Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
SO‘RAYMAN: “Madaniyat” mahallasi qo‘mitasi raisining muovini (F.I.O.) (manzil yuqorida ko‘rsatilgan); guvohlar: Mirobod tumani Qo‘yliq 4-daha Yangi Qo‘yliq ko‘chasi 15-uy 3- xonadonda yashovchi (F.I.O.), (F.I.O.)larni chaqirishni.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 459
Ilova:
(F.I.O.)ning nojo‘ya xatti-harakatlarini “Madaniyat” mahallasida muhokama qilinganligi haqidagi bayonnomadan ko‘chirma; (F.I.O.)ni oilaviy turmushini tekshirilganligi haqida dalolatnoma; “Madaniyat” mahallasi qo‘mitasining bergan tavsiyanomasi; (F.I.O.)ning oila a’zolari haqidagi ma’lumotnoma; “Madaniyat” mahallasi qo‘mitasining (F.I.O.)ni muomala layoqatini cheklash haqidagi iltimosnomasi; tibbiyot hushyorxonasidan olingan ma’lumotnoma.
(F.I.O.) 2014-yil 5-noyabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
2014-yil 11-avgustda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ochiq sud majlisida sudya (F.I.O.) raisligida, (F.I.O.) kotibligida, prokuror yordamchisi (F.I.O.) ishtirokida, manfaatdor shaxs (F.I.O.)ning ishi bo‘yicha arizachi Mirobod tumani Qo‘yliq 4-daha “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (F.I.O.), (F.I.O.)ni muomalaga layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi 1-6790/14-sonli fuqarolik ishi ko‘rilib, quyidagilar
(F.I.O.) turmush o‘rtog‘i (F.I.O.) bilan qonuniy nikohdan o‘tgan holda oilaviy turmush qurganlar, o‘rtalarida 3 nafar maktab yoshidagi farzandlari bo‘lib, u tuman kasalxonasida haydovchi bo‘lib ishlab keladi. “Madaniyat” mahalla qo‘mitasining sudga bergan arizasida (F.I.O.) bir qancha vaqtdan buyon spirtli ichimliklar suiiste’mol qilib kelganligi tufayli oilasini moddiy tomondan og‘ir ahvolga solib qo‘yganligi, uning xatti-harakatlari farzandlarining tarbiyasi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi bayon qilingan. (F.I.O.)ga nisbatan barcha tarbiyaviy ta’sir choralari qo‘llanilgan bo‘lsa-da, ijobiy natija bermaganligi sababli Mirobod tuman “Madaniyat” mahalla qo‘mitasi uning oilasi manfaatini ko‘zlab, muomala layoqatini cheklash haqida iltimos qilgan. (F.I.O.) “Madaniyat” mahalla aholisining arizasida ko‘rsatilgan holatlarni tasdiqlab, turmush o‘rtog‘i (F.I.O.)ni spirtli ichimlik ichishni suiiste’mol qilganligi sababli muomala layoqatini cheklashni so‘raydi. “Madaniyat” mahalla fuqarolar FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 460
yig‘inining arizasi to‘g‘riligini tasdiqlash bilan bir qatorda, (F.I.O.), agar tez-tez spirtli ichimlik ichib turmasa, iloji yo‘qligini aytib, shunday kasalga mubtalo bo‘lganligiga afsuslanayotganini bayon qiladi. Mahalla qo‘mitasining raisi (F.I.O.) (F.I.O.)ning harakatlarini noto‘g‘ri deb hisoblab, uning muomala layoqatini cheklashni so‘raydi. Bunga asos qilib u maoshini spirtli ichimlik ichishga xarajat qilib, bundan tashqari oilasidagi bor narsalarni olib chiqib sotib yuborayotganligini, oilasiga moddiy yordam bermayotganligini bayon qildi. Prokuror yordamchisining arizani qanoatlantirish lozimligi haqidagi fikrini eshitib, sud (F.I.O.)ning muomala layoqatini quyidagi asoslarga ko‘ra cheklashni zarur deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasi FKning 31-moddasiga ko‘ra, agar shaxs spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilib, o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolda qoldiradigan bo‘lsa, uning muomala layoqati sud tomonidan cheklab qo‘yilishi mumkinligi aytilgan. Guvoh sifatida so‘roq qilingan (F.I.O.), (F.I.O.)lar haqiqatan ham (F.I.O.) bilan qo‘shni ekanliklarini, u kuniga mast holda uyiga kelishini va oilasining notinchligini, moddiy tomondan qiynalganligi sababli, qo‘shni sifatida ulardan qarzga tez-tez pul va oziq-ovqat so‘rab yurishini aytdilar. (F.I.O.) surunkali ravishda spirtli ichimliklar ichganligi tufayli hushyorxonada 3 marta bo‘lganligi haqidagi ma’lumotnoma ham bu holatlarni tasdiqlaydi. Ishdagi 2 ta bayonnoma shulardan dalolat beradiki, (F.I.O.) ning xulqi mahallada bir necha marotaba muhokama qilingani va tarbiyaga qaratilgan bu harakatlardan tegishli xulosa chiqarmasdan, oila va jamoatchilik oldidagi vazifalarini bajarmay kelgan. Sud tekshiruvi jarayonida (F.I.O.)ning ruhiy kasalligi haqida hech qanday dalillar yo‘qligi aniqlandi. Sud yuqoridagilarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi FKning 31-moddasi hamda FPKning 203-206-, 291–297-moddalarini qo‘llab
Mirobod tumani Qo‘yliq 4-daha “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining (F.I.O.)ni muomalaga layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilsin. (F.I.O.)ning muomala layoqati cheklangan deb hisoblansin hamda u mustaqil ravishda oylik maoshini tasarruf qilish huquqidan mahrum etilsin. (F.I.O.)ga nisbatan homiy etib turmush o‘rtog‘i (F.I.O.) belgilansin. (F.I.O.)ning tomonidan ayrim mulkiy xarakterdagi muammolar homiyning roziligi bilan amalga oshirilsin.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 461
Hal qiluv qarori ustidan 20 kunlik muddat ichida arizachi va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali apellyatsiya tartibida shikoyat yoki prokuror protest keltirishi mumkin. Sudya: imzo (F.I.O.)
Uchtepa tumanlararo sudiga
Toshkent shahar Uchtepa tuman prokurori (F.I.O.) Manfaatdor shaxs: (F.I.O.). Uchtepa tumani Qani mahallasi 98-xonadonda yashaydi.
(Muomalaga layoqatsiz deb topish haqida)
Fuqaro (F.I.O.) Toshkent shahar Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98- xonadonida doimiy ro‘yxatida qayd qilingan, 1956-yil 8-aprelda tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida 1997-yildan buyon bemor sifatida shifokor nazoratida turishini, hozirgi kunda u uy-joysiz bo‘lib, begona shaxslarning uyida yashab kelayotganligini, doimiy ravishda o‘zgalar qaroviga muhtojligini bayon qilib, tuman prokuraturasiga murojaat qilgan. Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan berilgan ariza o‘rganib chiqilganida haqiqatan ham Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98-xonadonida doimiy ro‘yxatida qayd qilingan 1956-yil 8-aprelda Qozog‘iston Respublikasining Semipalatinsk shahrida tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) o‘z xatti-harakatlarining mohiyatini anglamasligi va o‘zini idora qila olmasligi, u 1992-yildan buyon ruhiy xastalikka chalingani va ilk marta 1993-yilda Toshkent shahar, 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari dispanserining kunduzgi statsionarida bir necha marta “nevrosteniya” tashxisi bilan davolangani, 1997-yildan buyon 2-guruh nogironi, ruhiy asab kasalliklari dispanserida “shizofreniya” tashxisi bilan hisobda turishi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasida ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkinligi ko‘rsatilgan. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 462
FPKning 291-moddasiga binoan fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish prokuror bergan ariza bo‘yicha ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, suddan
Fuqaro (F.I.O.)ni muomalaga layoqatsiz deb topilishini. Ilova: Toshkent shahar, 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari dispanseri tomonidan berilgan ma’lumotnoma; tuman vasiylik va homiylik bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma, mahalladan ma’lumotnoma.
Uchtepa tuman prokurori: imzo (F.I.O.)
AJRIM 2014-yil iyul oyining 15-kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida sudya (F.I.O.) ning raisligida, (F.I.O.)ning kotibligida, Uchtepa tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) va vakil (F.I.O.) larning ishtirokida Uchtepa tuman prokurorining fuqaro (F.I.O.) manfaatlarini ko‘zlab, fuqaro (F.I.O.)ni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi arizasi bo‘yicha yuritilgan 1- 1486/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilar
Sudga Uchtepa tuman prokurori fuqaro (F.I.O.) manfaatlarini ko‘zlab Toshkent shahar Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 3-uyning 98-xonadonida yashovchi fuqaro (F.I.O.)ni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ariza bilan murojaat etgan. Sud majlisida Uchtepa tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) arizani quvvatlab, Toshkent shahar Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98-xonadonida doimiy ro‘yxatida qayd qilingan 1956-yilda tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida 1997-yildan buyon bemor sifatida shifokor nazoratida turishligini, hozirgi kunda u uy-joysiz bo‘lib, begona shaxslarning uyida yashab kelayotganligini, doimiy ravishda o‘zgalar qaroviga muhtojligini bayon qilib, arizani qanoatlantirishni so‘radi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 463
Sud, fuqarolik ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, Toshkent shahar, Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98-xonadonida doimiy ro‘yxatida qayd qilingan 1956-yilda tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.)ga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash masalasini muhokamaga qo‘ydi. Sud majlisida Uchtepa tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) ish yuzasidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanishiga e’tirozi yo‘qligini bildirdilar. Sud arizachi vakili, manfaatdor shaxsning bayonotlarini, Uchtepa tumani homiylik va vasiylik bo‘limi vakili tushuntirishini tinglab, ish hujjatlarini muhokama etib, ish bo‘yicha nizoni to‘g‘ri hal qilish va arizada ko‘rsatilgan vajlarga oydinlik kiritish borasida maxsus sohadagi mutaxassislarning bilimi talab qilinishligini inobatga olib, sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish zarur deb hisoblaydi va uni tayinlab, ishni ko‘rishni ekspertiza xulosasi olingunga qadar to‘xtatib turishni lozim topdi. Yuqoridagilarga asosan, FPKning 84-, 92–94-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud
Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlansin va uni o‘tkazish Toshkent shahar 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari dispanseri mutaxassislari zimmasiga yuklatilsin. Ekspertlar oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yilsin: Toshkent shahar, Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 3-uyning 98-xonadonida yashovchi 1956-yil 13- aprelda tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) ruhiy kasalmi? Agarda ruhiy kasal bo‘lsa, u qachondan buyon ushbu xastalik bilan og‘riydi? Ayni vaqtda (F.I.O.) o‘z xatti-harakatlarining mohiyatini anglashga va ularni idrok qilish qobiliyatiga egami? (F.I.O.) muomalaga layoqatlimi yoki layoqatsizmi? (F.I.O.) o‘zining sog‘lig‘i holatiga ko‘ra vasiyga muhtojmi? Ekspertlar bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik yoki xulosa berishdan bosh tortganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238–240- moddalarida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilsin. Ekspertiza xulosasi olingunga qadar mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilsin. Mazkur ajrimning ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi qismi ustidan 10 kun muddat ichida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Sudya: imzo
(F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 464
HAL QILUV QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
2014-yil iyul oyining 25-kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida sudya (F.I.O.) ning raisligida, (F.I.O.)ning kotibligida, Uchtepa tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) va vakil (F.I.O.) larning ishtirokida Uchtepa tuman prokurorining fuqaro (F.I.O.) manfaatlarini ko‘zlab, fuqaro (F.I.O.)ni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi arizasi bo‘yicha yuritilgan 1- 1486/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Sudga Uchtepa tuman prokurori fuqaro (F.I.O.) manfaatlarini ko‘zlab Toshkent shahar Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 3-uyning 98-xonadonida yashovchi fuqaro (F.I.O.)ni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ariza bilan murojaat etgan. Sud majlisida Uchtepa tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) arizani quvvatlab, Toshkent shahar Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98-xonadonida doimiy ro‘yxatida qayd qilingan 1956-yil 8-aprelda tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida 1997-yildan buyon bemor sifatida shifokor nazoratida turishligini, hozirgi kunda u uy-joysiz bo‘lib, begona shaxslarning uyida yashab kelayotganligini, doimiy ravishda o‘zgalar qaroviga muhtojligini bayon qilib, arizani qanoatlantirishni so‘radi. Sud majlisida manfaatdor shaxs (F.I.O.) va Uchtepa tumani homiylik va vasiylik bo‘limi vakili (F.I.O.) Uchtepa tuman prokurorining arizasini quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. Sud majlisida sud arizachi vakili, manfaatdor shaxsning bayonotlarini, Uchtepa tumani homiylik va vasiylik bo‘limi vakili tushuntirishini tinglab, quyidagi asoslarga ko‘ra, arizani qanoatlantirish lozim deb hisoblaydi. Aniqlangan holatlarga ko‘ra, Toshkent shahar, Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98-xonadonida doimiy ro‘yxatda qayd qilingan, 1956-yil 8-aprelda Qozog‘iston Respublikasining Semipalatinsk shahrida tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) ruhiy xasta bo‘lib, o‘z xatti-harakatlarining mohiyatini anglamaydi va o‘zini idora qila olmaydi. U 1992-yildan buyon ruhiy xastalikka chalingan va ilk marta 1993-yilda Toshkent shahar 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari dispanserining kunduzgi statsionarida bir necha marta “nevrosteniya” tashxisi bilan davolangan. 1997-yildan buyon 2-guruh nogironi, ruhiy asab kasalliklari dispanserida “shizofreniya” tashxisi bilan hisobda turadi.
Toshkent shahar 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari dispanseri tomonidan 2014-yil 16- iyun kuni 510-sonli dalolatnoma orqali o‘tkazilgan ambulatoriya sud-ruhshunoslik FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 465
ekspertizasi xulosasida fuqaro (F.I.O.) ning “шизофрения, шубообразный, галлюцинаторно-параноидный синдром” shaklidagi surunkali ruhiy xastalik bilan og‘rishi, shu sababli ruhiy holatiga ko‘ra o‘z xatti-harakatlarini mohiyatini tushunmasligi va ularni idrok qila olmasligi, shuning uchun vasiy tayinlanishga muhtojligi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasida ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bunday holatda, sud Toshkent shahar, Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98- xonadonida istiqomat qiluvchi, 1956-yil 8-aprelda Qozog‘iston Respublikasining Semipalatinsk shahrida tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) ni muomalaga layoqatsiz deb topish lozim deb hisoblaydi. Yuqoridagilarga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30- moddasi, FPKning 291–295-, 297-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud
Uchtepa tuman prokurorining fuqaro (F.I.O.)ning manfaatlarini ko‘zlab fuqaro (F.I.O.) ni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi arizasi qanoatlantirilsin. Toshkent shahar, Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98-xonadonida yashovchi 1956-yil 8-aprelda Qozog‘iston Respublikasining Semipalatinsk shahrida tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) muomalaga layoqatsiz deb topilsin. Hal qiluv qarori ustidan 20 kunlik muddat ichida arizachi va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali apellyatsiya tartibida shikoyat yoki prokuror protest keltirishi mumkin.
Sudya:
(F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 466
Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza, sud hal qiluv qaroridan namunalar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudiga
Arizachi: Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimiyati. Manzili: Toshkent shahar Uchtepa tumani Mevazor ko‘chasi 54-uy.
(Mol-mulkni egasiz deb topish haqida)
Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 15-xonadon 1993-yil 26- fevraldagi 01-01/9999-sonli mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderiga asosan (F.I.O.) nomiga xususiylashtirilgan. (F.I.O.) 2002-yil 24-may kuni vafot etgan. Nizoli xonadonda (F.I.O.) ning bir o‘zi doimiy ro‘yxatda bo‘lib, bir o‘zi yashagan bo‘lib, xonadonni xususiylashtirish davrida ham bir o‘zi qatnashgan. Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 1-sonli Davlat notarial idorasining 2011-yil 19-sentabrdagi ma’lumotida (F.I.O.) vafotidan keyin meros ishi ochilmagan. Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimining 2003-yil 20-iyundagi 675-sonli qaroriga asosan nizoli Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 15-xonadon qonunan egasi yo‘q deb rasmiylashtirilgunga qadar (F.I.O.) ga yashab turishga ruhsat berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq, egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga ko‘ra, agar qonun bo‘yicha ham, vasiyatnoma bo‘yicha ham merosxo‘rlar bo‘lmasa yoxud merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi. Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasi bo‘yicha meros ochilgan kundan e’tiboran bir yil o‘tganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qo‘riqlash va boshqarish bilan bog‘liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, ko‘rsatilgan muddat o‘tishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga o‘tadi. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 467
Yuqorida bayon etilgan holatlar va ish bo‘yicha to‘plangan barcha dalillar asosida sud arizani qanoatlantirishni, nizoli xonadonni egasiz qolgan mol-mulk deb topib, uni davlat tasarrufiga o‘tkazishni lozim deb hisoblaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, suddan
Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 15-xonadonni egasiz deb topib, hokimiyat tasarrufiga o‘tkazishingizni. Sud majlisiga uchinchi shaxs sifatida Toshkent shahar “Nayman” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi F.I.O.)ni jalb etishingizni, guvoh sifatida Uchtepa tumani 22- mavze 19-uy 9-xonadonda istiqomat qiluvchi (F.I.O.), Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 4-xonadonda istiqomat qiluvchi (F.I.O.)larni chiqarishingizni. Ilova:
1) Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 15-xonadon hujjatlari; 2) Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 1-sonli Davlat notarial idorasining 19.09.2011 yildagi ma’lumoti; 3) ishonchnoma.
Uchtepa tuman hokimiyati ishonchli vakili: imzo (F.I.O.) Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling