzolangandan so’ng tomonlar uning majburiyatlariga rozilik bildirgan hisoblanadilarmi? 8. Xalqaro shartnoma majburiyatlariga rozilik bildirishning qanday ko’rinishlari mavjud? 9. Davlatlar tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarning barchasi ratifikatsiya qilinishi shartmi? Ratifikatsiya talab qilinmaydigan shartnomalar ham mavjudmi? Misol keltiring. 10. Xalqaro shartnomalarga o’zgartirish va qo’shimcha kiritish tartibi qanday? 1 KAZUS. Germaniya Federativ Respublikasi va Gana davlati o’rtasida o’zaro manfaatlarga asoslangan shartnoma tuzildi. Shartnomaga ko’ra, Gana davlati Germaniyaga o’z hududidan qazib chiqarilayotgan yer osti boyliklarini olib chiqib ketish bo’yicha boshqa horijiy davlatlarga nisbatan imtiyozliroq normalar joriy qilishga, Germaniya esa, Ganadagi “duala” qabilasi a’zolarini Germaniya Federatsiya hisobidan ta’lim olishlari, Ganaga, mutaxassislar yuborish va Gamburg universitetining mahalliy filialini ochish majburiyatini oldi. Shartnoma imzolangach, Ganadan kelgan talabalar duala emas, balki “gjuala” qabilasiga mansubligi, Ganada duala nomli qabila mavjud emasligi ma’lum bo’ldi. Gana davlati bu xatolik tufayli shartnomadan o’ziga olgan majburiyatni bajarishdan bosh tortdi, Germaniya esa aksincha bu xato ikkinchi tarafning aybi ekanligini va buning uchun o’zi zarar ko’rmasligini, faqatgina duala qabilasi uchungina imtiyozli ta’lim berilishini, biroq Gana o’z majburiyatini har qanday holatda ham bajarishi lozimligini ta’kidlaydi. Yuzaga kelgan holatga xalqaro-huquqiy baho berib, quyidagi savollarga javob bering. 1) Xalqaro huquqda shartnomalardagi xatolar va ularni tuzatish tartibi qanday. Xalqaro amaliyotda bunday vaziyat sodir bo’lganmi? 2) Ikki o’rtada tuzilgan shartnomada mavjud bo’lgan xatolik taraflarning majburiyatlariga qanday ta’sir ko’rsatadi? 3) Xalqaro huquqda ab initio nima? 4) Agar Germaniya davlati shartnomadagi xatolikni bilib turib uni imzolagan bo’lsa qanday huquqiy oqibat kelib chiqadi? 2 KAZUS. Lotin Amerikasi davlatlari o’rtasida Chili hududida geologik qazishma ishlari olib borish bo’yicha faoliyatni tartibga soluvchi 30 yilga mo’ljallangan xalqaro shartnoma imzolandi. Shartnoma amal qilishining 10-yilida Kolumbiya tomoni shartnoma o’z manfaatlariga zarar keltirayotganini va unga bir tomonlama tuzatish kiritmoqchi ekanligini ma’lum qiladi. Biroq Braziliya shartnomaning o’zida uni bir tomonlama tuzatish kiritish mumkinligini belgilovchi norma yo’q ekanligini vaj qilib keltirib, Kolumbiyaning talabiga qarshi chiqadi. Kolumbiya bu e’tirozga e’tibor bermay shartnomaga o’z foydasini ta’minlovchi tuzatish kiritadi. 102 Yuzaga kelgan holatga xalqaro-huquqiy baho berib, quyidagi savollarga javob bering. 1) Xalqaro shartnomalarga tuzatish kiritish tartibi qanday? 2) Kolumbiya xalqaro shartnomaga tuzatish kirita oladimi? 3) Kolumbiya uchun qanday optimal xalqaro-huquqiy maslahat bergan bo’lardingiz? 4) Agar Kolumbiya shartnomani tuzatishga erishsa, bu tuzatishga rozilik bildirgan Argentina, Venesuela va rozilik bildirmagan Braziliya, Chili singari davlatlarning o’zaro, shuningdek Kolumbiya bilan shartnoma doirasidagi munosabatlari qanday ko’rinishga ega bo’ladi? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Istalgan xalqaro shartnomaning qabul qilinish jarayonini o’rganish va uni tahlil qilish. Tanlangan xalqaro shartnomani tayyorlashning tashkiliy shakllaridan tomonlar qaysi birlaridan foydalanganlar. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 103 VI. XALQARO SHARTNOMALARNING VAQT VA HUDUD BO’YICHA AMAL QILISHI (yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich) Annotatsiya. Mazkur bobda Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishi, prolongatsiya, xalqaro shartnomaning bekor qilinishi, to’xtatib qo’yilishi, xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi kabi masalalar o’rganiladi. 6.1. Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishi Xalqaro shartnoma normalarini qo’llashda, uning kuchga kirganligi masalasi muhim hisoblanadi. Chunki, amaliyot ko’rsatmoqdaki, xalqaro shartnomaning tuzilishi va imzolanishi, bu hujjatning yuridik kuchga ega bo’lganligi va uni imzolagan davlatga yuridik majburiyatlar keltirib chiqardi, degani emas. Shuning uchun, xalqaro shartnomaning kuchga kirishi, mazkur xalqaro shartnoma a’zosi bo’lgan davlatning bunday shartnomaviy munosabatlarga kirishganligi faktini belgilab beradi va shartnomaning boshqa a’zosi tomonidan tegishli huquqlarni amalga oshirishga va bu davlatdan shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatlarini bajarishini talab etishga imkon beradi. Shuning uchun, xalqaro shartnomaning yuridik kuchga aylanishi, xalqaro shartnoma bilan bog’liq huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi u o’zida qayd etilgan shart- sharoitga muvofiq ravishda yuridik hujjatga aylangan paytdan boshlanadi. Ratifikatsiya qilinishi yoki tasdiqlanishi taqozo etilmaydigan xalqaro shartnoma imzolanishi bilanoq kuchga kiradi. Ratifikatsiya qilinishi zarur bo’lgan xalqaro shartnoma esa ratifikatsiya qilingach (yoki tasdiqlangach) (alohida ta’kidlash lozimki, odatda, ko’p tomonlama shartnomalarda nechta davlat ratifikatsiya qilishi kerakligi, yani soni ko’rsatib o’tiladi), kuchga kirgan hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro shartnomada, uni kuchga kirishining boshqa muayyan muddati ham ko’rsatib qo’yilishi mumkin. Misol uchun, “Harakatdagi armiyalarda yaradorlar va bemorlarning qismatini yaxshilash to’g’risida”gi I-Jeneva konvensiyasining 58-moddasida “Mazkur konvensiya kamida ikkita ratifikatsiya yorlig’i saqlash uchun topshirilgandan so’ng olti oy o’tgach kuchga kiradi. Bundan keyin u har qaysi Oliy Ahdlashuvchi tomon uchun mazkur tomonning ratifikatsiya yorlig’i saqlashga 104 topshirilganidan so’ng olti oy o’tgach kuchga kirib boradi”, deb konvensiyaning kuchga kirishining aniq vaqti ko’rsatib o’tilgan. Mazkur xujjatning 61-moddasining birinchi xat boshisida esa, hujjatga keyin qo’shilganlarga nisbatan, uning kuchga kirishining muddati ko’rsatib o’tilgan. Ya’ni, unga ko’ra, “Har bir qo’shilish to’g’risida Shveytsariya Federal Kengashiga yozma ravishda bayonot beriladi va ushbu bayonot olingan kunidan boshlab olti oy vaqt o’tgach kuchga kiradi”. Hujjatda kuchga kirish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar, ya’ni favqulodda holatlar asosida kuchga kirishi bilan bog’liq qoida 62-moddaning birinchi xat boshisida ko’rsatib o’tilgan, ya’ni unga ko’ra “2 va 3-moddalarda ko’zda tutilgan holatlar (ya’ni, Konvensiyani qo’llanishi bilan bog’liq holatlar) ratifikatsiyalarning saqlashga topshirilishi, shuningdek, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlardan yoki istilodan oldin, yohud keyin qo’shilish to’g’risida bayonot berishi bilan darhol kuchga kiritiladi”. 1 Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishiga bog’liq bo’lgan yana bir normaga murojaat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva konvensiyalariga (shu jumladan, yuqorida qayd etilgan I-Jeneva konvensiyasiga ham) xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga doir Qo’shimcha protokolning qo’llanishining boshlanishi va to’xtatilishi to’g’risidagi 3-moddasiga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Unga ko’ra “Har qanday paytda qo’llaniladigan qoidalarga ziyon yetkazmagan holda: a) Konvensiyalar va mazkur Protokol va shu Protokolning 1-moddasida tilga olingan har qanday vaziyatning boshlanishidanoq qo’llanadi; b) Konvensiyalar va mazkur Protokolning qo’llanilishi nizolashayotgan tomonlar hududida urush harakatlarining umuman tugashi bilan to’xtatiladi, bosib olingan hududlarda esa istilo tugashi bilan to’xtaydi. Har ikki holda ham to’liq ozod qilinishi, vataniga qaytarilishi yoki joylashtirilshi kechroq amalga oshadigan shaxslar bundan mustasno. Bu shaxslar to’liq ozod qilinishi, vataniga qaytarilishi yoki joylashtirilshi yakunlanadigan daqiqagacha Konvensiyalarning va mazkur Protokolning tegishli qoidalari homiyligidan foydalanishda davom etadilar”. Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi va uni qo’llash, odatda, bir xil paytga to’g’ri keladi. Lekin istisnoli hollar ham yo’q emas. Masalan, 1954 yildagi Qurolli mojaro chiqqan holda madaniy boyliklarning himoya qilinishi to’g’risidagi Gaaga konvensiyasida ko’zda tutilishicha, u ratifikatsiya yorlig’i yoki qo’shilish to’g’risidagi hujjat topshirilganidan so’ng kuchga kirgani holda, faqat qurolli mojarolar yuz bergandagina qo’llanishi mumkin. 1 1949 yil 12 августдаги Женева конвенциялари ва уларга қўшимча протоколлар. –Иккинчи тузатилган нашри, Т.: Халқаро Қизил Хоч қўмитаси, 2007.-Б.31 105 Ba’zan xalqaro shartnomalarda ularning shartlari kuchga kirganidan so’ng muayyan muddat o’tgach qo’llanila boshlashi haqidagi qoidalar ham ko’zda tutilgan bo’ladi. Agar xalqaro shartnomada tegishli qoida ko’zda tutilgan yoki ishtirokchilar bu haqda boshqa bir tarzda ahdlashib olgan bo’lsa, shartnoma vaqtincha, kuchga kirishiga qadar ham qo’llanishi mumkin. Bunday vaqtincha qo’llash tajribasini Iqtisodiy Ittifoq (MDH) tuzish to’g’risidagi shartnoma yuzasidan uning ishtirokchilari qabul qilgan qaror misolida kuzatish mumkin 1 . Amalda qo’llanishi bo’yicha faqat kuchga kirgandan keyingi vaqt bo’yicha qo’llaniladigan norma sifatida xalqaro shartnoma ham, qonunga o’xshab, orqaga qaytish kuchiga ega emas. Xalqaro shartnomaning rasmiy tarzda e’lon qilinishi jiddiy amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu paytdan e’tiboran u mamlakat huquq tizimining uzviy qismiga aylanadi va barcha davlat organlarida qo’llanishi majburiy tus oladi. Xalqaro shartnomalarni registratsiya qilish (ro’yxatga olish) xalqaro shartnomani kuchga kirishining asosiy talablaridan biri bo’lishi bilan bir qatorda, mahfiy shartnomalardan foydalanish imkoniyatlarini cheklaydigan muhim vositadir. BMT Ustaviga ko’ra, uning a’zosi ishtirokchi bo’ladigan har qanday shartnoma BMT Kotibiyati tomonidan ro’yxatga olinishi hamda e’lon qilishi shart. Registratsiya qilmaslik hollari uchun sanksiya ko’zda tutilgan bo’lib, unga ko’ra, bunday shartnomani tuzgan tomonlar BMTning biron-bir organida ushbu shartnomaga havola qilishlari mumkin emas. Yani, ro’yxatga olinmagan shartnoma BMT uchun yuridik jihatdan mavjud deb hisoblanmaydi. Lekin bu shartnomaning tegishli tomonlarga nisbatan majburiy kuchga ega ekaniga daxl qilmaydi. Bunday tartib, yani xalqaro shartnomalarni ro’yxatga olish mintaqaviy tashkilotlar ustavlarida ham ko’zda tutiladi. Xalqaro shartnoma unda ko’rsatilgan muddat mobaynida amal qiladi. Muddati belgilanmagan shartnomalar ham mavjud bo’lib, masalan, ular sirasiga huquqiy rejim o’rnatuvchi umumiy shartnomalar, kodifikatsiyaviy konvensiyalar kiradi 2 . 1 Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –Т.: Адолат, 2006. -Б.187 2 Лукашук И. Международное право. Особенная часть. Учебник. -М.: Вольтерс Клувер, 2007. -С.122 106 6.2. Prolongatsiya Prolongatsiya – lotincha – “prolongation”, “prolongo”, inglizcha – “prolongation” so’zlaridan olingan bo’lib, “cho’zdiraman”, degan ma’noni beradi. Prolongatsiya - fuqarolik huquqida, u shartnomani ko’zda tutilgan muddatidan ortiqcha muddatga cho’zdirish hisoblansa, xalqaro huquqda ham, xalqaro shartnomaning amal qilish muddati unda ko’rsatilgan shartlar asosida yoki o’zaro kelishuv bo’yicha uzaytirishni tushuniladi. U shartnoma muddati tugashiga qadar amalga oshirilishi zarur. Shundan so’ng shartnoma harakatini davom ettirish mumkin. Bunday aksiya renovatsiya deyiladi. Renovatsiya ishtirokchilarning roziligi bo’yicha amalga oshiriladi. Bir tomonlama ommaviy renovatsiya Ikkinchi jahon urushida g’olib davlatlar va yengilgan davlatlar o’rtasidagi 1947 yil 10 fevraldagi Parijdagi tinchlik shartnomalarida ko’zda tutilgan 1 . Muddatni uzaytirish uchun shartnoma qoidalariga ko’ra hech qanday harakatni amalga oshirish talab etilmasa, u avtomatik prolongatsiya, deb nomlanadi. Agar bunda tegishli harakatni amalga oshirish taqozo etilsa, u tashabbusli prolongatsiya deyiladi. Agar shartnomani uzaytirishda, biror bir harakatlarni amalga oshirish bilan bog’liq xech qanday talablar qo’yilmasa, bunday prolongatsiyani avtomatik tarzdagi prolongatsiya deb ataladi. Agar bunday talablar qo’yilsa, ularni tashabbusli prologatsiya deb ataladi 2 . Xalqaro shartnomani qayta ko’rib chiqish amalga oshirilishi mumkin. Odatda qayta ko’rib chiqish, vaziyatni, holatni o’zgarishi bilan amalga oshiriladi va natijasida shartnoma normalariga tuzatishlar, o’zgartirishlar, to’ldirishdar qilinadi. Tuzatishlar shartnoma mazmunini o’zgartirib yuborishi mumkinligi bois, ular ishtirokchilarning roziligi asosidagina qabul qilinadi. Agar ishtirokchilar shartnomani qayta ko’rib chiqish borasida boshqacha muayyan tartib-qoidalar xususida ahdlashib olmagan bo’lsa, u holda shartnomani tuzish chog’ida qo’llanadigan qoidalardan foydalaniladi. Misol uchun, “Qurolli mojaro chiqqan holda, madaniy boyliklarni himoya qilish to’g’risida”gi xalqaro konvensiyaning 39-moddasida Konvensiya va uning Ijro reglamentini qayta ko’rib chiqishning qoidalari oldindan belgilab qo’yilgan 3 . 1 Лукашук И. Международное право. Особенная часть. Учебник. -М.: Вольтерс Клувер, 2007. -С.122 2 O’sha joyda. 3 Ведение военных действий. Сборник Гаагских конвенция и иных межуданродных документов. -4-е изд., дпоолн. –М.: МККК, 2004.-С.52 107 6.3. Xalqaro shartnomaning bekor qilinishi, to’xtatib qo’yilishi Odatda, xalqaro shartnomada belgilangan tartibda xalqaro shartnoma bekor qilinishi, tomonlardan birining milliy manfaatlariga mos kelmagan, yoki uning normalarini bajarishning imkoni bo’lmagan, kabi sharoitlarda xalqaro shartnoma bekor qilinishi yoki shartnoma tomonlaridan biri uchun bir tomonlama tarzda to’xtatib qo’yilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomlari to’g’risida”gi Qonunning 41-moddasida O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to’xtatib turishni tartibga solish bilan bog’liq normalar o’z aksini topgan. Jumladan, unda, O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to’xtatib turish shartnomaning o’zidan kelib chiqadigan shartlar va xalqaro huquq normalariga binoan O’zbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomaning majburiy ekanligiga rozilik to’g’risidagi qarorni qabul qilgan organ tomonidan amalga oshirilishi, ko’zda tutilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining to’xtatib turilishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan yoki uning o’zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasini shartnoma to’xtatib turilgan muddat davomida uni bajarishni o’z zimmasidan soqit qiladi. Qonunning 42-moddasida O’zbekiston Respublikasining idoralararo shartnomalarining amal qilishini to’xtatish va to’xtatib turish O’zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, uning asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 12 yanvardagi 15-son qarori bilan “O’zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish tartibi” ishlab chiqilgan. Xalqaro shartnomaning bekor qilinishi yoki undan chiqish shartnoma qoidalariga muvofiq yoxud ishtirokchilarning kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Ko’pchilik hollarda xalqaro shartnoma muddati va ijrosi yakuniga yetishi natijasida bekor qilinadi. Ijro faktini tomonlar yuridik jihatdan rasmiylashtiradilar. Xalqaro shartnomaning amal qilish muddatining tugashi, boshqa shartnomani kuchga kirishi bilan ham bog’lab qo’yilishi mumkin. Misol uchun, 2012 yilnng 20 sentyabridan imzolangan O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o’rtasida turizm sohasida hamkorlik qilish to’g’risida”gi bitimning 14-moddasining 2-bandida mazkur bitimning kuchga kirishi boshqa bitimning amal qilishini tugatilishiga 108 bog’lab qo’yilmoqda, ya’ni, unga ko’ra: “Mazkur bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 1995 yil 16 fevralda imzolangan O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati o’rtasida sayyohlik sohasida hamkorlik qilish to’g’risida O’zaro tushunish memorandumining amal qilishi tugatiladi”. 2012 yil 11 iyulda imzolangan O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Irlandiya Hukumati o’rtasida ikki yoqlama soliq solinishiga yo’l qo’ymaslik hamda daromad va mol-mulk solig’ini to’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risida konvensiyaning 30-moddasida Konvensiyaning amal qilish vaqtini tomonlarning birida Konvensiyaning kuchi to’htalgunigacha davom etishiga bog’lab qo’yilgan. Shuningdek, unda, “Har bir Ahdlashuvchi Davlat Konvensiya kuchga kirgan sanadan 5 yil o’tgandan so’ng boshlanadigan har bir kalendar yili tugashidan kamida olti oy oldin amal qilishni to’htatish to’g’risida diplomatik kanallar orqaliri habar berish yo’li bilan Konvensiyaning amal qilishini to’htatishi mumkin”ligi belgilab qo’yilgan 1 . Aksariyat xalqaro shartnomalarda denonsatsiya, ya’ni shartnoma harakatini unda ko’rsatilgan tegishli shartlar asosida bir tomonlama to’xtatish to’g’risidagi qoidalar mavjud bo’ladi. Misol uchun, “Harakatdagi armiyalarda yaradorlar va bemorlarning qismatini yaxshilash to’g’risida”gi I-Jeneva konvensiyasining 63-moddasiga binoan, Konvensiya tomonlarining har birining, Shveytsariya Federal Kengashiga yozma bayonot berishi yo’li bilan, bu hujjatni denonsatsiya qilish imkoniyatiga ega ekanligi mustahkamlab qo’yilgan. Odatda, xalqaro shartnomada denonsatsiyaning qachon kuchga kirishi bilan bog’liq qoida ko’rsatib o’tiladi. Alohida qayd etish lozimki, barcha xalqaro shartnomalarda ham, “denonsatsiya” atamasi ishlatilavermaydi. Misol uchun, “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining a’zo-davlatlari o’rtasida Mintaqaviy antirerror tuzilmani tashkil etish to’g’risida”gi bitimning 26 moddasining uchinchi xat boshisiga binoan, har qanday tomon, Bitimdan chiqishi mumkin, buning uchun u, chiqish kuniga 12 oy qolgan muddatda, depozitariyga, Bitimdan chiqishi to’g’risidagi yozma bildirishi lozim. Depozitariy esa, bildirishni olgandan so’ng 30 kun ichida, bu to’g’rida boshqa Tomonlarni habardor qilishi kerak 2 . Xalqaro shartnoma harakatini unda ko’rsatilmagan shartlar tartibida, huquqiy normalarga muvofiq ravishda, bir tomonlama bekor qilish (annulirovanie) kuchdan qoldirish deb ataladi. Xalqaro huquqda buning uchun quyidagi asoslar nazarda tutilgan: 1 Ўзбекистон Республикаси ҳукумати билан Ирландия Ҳукумати ўртасида икки ёқлама солиқ солинишига йўл қўймаслик ҳамда даромад ва мол-мулк солиғини тўлашдан бош тортишнинг олдини олиш тўғрисида конвенция. Дублин, 2012 йил 11 июль. www.lex.uz . 2 Соглашение между государствами - членами Шанхайской Организации Сотрудничества о Региональной антитеррористической структуре. Санкт-Петербург, 7 июня 2002 г. www.lex.uz . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling