M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Qov simfizi chap va o’ng qov suyaklarini qarama - qarshi yuzalari orasida 
hosil  bo’ladi.  Qov  suyaklari  yuzalarining  orasida  tog’ayli  plastinka  joylashadi. 
Qov simfizi yarim bo’g’imlar turiga kirib, harakatsiz hisoblanadi. 
Tos-son  bo’g’imi  -  son  suyagining  sharsimon  boshchasi  tos  suyagining 
quymich  kosasiga  birikishidan  hosil  bo’ladi.  Bu  bo’g’im  shakli  jixatdan 
yongoksimon, oddiy va uch o’qli hisoblanadi. Bu bo’g’imda ko’ndalang, sagittal 
va tik ketgan uklar atrofida harakatlar bajariladi. Ko’ndalang o’q atrofida sonni 
bukish  va  yozish,  sagittal  o’q  atrofida  -  uni  gavdaga  yaqin  keltirish  va  undan 
uzoqlatish,  tik  o’q  atrofida  -  oyoqni  tashqariga  burash  va  oyoqni  ichkariga 
burash  (pronatsiya,  supinatsiya)  harakatlari  bajariladi.  Bu  bo’g’im  harakatlari 
chegaralangan  bo’ladi,  chunki  birikayotgan  suyaklarni  bo’g’im  sathlari  bir-
biriga  nisbatan  moslangan,  ikkinchidan  bo’g’im  atrofida  mustaxkam  paylar  va 
baquvvat  muskullar  joylashgan.  Tos-son  bo’g’imining  eng  mustaxkam 
paylaridan yonbosh-son payidir. U 300 kg. og’irlikni ko’tarish qobiliyatiga ega. 
Quymich va qov suyaklari tanalaridan boshlangan quymichson va qov- son 
paylari son suyagining kichik va katta do’nglariga birikadi. Bu paylar birgalikda 
sonni  yozish  harakatini  chegaralishda  ishtirok  etadilar.  Yonbosh-son  payi  esa 
sagittal  o’q  atrofida  vujudga  keladigan  harakatlarni  chegaralaydi.  Bundan 
tashqari,  tos-son  bo’g’imining  ichki  kapsulasidan  aylanma  payi  boshlanadi, 


 
41 
bo’g’im ichida esa son suyagining boshchasini payi joylashgan. Bu pay quymich 
kosachasi  tagidan  boshlanib,  son  suyagining  boshchasiga  birikadi.  Son 
suyagining  boshchasining  payi  faqat  tos-son  bo’g’imi  mustaxkamlashida 
ishtirok  etmay,  boshqa  funktsiyalarni  bajaradi.  Pay  ichida  qon  tomirlari  va 
nervlar  joylashgan,  bundan  tashqari,  turli  harakat  bajarish  vaqtida  zarbni 
kamaytirish vazifasini bajaradi. 
Tizza  bo’g’imi  -  son  suyagining  pastki  uchi  va  katta  boldir  suyagi 
do’nglarining  ustki  yuzalaridan  hosil  bo’lgan.  Bo’g’im  hosil  bo’lish  da  tizza 
qopqog’i  ham  ishtirok  etadi.  Bo’g’im  murakkab,  shakli  jixatdan  g’altak-
sharsimondir.  Bo’g’imda  birikayotgan  suyaklarning  sathlari  bir-biriga  nisbatan 
juda  kam  moslangan,  shu  sababli  harakatlar  chegaralangan.  Bo’g’im  ichida 
joylashgan  medial  va  lateral  menisklar  harakatchanlikni  oshirishda  ishtirok 
etadilar. Sinovial  bo’g’im  ichida  ko’p  burmalar  va  o’simtalar, bo’g’im  atrofida 
esa  shilimshik  xaltalar  hosil  qiladi.  Tizza  bo’g’imida  ko’ndalang  o’q  atrofida 
bukish,  yozish  harakatlari  bajariladi.  Harakatchanlikni  graduslarda  ifodalash 
mumkin.  Bunda  bukish  harakatining  chegarasi  130-170є  ga  teng.  Tik  o’q 
atrofida  pronatsiya  va  supinatsiya  harakatlari  bajariladi.  Harakatlar  chegarasi 
10є atrofida ro’y beradi. 
Tizza  bo’g’imida  bir  nechta  paylari  bor.  Ularga  katta  boldir  va  kichik 
boldir  kollateral  aylanma  kiradi.  Bo’g’im  ichida  krestsimon  paylar  joylashgan. 
Bu  paylar  bo’g’imni  mustaxkamlashda  ishtirok  etadilar.  Bo’g’im  xaltasining 
orqasida tizza osti paylari joylashadi. 
Boldir-panja  bo’g’imi  katta  boldir  suyagini  distal  uchi  oshik  suyagiga 
birikishi natijasida hosil bo’ladi. Uni ikki tomonidan tashqi va ichki tupik to’sib 
turadi.  Bu  bo’g’im  murakkab  g’altaqsimon  shaklga  ega.  Ko’ndalang  uk 
g’altakdan  o’tib,  uning  atrofida  bukish  va  yozish  harakatlari  bajariladi.  Tik 
turgan holda oyoq panjasini yozish chegarasi 15-25 є ga teng, bukishi - 45-50є , 
pronatsiya,  supinatsiya  harakatlari  13  є  atrofida.,  uzoqlashtirish  va 
yaqinlashtirish  harakatlari  esa  12  є  ga  teng.  Boldir-panja  bo’g’imi  lateral  va 
medial tomonlaridan pishiq paylar bilan mustaxkamlangan. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling