Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniqladi
- Kassatsiya instansiyasi ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi nusxasi AJRIM
501
Ajrim qilaman:
Javobgar (F.I.O.)ning apellyatsiya shikoyati harakatsiz qoldirilsin va kamchiliklarni bartaraf etish uchun javobgarga 10 kunlik muddat berilsin.
Sudya: imzo
(F.I.O.) Birinchi instansiya sudining sud qarori ijrosini (agar u ijro etilmagan bo‘lsa) ish kassatsiya tartibida ko‘rilguniga qadar to‘xtatib qo‘yishi to‘g‘risida ajrimi namunasi AJRIM (hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida) 2014-yil 20-noyabr kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.) ning kotibligida, da’vogar (F.I.O.) ning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.) ga nisbatan uyga kiritish, turar joyga nisbatan foydalanish huquqi va tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-3927/14-sonli fuqarolik ishi bo‘yicha (F.I.O.)ning kassatsiya shikoyati va u yuzasidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uyga kiritish, turar joyga nisbatan foydalanish huquqi va tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2014-yil 23- sentabr kunidagi hal qiluv qarori bilan (F.I.O.) ning da’vo arizasi qanoatlantirilgan. Mazkur hal qiluv qarori ustidan (F.I.O.) tomonidan kassatsiya shikoyati keltirilgan. FPKning 348 6 -moddasi 1-qismi 3-bandiga ko‘ra, sudya yoki sud raisi sud qarori ijrosini (agar u ijro etilmagan bo‘lsa) ish kassatsiya tartibida ko‘rilgunga qadar to‘xtatib qo‘yishi va bu xususda manfaatdor shaxslar, tashkilotlarni xabardor etishi shart. Qayd etilganlardan kelib chiqib, sud hal qiluv qarorining ijrosini ish kassatsiya tartibida ko‘rilgunga qadar to‘xtatib turishni va bu xususda manfaatdor shaxslar, tashkilotlarni xabardor etishni lozim deb topadi. Yuqoridagilarga ko‘ra, FPKning 348 6 -, 237–238-moddalariga asosan, sud FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 502
Ajrim qiladi: Da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uyga kiritish, turar joyga nisbatan foydalanish huquqi va tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-3927/14-sonli fuqarolik ishi bo‘yicha sudning 2014-yil 23-sentabrdagi hal qiluv qarorining ijrosi ish kassatsiya tartibida ko‘rilgunga qadar to‘xtatib turilsin va bu xususda manfaatdor shaxslar, tashkilotlar xabardor etilsin. Ajrimdan norozi tomon 10 kunlik muddat ichida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi mumkin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.) Kassatsiya instansiyasi ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi nusxasi AJRIM 2010-yil avgust oyining 27-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasi ochiq sud majlisida raislik etuvchi (F.I.O.), hay’at a’zolari (F.I.O.) , (F.I.O.)lardan iborat tarkibda, (F.I.O.)ning kotibaligida, Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning ishtirokida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2008-yil 10-sentabr kunidagi da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.)ga nisbatan qarz shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi 1- 2921/08-sonli fuqarolik ishi yuzasidan kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.) ga nisbatan qarz shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat etgan. Birinchi instansiya sudi tomonidan da’vo talablari to‘liq qanoatlantirilgan va qarz shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan. Mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, javobgar (F.I.O.) kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Kassatsiya sudi majlisida javobgar (F.I.O.) haqiqatan ham da’vogarga 10.000.000 so‘m qarz berganligini, lekin bugun qarzning qolgan qismi ham to‘langanligi sababali kassatsiya shikoyatidan voz kechishini yozma ma’lum qildi. FPKning 348 10 - moddasiga asosan kassatsiya shikoyati bergan shaxs uni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki undan voz kechishga haqli. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 503
Shuningdek, agar hal qiluv qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat bermagan bo‘lsa, shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi to‘g‘risida va protest qaytarib olingan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarib, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatishi belgilangan. Yuqoridagilarga ko‘ra, FPKning 348 10 -,348
15 -moddalarini qo‘llab, kassatsiya sudlov hay’ati
Javobgar (F.I.O.)ning kassatsiya shikoyatidan voz kechishi qabul qilinsin. Javobgar (F.I.O.)ning kassatsiya shikoyatidan voz kechishi munosabati bilan kassatsiya instansiyasida ish yuritish tugatilsin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.)
Hay’at a’zolari:
(F.I.O.)
(F.I.O.) Kassatsiya instansiyasining ajrimi nusxasi
Ma’ruzachi: sudya (F.I.O.) AJRIM 4-61/14
2014-yil yanvar oyining 27-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiyasi, ochiq sud majlisida raislik etuvchi (F.I.O.), hay’at a’zolari (F.I.O.), (F.I.O.)lardan iborat tarkibda, (F.I.O.)ning kotibligida, tomonlardan Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.), advokat (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)lar ishtirokida da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.) , (F.I.O.), (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan uyga kiritish va foydalanish tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi, da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan umumiy mol-mulkning ½ qismiga egalik huquqini va foydalanish tartibini belgilash haqidagi qo‘shimcha da’vo arizasi, da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan umumiy mol-mulkni bo‘lish haqidagi hamda javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) o‘g‘liga nisbatan uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi qarshi da’vo arizalari bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2013-yil 21- oktabr kunidagi hal qiluv qaroriga nisbatan javobgar (F.I.O.) tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 504
Aniqladi:
Da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)lar javobgar (F.I.O.)ga nisbatan uyga kiritish va foydalanish tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilganlar. Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan umumiy mol-mulkning ½ qismiga egalik huquqini va foydalanish tartibini belgilash haqidagi qo‘shimcha da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan umumiy mol-mulkni bo‘lish haqidagi, javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)ga nisbatan uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi qarshi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2011-yil 21- oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)ning uyga kiritish va foydalanish tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi qisman qanoatlantirilgan. Da’vogarlar (F.I.O.) olti nafar farzandlari – (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)lar bilan birgalikda Toshkent shahar Olmazor tumani Tansiqboyeva 1- mavze 5-uy 4-xonadonga kiritib qo‘yilganlar va uy-joydan umumiy foydalanish tartibi belgilangan. Da’vo arizaning kamida uchta xonani foydalanish uchun biriktirish qismi rad qilingan. Da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)ga nisbatan uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi qarshi da’vo arizasini qanoatlantirish rad qilingan. Mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan javobgar (F.I.O.) tomonidan kassatsiya shikoyati keltirilib, shikoyatda hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangitdan ko‘rish uchun qaytarishni so‘ragan. Kassatsiya sudlov hay’ati majlisida da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larning ishonchli vakili (F.I.O.) kassatsiya shikoyatini tan olmasdan, uni rad qilishni so‘radi. Kassatsiya sudlov hay’ati majlisida javobgar (F.I.O.) kassatsiya shikoyatini quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. Kassatsiya sudlov hay’ati majlisida javobgar (F.I.O.) kassatsiya shikoyatini quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. Kassatsiya sudlov hay’ati majlisida javobgar (F.I.O.) kassatsiya shikoyatini quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. Sudlov hay’ati mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ma’ruzachi sudya (F.I.O.)ning ma’ruzasini, Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning kassatsiya protestini quvvatlab bergan fikrini va advokatlar fikrini tinglab, ish hujjatlarini tahlil qilib quyidagi xulosaga keladi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 505
FPKning 348-13-moddasiga asosan ishni kassatsiya tartibida ko‘rayotganida sud birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini kassatsiya shikoyati yoki protestining vajlari hamda ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar doirasida tekshiradi. U yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Aniqlangan holatlarga ko‘ra, da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) bilan 1989-yil 10-iyunda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurishgan. Ularning birgalikdagi turmushlaridan olti nafar farzandlari bor: 1990-y.t. (F.I.O.), 1992-y.t. (F.I.O.), 1993-y.t. (F.I.O.), 1996-y.t. (F.I.O.), 2006-y.t. (F.I.O.) va 2008-y.t. (F.I.O.). Taraflar turmushlari davomida Toshkent shahar Olmazor tumani Tansiqboyev 1- mavze 5-uy 4-xonadonda yashaganlar. Mazkur turar joy 2002-yil 7-martda tasdiqlangan vasiyatnoma bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnomaga asosan javobgar (F.I.O.)ga tegishli. Oilada kelib chiqqan kelishmovchiliklar natijasida da’vogar (F.I.O.) farzandlari bilan 2010-yilning iyun oyida nizoli uydan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga asosan uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek, mulkdor bilan doimiy yashayotgan oilali farzandlari, agar ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsalar, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zosi deb tan olinishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi “Uy- joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 22-sonli qarorining 5-bandi uchinchi va to‘rtinchi qismlariga ko‘ra, uyga yashash uchun kiritish hamda turar joydan foydalanishga bo‘lgan huquqini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi da’volarni hal etishda sud turar joyga da’vo qiluvchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasi 2- va 3-qismlarida qayd etilgan shaxslar safiga kirishi yoki boshqa asos bo‘yicha uyda yashashga bo‘lgan huquqiy holatlarini, qanday sabablarga ko‘ra yashamayotganligini va da’voni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashlari lozim. Da’vogar (F.I.O.) ushbu turar joyda 1990-yil 10-apreldan beri doimiy ravishda farzandlari bilan ro‘yxatdan o‘tgan holda mulkdor (F.I.O.)ning oila a’zosi sifatida yashab, foydalanib kelgan. Birinchi instansiya sudi mazkur holatlarga huquqiy baho bergan holda da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)larning uyga kiritish haqidagi talablari
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 506
asosli degan xulosaga kelib, uni qanoatlantirishni lozim topgan va turar joyni umumiy foydalanishga qoldirgan. Apellyatsiya instansiyasi ushbu xulosalar bilan kelishadi. Da’vogarlarning uy-joyning kamida uchta xonasini biriktirish haqidagi da’vo talablarini muhokama qilgan birinchi instansiya sudi bu talablar bilan kelishmagan va uni rad qilgan. Apellyatsiya sudlov hay’ati ushbu xulosalar bilan kelishgan holda turar joy ulushli mulk bo‘lmaganligi sababli uchta xonasini biriktirib foydalanish tartibi belgilanishi mulkdorning huquq va manfaatlariga zid bo‘lishini ta’kidlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq, munitsipial, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi. Javobgar (F.I.O.) farzandlari bilan nizoli turar joy ro‘yxatiga mulkdorining roziligi bilan kiritilgan. Mulkdorning oila a’zosi hisoblanadilar. Mazkur holatlardan kelib chiqqan birinchi instansiya sudi da’vogar (F.I.O.) ning uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi qarshi da’vo talablarini rad qilishini lozim topgan. Kassatsiya sudlov hay’ati tomonidan nizoli turar joyning xususiylashtirish hujjatlari olib o‘rganilganda, turar joyni xususiylashtirishda da’vogar (F.I.O.) ishtirok etganligi, uning farzandi (F.I.O.) esa doimiy ro‘yxatda turganligi aniqlandi. Garchi turar joyga nisbatan vorislik guvohnomasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, kadastr xizmati ma’lumotiga qaraganda ushbu guvohnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Ya’ni turar joyga to‘liq mulk huquqi vujudga kelmagan. Mazkur holatni ham inobatga olgan sudlov hay’ati birinchi instansiya sudining xulosalari bilan kelishadi. FPKning 348 15 -moddasiga asosan, sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, o‘z ajrimi bilan: hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka haqli. Yuqoridagilarga asosan va FPKning 348 15 -moddasiga amal qilib sudlov hay’ati Ajrim qiladi: Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudining 2011-yil 21-oktabr kunidagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin. Raislik etuvchi:
(F.I.O.) Hay’at a’zolari:
(F.I.O.)
imzo
(F.I.O.) FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 507
Kassatsiya instansiya si sud majlisi bayonnomasi namunasi
2014-yil noyabr oyining 1-kuni, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida raislik etuvchi: (F.I.O.), hay’at a’zolari: (F.I.O.) va (F.I.O.)lardan iborat tarkibda, (F.I.O.)ning kotibligida, Toshkent shahar prokurorining yordamchisi (F.I.O.) ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining da’vogar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining (F.I.O.)ning manfaatini ko‘zlab javobgar “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasiga nisbatan ish haqini undirish haqidagi fuqarolik ishi yuzasidan 2014-yil 29-sentabr kungi qabul qilingan hal qiluv qaroriga Shayhontohur tuman prokuraturasi tomonidan keltirilgan kassatsiya protestini fuqarolik ishi hujjatlariga qo‘shib ko‘rib chiqdi. Raislik etuvchi sudlov hay’ati majlisini ochib, qanday fuqarolik ishi ko‘rilishini e’lon qildi. Kotib sud majlisiga taraflar kelganligini ma’lum qildi. Taraflar shaxsi aniqlandi. Da’vogar vakillari: (F.I.O.) Andijon shahar 1983 y.t., millati – o‘zbek, ma’lumoti oliy, i/j.: O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashida - bosh yuriskonsult, manzil: Toshkent shahar Buxoro ko‘chasi 24-uy. Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. (F.I.O.) Toshkent viloyatida 1986 y.t., millati–o‘zbek, ma’lumoti oliy, i/j.: O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashida yetakchi yuriskonsult, manzil: Toshkent shahar Buxoro ko‘chasi 24-uy. Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. Da’vogar: (F.I.O.), Toshkent shahrida 1956 y.t., millati–o‘zbek, ma’lumoti oliy, i/j.: “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasida mexanik, Toshkent shahar Hamza tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 4-uy 23-xonadonda va Toshkent shahar Hamza tumani Zangori 2- tor ko‘cha 11-uyda yashaydi. Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. Javobgar vakillari: (F.I.O.) Toshkent shahrida 1955 y.t., millati–o‘zbek, malumoti–oliy, i/j.: “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasida bo‘lim boshlig‘i, ya/j: Toshkent shahar Uchtepa tumani Tinchlik 2-tor ko‘cha 24-uy. Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. (F.I.O.) Toshkent shahar, 1962 y.t., millati–o‘zbek, ma’lumoti–oliy, i/j.: “Toshkent metropoliteni“ davlat unitar korxonasida yurist, ya/j.: Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani Qorasuv-1 35-uy 17-xonadon. Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 508
(F.I.O.) Buxoro shahrida, 1965 y.t., millati–o‘zbek, ma’lumoti–oliy, i/j.: “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” Toshkent sh. boshqarmasi inspektori, ya/j.: Toshkent shahar Sirg‘ali tumani 8-a mavze 21- uy 51-xonadon. Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. Arizalar bo‘lmadi. Iltimosnomalar bo‘lmadi. Raislik etuvchi tomonidan sudlov hay’atining tarkibi, kotib va prokuror e’lon qilindi. Sudlov hay’ati tarkibiga, prokurorga, sud majlisi kotibiga nisbatan raddiyalar va e’tirozlar bildirilmadi. Raislik etuvchi tomonidan FPKning 34-, 40-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlari hamda majburiyatlari tushuntirildi. protsessual huquqlar hamda majburiyatlar tushunarli. Sudya (F.I.O.) fuqarolik ishi bo‘yicha ma’ruza qildi. Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.) fikri: -Protestni quvvatlayman, uni qanoatlantirishingizni so‘rayman. Raislik etuvchi savoliga (F.I.O.) : Protest bilan kelishaman, hal qiluv qarorini bekor qilishingizni so‘rayman. Da’vogar bizga ariza bilan murojaat qilgan. Bu ish 8 oydan buyon davom qilmoqda, agar biz bir kishining huquqi buzilayotganligini isbotlasak boshqa ishchilarning manfaatida ham sudga murojaat qilamiz. Savollar bo‘lmadi. Raislik etuvchi savoliga (F.I.O.): Protest bilan kelishaman, hal qiluv qarorini bekor qilishingizni so‘rayman. Savollar bo‘lmadi. Raislik etuvchi savoliga (F.I.O.): Protest bilan kelishaman, hal qiluv qarorini bekor qilishingizni so‘rayman. Ish haqqimning kam berilishini 20 yil oldin bilganman. Besh yildan buyon o‘z haq- huquqlarimni himoya qilmoqdaman. Butun korxona ishchilariga oylik kam to‘lanadi. Kasaba uyushmasi ariza yozganligim sababli, ular mening haq huquqimni himoya qilishmoqda, boshqa ishchilar menga qo‘shilishmadi. Savollar bo‘lmadi. Raislik etuvchi savoliga (F.I.O.): Protest bilan kelishaman, hal qiluv qarorini bekor qilishingizni so‘rayman. Savollar bo‘lmadi. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 509
Raislik etuvchi savoliga (F.I.O.): Protest bilan kelishmayman, hal qiluv qarorini o‘z kuchida qoldirishiningizni so‘rayman. Bizning korxonamizda oylik maosh mehnat kodeksiga asosan to‘lanadi. Bizda 3000 dan ortiq ishchi bor. Hammaga davlat belgilagan maosh beriladi. Bizda xo‘jalik hisobidan maosh to‘lanadi. Da’vogar ishga kirganidan keyin 1992-1995-yillar maosh oshgan, keyinchalik ham har yili oylik oshib kelmoqda. Savollar bo‘lmadi. Raislik etuvchi savoliga: (F.I.O.): Protest bilan kelishmayman, hal qiluv qarorini o‘z kuchida qoldirishiningizni so‘rayman. Biz budjet tashkiloti hisoblanmaymiz. Bizning korxonamiz har yili nazoratdan o‘tadi. Oxirgi marta 2012-yilda tekshirish bo‘lgan, biz natijalarini taqdim qilishimiz mumkin. Savollar bo‘lmadi. Sudlov hay’ati maslahatlashib, o‘z joyida ajrim qildi, ish bo‘yicha korxona ustavi, tekshirish bo‘yicha ma’lumotnoma, va boshqa hujjatlar zarurligi tufayli, ishni ko‘rish 2014-yil 14-noyabr soat 09-00 ga qadar qoldirilsin. 2014-yil 14-noyabr kuni sudlov hay’ati o‘zgarmagan tarkibda ish ko‘rishni boshlaydi. Kotib sud majlisiga taraflar kelganligini ma’lum qildi. Raislik etuvchi savoliga: (F.I.O.): E’tiroznoma taqdim qilaman. Bizga hech qanaqa mukofot berilmagan, faqat Navro‘z va temiryo‘lchilar kuniga mukofot berilgan. Men ishga kirganimda oyligimga 30% qo‘shimcha foiz qo‘shilgan. Injenerlar bilan bir qatorda ishlaymiz, lekin bizning otpuskamiz 21 kun, ularniki 31 kun. Ish bo‘yicha korxona taqdim qilgan jadval bo‘yicha ham bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Savollar bo‘lmadi. Raislik etuvchi savoliga (F.I.O.): Korxona ustavini taqdim qilaman, tekshirish bo‘yicha ishga aloqador hujjatlar mavjud emas. Savollar bo‘lmadi. Arizalar bo‘lmadi. Qo‘shimchalar taqdim etilmadi. Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.) fikri: Protestni quvvatlayman, uni qanoatlantirishingizni so‘rayman. Sudlov hay’ati maslahat xonasida qoldi. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling