Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25

125 
 
Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  va  Fuqarolik  va  siyosiy 
huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro  pakt  har  kimning  o’z  sha’ni  va  obro’siga 
qilingan  tajovuzlardan,  shaxsiy  hayotga  aralashishdan  himoyalanish  va 
turarjoy  daxlsizligi  huquqini  belgilab  beradi.  Konstitutsiya  ham  ushbu 
huquqlarni  o’zida  mujassamlashtirgan.  Jinoyat  kodeksi  tuhmat  uchun 
ma’muriy  javobgarlikka  tortilgan  shaxs  tomonidan  mazkur  harakatning 
qayta  sodir  etilishiga  nisbatan  jinoiy  javobgarlik  kelib  chiqishini 
belgilaydi.  Kodeksda  shaxsning  qadr-qimmatini  qasddan  kamsitganlik 
uchun ham (ma’muriy jazo chorasi qo’llangandan so’ng qayta sodir etilsa) 
jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoyat kodeksiga binoan, uy-joyga u yerda 
yashovchilarning  erkiga  qarshi,  zo’rlik  ishlatib  noqonuniy  tarzda  kirish 
ham tegishlicha tartibda jazolanadi. 
Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasining  15-moddasi  har  bir 
insonning fuqarolik huquqi mavjudligini belgilaydi. Konstitutsiyaning 21-
moddasi  va  “Fuqarolik  to’g’risida”gi  Qonun  (1992  yil  2  iyulda  qabul 
qilingan)  yuqoridagi  qoidalarni  o’zlarida  mujassamlashtirgan.  Shu  yerda 
qayd  etish  kerakki,  shaxs  O’zbekiston  Respublikasi  fuqaroligini  qabul 
qilar  ekan,  bu  bilan  u  Konstitutsiya  va  qonunlarda  mustahkamlab 
qo’yilgan  huquq  va  erkinliklarga  ega  bo’lishi  bilan  birga,  ma’lum 
burchlarni  ham  bajarishga  majburdir.  Shu  bilan  bir  qatorda,  ta’kidlash 
kerakki, O’zbekistonda yagona fuqarolik o’rnatilgan, chunki, “Ikki davlat 
fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardir»
1

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda mavjud so’z va 
fikr,  axborot  olish  erkinligi  masalasi  Konstitutsiyaning  29-,  30-
moddalarida  yoritib  berilgan.  Bu  qoidalar  “Jismoniy  va  yuridik 
shaxslarning  murojaatlari  to’g’risida”  (2014  yil),  “Davlat  hokimiyati  va 
boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligi  to’g’risida”gi  Qonun  (2014), 
“Axborot  olish  kafolatlari  va  erkinligi  to’g’risida”  (1997  yil),  “Ommaviy 
axborot  vositalari  to’g’risida”  (1997  yil)  kabi  qonunlarda  o’z  aksini 
topgan. Mazkur huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali, 
bu  huquqlarni  ta’minlab  beruvchi  normlar  esa  Ma’muriy  javobgarlik 
to’g’risidagi  kodeks,  Jinoyat  kodeksining  tegishli  moddalarida  o’z 
ifodasini topgan.  
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 21-, 22-
moddalarida  har  bir  insonning  osoyishta  yig’ilishlar  o’tkazish  va 
uyushmalar tuzish huquqi mustahkamlangan. Konstitutsiyaning 33-, 34- va 
57-moddalarida  yuqoridagi  masalaga  doir  asosiy  me’yorlar  belgilab 
                                                 
1
 Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. -Тошкент, «Ўзбекистон», 1993. – Б.10 

126 
 
qo’yilgan.  Fuqarolarning  ushbu  huquqi  “O’zbekiston  Respublikasida 
jamoat  birlashmalari  to’g’risida”  (1991  yil),  “Kasaba  uyushmalari, 
ularning  huquqlari  va  faoliyatining  kafolatlari  to’g’risida”  (1992  yil), 
“Siyosiy partiyalar to’g’risida” (1996 yil), “Nodavlat notijorat tashkilotlari 
to’g’risida” (1999 yil) kabi qonun hujjatlarida o’z ifodasini topgan. 
Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro  paktda  mavjud 
insonlarning  bevosita  va  vakillar  vositasida  mamlakat  boshqaruvida 
ishtirok  etish,  davlat  xizmatiga  kirish  huquqi  va  xalq  hokimiyati 
to’g’risidagi  qoidalar  Konstitutsiyaning  32-moddasida,  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  lavozimiga,  O’zbekiston  Respublikasining  Oliy 
Majlisi  palatalarini,  mahalliy  xalq  deputatlari  kengashlarini  shakllantirish 
uchun  o’tkaziladigan  saylovlarga  oid  qonunchilik  hujjatlari,  referendum 
to’g’risidagi qonun hujjatlarida o’z aksini topgan. 
Yuqoridagi  misollar,  mamlakat  nafaqat  demokratik  yo’ldan 
borayotganini, balki uning yuqorida qayd etilgan Paktdan kelib chiqib, o’z 
zimmasiga  olgan  xalqaro  majburiyatlarini  sobitqadamlik  bilan  bajarib 
borayotganligini isbotidir.  
Ijtimoiy himoya va ta’minot to’g’risidagi me’yorlar hamda Iqtisodiy, 
ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro  paktning  9-moddasida 
belgilab 
qo’yilgan.  Bu  masala  Konstitutsiyaning  39-moddasida, 
shuningdek,  “Nogironlarni  ijtimoiy  himoyalash  to’g’risida”gi  va 
“Fuqarolarning  jamg’arib  boriladigan  pensiya  ta’minoti  to’g’risida”gi 
qonunlarda  ham  o’z  ifodasini  topgan.  Chunki,  mamlakatda  olib 
borilayotgan  islohotlarda  “Aholining  muhtoj  tabaqalarini  ijtimoiy 
himoyalash... eng ustuvor vazifa, amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi 
bo’lib keldi va shunday bo’lib qoladi”
1

Iqtisodiy, ijtimoiy  va  madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda 
har  bir  insonning  mehnat  qilish,  teng  mehnatga  teng  haq  olish,  kasaba 
uyushmalari tuzish, dam olish va haq to’lanadigan ta’tillar olish huquqlari 
ham  belgilab  qo’yilgan.  Konstitutsiyaning  37-moddasi,  Mehnat  kodeksi, 
Fuqarolik kodeksi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va kafolatlari 
to’g’risida”  (1992  yil),  “Aholini  ish  bilan  ta’minlash  to’g’risida”  (1998 
yil), “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”, kabi qonunlar ham shaxsning 
mehnat  qilish  va  u  bilan  bog’liq  boshqa  huquqlarini  kafolatlaydi  va 
yuqoridagi  Paktda  ko’rsatib  o’tilgan  huquqlarni  implementatsiyasi  bo’lib 
xizmat qiladi. 
                                                 
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон  - бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли.  -Тошкент, Ўзбекистон, 1993,  -
Б.74. 

127 
 
Ta’lim  olish  huquqi  Iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar 
to’g’risidagi xalqaro paktning 13-, 14-moddalarida, 1960 yil 14 dekabrdagi 
YuNESKO tashkilotining “Ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash 
to’g’risida”gi  konvensiyada  mustahkamlab  qo’yilgan.  O’zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  41-moddasida,  1997  yil  29  avgustdagi 
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda “Kadarlar tayyorlash milliy dasturi”da 
yuqoridagi  xalqaro  shartnomalarda  ta’lim  sohasidagi  huquqlar  o’z  aksini 
topgan.  
Bola  huquqlari  to’g’risidagi  konvensiya  1989  yil  20  noyabr  kuni 
Nyu-Yorkda  qabul  qilingan  bo’lib,  O’zbekiston  Respublikasi  ushbu 
xalqaro  hujjatga  1992  yil  9  dekabrda  Oliy  Kengashning  №757-XII 
qaroriga  asosan  qo’shildi.  Mazkur  Konvensiya  bo’yicha  O’zbekiston 
Respublikasi  bolalarning  sog’lig’i,  o’sishi  va  yashashi  uchun  sharoit 
yaratish,  bolalar  uchun  g’amxo’rlik  qilish,  ularni  himoya  qilish,  ularning 
o’z  qarashlari  bo’yicha  erkin  tasavvur  qilishi  uchun  imkoniyatlar  yaratib 
berish kabi bir qator majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan. 
Bola  huquqlariga  oid  milliy  qonunchilik  deganda,  avvalambor, 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-, 65-moddalariga e’tibor 
qaratish  lozimdir.  Jumladan,  64-moddada,  “Ota-onalar  o’z  farzandlarini 
voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va 
jamiyat  yetim  bolalarni  va  ota-onalarining  vasiyligidan  mahrum  bo’lgan 
bolalarni  boqish,  tarbiyalash  va  o’qitishni  ta’minlaydi,  bolalarga 
bag’ishlangan  xayriya  faoliyatlarini  rag’batlantiradi”  deb  ko’rsatib 
o’tilgan.  65-moddada  esa,  “Farzandlar  ota-onalarning  nasl-nasabidan  va 
fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik 
davlat 
tomonidan 
muhofaza 
qilinadi” 
deb 
belgilab 
qo’yilgan. 
Konstitutsiyada  ko’rsatilgan  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish  masalasi 
O’zbekiston  Respublikasining  qator  qonunlari  bilan  tartibga  solinadi. 
Bolalarning to’la sog’lom rivojlanishi uchun, birinchi o’rinda, yosh bolali 
ayollarning  huquqlari  ham  ta’minlab  berilishi  kerak.  Jumladan,  mehnat 
qonunchiligiga  ko’ra,  homilador  ayollarni,  bolasi  uch  yoshga  yetmagan 
ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, ish vaqtidan tashqari ishlashga, dam 
olish  kunlarida  ishlatishga  va  xizmat  safarlariga  yuborishga  yo’l 
qo’yilmaydi. 
Yana  bir  misol,  homilador  ayollarni  yengilroq  ishga  ko’chirish  bilan  bog’liq 
imtiyoz,  homilador  ayolning  va  kutilayotgan  go’dakning  salomatligini  himoya 
qilishga  qaratilgan.  Bundan  tashqari,  onasiz  qolgan  bolalarni  tarbiyalovchi 
shaxslarga  imtiyozlar  va  kafolatlar  berilishi,  ularning  sog’lom  bo’lib  o’sishi, 
tarbiyalanishi va yaxshi sharoitda yashashining kafolatidir. 

128 
 
O’zbekiston 
Respublikasining 
“Mehnatni 
muhofaza 
qilish 
to’g’risida”gi qonunida esa ayollar mehnat sharoitidagi alohida imtiyoz va 
kafolatlar,  shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasining  “Sog’liqni  saqlash 
to’g’risida”gi Qonunining V bo’limi “Onalik va bolalikni muhofaza qilish” 
deb nomlanib, unda onalikni rag’batlantirish, onalar va  bolalar sog’lig’ini 
saqlash  kafolatlari:  homilador  ayollarga  va  yangi  tug’ilgan  chaqaloqlarga 
tibbiy  yordam  ko’rsatishni  ta’minlash;  bolalar  va  o’smirlar  sog’lig’ini 
mustahkamlash  va  saqlash  to’g’risidagi  g’amxo’rlik;  bola  boqishda 
fuqarolarga  davlat  yordami;  bola  kasal  bo’lib  qolganida  onalarga 
beriladigan  imtiyozlar  (61-modda);  o’smirlarning  mehnat  va  ishlab 
chiqarish  ta’limini  hamda  mehnat  sharoitlarini  nazorat  qilish  (62-modda); 
o’smirlarni majburiy ravishda tibbiy ko’rikdan o’tkazish (63-modda) kabi 
masalalar o’z ifodasini topgan. 
Bola  huquqlariga  oid  maxsus  qonunchilik  to’g’risida  gapirilganda 
quyidagi hujjatlarni alohida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir:  
Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasining 2016 yildagi “Yoshlarga 
oid davlat siyosati to’g’risida”gi; 2008 yildagi “Bola huquqlari kafolatlari 
to’g’risida”gi  qonunlarni  alohida  ko’rsatib  o’tish  maqsadga  muvofiqdir. 
Ayniqsa,  “Bola  huquqlari  kafolatlari  to’g’risida”gi  qonun  O’zbekiston 
qo’shilgan “Bola huquqlari konvensiyasi”ning milliy qonunchilikka to’liq 
implementatsiyasi  hisoblanadi. Mazkur qonunda sog’liqni saqlash, ta’lim, 
ijtimoiy  ta’minot  va  har  tomonlama  rivojlantirish  sohalarida  bola 
huquqlarining  kafolatlari  mustahkamlab  qo’yilgan.  Ushbu  qonunda 
ijtimoiy  zaif  bolalar  va  alohida  ehtiyojlarga  muhtoj  bolalarning  huquqlari 
alohida e’tibor qaratilgan. 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  1995  yilda  “Xotin-qizlar 
huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risida”gi 
konvensiyaga  qo’shildi.  1979  yili  qabul  qilingan  mazkur  konvensiya, 
majburiy  yuridik  kuchga  ega  bo’lib,  ayollarning  siyosiy,  iqtisodiy, 
ijtimoiy,  madaniy,  fuqaroviy  va  hayotning  boshqa  jabhalarida  erkaklar 
bilan  teng  huquqliligini  inkor  etuvchi  yoki  uni  cheklab  qo’yuvchi 
kamsitishga uzil-kesil barham berish maqsadini ko’zlagan edi
1

Ushbu  konvensiyaga  binoan,  ishtirokchi-davlatlar  xotin-qizlarning 
kamsitilishini  bartaraf  etish,  ayollarning  erkaklar  bilan  tengligi  asosida 
ta’lim  olish  sohasida  erkaklar  bilan  teng  huquqliligini  ta’minlash  uchun 
barcha zarur choralarni ko’radilar.  
                                                 
1
Batafsil ma'lumotlar uchun qarang: Хотин-қизлар ҳуқуқлари камситилишининг барча шаклларига барҳам бериш 
тўғрисидаги конвенция. -Т., 2005.  

129 
 
O’zbekiston Konvensiya qoidalaridan kelib chiqqan holda, ayollarga 
nisbatan kamsitishlarning turli shakllariga qarshi kurash borasida o’zining 
milliy  qonunchiligi  va  mexanizmlarini  doimiy  ravishda  takomillashtirib 
bormoqda.  
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  qonunlari  ham  inson 
huquqlari  sohasidagi  xalqaro  hujjatlar  singari  erkaklar  va  xotin-qizlar 
huquqlarining tengligini ta’minlaydi. 
Xususan,  Konstitutsiyaning  18-moddasida  barcha  fuqarolarning  bir 
xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 
mavqeidan  qat’i  nazar,  qonun  oldida  tengligi  nazarda  tutilgan.  46-
moddada  esa,  xotin-qizlar  va  erkaklar  teng  huquqligi  konstitutsiyaviy 
kafolatlangan. 
 
Umuman, O’zbekiston Konstitutsiyasining 18-, 46-, 63-, 64-, 65-, 
66-moddalari  bevosita  ayollarning  shaxsiy  huquq  va  erkinliklari, 
siyosiy  huquqlari,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlarining 
huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatidir. Xalqaro hujjatlarda bo’lgani 
kabi,  ichki  qonunchilikda  ham  jinsiy  belgi  bo’yicha  kamsitmaslik 
to’g’risidagi qoida birinchi o’ringa chiqarilgan
 
 
Quyida  Konstitutsiyada  qayd  etilgan  ushbu  huquqlarning 
ayrimlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. 
Yuqorida  qayd  etilgan  18-moddada  “O’zbekiston  Respublikasida 
barcha  fuqarolar  bir  xil  huquq  va  erkinliklarga  ega  bo’lib,  jinsi,  irqi, 
millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e’tiqodi,  shaxsi  va    ijtimoiy 
mavqeidan  qat’i  nazar,  qonun  oldida  tengdirlar.  Imtiyozlar  faqat  qonun 
bian belgilanib qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga mos bo’lishi 
shart”, deb ko’rsatib o’tilgan. Konstitutsiyadagi bu tushuncha ayollarning 
barcha turdagi kamsitilishlarining oldini oladi va ularni jamiyatning teng 
huquqli  a’zosi  sifatida  konstitutsiyaviy  e’tirof  etadi.  Ushbu  e’tirof 
Konstitutsiyaning keyingi,  ya’ni  7-,  8-,  9-boblaridagi  huquqlardan xotin-
qizlarning teng huquqli foydalanishi uchun kafolatdir.  
“Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham 
berish  to’g’risida”gi  konvensiya  normalari  O’zbekistondagi  ayollar 
huquqlarining  kamsitilishiga  yo’l  qo’ymaslik  va  ularni  mamlakatning 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va  madaniy hayotida faol ishtirok etishga jalb 
qilish  borasida  milliy  qonunchilikda  o’z  aksini  topgan.  Mamlakatdagi 
inson huquqlariga oid 100ga yaqin qonunlarda ayollarning erkaklar bilan 
teng huquqliligi e’tirof etilgan. Shu bilan bir qatorda, ayollar huquqlarini 

130 
 
to’la amalga oshirish uchun maxsus qonunlar ham qabul qilingan bo’lib, 
O’zbekiston  Respublikasining  1999 yilda  qabul  qilingan  “Xotin-qizlarga 
qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi qonuni shular jumlasidandir.  
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  1995  yili  yana  shuningdek, 
1965  yil  21  dekabrda  Nyu-Yorkda  qabul  qilingan  Irqiy  kamsitishning 
barcha  shakllariga  barham  berish  to’g’risidagi  xalqaro  konvensiyaga 
hamda    1984  yil  10  dekabrda  Nyu-Yorkda  qabul  qilingan  Qiynoq  hamda 
muomala  va  jazolashning  qattiq  shafqatsiz,  insoniylikka  zid  yoki  qadr-
qimmatni  kamsituvchi  turlariga  qarshi  konvensiyaga  ham  qo’shildi. 
Mazkur 
konvensiyalarning 
normalari 
ham 
milliy 
qonunchilikka 
implementatsiya qilingan.  
O’zbekistonning  huquqiy  tizimiga  mustahkamlab  qo’yilgan 
kamsitishlarni  taqiqlash  kontseptsiyasi  nafaqat  alohida  shaxslarni,  balki, 
bunday  fuqarolarning  guruhlarini  ham  himoya  qiladi.  O’zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  18-moddasi  va  X  bo’limi  fuqarolarning 
huquq  va  erkinliklarining  kafolatlariga  bag’ishlangan  bo’lib,  nafaqat 
individlarni  himoya  qilishni,  balki  aholining  voyaga  yetmaganlar, 
qariyalar, nogironlar, kabi jamoaviy huquqlarini ham himoya qilish uchun 
huquqiy baza hisoblanadi.  
Fuqarolarning  qonun  oldida  tengligi  va  kamsitishlarni  taqiqlanishi 
tamoyili  shaxsiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlarni 
tartibga  soluvchi  tarmoq  qonunchiligi:  Mehnat  kodeksida,  Fuqarolik 
kodeksida,  Jinoyat  kodeksida,  “Ta’lim  to’g’risida”gi,  “Yoshlarga  oid 
davlat  siyosati  to’g’risida”gi;  va  boshqa  qonunlarda  mustahkamlab 
qo’yilgan.  Mazkur  tamoyil  protsessual  qonunchilikda,  jumladan  Jinoyat-
protsessual  kodeksda  (16-modda),  Fuqarolik-protsessual  kodeksda  (6-
modda),  Xo’jalik-protsessual    kodeksda  (7-modda)  ham  mustahkamlab 
qo’yilgan.  Shuningdek,  “Jamoat  birlashmalari  to’g’risida”gi  Qonun  (3-
modda),  “Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to’g’risida”gi  Qonun  (5-
modda),  “Ommaviy  axborot  vositalari  to’g’risida”gi  Qonun,  “Axborot 
erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari  to’g’risida”gi  Qonunda,  “Davlat  tili 
to’g’risida”gi  Qonun  (24-modda),  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisiga  saylovlar  to’g’risida”gi  Qonun,  kabi  qonun  jujjatlarida  xam 
yuqoridagi Konvensiya normalari milliy qonunchilikka uyg’unlashtirilgan.  
Xalqaro  shartnoma  normalarining  implementasiyasi  to'g'risida  fikr 
yuritilganda,  bunday  impelementasiyani  amalga  oshiruvchi  mexanizmga 
ham alohida to'htalib o'tish maqsadga muvofiqdir.
  

131 
 
Qayd  etish  lozimki,  хalqaro  shartnomalarni  implementatsiya 
qilishning  mexanizmi deyilganda, avvalombor,  mazkur hujjatlarni amalga 
oshirishning  vositalari,  ularni  amalga  oshirishga  vakolatli  bo’lgan 
institutsional tizim tushuniladi.  
Odatda  mazkur  implementasiyaviy  tizim,  xalqaro  shartnomalarni 
implementasiya  qilish  bo'yicha  ichki  davlat  tizimi  hamda  xalqaro 
tashkilotlar  doirasidaga  mexanizmlarga  bo'linadi.  Davlatning  ichki 
implementasiyaviy  tizimiga  odatga  ko'ra,  davlat  boshlig'i,  parlament, 
hukumat,  sud  hokimiyati  organlari  kirsa,  xalqaro  tizimga  esa,  xalqaro 
shartnomalarni  implementasiya  qilishda  davlatning  ichki  organlariga 
yordam ko'rsatuvchi, bu borada davlatnng ichki implementasiya jarayonini 
kuzatib  boruvchi  hamda  davlatlar  tomonidan  xalqaro  shartnoma 
qoidalariga  rioya  etilishi  bo'yicha  umumiy  ahvolni  o'rganib  boruvchi 
xalqaro tashkilotlar va ularning tegishli organlari tizimini kiritish mumkin. 
Hozirgi 
davrdagi 
xalqaro 
shartnomalarda, 
ularni 
amalga 
oshirilishining mexanizmiga alohida urg’u berilmoqda.  
Misol  uchun,  BMT  doirasida  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  himoya  qilish 
bo’yicha  o’ziga  xos  murakkab  mexanizm  shakllangan.  BMT  Nizomida  qayd  etilgan 
organlari  bilan  bir  qatorda,  Tashkilotda  Nizomda  o’z  aksini  topmagan,  ammo 
“xalqaro  hujjatlar  qoidalariga  muvofiq  davlatlarning  inson  huquqlari  sohasidagi 
faoliyati bo’yicha nazorat funktsiyasiga ega bo’lgan muayyan davlatlararo organlar 
tizimi shakllangan”
1

Ushbu  tizimga  kiruvchi  organlar,  ya’ni  BMTning  inson  huquqlari 
bo’yicha 
qo’mitalarini, 
ko’pincha 
«shartnomaviy 
organlar», 
«implementatsiyaviy  organlar»,  «konvensiyaviy  organlar»  kabi  nomlar 
bilan  ataladi
2
.
 
Yoki,  yana  boshqacha  nomlarda,  xalqaro  mexanizmlar, 
xalqaro nazorat, implementatsiya mexanizmlari qabilida ham nomlashadi
3

Xalqaro  shartnomalarning  implementasiyasi  bilan  shug'ullanuvchi 
davlatning  ichki  implementasiyaviy  organlari  bilan  xalqaro  institutsional 
tizim  o'rtasida  odatda  o'zaro  konstruktiv  hamkorlikka  asoslangan  aloqalar 
rivojlangan  taqdirdagina,  xalqaro  shartnomalarning  implementasiyasi 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. 
 
MAVZU BO’YICHA XULOSALAR 
 
                                                 
1
Тиллабаев  М.  Национальные  институты  по  правам  человека:  Международная,  зарубежная  и  национальная 
практика. –Т.: Адолат, 2008. -С.140 
2
 Общая теория прав человека. – М.: НОРМА.1998. -С. 121. 
3
Исмоилов  Б.  Ўзбекистон  ва  Бирлашган  Миллатлар  ташкилотининг  инсон  ҳуқуқларини  таъминлашдаги 
халқаро-ҳуқуқий  мажбуриятларини  бажариш  амалиёти.  //Ўзбекистон  ва  БМТ:  тажриба  ва  ҳамкорлик 
истиқболлари. Конфренция материаллари тўплами. 2006 йил 16 март. ТДЮИ. -Б.76 

132 
 
Mazkur  mavzuni  o’rganishda  talabalar  xalqaro  shartnomalarni  tadbiq  qilish, 
davlatlar  ichki  huquqi  va  xalqaro  shartnomalarga  rioya  qilish,  xalqaro 
shartnomalarning  implementatsiyasi,  implementatsiyaning  xalqaro  va  milliy 
mexanizmlari,  xalqaro  shartnomalardan  kelib  chiqadigan  nizolarni  hal  etish 
jarayonida xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. 
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 
 
1.
 
Xalqaro shartnomalardan kelib chiqqan normalarni milliy qonunchilikka 
tadbiq qilishning qanday usullari mavjud? 
2.
 
Xalqaro  huquqning  davlatlarning  ichki  (milliy)  huquqi  bilan 
mutanosibligi qanday? 
3.
 
Xalqaro huquqda implementatsiyaning qanday turlari mavjud? 
4.
 
O’zbekiston 
Respublikasida 
xalqaro 
shartnoma 
normalarini 
implementatsiya qilish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
 
1 KAZUS.  
1966 yilgi Fuqaroviy va siyosiy huquqlari to’g’risidagi Xalqaro pakt va 1979 
yilgi  Ayollarga  nisbatan  kamsitishlarning  barcha  shakllariga  barham  berish 
to’g’risidagi  Konvensiyaga  nisbatan  ko’pchilik  davlatlar  qo’shimcha  shart  bilan 
ishtirok  etishdi.  Unga  ko’ra,  ular  mazkur  xalqaro  shartnomalarga  o’zlarining  milliy 
qonunchiligi talablariga ko’ra rioya etishlarini ma’lum qiladilar. Mazkur qo’shimcha 
shat lar o’z vaqtida boshqa ishtirokchilarning noroziliklarini keltirib chiqardi. 
1. Mazkur holatga huquqiy baho bering.  
2.  Milliy  qonunchilik  xalqaro  shartnomalardan  ko’ra  ustuvor  ahamiyatga 
egami? 
 
2 KAZUS.  
Fransiya ratifikatsiya qilinishi ko’zda tutilgan Jinoyat ishlari bo’yicha o’zaro 
xalqaro hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladi. Ratifikatsiya qilinguniga qadar 
Ichki  ishlar  vaziri  mazkur  shartnomaga  nisbatan  o’zining  shubhasi  mavjudligini 
ma’lum  qiladi  hamda  mazkur  shartnomaga  zid  ravishda  qonun  loyihasini  kiritdi. 
Fransiya  mazkur  qonun  qabul  qilishi  bilan  Vena  konvensiyasining  18  moddasini 
buzgan hisoblanadimi? 
Qanday shartnomalar ratifikatsiya qilinadi? 
Ratifikatsiya qilishdan avval qanday akt qabul qilinishi lozim?  
Mazkur  holatda  Fransiya  Xalqaro  shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  Vena 
konvensiyasini  yoki  Jinoyat  ishlari  bo’yicha  o’zaro  xalqaro  hamkorlik  to’g’risidagi 
shartnomani buzgan hisoblanadimi?  
 
Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling