Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25

109 
 
birinchidan,  shartnomaning  boshqa  ishtirokchilar  tomonidan 
buzilishi; 
ikkinchidan, shartnomani ijro etishning imkonsizligi; 
uchinchidan,  shartnoma  tuzilgan  vaziyatning  tubdan  o’zgarib 
ketishi; 
to’rtinchidan, shartnomaga zid keluvchi yangi imperativ normaning 
paydo bo’lishi.
1
 
To’xtatib  qo’yish  shartnoma  harakatining  vaqtincha  to’xtatilishidir. 
U  shartnomaga  muvofiq  ravishda,  ishtirokchilar  roziligi  bo’yicha, 
shuningdek  xalqaro  huquq  asosida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Keyingi 
holda shartnomaning jiddiy ravishda buzilganligi va uni bajarish vaqtincha 
imkonsiz  ekanligi  asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  To’xtatib  qo’yish 
ishtirokchilarni  shartnomani  bajarish  majburiyatidan  vaqtincha  muddatga 
ozod  etadi,  orttirilgan  huquq  va  majburiyatlarga  ta’sir  ko’rsatmaydi. 
Ishtirokchilar  shartnomaning  qayta  kuchga  kirishiga  xalal  beruvchi 
harakatlardan tiyilishi shart. 
Keyingi  vaqtda,  odatda,  xalqaro  huquqni  buzganlik  uchun  jazo 
sifatida  xalqaro  tashkilotlar  qarorlari  asosida  shartnomalarning  bekor 
qilinishi  va  ular  harakatining  to’xtatib  qo’yilishi  bilan  bog’liq  hollar 
ko’plab  uchramoqda.  Buni  davlatning  xalqaro  tashkilotdan  chiqarilishi 
mumkinligi 
misolida 
ko’rish  mumkin.  Ishtirokchilarning  o’zaro 
kelishuviga muvofiq, shartnomadagi, masalan, MDHni tuzish to’g’risidagi 
bitimdagi  ayrim  qoidalarni  to’xtatib  qo’yish  yoki  bekor  qilish  hollariga 
yo’l qo’yiladi. 
Qurolli 
mojaro 
o’z-o’zidan 
barcha 
ikki 
tomonlama 
shartnomalarning bekor qilinganligini anglatmaydi. Buni hal etish  mojaro 
ishtirokchilarining  xohish-irodasiga  bog’liqdir.  Urush  tufayli  siyosiy 
mazmun  kasb  etgan  va  mojaro  tabiatiga  muvofiq  kelmaydigan 
shartnomalar barham topadi.  
 
6.4. Xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi 
 
Davlat  o’z  hududi  doirasida  suverenitetini  amalga  oshirar  ekan, 
undan qanday huquqiy tartibot o’rnatilishini o’zi hal etadi. davlat hududi – 
milliy  huquq  qo’llaniladigan  va  harakat  qiladigan  makondir.  Shuning 
uchun ham, avvalombor, bu makonga xalqaro huquqning, xususan xalqaro 
shartnomaning  kirib  kelishini  milliy  huquq  hal  etadi  va  shu  asosida  u 
                                                 
1
 Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –T.: Adolat, 2006. -B.191 

110 
 
xalqaro  sharnomaviy  munosabatlarga  kirishadi.  Shuning  uchun  ham, 
xalqaro  huquqda  xalqaro  shartnoma  tuzilayotgan  paytda,  ayniqsa,  ko’p 
tomonlama shartnomalarda, ularni hudud bo’yicha amal qilishi masalasiga 
alohida  e’tibor  qaratiladi.  Odatda,  xalqaro  shartnomaning  hudud  bo’yicha 
amal  qilishi,  agar  shartnomada  boshqacha  qoida  belgilanmagan  bo’lsa, 
shartnoma  ishtirokchilari  bo’lgan  davlatlarning  butun  hududi  bo’yicha 
amal  qiladi.  Ammo,  ko’pincha,  xalqaro  shartnomalarda  ekstrahududiy 
qo’llanishini ham ko’zda tutuvchi qoidalar kiritilishi mumkin. Bu ayniqsa, 
xalqaro  huquqda  turli  to’la  xalqaro  huquqiy  maqomga  ega  bo’lmagan 
hududlarga  nisbatan  qo’llanilib,  xalqaro  shartnomalarda,  ularning  barcha 
qoidalari  yoki  ayrim  tegishli  normalari  bunday  hududlar  uchun  amalga 
qilish  shartlari  alohida  ta’kidlab  o’tiladi.  Ya’ni,  alohida  sub’ekt 
hisoblanadi, ammo mustaqil tashqi siyosat va xalqaro aloqalar olib borish 
layoqatiga  ega  bo’lmagan  davlatlar  yoki  davlatsimon  tuzilmalar  shular 
jumlasidandir.  
Misol  uchun,  “Qurolli  mojaro  chiqqan  holda,  madaniy  boyliklarni  himoya 
qilish  to’g’risida”gi  xalqaro  konvensiyaning  “Konvensiyaning  hududiy  qo’llanishi” 
deb  nomlangan  35-moddasida  “Har  bir  Ahdlashayotgan  tomon  ratifikatsiya  yoki 
qo’shilayotgan  paytida  yoki  keyinchalik  har  qanday  vaqtda  YuNESKOning  bosh 
direktoriga  bayonot  berish  orqali  mazkur  Konvensiyani  hududlarining  barchasiga 
yoki  xalqaro  munosabatlarida  u  vakilligini  amalga  oshirayotgan  biron  bir  hududga 
nisbatan  qo’llanishi  bo’yicha  bayonot  berishi  mumkin.  Bunday  bayonot,  uni 
olganidan uch oydan keyin kuchga kiradi”, deb belgilab qo’yilgan
1
.  
Bunda  davlatning  ekstrahududiy  yurisdiktsiyasi  qo’llaniladigan 
hududlar  to’g’risida  gap  ketmoqda.  Bunday  hududlar  to’g’risida  BMT 
Ustavida  ham  alohida  noormalar  qayd  etib  o’tilgan,  ya’ni  “O’zini  o’zi 
boshqarmaydigan hududlarga taalluqli deklaratsiya” deb nom olgan 73 va 
74-moddalar.  74-moddada  Tashkilot  a’zolari  o’zlarining  ushbu  bobning 
ta’siri  o’tadigan  hududlarga  nistaban  o’tkazadigan  siyosatlari,  o’z 
metropoliyalaridagi  siyosatlaridan  kam  bo’lmagan  darajada,  yaxshi 
qo’shnichilik  umumiy  prinsipiga,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  savdo  ishlarida 
dunyoning  barcha  mamlakatlari  manfaatlarini  va  farovonligini  tegishlicha 
hisobga  olishga  asoslanishi  lozim,  degan  fikrga  qo’shiladilar”,  deb 
ko’rsatib o’tilgan. 
Ustavning  XII  bobi,  bunday  hududlarni  boshqarish  uchun 
shakllantirilgan  “Xalqaro  vasiylik  tizimi”ga  bag’ishlangan  bo’lib,  unda 
vasiylik  hududlari,  vasiylik  tizimini  vazifalari,  vasiylik  hududlariga 
                                                 
1
  Ведение  военных  действий.  Сборник  Гаагских  конвенция  и  иных  межуданродных  документов.  -4-е  изд., 
дпоолн. –М.: МККК, 2004.-С.51 

111 
 
nisbatan bitimlar kabi, bu tizimdagi hududlarni boshqarishga oid normalari 
kiritilgan. Shuningdek, Ustavning XIII bobida, bunday tizimni boshqarish 
uchun  tuzilgan  va  BMT  asosiy  organlaridan  biri  hisoblangan  Vasiylik 
Kengashi va uning vakolatlari belgilab qo’yilgan
1
.   
 
MAVZU BO’YICHA XULOSALAR 
 
Mazkur  mavzuni  o’rganishda  talabalar  xalqaro  shartnomalarning  kuchga 
kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishi, prolongatsiyasi, xalqaro shartnomaning bekor 
qilinishi, to’xtatib qo’yilishi, xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi 
kabi masalalarni o’rganishi orqali xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini 
aniqlashlari lozim. 
 
NAZORAT UCHUN
 
SAVOLLAR VA KAZUSLAR 
 
1.
 
Xalqaro  shartnomalarning  kuchga  kirishi  va  vaqt  bo’yicha  amal 
qilishining tartibga solish masalari qaysi xalqaro hujjatlarda o’z aksini topgan? 
2.
 
Shartnomaning  hudud  bo’yicha  amal  qilishi  borasidagi  masalalarini 
tartibga soluvchi yo’riqnomalarni o’z ishiga olgan xalqaro aktlar mavjudmi? 
3.
 
Xalqaro shartnoma vatincha to’xtatib turilganda, unda belgilangan huquq 
va majburiyatlar bekor bo’ladimi? Oqibati qanday? 
4.
 
Xalqaro  shartnomalarni  kuchga  kirishida  shartnomani  ro’yxatga 
olishning ahamiyati qanday? 
 
1 KAZUS.  
Shimoliy  Koreya  davlati  Hindixitoy  mamlakatlari  tomonidan  tuzilgan  xalqaro 
shartnomaga  qo’shildi.  Shartnoma  amal  qila  boshlagach,  Shimoliy  Koreya  davlati 
ma’muriyati  undan  chiqish  to’g’risida  qonun  qabul  qildi.  Shartnoma 
ishtirokchilaridan  biri  bo’lgan  Janubiy  Koreya  shartnomaning  o’zida  undan  chiqish 
mumkin  emasligini  nazarda  tutuvchi  qoida  belgilanganligini,  shu  tufayli  Shimoliy 
Koreya  shartnomaga  rioya  qilishga  majbur  ekanligini  ta’kidlaydi.  Bunga  qarshi 
Shimoliy  Koreya  o’z  pozitsiyasini  shartnoma  ichki  huquq  tizimiga  mos  emasligi  va 
shartnoma  taraflarining deyarli  birortasi  bilan  Shimoliy  Koreya  o’rtasida  diplomatik 
aloqalar o’rnatilmaganligi bilan oqlaydi.   
Yuzaga  kelgan  holatga  xalqaro-huquqiy  baho  berib,  quyidagi  savollarga  javob 
bering. 
1)
 
Xalqaro  shartnomalardan  chiqish  va  denonsatsiya  qilish  qanday  amalga 
oshiriladi? 
2)
 
Shimoliy Koreyaning vajlari asoslimi? U shartnomadan chiqishi mumkinmi? 
3)
 
Pacta  sunt  servanda  tamoyilini  tushuntirib  bering.  Bu  borada  G’arb 
olimlarining va shaxsiy fikrlaringizni keltiring. 
                                                 
1
 Batafsil ma’lumotlar uchun qarang: Ҳакимов Р. Ўзбекистон ва Бирлашган Миллатлар Ташкилоти.  –Т.: Ғ.Ғулом 
номидаги Адабиёт ва санъат нашр., 2001. –Б.161-166 

112 
 
4)
 
Shimoliy  Koreya  uchun  xalqaro  shartnomadan  chiqishni  oqilona  yo’li 
qanday? 
 
2 KAZUS.  
Hindixitoy  davlatlari  o’rtasida  o’zaro  bojxona  munosabatlarini  tartibga 
soluvchi  shartnoma  qabul  qilindi.  Ushbu  shartnomaga  ko’ra,  uning  ishtirokchilari 
o’zaro  tovar  ayirboshlashda  kamaytirilgan  boj  stavkalarini  yoki  ayrim  tovarlarga 
nisbatan  boj  to’lovini  ozod  qilishga  kelishishdi.  Biroq  shartnomaning  o’zida  u 
qachondan boshlab kuchga kirishi ko’rsatilmadi.  
1)  Ushbu  shartnoma  taraflariga  (ular  5  ta  –  Xitoy,  Filippin,  Tayland, 
Malayziya,  Singapur)  qachondan  boshlab  yuridik  huquq  va  majburiyatlar 
yuklaydi? 
2) Xalqaro shartnoma kuchga kirishida shartnoma matni qabul qilingan vaqt 
va shartnoma BMTda ro’yxatga olingan vaqtning ahamiyati qanday? 
 
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
 
1.
 
Istalgan  xalqaro  shartnomani  tahlil  qilish,  ya’ni  shartnomaning  kuchga 
kirishi  va  vaqt  bo’yicha  amal  qilishi,  prolongatsiyalash,  bekor  qilinish  asoslarini, 
to’xtatib  qo’yilishi,  xalqaro  shartnomalarning  hudud  bo’yicha  amal  qilinishi 
masalalarini mavjudligini o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 
 

113 
 
VII. XALQARO SHARTNOMALARNI TADBIQ QILISH 
 
(yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich) 
 
Annotatsiya.  Mazkur  bobda  xalqaro  shartnomalarni  tadbiq  qilish,  davlatlar 
ichki  huquqi  va  xalqaro  shartnomalarga  rioya  qilish,  xalqaro  shartnomalarning 
implementatsiyasi,  implementatsiyaning  xalqaro  va  milliy  mexanizmlari,  xalqaro 
shartnomalardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish masalalarini o’rganadi. 
 
 
7.1. Xalqaro shartnomalarni tadbiq qilish tushunchasi 
 
“Xalqaro-huquqiy  normalarni  tadbiq  qilish,  yoki  ularni  amalga 
oshirish,  odatdagidek,  ularni  qabul  qilishga  nisbatan  ancha  murakkab  va 
ma’suliyatli  vazifa  hisoblanadi
1
.  Ushbu  vazifani  xal  etishga  xalqaro 
shartnomalarda  belgilangan  qoidalarni  xalqaro  huquq  sub’ektlari 
tomonidan  xam  xalqaro,  ham  milliy  darajada  qo’llaniladigan  maqbul 
implementatsiya  mexanizmi  sifatida  mavjud  huquqiy  va  tashkiliy 
vositalarni amalga oshirish natijasidagina erishish mumkin.  
Har bir davlatda xalqaro huquq normalarini tadbiq qilishni ta’minlab 
beruvchi  huquqiy  va  tashkiliy  vositalarning  mazmuni  birinchi  o’rinda 
xalqaro  huquq  normalarining  xususiyatidan,  ikkinchidan  esa,  ichki  davlat 
huquqiy  tizimining  o’ziga  xosligidan  kelib  chiqadi.  Bu  jarayonda  esa 
asosan ustuvorlik konstitutsiyada belgilangan normalarga beriladi.  
Xalqaro  huquq  normasining  ichki  qonunchilik  doirasida  amalga 
oshirish jarayonini tahlil qilish davomida xalqaro normalarning ikki turiga 
alohida  to’xtalib  o’tish  joizdir,  yani  –  o’zi-o’zidan  bajarilishi  ko’zda 
tutilgan  va  amalga  oshirilishi  milliy  normativ-huquqiy  hujjat  yordamida 
ko’zda tutilgan normalarni qayd etib o’tish lozim
2

Davlatlar amaliyotida masalan, Buyuk Britaniyada qabul qilingan har qanday 
xalqaro  huquqiy  hujjat  shu  davlat  huquqiy  tizimining  bir  qismi  sifatida  qaraladi. 
Ispaniyada esa qirollik qo’shilgan xalqaro shartnoma majburiyatlari o’z-o’zidan ijro 
etilmaydi. Uning ijrosi maxsus qonun bilan amalga oshiriladi.  
Xalqaro-huquqiy  normalarni  o’zi  amalga  oshirilishi  mezonlari 
birinchi  bor  1829  yilda  AQSH  Oliy  Sudi  tomonidan  shakllantirilgan  edi: 
“har  safar  qonunchilik  choralariga  murojaat  qilmasdan  o’z-o’zidan 
                                                 
1
 Лукашук И. И. Международно-правовое регулирование международных отношений (системный подход). -М.: 
Международные отношения, 1975. -С.16. 
2
Батырь  В.  А.  Имплементация  норм  международного  гуманитарного  права  в  военном  законодательстве 
Российской  Федерации  //  Автореферат  на  соискание  ученой  степени  кандидата  юридических  наук.  -М.: 
Военный университет, 1999. -С. 16. 

114 
 
harakatda  bo’lgan  xalqaro  shartnoma”  o’zi-o’zidan  amalga  oshiriluvchi 
xalqaro  shartnoma  hisoblanadi
1
.  Bunday  yondashuv  hozirgacha  ham  o’z 
dolzarbligini  yo’qotgani  yo’q.  Xalqaro  shartnomalar  qoidalari  to’g’ridan-
to’g’ri  amalga  oshiriluvchi  normalar  bo’lib  ta’riflanishi  uchun  ulardagi 
ko’rsatmalar  aniq  va  to’liq  bo’lishi  kerak
2
,  ya’ni  ulardagi  ko’rsatmalar 
shartnoma  ishtirokchisi  bo’lgan  davlat  organlari,  yuridik  shaxslar  va 
jismoniy  shaxslarga  milliy  qonunchilik  aralashmasidan  turib  to’g’ridan 
to’g’ri huquq va majburiyatlar berishi kerak. Shu bilan birga aytish joizki, 
“xalqaro  normaning  milliy  huquq  tomonidan  prosedura  tartiblariga 
tortilishini, 
uning 
to’g’ridan-to’g’ri  harakat  qila  olmasligi  deb 
tushunmaslik kerak
3
.” 
O’zbekistonda  xalqaro  huquqiy  normalarning  ustuvorligining  
konstitutsiyaviy  asosi  ham  mavjud.  Ya’ni,  O’zbekiston  Respubliksi 
Konstitutsiyasining 
Muqaddimasida 
xalqaro 
huquq 
normalarining 
ustuvorligi e’tirof etilgan. Mazkur konstitutsiyaviy qoida qonunchilikning 
fuqarolik,  jinoyat,  oila, 
mehnat  va  boshqa  barcha  sohalarida 
rivojlantirilgan.  
Bu  ustuvorlik,  agar  O’zbekiston  uchun  yuridik  kuchga  ega  bo’lgan 
xalqaro  huquqiy  normalar  milliy  qonunchilik  normalaridan  o’zgacha 
bo’lsa,  bunday  xalqaro  normalar  qo’llanilishi  lozimligini  ko’zda  tutadi. 
Ayni  paytda,  O’zbekiston  Respublikasining  1995  yil  22  dekabrdagi 
“O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  to’g’risida”gi 
Qonunining  27-moddasida  “O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro 
shartnomalariga  O’zbekiston  Respublikasi  xalqaro  huquq  normalariga 
muvofiq  qat’iy  va  majburiy  ravishda  rioya  etmog’i  lozim”
4
  deb 
belgilangan. 
Respublikamizda  xalqaro  shartnomalarga  qo’shilish  amaliyoti 
avvallari  Oliy  Majlis  qarorlari  bilan  qabul  qilingan  bo’lsa,  ikki  palatali 
parlamentga  o’tilgandan  keyin  qonun  qabul  qilish  yo’li  bilan  amalga 
oshiriladigan  bo’ldi.  Qonun  oliy  yuridik  hujjat  va  u  so’zsiz  ijroni  talab 
                                                 
1
Waelbroeck  M.  Traitis  internationaux  et  juridictions  internationales  dans  les  pays  du  Marchè  Commun.  Bruxelles, 
1969. -P. 161 
2
 Drzewicki K. National legislation as a Measure for implementation of International Humanitarian Law. -P. 110. 
3
 David e. Principes de droit des conflicts armés. -P. 164. 
4
 Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикасининг халқаро шартномалари тўғрисида”ги Қонуни. / 
(Ўзбекистон Республикаси Олий  Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 йил, № 12, 262-модда; 2003 йил, № 5, 67-
модда; 2004 йил,  № 1-2, 18-модда.  

115 
 
etadi.  Xalqaro  konvensiyalarga  qo’shilish  qonun  yo’li  bilan  amalga 
oshirilar ekan, uning ijrosini ta’minlash birdek majburiydir
1

 
7.2. Davlatlarning ichki huquqi va xalqaro shartnomalarga rioya 
qilish 
 
Xalqaro  shartnomalarga  qo’shilish  va  ularning  kelib  chiqadigan 
majburiyatlarni  bajarishda,  davlatning  ichki  huquqi  bilan  xalqaro 
huquqning  o’zaro  munosabatiga  e’tibor  qaratish  lozim.  Xalqaro  huquq 
nazariyasidan  ma’lumki,  milliy  huquq  bilan  xalqaro  huquq  o’rtasidagi 
munosabat, ularning bir biriga ta’siri masalalariga katta e’tibor qaratilgan.  
Davlatlarning  ichki  huquqi  yoki  milliy  huquq  va  xalqaro  huquq 
odatda,  mustaqil  huquqiy  tizimlardir,  shu  bilan  bir  qatorda,  ular  o’zaro 
murakkab  munosabatlar  bilan  bog’langandir.  Chunki,  mazkur  vaziyatda, 
asosiy 
masala, 
davlatning 
ichki 
huquqi 
bilan 
uning 
xalqaro 
shartnomasining  normasi  bir  biriga  zid  kelib  qolganda  yoki  huquqni 
qo’llash  amaliyotida  bu  ikki  huquq  tizimi  duch  kelganda,  huquqni 
qo’llovchi qaysi biriga murojaat qilishi lozim, degan savoldadir.  
Keng  ma’noda  qaralganda,  xalqaro  va  milliy  huquqning  harakat 
sohalari bir-biriga juda yaqin bo’lib, tegishli huquq sub’ektlarining o’zaro 
harakati  jarayonida  yuzaga  keladigan  ijtimoiy  munosabatlarni  qamrab 
oladi. Amaliy jihatdan yondoshganda, xalqaro va milliy huquqning harakat 
sohalari qanchalik o’zaro yaqin bo’lmasin, ular turlichadir. 
Birinchidan,  xalqaro  huquq  sub’ektlari  sifatida  -  davlatlar,  xalqaro 
tashkilotlar, o’z ozodligi uchun kurashayotgan xalqlar va millatlar, davlat 
tipidagi  tuzilmalar  bo’lsa,  milliy  huquq  sub’ektlari  sifatida  esa,  jismoniy 
va yuridik shaxslar, shuningdek, davlatlarning organlari namoyon bo’ladi; 
Ikkinchidan,  tartibga  solish  ob’ekti  xalqaro  huquqda  -  xalqaro 
(davlatlararo)  munosabatlar,  milliy  huquqda  esa,  mamlakat  ichkarisidagi 
ijtimoiy munosabatlar kiradi; 
Uchinchidan,  xalqaro  huquqda  normativ  manbalarni  davlatlar,  bitim 
asosida yaratadi, milliy huquq manbalarini esa, qonunlar hamda davlatning 
oliy  hokimiyat  va  boshqaruv  organlarining  qonunosti  hujjatlari  tashkil 
etadi; 
To’rtinchidan, milliy huquq normalariga rioya etishni alohida davlat 
majburlov  apparati  ta’min  etgani  holda,  xalqaro  huquq  normalariga  amal 
                                                 
1
  Саидова  Л.  Ўзбекистон  Республикаси  қонунчилигига  халқаро  нормаларни  имплементация  қилишнинг  баъзи 
бир  жиҳатлари  //Қонун  ҳужжатлари  мониторинги:  назария  ва  амалиёт  масалалари”.  Илмий-амалий  семинар 
материаллари / Маъсул муҳаррир: Ф.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.106-107 

116 
 
qilishni  ta’minlash  alohida  yoki  jamoa  tarzida  majburlovchi  usullarni 
qo’llash  yo’li  bilan  ro’yobga  chiqariladi,  bunda  majburlovni  qo’llash 
doirasi va shakllari maxsus prinsiplarda hamda xalqaro huquq normalarida 
belgilangan bo’ladi
1

Xalqaro  huquqda  esa,  bunday  majburlov  apparati  yo’q  va  davlatlar 
boshqa  sub’ektlar  bilan  shartnomaviy  hamkorligini  xalqaro  huquqning 
asosiy  prinsiplaridan  bo’lgan  xalqaro  shartnomalardan  kelib  chiqadigan 
majburiyatlarini vijdonan bajarish, yani - pacta sund servanda prinsipiga 
muvofiq  amalga  oshiradi.  Shunday  ekan,  har  bir  davlat  milliy 
qonunchiligini  rivojlantirishda  xalqaro  shartnomalardan  kelib  chiqadigan 
majburiyatlarini hisobga olishi va ularni muvofiqlashtirib borishi lozim.  
Shu  bilan  birga,  davlatlarning  suveren  tengligi  prinsipi  har  bir 
davlatga o’z  milliy  huquqiy tizimini o’zi tanlash, shuning barobarida, o’z 
ichki  davlat  huquqining  xalqaro  huquq  bilan  o’zaro  munosabat  tartibini 
belgilash  imkonini  beradi.  Xalqaro  huquq  davlat  zimmasiga  muayyan 
majburiyat  yuklaydi,  uni  mamlakat  ichida  amalga  oshirish  tartibini  esa, 
agar  xalqaro-huquqiy  normada  boshqacha  qoida  mavjud  bo’lmasa,  milliy 
huquq belgilaydi. 
Shunday  qilib,  xalqaro  huquq  va  davlat  ichki  huquqi  ikki  mustaqil 
o’zaro bog’liq huquq tizimlaridir. Ular bir-biriga muayyan ta’sir ko’rsatadi 
hamda har biri o’z makonida harakat qiladi. 
Xalqaro  va  milliy  huquqning  o’zaro  munosabati  bo’yicha  uch  xil 
nuqtai nazar mavjud. 
Birinchi  nuqtai  nazar  tarafdorlari  xalqaro  huquqning  milliy  huquq 
normalaridan  ustunligini  e’tirof  etadilar  va  hozirgi  kunda  ko’pchilikni 
tashkil  etadilar.  Xalqaro  huquqning  ustunligi  aksariyat  davlatlarning 
konstitutsiyalarida,  xususan  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 
Muqaddimasida  ham  mustahkamlangan.  Demak,  birinchi  nuqtai  nazar 
xalqaro huquq ustunligi nazariyasini asoslaydi. 
Ikkinchi nuqtai nazar bo’yicha xalqaro huquq va davlat ichki huquqi 
o’zining  sub’ektlari,  manbalari,  ob’ektlari,  harakat  qilish  sohasi  bo’yicha 
mustaqil huquq tizimlaridir. Bu nuqtai nazar namoyondalarining ta’limoti 
dualistik nazariya nomini olgan. 
Uchinchi  nuqtai  nazar  XIX  asrda  Germaniyada  tarqalgan  bo’lib, 
unda  davlat  ichki  huquqining  xalqaro  huquqqa  nisbatan  ustunligi  olg’a 
surilgan
2
.  Ammo,  qayd  etish  lozimki,  Germaniyaning  1949  yili  qabul 
                                                 
1
Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –Т.: Адолат, 2006. -Б.118 
2
Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –Т.: Адолат, 2006. -Б.119 

117 
 
qilinib,  bugungi  kunda  harakatdagi  Konstitutsiyasida  xalqaro  huquqning 
ustuvorligi e’tirof etilgan. Umuman olganda, mazkur uchinchi nuqtai nazar 
xozirgi davlatlar amaliyotida deyarli uchramaydi.  
Xalqaro  huquq  tizimi  va  davlatning  ichki  huquqi  tizimi  bir-biridan 
umuman ajralgan va alohida holda mavjud bo’lmaydi. 
Xalqaro  huquqda  norma  ijodkorligi  milliy  huquq  tizimlariga  ta’sir 
ko’rsatishi  hamda  bu  davlatlarning  tashqi  siyosati  va  diplomatiyasida 
hisobga  olinishi  fakt  sifatida  e’tirof  etiladi.  Xalqaro  huquq  o’z  navbatida 
milliy  qonunchilikka  ta’sir  ko’rsatadi.  Qator  davlatlarda  ratifikatsiya 
qilingan xalqaro shartnomalar to’g’ridan-to’g’ri milliy qonunchilikning bir 
qismiga  aylanadi.  Ko’plab  davlatlar  qonunlarida  shunday  qoida 
belgilanganki,  unga  ko’ra,  qonundagi  qoidalar  bilan  xalqaro  shartnoma 
normalari  o’rtasida  tafovut  mavjud  bo’lgan  hollarda  xalqaro  shartnoma 
qoidalari ustuvor sanaladi. 
Xalqaro huquq sub’ektlari, prinsip nuqtai nazaridan olganda, xalqaro 
majburiyatlarga  rioya  qilmaganliklarini  oqlash  uchun  o’z  qonunchiligiga 
havola  qilishlari  mumkin  emas.  Davlatlar  o’z  zimmalariga  olgan  xalqaro 
majburiyatlarni sidqidildan bajarishlari zarur.  
Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling