Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63

SO‘RAYMAN: 

1988-yil  23-oktabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.),    1988-yil  23-oktabrda  tug‘ilgan 

(F.I.O.)larning 1991-yil may oyidan boshlab mening qaramog‘imda bo‘lganlik faktini 

belgilab berishingizni. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

443 


 

Sud majlisiga guvoh sifatida (F.I.O.)ni  chaqirishni. 

Ilova:  

 



nikoh guvohnomasi;  

 



mahalladan ma’lumotnoma;  

 



davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya;  

 



farzandlarning tug‘ilganlik guvohnomalaridan nusxa.    

 

Sana                                       imzo                                     (F.I.O.)   



 

 

HAL   QILUV   QARORI 

O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN  

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi o‘z binosida 2014-yil iyul 

oyining  1-kunida  sudya  (F.I.O.)    raisligida,  (F.I.O.)ning  kotibligida  ochiq  sud 

majlisida  arizachi  (F.I.O.)ning  yuridik  ahamiyatga  ega  faktni  belgilash  haqidagi 

arizasi yuzasidan 1-1016/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

Fuqaro (F.I.O.)  sudga ariza bilan murojaat qilib, 1960-yil 1-mayda tug‘ilganini, 

turmush  o‘rtog‘i  (F.I.O.)    bilan  1991-yil  may  oyidan  boshlab  turmush  qurib  birga 

yashab  kelayotganini,  turmush  o‘rtog‘i  (F.I.O.)ning  birinchi  xotini  (F.I.O.)    1990-

yilda  vafot  etganini,  ularning  4  nafar  farzandi  bo‘lganini,  shundan  1988-yil  23-

oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va (F.I.O.) ismli egizak farzandlar uch yoshda bo‘lib, ular 

1991-yil  may  oyidan  uning  tarbiyasida  va  qaramog‘ida  bo‘lganini,  1992-yil  8-

yanvarda u ushbu bolalalarning otasi bilan qonuniy nikohdan o‘tganini, chunki o‘sha 

payt u birinchi farzandiga homilador bo‘lganini, uning birgalikdagi turmushlaridan 3 

nafar  farzandlari  tug‘ilganini,  hozirgi  kunga  kelib  imtiyozli  nafaqa  rasmiylashtirish 

vaqtida  hujjatlarini  Mirobod  tuman  budjetdan  tashqari  pensiya  jamg‘armasiga 

topshirolmay  qiynalayotganligini,  5  nafar  farzandi  bor  ayollarga  beriladigan 

imtiyozdan  foydalanishi  uchun  unga  fuqarolik  sudiga  murojaat  qilish 

tushuntirilganligini,  ularning  (F.I.O.)  bilan  1991-yil  may  oyidan  birga  turmush 

qurganlari  hamda  egizak  farzandlari  shu  paytdan  boshlab  uning  qaramog‘ida 

bo‘lganligini  guvohlar  tasdiqlashini  bildirib,  1988-yil  23-oktabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.) 

va (F.I.O.)larning 1991-yil may oyidan boshlab uning qaramog‘ida bo‘lganlik faktini 

belgilab berishni so‘ragan. 

Sud  majlisida  arizachi  (F.I.O.)  arizani  quvvatlab,  haqiqatan  ham  1960-yil  1-

mayda  tug‘ilganini,  turmush  o‘rtog‘i  (F.I.O.)  bilan  1991-yil  may  oyidan  boshlab 

turmush  qurib  birga  yashab  kelayotganini,  turmush  o‘rtog‘i  (F.I.O.)ning  birinchi 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

444 


 

xotini  (F.I.O.)    1990-yilda  vafot  etganini,  ularning  4  nafar  farzandi  bo‘lganini, 

shundan 1988-yil 23-oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.)  va (F.I.O.)  ismli egizak farzandlar 

uch  yoshda  bo‘lib,  ular  1991-yil  may  oyidan  uning  tarbiyasida  va  qaramog‘ida 

bo‘lganini, 1992-yil 8-yanvarda u (F.I.O.)   bilan qonuniy nikohdan o‘tganini, chunki 

o‘sha  payt  u  birinchi  farzandiga  homilador  bo‘lganini,  uning  (F.I.O.)    bilan 

birgalikdagi  turmushlaridan  3  nafar  farzandlari  tug‘ilganini,  hozirgi  kunga  kelib 

imtiyozli  nafaqa  rasmiylashtirish  vaqtida  hujjatlarini  Mirobod  tuman  budjetdan 

tashqari  pensiya  jamg‘armasiga  topshirolmay  qiynalayotganligini,  5  nafar  farzandi 

bor  ayollarga  beriladigan  imtiyozdan  foydalanishi  uchun  unga  fuqarolik  sudiga 

murojaat qilish tushuntirilganligini, ularning (F.I.O.) bilan 1991-yil may oyidan birga 

turmush  qurganlari  hamda  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  shu  paytdan  boshlab  uning 

qaramog‘ida  bo‘lganligini  guvohlar  tasdiqlashini  bildirib,  1988-yil  23-oktabrda 

tug‘ilgan (F.I.O.) va (F.I.O.)larning 1991-yil may oyidan boshlab uning qaramog‘ida 

bo‘lganlik faktini belgilab berishni so‘radi. 

Sud  majlisida  manfaatdor  shaxs  Budjetdan  tashqari  pensiya  jamg‘armasi 

Mirobod  tuman  bo‘limi  vakili  (F.I.O.)  o‘zining  bayonotida  (F.I.O.)  tuman  ijtimoiy 

ta’minot  bo‘limiga  nafaqa  tayinlash  borasida  murojaat  qilganini,  O‘zbekiston 

Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-

moddasi “z” bandiga asosan besh va undan ortiq farzand tug‘gan va ularni sakkiz 

yoshgacha  tarbiyalagan  ayollar  ish  staji  kamida  15  yil  bo‘lganda  imtiyozli  tarzda 

nafaqaga chiqishlari mumkinligini, agar ayol o‘gay o‘g‘il yoki o‘gay qizni ular sakkiz 

yoshga  to‘lgunga  qadar  kamida  5  yil  tarbiyalagan  bo‘lsa,  pensiya  tayinlashda  ular 

haqiqiy  farzandlar  bilan  teng  ravishda  hisobga  olinishini,  arizachi  (F.I.O.)  fuqaro 

(F.I.O.) bilan 1991-yilda turmush qurganini, 1988-yilda tug‘ilgan egizak farzandlari 

arizachining  qaramog‘ida  bo‘lganini,  (F.I.O.)    va  (F.I.O.)larning  birgalikdagi 

turmushidan 3 nafar farzandi tug‘ilganini, biroq (F.I.O.)  va arizachi (F.I.O.)lar 1992-

yilda  qonuniy  nikohdan  o‘tishganini,  shu  sababli  arizachiga  imtiyozli  nafaqaga 

chiqish  uchun  1988-yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)larni  1991-yil  maydan 

arizachining qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilash uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha 

sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilganligini, chunki hozirgi kunda mazkur fakt 

faqat sud tartibida belgilanishi mumkinligini bayon qildi.    

Sud majlisida so‘ralgan guvoh (F.I.O.) arizachi (F.I.O.)ni uzoq yillardan buyon 

tanishini,  ular  bir  qishloqda  qo‘shni  bo‘lib  istiqomat  qilishini,  (F.I.O.)ning  birinchi 

turmush o‘rtog‘i 1990-yilda vafot etganini, shu payt (F.I.O.)ning to‘rt nafar voyaga 

yetmagan farzandi bo‘lganini, 1991-yil may oyida (F.I.O.) va (F.I.O.)lar o‘zaro oila 

qurishganini,  arizachi  (F.I.O.)ning  farzandlarini  o‘z  bolasiday  tarbiyalab  voyaga 

yetkazganini,  birgalikdagi  turmushlari  davomida  ularning  uch  nafar  farzandi 

tug‘ilganini,  1991-yil  maydan  arizachi  turmush  o‘rtog‘ining  to‘rt  nafar  farzandini 

tarbiyalab kelganini bayon qildi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

445 


 

FPKning 283-moddasiga binoan, fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy 

huquqlari  vujudga  kelishi,  o‘zgarishi  yoki  tugashiga  sabab  bo‘ladigan  faktlarni  sud 

aniqlaydi. Chunonchi, sud shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi faktini aniqlaydi. 

Fuqarolik ishi hujjatlaridan aniqlanishicha, fuqarolar (F.I.O.) va (F.I.O.)larning 

birgalikdagi turmushidan to‘rt nafar – 1985 yilda (F.I.O.), 1987-yilda (F.I.O.), 1988-

yilda  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  ismli  farzandlari  tug‘ilgan.  (F.I.O.)    1990-yil  4-noyabrda 

vafot etgan.  

Arizachi (F.I.O.)  1960-yil 1-may kunida tug‘ilgan, u fuqaro (F.I.O.) bilan 1991-

yil  may  oyida  qonuniy  nikohdan  o‘tmagan  holda  turmush  qurib,  bir  oila  asosida 

yashab  kelgan.  Ularning  birgalikdagi  turmushidan  uch  nafar  –  1992-yilda  (F.I.O.), 

1993-yilda  (F.I.O.)  va  1998-yilda  (F.I.O.)  ismli  farzandlari  tug‘ilgan.  1992-yil  8- 

yanvar kunida arizachi (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Mirobod tuman FHDYo bo‘limida 342-

son bilan ro‘yxatga olingan qonuniy nikohdan o‘tganlar. 

Mirobod  tuman  Yangi  Qo‘yliq  MFY  faollari  ishtirokida  2012-yil  7-aprelda 

tuzilgan  dalolatnomada  haqiqatan  ham  arizachining  1991-yil  may  oyida  fuqaro 

(F.I.O.)  bilan o‘zaro turmush qurib, bir oila sifatida yashab kelishgani, 1991-yil may 

oyidan  beri  (F.I.O.)ning  4  nafar  farzandini  tarbiyalab  kelayotgani,  Yangi  Qo‘yliq 

MFYning  2012-yil  6-apreldagi  580-sonli  ma’lumotnomasida  hozirgi  kunda  yetti 

nafar  farzandlari  borligi  qayd  etilgan.  Hozirda  arizachi  imtiyozli  nafaqaga 

chiqmoqchi bo‘lib Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Mirobod tuman bo‘limiga 

murojaat qilganida, unga sudga murojaat qilish tushuntirilgan.  

Haqiqatan ham arizachi (F.I.O.)ning 1991-yil may oyida (F.I.O.) bilan o‘zaro oila 

qurishgani  yuqorida  ko‘rsatilgan  dalillar  bilan,  chunonchi,  Mirobod  tuman  Yangi 

Qo‘yliq  MFY  dalolatnomasi  va  ma’lumotnomasi,  farzandlarning  tug‘ilish 

guvohnomalari hamda guvohlarning ko‘rsatmasi bilan tasdiqlanadi. Binobarin, 1988-

yil  23-oktabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  1991-yilda  hali  uch  yoshda  bo‘lgani, 

arizachi (F.I.O.)  ularni uch yasharligidan o‘z farzandi kabi qaramog‘iga olib tarbiyalab 

kelgani sababli (F.I.O.)  va (F.I.O.)larning 1991-yil may oyidan boshlab arizachining 

qaramog‘ida  bo‘lganlik  fakti  belgilab  berilishi  lozim,  zero  bu  hol  huquqiy  oqibat 

keltirib  chiqaradi  va  ushbu  faktni  boshqacha  yo‘l  bilan  belgilashning  imkoniyati 

mavjud emas. 

Yuqorida bayon qilinganlarga ko‘ra, FPKning 283–285-, 203–206-moddalariga 

asosan, sud 



Qaror  qildi: 

Fuqaro (F.I.O.)ning yuridik ahamiyatga ega faktni belgilash to‘g‘risidagi arizasi 

qanoatlantirilsin. 

1988-yil  23-oktabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  1988-yil  23-oktabrda  tug‘ilgan 

(F.I.O.)larning  1991-yil  may  oyidan  boshlab  (F.I.O.)ning  qaramog‘ida  bo‘lganlik 

fakti belgilansin. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

446 


 

Hal  qiluv  qarori  ustidan  20  kunlik  muddat  ichida  arizachi  va  ishda  ishtirok 

etishga  jalb  qilingan  boshqa  shaxslar,  shuningdek  ishda  ishtirok  etishga  jalb 

qilinmagan,  ammo  huquq  va  majburiyatlari  haqidagi  masala  sud  tomonidan  hal 

etilgan  shaxslar  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  shu  sud  orqali 

apellyatsiya tartibida shikoyat yoki prokuror protest keltirishi mumkin. 

 

Sudya:    



        imzo   

                       (F.I.O.)   



 

   


 

 

HAL   QILUV   QARORI  



O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi o‘z binosida 2010-yil mart 

oyining  4-kunida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Farg‘ona  shahar 

prokurori yordamchisi (F.I.O.) ishtirokida arizachi (F.I.O.)ning otalik faktini belgilash 

to‘g‘risidagi  arizasi  bo‘yicha  1-253/10-sonli  fuqarolik  ishini  ko‘rib  chiqib, 

quyidagilarni 



Aniqladi: 

Fuqaro (F.I.O.) sudga ariza bilan murojaat qilib, 2008-yil 17-noyabr kuni fuqaro 

(F.I.O.)ga  qonuniy  nikohdan  o‘tmagan  holda  turmushga  chiqqanligini,  2009-yil  22-

mart  kuni  (F.I.O.)  o‘z  joniga  qasd  qilib  vafot  etganini,  2009-yil  12-noyabr  kuni 

ularning farzandlari (F.I.O.) tug‘ilganligini, marhum turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida 

qonuniy nikoh bo‘lmaganligi sababli qiziga (F.I.O.) emas, balki (F.I.O.) berilganligini, 

u  marhum  turmush  o‘rtog‘ining  qirqi  o‘tgunicha  (F.I.O.)ning  xonadonida  qaynota-

qaynonasi bilan birga ahil yashab kelganini, farzandi kelgusida otasining familiyasida 

bo‘lishi uchun  otalik faktini  sud  tartibida belgilash lozimligini bayon qilib,  2009-yil 

12-noyabr kuni tug‘ilgan farzandi (F.I.O.)ning otasi (F.I.O.) ekanligi faktini belgilab 

berishni so‘ragan. 

Sud  majlisida  arizachi  (F.I.O.)  arizani  quvvatlab,  haqiqatan  ham  2008-yil  17-

noyabr  kuni  fuqaro  (F.I.O.)ga  qonuniy  nikohdan  o‘tmagan  holda  turmushga 

chiqqanligini,  2009-yil  22-mart  kuni  (F.I.O.)ga  o‘z  joniga  qasd  qilib  vafot  etganini, 

2009-yil 12-noyabr kuni ularning farzandlari (F.I.O.) tug‘ilganligini, marhum turmush 

o‘rtog‘i  bilan  o‘rtalarida  qonuniy  nikoh  bo‘lmaganligi  sababli  qiziga  (F.I.O.)  emas, 

balki  (F.I.O.)  berilganligini,  u  marhum  turmush  o‘rtog‘ining  qirqi  o‘tgunicha 

(F.I.O.)ning xonadonida qaynota-qaynanasi bilan birga ahil yashab kelganini, hozirgi 

kunda  ham  farzandini  olib  vaqti-vaqti  bilan  qaynana-qaynotasining  uyiga  kelib 

turishini,  farzandi  kelgusida  otasining  familiyasida  bo‘lishi  uchun  otalik  faktini  sud 

tartibida belgilash lozimligini bayon qilib, 2009-yil 12-noyabr kuni tug‘ilgan farzandi 

(F.I.O.)ning otasi (F.I.O.) ekanligi faktini belgilab berishni so‘radi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

447 


 

Sud  majlisida  guvoh  sifatida  so‘ralgan  (F.I.O.)  arizachi  (F.I.O.)ning  qaynotasi 

ekanligini,  o‘g‘li  (F.I.O.)    va  kelini  (F.I.O.)lar  2008-yil  17-noyabr  kuni  qonuniy 

nikohdan  o‘tmagan  holda  turmush  qurishganini,  2009-  yil  2-mart  kuni  o‘g‘li  o‘z 

joniga qasd qilib vafot etganini, 2009-yil 12-noyabr kuni uning (F.I.O.) ismli nevarasi 

tug‘ilganini,  o‘g‘li  va  kelini  qonuniy  nikohdan  o‘tmaganligi  sababli  nevarasiga 

(F.I.O.) o‘rniga (F.I.O.)  berilganini, kelini 2009-yil may oyigacha o‘zlari bilan birga 

yashaganini, hozirda ham nevarasi bilan kelib turishini, marhum farzandidan qolgan 

yagona  (F.I.O.)  ismli  nevarasiga  familiya  berish  uchun  otalik  fakti  sud  tartibida 

belgilanishi lozim ekanligini bildirdi. 

Sud  majlisida  guvoh  sifatida  so‘ralgan  (F.I.O.)  marhum  (F.I.O.)  bilan  qo‘shni 

yashashganini,  (F.I.O.)    va  (F.I.O.)lar  2008-yil  17-noyabr  kuni  qonuniy  nikohdan 

o‘tmagan holda turmush qurishganini, u to‘yda shaxsan ishtirok etganini, 2009-yil 22-

mart  kuni  (F.I.O.)  o‘z  joniga  qasd  qilib  vafot  etganini,  2009-yil  12-  noyabr  kuni 

(F.I.O.) ismli farzand tug‘ilganini, haqiqatan ham marhum (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 2009-

yil  22-martgacha  bir  oila  bo‘lib  yashab  kelishganini,  arizachi  turmush  o‘rtog‘ining 

qirqini o‘tkazib, ota-onasining uyiga ketganini, hozir ham arizachi qizi bilan qaynota-

qaynanasining uyiga kelib turishini bildirdi. 

Sud  arizachi  va  guvohlarning  ko‘rsatmalarini,  prokurorning  fikrini  eshitib,  ish 

hujjatlarini  har  tomonlama  o‘rganib  chiqib,  ariza  quyidagi  asoslarga  ko‘ra 

qanoatlantirilishi lozim degan xulosaga keladi. 

FPKning 283-moddasiga asosan, fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy 

huquqlarining  vujudga  kelishi,  o‘zgarishi  yoki  tugashiga  sabab  bo‘ladigan  faktlarni, 

jumladan, otalikni tan olish (belgilash) faktini sud belgilaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  62-moddasi  4-qismiga  muvofiq, 

bolaning  onasi  bilan  nikohda  bo‘lmagan,  lekin  o‘zini  bolaning  otasi  deb  tan  olgan 

shaxs vafot etgan taqdirda, uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin.  

Fuqarolik ishi holatlaridan aniqlanishicha, haqiqatan ham (F.I.O.)  va (F.I.O.)lar 

2008-yil  17-noyabr  kuni  qonuniy  nikohdan  o‘tmagan  holda  turmush  qurishgan. 

Birgalikdagi  turmushlaridan  2009-yil  12-noyabr  kuni  (F.I.O.)  ismli  farzandlari 

tug‘ilgan. Biroq, farzand tug‘ilmasdan oldin 2009-yil 22-mart kuni (F.I.O.) o‘z joniga 

qasd qilib vafot etgan. Shuning uchun, tug‘ilgan farzandga Farg‘ona tuman FHDYo 

bo‘limida  tug‘ilganlik  haqida  dalolatnoma  yozuvida  ota  haqidagi  ma’lumotlar  ona 

arizasidagi  ko‘rsatma  asosida  yozilgan.  Arizachi  (F.I.O.)  2009-yil  may  oyiga  qadar 

qaynota-qaynanasining  xonadonida  birga  yashab  kelgan.  Voyaga  yetmagan 

(F.I.O.)ning  otasi  (F.I.O.)  ekanlik  fakti  sudda  so‘ralgan  guvohlarning  ko‘rsatmalari, 

ishda  to‘plangan  hujjatlar,  jumladan,  Farg‘ona  tuman  Chimyon  MFY 

ma’lumotnomasi  va  dalolatnomasi,  (F.I.O.)ning  o‘lgalik  to‘g‘risidagi  guvohnomasi 

nusxasi,  shuningdek,  (F.I.O.)ning  tug‘ilganlik  to‘g‘risidagi  guvohnomasi  bilan 

tasdiqlanadi.  (F.I.O.)  vafot  etganligi  uchun  farzandiga  uning  otaligi  belgilanmagan, 

bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvida otasining ismi va familiyasi 

(F.I.O.) deb ko‘rsatilgan.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

448 


 

Binobarin, arizachi (F.I.O.)ning arizasi qanoatlantirilishi, bolaning otasi 1982-yil 

16-avgust kuni tug‘ilib, 2009-yil 22-martda vafot etgan fuqaro (F.I.O.) ekanligi fakti 

belgilanishi lozim. 

Yuqorida bayon qilinganlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 

62-moddasi hamda FPKning 283–285-, 203–206-moddalariga asosan, sud 



 

Qaror     qiladi: 

Fuqaro (F.I.O.)ning otalik faktini belgilash to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilsin. 

2009-yil  12-noyabr  kuni  tug‘ilgan  (F.I.O.)ning otasi  – 1982-yil  16-avgust  kuni 

tug‘ilib, 2009-yil 22- martda vafot etgan fuqaro (F.I.O.)  ekanligi fakti belgilansin. 

Hal  qiluv  qarori  ustidan  20  kunlik  muddat  ichida  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Farg‘ona  viloyat  sudiga  shu  sud  orqali  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  yoki  protest 

keltirilishi mumkin.  

 

Sudya:  



 

 

imzo                                  (F.I.O.)  



 

 

 



  Farzandlikka olish haqidagi ariza, sud hal qiluv qaroridan namunalar 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha 

Mirobod tumanlararo sudiga 

 

Arizachilar: (F.I.O.)  va (F.I.O.) Mirobod tumani 

 Qo‘yliq  4-daha 1-uy 15-xonadonda  

yashovchi fuqarolardan 

 

A RIZA 

(farzandlikka olish haqida) 

 

Biz  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)    2007-yil  8-fevralda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush 



qurganmiz. Bu haqda Mirobod tuman FHDYo bo‘limida 87-sonli dalolatnoma yozuvi 

qayd qilingan.  

2014-yil 13-sentabrda farzandli bo‘ldik, lekin bola bir necha soatdan so‘ng vafot 

etdi.  Vrachlar  turmush  o‘rtog‘imning  farzand  ko‘rishi  mumkin  emasligini  aytganligi 

sababli, biz bola boqib olishni niyat qildik.  

Mirobod  tumani  Qo‘yliq  4-daha  1-uy  15-xonadonda  yashovchi  1991-yilda 

tug‘ilgan  qo‘shnim  (F.I.O.)    2014-yil  20-sentabr  kuni  o‘g‘il  farzandli  bo‘ldi.  (F.I.O.) 

yolg‘iz onaligi, hech kim bilan qonuniy nikohda emasligi, bolaning otasi noma’lumligi 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

449 


 

sababli tug‘ilgan bolaga bobosining familiyasi, ismi, otasining ismini bergan. Bu haqda 

Mirobod  tuman  FHDYo  bo‘limida  2014-yil  20-sentabr  kuni  4358-sonli  dalolatnoma 

yozuvi  qayd  etilgan.  Oilaviy  sharoitlarga  ko‘ra  va  o‘z  xohishi  bilan  bolaning  onasi 

(F.I.O.)  oilasidan  bu  sirni  yashirish  uchun  bolani  ularning  oilasiga  farzandlikka 

berishga notarial tartibda rozilik arizasini bergan.  

Shu  sababli  qo‘shnim  (F.I.O.)ning  2014-yil  20-sentabr  kuni  tug‘ilgan  o‘g‘il 

farzandini olib, hozirda turmush o‘rtog‘im ko‘krak suti bilan boqmoqda. Ushbu bolani 

qonuniylashtirgan  holda  farzandlikka  olmoqchimiz.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila 

kodeksining  152-moddasiga  asosan,  voyaga  yetgan  erkak  yoki  ayol  fuqarolar 

farzandlikka  oluvchilar  bo‘lishi  mumkin.  Qolaversa,  Oila  kodeksining  mazkur 

moddasiga binoan, farzandlikka olish sud tartibida hal etiladi.  

Yuqoridagilardan kelib chiqib, suddan  

 

SO‘RAYMAN: 

 

2014-yil 20-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.)ni farzandlikka olib berishingizni; 



Toshkent  shahar  Mirobod  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan  2014-yil  20-

sentabrda  4358-sonli  dalolatnoma  yozuvi  bilan  qayd  etilgan  2014-yil  20-sentabrda 

tug‘ilgan (F.I.O.)ning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining familiyasi, ismi va 

otasining  ismi  grafasiga  “(F.I.O.)”,  otasi  grafasiga  (F.I.O.)  1976-  yil  8-dekabrda 

tug‘ilgan, millati o‘zbek, manzili: Toshkent shahar Mirobod tumani Qo‘yliq 4-daha 1-

uy  5-xonadon  deb  va  onasi  grafasiga  (F.I.O.)  1979-yil  24-martda  tug‘ilgan,  millati 

o‘zbek, manzili: Toshkent shahar Mirobod tumani Qo‘yliq 4-daha 1-uy 5-xonadon deb 

o‘zgartirish  kiritishni  hamda  voyaga  yetmaganning  tug‘ilgan  vaqtini  o‘zgarishsiz 

qoldirishingizni so‘rayman. 

Ilova:  


 

nikoh guvohnomasidan ko‘chirma;  



– psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash, narkologiya muassasalari va OITSga 

qarshi kurash markazlarining ma’lumotnomalari;  

 

ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;  



 

turar  joyga  bo‘lgan  mulk  huquqini  yoki  turar  joydan  foydalanish  huquqini 



tasdiqlovchi hujjat; 

 



farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo‘yilganligimiz haqidagi hujjat;  

 



davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya.  

     


Arizachilar:                                           imzo                                 (F.I.O.),  (F.I.O.). 

Sana____________ 



 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

450 


 

 

HAL  QILUV   QARORI  



O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  NOMIDAN 

2014-yil  noyabr  oyining  8-kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

Mirobod  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  yopiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Uchtepa  tumani  prokurori  yordamchisi  (F.I.O.)ning 

ishtirokida  arizachilar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)larning  farzandlikka  olish  haqidagi  arizasi 

bo‘yicha yuritilgan 1-725/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

Arizachilar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  farzandlikka  olish  haqidagi  ariza  bilan  sudga 

murojaat etganlar. 

Sud  majlisida  arizachi  (F.I.O.)    arizasini  quvvatlab,  Toshkent  shahar  Mirobod 

tumani  Qo‘yliq  4-daha  1-uy  15-xonadonda  yashovchi  1991-yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  

2014-yil 20-sentabr kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirganligini (F.I.O.)ning arizasiga 

ko‘ra, u yolg‘iz ona ekanligi, hech kim bilan qonuniy nikohda emasligi, bolaning otasi 

noma’lumligi  sababli  tug‘ilgan  bolaga  bobosining  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi 

berilganligi va bu haqda Mirobod tuman FHDYo bo‘limida 2014-yil 20-sentabr kuni 

4358-sonli dalolatnoma yozuvi qayd etilganligini ma’lum qildi. Bolaning onasi (F.I.O.) 

oilaviy sharoitlarga ko‘ra va o‘z xohishi bilan oilasidan bu sirni yashirish uchun bolani 

ularning oilasiga farzandlikka berishga notarial tartibda rozilik ariza berganligi, uning 

oilasi ushbu bolani  asrab olishga  asosiy  sabab  turmush  o‘rtog‘i  (F.I.O.) 2014-yil  13-

sentabrda farzandini dunyoga keltirganligi, lekin farzandi bir necha soatdan so‘ng vafot 

etganligi,  shu  sababli  hozirda  bola  uning  oilasida,  turmush  o‘rtog‘ining  ko‘krak  suti 

bilan 


parvarishlanayotganligi, 

bolani 


qonuniylashtirgan 

holda 


farzandlikka 

olmoqchiligi  haqida  ko‘rsatuv  berib,  suddan  farzandlikka  olish  arizasini 

qanoatlantirishni  va  Toshkent  shahar  Mirobod  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan 

2014-yil 20-sentabrda 4358-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd etilgan 2014-yil 20-

sentabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)ning  tug‘ilganlik  haqidagi  dalolatnoma  yozuvining 

familiyasi, ismi va otasining ismi grafasiga (F.I.O.), otasi grafasiga (F.I.O.) 1976-yil 8-

dekabrda tug‘ilgan, millati o‘zbek, manzili: Toshkent shahar Mirobod tumani Qo‘yliq 

4-daha 1-uy 5-xonadon deb va onasi grafasiga (F.I.O.)  1979-yil 24-martda tug‘ilgan, 

millati  o‘zbek,  manzili:  Toshkent  shahar  Mirobod  tumani  Qo‘yliq  4-daha  1-uy  5-

xonadon  deb  o‘zgartirish  kiritishni  hamda  voyaga  yetmaganning  tug‘ilgan  vaqtini 

o‘zgarishsiz qoldirishni so‘radi.    

Arizachi (F.I.O.) sud majlislariga kelmasdan sudning nomiga ariza bilan murojaat 

qilib,  unda  farzandlikka  olish  haqidagi  arizasini  va  turmush  o‘rtog‘i  (F.I.O.)ning 

ko‘rsatmalarini  quvvatlashini  bildirib,  suddan  farzandlikka  olish  arizasini 

qanoatlantirishni va sud majlislarini uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni so‘ragan. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling