Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25

Ad  referendum  imzolash  (ma’qullanguncha)  –  oldindan  imzolash 
turi bo’lib, vakillarning shartnoma matni borasida yakuniy roziligini, biroq 
ularga  vakolat  bergan  hukumat  yoki  davlat  organi  tomonidan keyinchalik 

91 
 
ma’qullash  zaruratini  nazarda  tutgan  holda  kelishishlarini  o’zida  aks 
ettiradi. 
Bu  tarzdagi  ma’qullashdan  so’ng  ad  referendum  imzolash  to’liq 
imzolash maqomiga ega bo’ladi. BMT Kotibiyati tomonidan tayyorlangan 
bayonotda shunday deyiladi: “vakil ad referendum shartnomani imzolashi 
mumkin, faqat imzo uning davlati tomonidan tasdiqlanishi sharti bilan, bu 
holatda  imzo  to’la  huquqli  organ  tomonidan  tasdiqlangach  yakuniy 
bo’ladi”. 
Bunday  imzo  tayinlangan  vakil  alohida  holatlar  foydali,  samarali 
ekanligiga  shubhalangan  holatlarda  yoki  bu  uning  vakolati  doirasidan 
chetga  chiqib  ketgan  taqdirda  ishlatiladi.  Ba’zida  shartnomani  yakuniy 
imzolash  haqidagi  masalaning  yechimi  ma’lum  bir  vaqtni  talab  qiladi. 
Yana  shunday  holatlar  ham  ma’lumki,  bunday  imzolash  shartnoma 
tuzishni tezlashtirish vositasi sifatida ishlatiladi. 
Shunday qilib, shartnoma matnining autentifikatsiyasi birorta yuridik 
majburiyatlarni  keltirib  chiqarmaydi.  Istesno  tariqasida,  yuridik  kuchga 
ega  bo’lgan  unda  ishtirok  etishning  rasmiylashtirilish  tartibi  haqidagi 
qarorni  aytib  o’tish  lozim.  Shunga  qaramay,  bunday  matn  xalqaro  huquq 
uchun  ahamiyatsiz  emas.  Matn  shartnoma  amaliyotining  xilma-xilligini 
aks ettirish bilan birga, oddiy normalarning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Ko’pchilik yuristlarning bunday ma’noni shartnoma loyihalari, eng avvalo 
ko’ptomonlama shartnomalar loyihalarida ham mavjud deb hisoblaydilar. 
 
5.6. Konferensiyaning yakuniy aktini imzolash 
 
Xalqaro  konferensiya  tugagandan  so’ng  aksariyat  holatlarda  qabul 
qilingan  shartnoma  yoki  shartnomalarning  matni,  hamda  boshqa  aktlar, 
bayonnomalar,  ariza  va  boshqalarni  o’zida  mujassamlovchi  yakuniy 
(xulosaviy)  akt  qabul  qilinadi.  Shu  jumladan,  xalqaro  shartnoma  huquqi 
haqidagi  ikkala  Vena  Konvensiyalari  ham  yakuniy  aktlar  tuzish  bilan 
tugatilgan.  Akt  konferensiyasi  ishtirokchilarining  barchasi  tomonidan 
imzolanadi. 
Aktning 
imzolanishi 
shartnoma 
matnning 
autentifikatsiyalanganligini 
bildiradi. 
Bu 
esa, 
shartnomani 
imzolanganligini anglatmaydi. 
Kelishuvning  yakuniy  aktiga  har  bir  qatnashuvchi  alohida  imzo 
qo’yadi.  Yakuniy  aktdan  yakuniy  bayonnomani  farqlash  lozim.  Yakuniy 
bayonnoma  shartnomaga  aniqliklar,  qo’shimcha  shartlar  (ogovorka, 
clause)  va  ularni  kiritish  uchun  ishlatiladi.  Bunday  bayonnoma  ikki  yoki 

92 
 
ko’ptomonlama  shartnomaga  ilova  qilinadi  va  uning  ajralmas  qismi 
hisoblanadi.  Yakuniy  bayonnoma  shartnomaning  majburiy  kuchiga  ega 
bo’ldi.  
Qadimdan,  tajribadan  ma’lumki,  shartnomaning  yakuniy  aktiga 
yuridik  kuch  berilgan.  Tomonlarning  mos  keluvchi  hoxishlari  aniq  va 
ravshan ko’rsatilishi lozim.  
Bu  turdagi  aktlarning  biri  Afrika  muammolariga  bag’ishlangan  1885  yilda 
o’tkazilgan  Berlin  Konferensiyasining  Yakuniy  akti  hisoblanadi.  Yakuniy  aktning 
kirish  qismi  (preambula)da  qabul  qilingan  hujjatlar  sanab  o’tilgandan  so’ng, 
shunday  deyiladi:  “Bu  turli  hujjatlarning  birlashtirilishi  foydadan  xoli  bo’lmasligi 
e’tirof  etgan  holda,  ular  bitta  Yakuniy  Aktda  jamlandi...”  keyin  qabul  qilingan 
aktning  to’liq  matni  keltirilgan.  Yakuniy  moddada  esa  shunday  deyiladi:  “Mazkur 
Yakuniy  akt  mumkin  bo’lgan  qisqa  vaqt  ichida  ratifikatsiya  qilinadi...  U  har  bir 
davlat uchun, ratifikatsiya qilingan kunidan boshlab kuchga kiradi” (38-modda). Bu 
holatlar gap xalqaro shartnoma haqida borayotganiga shubha qoldirmaydi. 
Aktning  “shartnoma”  yoki  “bitim”  deb  nomlanishi  uning  huquqiy 
tabiatini  anglatsa,  “yakunlovchi  akt”  hujjatning  nohuquqiy  xarakterini 
anglatadi.  Bu  holat  shuni  anglatadiki,  yakunlovchi  akt  noto’g’ri  talqin 
etilishi mumkin.  
Misol  tariqasida  shartnomalar  huquqi  sohasining  yetuk  namoyondasi 
A.N.Talalaevning  fikrini  yaqqol  keltirish  mumkin.  U  umum’tirof  etilgan  yo’riqnoma 
haqida  shuni  ta’kidlab  o’tganki,  “yakunlovchi  aktning  imzolanishi  xalqaro 
shartnoma  qabul  qilingan  konferensiyadagi  matni  bilan  autentliligini  o’rnatishni 
nazarda tutadi...”. Bunga misol sifatida keltirish mumkinki, yakunlovchi aktning o’zi 
ham  xalqaro  bitim  xarakteriga  ega  bo’lishi  va  “uning  davlatlar  tomonidan 
imzolanishining  o’zi  majburiyat  yuklashini  nazarda  tutadi”,  masalan,  1975  yilgi 
YXHTning Yakunlovchi akti. 
Xelsinki  yig’ilishi  ishtirokchilari  huquqiy  bo’lmagan  akt  tuzish 
istaklarini  ochiq  oydin,  aniq  e’lon  qilishdi.  Deklaratsiyaning  yakuniy 
aktidagi  xalqaro  huquq  prinsiplari  haqidagi  ishtirokchilarning  fikrlarini 
bayon etilganligi aktni xalqaro-huquqiy shartnomaga aylantirmaydi. Biroq, 
bularning  barchasi  mazkur  Deklaratsiyani  prinsiplarning  tuzilishi 
(tarkibi)ni  aniqlashdagi  ahamiyatini  pasaytirmaydi,  zero  uning  ahamiyati 
o’ta yuqori obro’ga ega bo’lgan bayonotdir. 
 
5.7. Xalqaro shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish 
 
Xalqaro shartnomaning  majburiyligiga rozilik bildirish shartnomani, 
qay  tarzda  amalga  oshirilishidan  qat’iy  nazar  sub’ektlar  tomonidan 
yakuniy  qabul  qilinishini bildiradi.  Bunday  rozilikning  natijasida,  xalqaro 

93 
 
huquq  sub’ekti  shartnoma  kuchga  kirgandan  boshlab  uni  bajarish 
majburiyatini oladi. 
Rozilik  bildirish  tartibi  kelishayotgan  tomondan  belgilanadi.  Bunda 
eng  asosiy  rolni  davlatning  konstitutsiyasi  egallaydi.  Shartnomaga  uni 
qabul  qilish  yoki  ratifikatsiya  qilish  davlatlar  tomonidan  milliy 
qonunchiligi bilan tartibga solinadi.  
Xalqaro  hamjamiyat  tajribasini  hisobga  olgan  holda  Vena 
Konvensiyalari  davlatlar  uchun  shartnoma  majburiyatlariga  rozilik 
bildirishining  quyidagi  usullarini  belgiladi:  imzolash,  hujjatlar  almashish 
(shartnomani  tashkil  etgan  hujjatlarni  almashish),  ratifikatsiya  qilish, 
tasdiqlash,  qo’shilish  yoki  kelishib  olingan  boshqa  har  qanday  usul  (11-
modda).  
Shartnoma matnining ahamiyati uning davlatlar tomonidan uzil-kesil 
qabul  qilinishi  jarayoni  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Xususan,  endigina 
konferensiya  orqali  qabul  qilingan  shartnomaga  nisbatan,  imzolangan  va 
ratifikatsiya  jarayoni  kutilayotgan  shartnomaning  ahamiyatliligi  darajasi 
yuqoridir. 
Yo’riqnomasi 
imzolangan 
lekin 
kuchga 
kirmagan 
Konvensiyalar  oddiy  huquqning  ustuvor  normasi  sifatida  qaralgani 
tajribadan  ma’lum.  Bunga  misol  sifatida  1969  yilgi  Shartnomalar  huquqi 
to’g’risidagi Vena konvensiyasini keltirishimiz mumkin. 
Ushbu hujjatlarda ularning almashilishi shunday kuchga ega ekanligi 
ko’zda  tutilgan  bo’lsa  yoki  bu  davlat  yoki  tashkilotlarning  kelishuvi 
boshqacha o’rnatilgan bo’lsa, vaziyatdan kelib chiqib, hujjatlar almashishi 
o’sha belgilangan usul kabi kuchga ega bo’lishi lozim. Biroq, notalar yoki 
alohida kelishib olishlarning o’zi ham ko’p hollarda ratifikatsiya qilish va 
ma’qullash zaruratini keltirib chiqaradi.  
Almashilayotgan  hujjatlar  bir  xil,  avvaldan  kelishilgan  tarkibda 
tuzilgan bo’ladi. Bu turdagi rozilik bildirish hujjatlar almashilgan paytdan 
boshlab kuchga kiradi. Taklif qilinayotgan shartnoma matni loyihasi ko’p 
hollarda notalarda tasvirlanadi. Rozilikni bildiruvchi javob hujjatlar qabul 
qilinishi bilan shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Imzolash  matnning  autentifikatsiyasidan  tortib  to  shartnoma 
shartlariga rozilikni aks ettirishgacha bo’lgan turli ma’nolarga ega.
 
Hujjatlar  almashinuvi  davlat  yoki  xalqaro  tashkilotlarning, 
shartnomaning ular uchun majburiyatlariga o’zaro hujjat almashish usuli 
bilan bildirayotgan roziligidir. 
 

94 
 
 
Ratifikatsiya  Vena  Konvensiyasida  “davlat  shartnomadagi  o’z 
majburiyatlariga roziligini xalqaro doirada bildiruvchi, shunday nomga ega 
bo’lgan  xalqaro  akt”  deb  e’tirof  etadi  (2-moddaning  b  bandi).  Shartnoma 
to’liq  ratifikatsiya  qilinadi.  Shartnomaning  bir  qismi  ratifikatsiyasi  qilish 
qonuniy hisoblanmaydi. Davlatning ratifikatsiya haqidagi normativ aktiga 
shartnoma tuzish jarayonidagi kelishuvlar, rasmiy hisobotlar kiritiladi.  
Ikki  tomonlama  shartnoma  tuzilganda  ratifikatsiya  gramotalari 
almashtiriladi. Ko’ptomonlama shartnomalarda ular depozitariyga beriladi. 
Bu  holatlar  qayd  etib  qo’yiladi.  Odatda  bayonnoma  ko’rinishida.  Biroq 
boshqacha  usul  ham  qo’llaniladi.  Ba’zan  tomonlar  bir-birlariga  qabul 
qilingan hujjatni ratifikatsiya qilganliklari haqida shunchaki xabardor qilib 
qo’yishadi yoki tegishli hujjatlar bilan almashishadi. 
Ratifikatsiya  gramotalarini  almashish  yoki  saqlash  uchun  topshirish 
tashqi ishlar vaziri  yoki uning o’rinbosari bilan, ko’proq diplomatik vakil 
yoki  xalqaro  tashkilotning  doimiy  vakili  bilan  amalga  oshiriladi.  Buning 
uchun mazkur shaxslarga maxsus vakolatlar berilmaydi.  
Gramotaning  kirish  qismida  shartnomani  ratifikatsiya  qiluvchi  idora 
ko’rsatiladi,  aniqrog’i  shartnomani  nomi,  davlatning  shartnomani  qabul 
qilishining sabablari ham ko’rsatilishi mumkin. Gramotaning ikki qismida 
shartnomaning  matni,  jumladan  ilovalar,  qo’shimcha  shartlar  (ogovorka, 
clause), bayonnomalar, agar ular mavjud bo’lsa o’z aksini topgan bo’ladi. 
Yakuniy  qismda,  shartnoma  ma’qullanganligi  va  shartnoma  qat’iy  amal 
qilishi  aytiladi.  Gramotalarga  davlat  boshliqlarining  imzosi  va  davlat 
muhri  bosiladi.  Pastida  tashqi  ishlar  vazirining  imzosi  va  muhri  bosiladi. 
Gramota  davlatlarning  bayroqlari  rangidagi  iplar  bilan  tikiladi.  Odatda 
gramotalar davlat greblari tushirilgan muqovali bo’ladi. 
Xalqaro  shartnomalar  o’zaro  bog’liq  normalarning  yaxlit,  yagona, 
butun bir tizimidir. Shuning uchun umumiy qoida, shartnomani faqat to’liq 
qabul  qilinishi  mumkinligidan  iborat,  ya’ni  umumiy  qoida  shartnomani 
Ratifikatsiya  (ratum  facere  –  lotincha  so’zdan  olingan  bo’lib, 
qonuniy  kuchni  tan  olish,  yakunlash  yoki  tugallash)  –  davlat  xalqaro 
shartnomaga  yakuniy  roziligini  bildiradigan,  ahamiyati  yuqori 
sanaladigan aktdir.
 
Qo’shilish  imzolanmagan  va  albatta  shartnomaning  tayyorlashda 
ham ishtirok etmagan sub’ektning shartnoma majburiyatlariga roziligini 
bildiradi.
 

95 
 
butun,  yaxlitligicha  qabul  qilish  hisoblanadi.  Biroq  shartnomaning  o’zida 
uning  ayrim  qismlarini  qabul  qilish  ko’zda  tutilgan  bo’lishi  mumkin. 
Bunday 
holatlar 
Xalqaro 
Mehnat 
Tashkiloti 
Konvensiyalarida 
uchratishimiz  mumkin.  Lekin  bu  kam  uchraydigan  holat  bo’lib,  bu 
tomonlar  shartnomada  aks  etgan  majburiyatlarning  faqat  bir  qismiga 
rozilik bildirishi haqida kelishib olishadi. 
Bu  toifadagi  rozilik  bildirish  masalasi  Vena  Konvensiyasining  17-
moddasida  o’rnatilgan  bo’lib,  unga  ko’ra,  agarda  mazkur  holat 
shartnomada  ruxsat  etilgan  va  bu  to’g’risida  tomonlar  o’zaro  kelishib 
olishgan  bo’lsa  shartnoma  majburiyatlarning  bir  qismigagina  rozilik 
bildirilishi mumkin.  
 
Odatda  ko’p  tomonlama  shartnomalar  depozitariysi  nazarda  tutiladi. 
Qolaversa,  depozitariyning  ahamiyatini  ko’p  tomonlama  shartnomalar 
bilangina  chegaralash  noto’g’ri  bo’lardi.  Ikki  tomonlama  shartnoma 
tomonlari  turli  sabablar  yuzasidan  bunday  shartnoma  depozitariysini 
aniqlab olishlari mumkin.  
Odatda  depozitar  sifatida  tashkilotning  bosh  lavozimidagi  shaxs 
belgilanadi, masalan, BMTning Bosh Kotibi ko’plab tashkilotlar jumladan 
BMTning  barcha  maxsus  tashkilotlari  o’zlarining  Bosh  Kotiblari  yoki 
Bosh 
direktorlari 
ular 
boshchiligida 
tuzilgan 
shartnomalarning 
depozitarlari etib tayinlash tajbirasiga tayanishadi. 
Ishtirokchilarni  xabardor  qilish  va  axborot  bilan  ta’minlash  – 
depozitariyning  muhim  vazifalaridan  biridir.  Depozitariy  barcha 
tomonlarning  umumiy  vakili  hisoblanmaydi  va  shuning  uchun  ulardan 
olingan  axborot  va  xabarlar  tegishli  tomonlarning  ularni  avtomatik 
ravishda  qabul  qilinishi  sifatida  ko’rib  chiqilmaydi.  Shu  bilan  birga, 
qo’shilish  haqidagi  aktning  depazitarlar  tomonidan  qabul  qilinishi  o’z-
o’zidan ishtirokchilar o’rtasidagi shartnoma majburiyatlarini ham belgilash 
uchun yetarli. 
 
 
 
Depozitariy  –  shartnoma  tuzgan  tomonlar  shartnomaning  asl 
matnini,  uning  faoliyatiga  oid  bo’lgan,  to’xtatilishi  yoki  tugatilishi 
haqidagi  hujjatlarni  saqlashni  ishonib  topshirgan  davlat  yoki  xalqaro 
tashkilot.
 

96 
 
5.8. Shartnomalarga tuzatish va o’zgartirish kiritishning ahamiyati. 
 
Jahon  taraqqiyotining  tez  sur’atlarda  o’sishi  shartnomalarni  o’z 
vaqtida  ko’rib  chiqish  muommosini  tobora  dolzarb  qilmoqda.  Xalqaro 
tizimning  aniq  o’zgarishlarini  hisobga  olganda  bu  muommo  ayniqsa 
dolzarb  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Bu  sohada  II  Jahon  urushidan  keyingi 
tajriba  muhim.  Urush  amaldagi  jahon  tizimi  qanchalik  xatarli  ekanligini 
ko’rsatib  berdi.  Natijada  prinsipial  mafkuraviy  tafovudlarga  qaramasdan 
davlatlar  BMT  Ustavi  asosidagi  yangi  xalqaro–huquqiy  tizimni 
shakllantirishga  rozi  bo’lishdi.  Sovuq  urush  tugagandan  so’ng  yangi 
munosabatlarni  shakllantirilishi  natijasida  xalqaro  shartnomalar  huquqiga 
o’zgartirishlar kiritildi.  
Bugungi  kunda  ko’ptomonlama  shartnomalar  ko’pchilikning 
roziligi  bilan  o’zgartiriladi.  Umumiy  shartnomada  alohida  o’zgartirishlar 
kiritilishiga  ham  yo’l  qo’yiladi.  Rasmiy  o’zgartirish  kiritmasdan 
tomonlarning  roziligi  bilan  amaliyotda  shartnomaning  qoidalarini 
o’zgartirish tartibini belgilash yanada qiyin masala. 
Xalqaro munosabatlar turli xil va ko’pqirrali xususiyatlarga ega. Bu 
xususiyatlar  shartnomalarni  shakllantirishda  e’tiborga  olinadi.  U  yoki  bu 
sohada  hamkorlik  haqidagi  umumiy  xarakterdagi  normalar  ham  mavjud. 
Ularning  asl  ma’nosi  hamkorlik  darajasi  va  ishtirokchilarning  kelishilgan 
amaliyotidan kelib chiqadi. Imperativ normalar, masalan radio to’lqinlarni 
tarqalishiga oid normalar ham mavjud. Ular hech qanday o’zgartirishlarsiz 
qanday  bo’lsa  shundayligicha  qo’llaniladi.  O’zgaruvchan  sharoitlarda 
shartnomaning 
qoidalari  o’zaro  kelishuv  asosida  o’zrgartirilishi 
mumkinligi amaliyot ko’rsatmoqda.  
Xalqaro  munosabatlar  o’zgarganda  shartnomalarga  o’zgartirish  va 
qo’shimchalar  kiritiladi.  Qo’shimcha  va  o’zgartirishlar  davlatlarning 
huquq  va  majburyatlariga  sezilarli  ta’sir  o’tkazadi.  Shartnomaga 
o’zgartirish kiritish uchun barcha tomonlarining roziligi kerak degan qoida 
1871-yilgi  London  Protokolida  mustahkamlangan  bo’lib,  unga  ko’ra  har 
qanday davlat o’z shartnomaviy majburiyatlarini faqat “do’stlik kelishuvi 
orqali  erishilgan  tomonlarning  roziligi”  asosida  o’zgartirishi  mumkin. 
BMT  Kotibiyati  huquq  departamentining  memorandumida:  “o’tmishda 
ko’p  tomonlama  konvensiyalar  dastlabki  kelishuvchi  tomonlarning 
umumiy roziligi bilan o’zgartiriladi degan fikr mavjud bo’lgan” – deyiladi. 
Shartnomalar  huquqi  bo’yicha  mutaxassislarning  ta’kidlashicha, 
shartnomalarni  qayta  ko’rib  chiqish  huquqi  “shartnomalar  bajarilishi 
lozim” prinsipidan kelib chiqadi. Doktinada qayta ko’rib chiqishda barcha 

97 
 
tomonlar ishtirok etishi lozim degan nazariya ustunlik qilgan.  Zamonaviy 
xalqaro  huquqda  qayta  ko’rib  chiqishning  qonuniy  sharti  sifatida  barcha 
ishtirokchilarining roziligini olish talab etiladi.  
Shartnomaga  o’zgartirish  kiritilganda,  shartnoma  tuzilgandagi  kabi 
ularsiz  shartnomaning  maqsadlariga  erishib  bo’lmaydigan  yoki  erishishni 
qiyinlashtiradigan zaruriy ishtirokchilar alohida o’rin tutadi. 
1968-yilgi “Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to’g’risida”gi Kelishuvni ko’rib 
chiqsak.  Uning  zaruriy  ishtirokchilari  yadroviy  qurolga  egalik  qiluvchi  davlatlar 
hisoblanadi.  Kelishuvga  ko’ra  har  bir  ishtirokchi  o’zgartirish  kiritish  to’g’risida 
taklif berishi mumkin. Agar taklif umumiy ishtirokchilarning 1/3 qismi yoki ko’pchilik 
ovozi  bilan  qo’llab-quvvatlansa,  depozitariy  barcha  tomonlar  ishtirokida 
konferensiya  chaqiradi.  “Ushbu  Kelishuvga  o’zgartirishlar  shartnomaning  barcha 
ishtirokchilari,  shu  jumladan  yadroviy  qurolga  egalik  qiluvchi,  Atom  energiyasi 
bo’yicha  xalqaro  agentlik  Boshqaruv  Kengashining  a’zolarining  ko’pchilik  ovozi 
bilan qabul qilinadi ” (8-modda). 
Xalqaro  hayotning  o’sish  dinamikasi  natijasida  o’zgartirishlar 
muommosi  yanada  ko’p  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shartnomalar 
tuzilayotganda  bu  vaqtdagi  shart-sharoitlar  o’zgarishini  hisobga  olib 
tuziladi, shuning uchun o’zgarish kiritish mumkinligi shartnomada nazarda 
tutiladi. Shartnomalarni o’zgartirish huquqi shartnomani tuzish huquqidan 
kelib chiqadi.  
Endi  “o’zgartirish”  va  “qayta  ko’rib  chiqish”  tushunchalariga 
to’xtalamiz.  BMT  Ustavining  108-moddasi  Ustavga  o’zgartirish  kiritish, 
109-moddasi  Ustavni  qayta  ko’rib  chiqishga  bag’ishlangan.  BMT 
Kotibiyatining  shartnomaning  yakuniy  qoidalari  to’g’risidagi  hujjatda 
o’zgartirish  to’g’risida  normalar  va  shartnomaning  nazorati  to’g’risidagi 
normalar  o’rtasidagi  farqlar  keltirilgan.  Birinchisi  shartnomaning  alohida 
normlarini  almashtirish,  ikkinchisi  esa  shartnomani  o’zini  almashtirishni 
ko’zda tutadi.   
Shartnomani  o’zgartirish  hajmini  e’tiborga  oladigan  bo’lsak, 
ko’rsatilgan  farq  ma’lum  ma’noga  ega.  Lekin  u  holatda  ham  bu  holatda 
ham  yuridik  jarayon  bir  xil  bo’ladi.  BMT  Ustavining  108-moddasiga 
ko’ra, kiritiladigan tuzatishlar, ular Bosh Assambleya A’zolarining uchdan 
ikki  qismi  ovozi  bilan  qabul  qilinib,  Tashkilot  A’zolarining  Xavfsizlik 
Kengashi doimiy a’zolarining hammasini qo’shgandagi uchdan ikki qismi 
ovozi  bilan  ularning  konstitutsiyaviy  tartibotiga  muvofiq  ratifikatsiya 
qilingach,  Tashkilotning  barcha  a’zolari  uchun  kuchga  kiradi.  Xuddi 
shunday norma 109-moddasida ham ifodalangan.  

98 
 
Shu  bilan  birga  108-moddani  San-Fransisko  Konferensiyasida 
muhokama  qilish  jarayoni  quyidagi  fikrlar  aks  ettirilgan  ma’ruza  qabul 
qilingan:  “Huquq  va  majburiyatari  Ustavga  o’zgartirish  kiritish  orqali 
o’zgartirilgan va bu o’zgarishlardan norozi bo’lgan Tashkilot a’zosi,  agar 
bu  o’zgartirish  Assambleyaning  kerakli  ko’pchilik  a’zosi  yoki  umumiy 
konferensiyada  qabul  qilingan  va  uni  kuchga  kirishi  uchun  ratifikatsiya 
qilishning iloji yo’q bo’lsa a’zo davlat Tashkilotda qolishi shart emas”. 
Hozirda  London  Protokolining  normalari  ikki  tomonlama  va 
cheklangan  shartnomalarni  o’zgartirishga  nisbatan  qo’llaniladi.  Keng 
tarqalgan  ko’ptomonlama  shartnomalarni  o’zgartirishga  nisbatan  uning 
ahamiyati past. Keng tarqalgan ko’p tomonlama shartnomalarni tuzishning 
birinchi tajribasi tomonlarning o’zaro kelishuvi prinsipi xalqaro huquqning 
progressiv rivojlanishini to’xtatib qolishi mumkin.  
1906-yilda  1864-yilgi  Urush  qurbonlarini  qismatini  yaxshilash 
to’g’risidagi  Jeneva  Konvensiyasi  ushbu  Konvensiya  qoidalarini  bekor 
qiluvchi  yangi  Konvensiya  qabul  qilinishi  natijasida  qayta  ko’rib 
chiqilgan.  Shu  bilan  birga  1964-yilgi  Konvensiya  yangi  Konvensiyani 
ratifikatsiya qilmagan davlatlar o’rtasida o’z kuchini saqlab qoladi. Xuddi 
shunday norma 1899-yilgi Konvensiyani qayta ko’rib chiquvchi 1907-yilgi 
Urush  qoidalari  va  odatlari  to’g’risidagi  Konvensiyada  ham  ifodalangan. 
Bunday  normalar  amaliyotda  keng  tarqalgan.  1949-yilgi  Harakatdagi 
armiyalarda  yarador  va  bemorlarni  qismatini  yaxshilash  to’g’risidagi 
Jeneva  Konvensiyasida:  “Mazkur  Konvensiya  Oliy  Ahdlashuvchi 
tomonlar  o’rtasidagi  munosabatlarda  1864-yil  22-avgustdagi,  1906-yilgi 
va 1929-yil 27-iyuldagi Konvensiyalar or’nida ishlatiladi”- deyilgan. 
Hozirgi  kunda  quyidagi  mazmunli  o’zgartirish  formulasi  keng 
tarqalgan:  har  bir  a’zo  davlat  Konvensiyalarga  o’zgartirish  kiritish  taklifi 
bilan  chiqishi  mumkin,  ko’pchilik  a’zolar  tomonidan  ma’qullagandan 
keyin  o’zgartirishni  qabul  qilgan  davlatlar  uchun  kuchga  kiradi, 
keyinchalik  qo’shilgan  a’zolar  uchun  qo’shilgan  kundan  boshlab  kuchga 
kiradi.  Ushbu  formula  ishlatilgan  konvensiyalarga  misol  sifatida  1967-
yilgi  “Kosmosdan,  shuningdek  Oy  va  boshqa  samoviy  jismlardan 
foydalanish  va  tadqiq  qilish  faoliyatining  asosiy  prinsiplari  to’g’risida”gi 
Konvensiya  (15-modda),  1968-yilgi  “Kosmanavtlarni  qutqarish  va 
kosmosga yuborilgan obyektlarni qaytib kelishi to’g’risida”gi Kelishuv (8-
modda),  1972-yilgi  “Bakteriologik  (biologik)  va  zaharli  qurollarni  ishlab 
chiqish,  yig’ib  qo’yishni  ta’qiqlash  va  ularni  yo’q  qilish  to’g’risida”gi 
Konvensiya (11-modda)larni ko’rsatishimiz mumkin. 

99 
 
Ko’rsatib  o’tilgan  norma  umumiy  qoidalarni  aks  ettiradi.  Lekin 
ayrim holatlarda u maxsus shartlar bilan to’ldiriladi. Bunga yuqorida aytib 
o’tilgan  1968-yilgi  “Yadroviy  qurollarni  tarqatmaslik  to’g’risida”gi 
Kelishuvning  8-moddasi  misol  bo’ladi.  Uning  zaruriy  ishtirokchilari 
yadroviy qurolga egalik qiluvchi davlatlar hisoblanadi. 
Qayta  ko’rib  chiqish  masalasi  hamkorlikning  maxsus  shakllari 
to’g’risidagi  shartnomalarda  va  siyosiy  shartnomlalarda  turlicha  hal 
qilinadi.  Birinchidan,  ushbu  masalaga  bog’liq  maxsus  normalar  mavjud, 
ikkinchidan  shartnomaning  o’zida  bu  nazarda  tutilmagan.  Tomonlar 
munosabatlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniq emasligini hisobga oladi. Bu 
holat  doktrinalarda  ham  ko’rinadi.  Masalan,  boshqacha  pozitsiya  ham 
tarqalgan.  Ch.  De  Visher  ta’kidlashicha:  “Dastlabki  kelishuvchi  tomonlar 
nazoratni  amalga  oshirishi  yoki  unda  ishtirok  etishi  prinsipi  davlatlarni 
siyosiy  qarashlariga  o’zgarishi  hisobiga  juda  qiyin  yoki  umuman 
ilojsizdir”.  Makneyrning  fikricha:  “Shartnomalarni  qayta  ko’rib  chiqish 
to’grisida  quyidagilarni  keltirish  mumkin:  qayta  ko’rib  chiqishga  ta’sir 
o’tkazuvchi  barcha  ishtirokchilarning  roziligini  talab  qiluvchi  normani 
o’zgartirish uchun Jahon hamjamiyati yo’l izlamoqda”
1

1951-yilda 
nashr 
etilgan 
BMT 
huquq 
departamentining 
memorandumida  o’tmishdagidan  farqli  ravishda  “hozirgi  kunda  ko’p 
tomonlama  xalqaro  shartnomalarni  o’zgartirish  dastlabki  a’zolarning 
ko’pchiligi yoki ozchiligining roziligi talab qilinadi degan fikr mavjud”. 
Qayta  ko’rib  chiqish  muommosini  hal  qilishga  xalqaro  tashkilotlar 
ham  katta  hissa  qo’shdi.  Bu  holat  shartnomalar  huquqi  loyihasi  bo’yicha 
Xalqaro  huquq  komissiyasining  sharhlarida  ta’kidlangan.  Tashkilotning 
ta’sis  hujjati  yoki  u  tomonidan  qabul  qilinadigan  konvensiyalar  haqida, 
Xalqaro  Mehnat  Tashkilotidagi  kabi  yaqqol  ko’rinadi.  Ma’lum  ma’noda 
bu tashkilot homiyligi ostida tuziladigan shartnomalarga ham aloqador. 
Hozirgi  o’zgargan  sharoitlarda  xalqaro  tashkilotlar  ta’sis  hujjatlari, 
shuningdek  amaliy  faoliyati  o’zgarishlarga  mosligiga  e’tibor  berishlari 
lozim.  BMTning  ayrim  ixtisoslashtirilgan  tashkilotlarida  ratifikatsiya 
qilingan nizomning o’zgarishlarini ratifikatsiya qilmaslik nazarda tutilgan 
(BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti Ustavining 19-moddasi). 
“Pornagrafik mahsulotlarni tarqalishiga qarshi kurash to’g’risida” gi 
Konvensiyaga  o’zgartirish  kiritirsh  to’g’risdagi  Protokolida:  BMT  Bosh 
Kotibi  “yuqorida  ko’rsatilgan  konvensiyani  a’zolari  bo’lgan  davlatlarga 
                                                 
1
 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров 
- М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.50. 

Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling