M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
2 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi M. MAMAJANOV ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIASI (Odam anatomiyasi) fanidan (ma'ruzalar kursi) Namangan – 2019 3 Ma’ruzalar kursi Namangan davlat universiteti o`quv – uslubiy kengashining 2019 yil ______________ № _____ sonli yig`ilishida muhokama qilingan va chop etish uchun tavsiya qilingan. Taqrizchilar: Namangan davlat universiteti, Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi professori, b.f.d. R.N. Axmerov Biologiya kafedrasi mudiri, b.f.d. A. Batoshev Ma’ruzalar kursi «Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» fanining namunaviy dasturida ko`zda tutilgan maqsad va vazifalarini, «Odam anatomiyasi» hujayra va uning tuzilishi, odam anatomiyasini o’rganishda qo’llaniladigan asosiy metodlar, odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani tarixi, odam anatomiyasi va fiziologiyasida ishlatiladigan terminlar, organ, organlar sistemasi, odam anatomiyasidagi tana satxlari, suyaklar tuzilishi xillari va birikishi, muskullar va ularning xillari, ichki organlar va ularning joylashuvi, qon aylanish sistemasi, nerv sistemasi, sezgi organlari, ichki sekretsiya bezlarini tuzilishi va boshqalar haqida eng aniq ma'lumotlar berishni o`z ichiga olgan. Ma’ruzalar kursi jismoniy tarbiya va sport faoliyati talim yo`nalishi bo`yicha bakalavr va magistratura bosqichida ta'lim olayotgan talabalar foydalanishlari uchun mo’ljallangan. © M. Mamajanov © Namangan Davlat universiteti 2019 y. 4 SO`Z BOSHI Keyingi yillarda gipodinamiya oqibatida dynyoda turli kasalliklarning soni ortib bormoqda. Bu o’z navbatida jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni ko’plab tayyorlash, ularni odam organizmining tuzilishi, hayot faoliyati jarayonlari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishni talab qilmoqda. Har qanday jismoniy harakatlarni bajarish suyaklar, muskullar va nerv sistemasi ishtirokisiz amalga oshmaydi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya institutlarida Odam anatomiyasi fanini o'qitish bo'lajak murabbiy va jismoniy tarbiya o'qituvchisini tayyorlashda muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport mashqlarining anatomo-fiziologik qonuniyatlarini bilish, sportning qaysi turi bilan shug'ullanishni to'g'ri tanlab olish, mashqlarning eng samarali vosita va uslublarini topish, ularni qo'llash, natijalarini to'g'ri baholash va sport yutuqlarini oldindan aniq aytib berish masalalarini qat’iy ilmiy asosda hal qilishga ushbu fan murabbiylarga har tomonlama asqotadi. Murabbiylar qo’l ostida shug’ullanayotgan shogirdlarining nafaqat sportdagi natijalari, balki ularning salomatliklarini saqlash, sport travmatizmlarini oldini olish va noto’g’ri mashq qilish oqibatida nogiron bo’lib qolmasliklari uchun ham ma’suldirlar. Ushbu ma’ruzalar kursi bo’lajak sportchi va murabbiylarni odam organizmining tuzilishi, organlarning taraqqiy etishi, tashqi muhitga, yoshga, jinsga va jismoniy tayyorgarligiga bog’liq holda rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlarni olishlarida ko’mak beradi. 5 MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAVZULARI MAVZU №: 1. Kirish. Odam anatomiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari va rivojlanish tarixi. Anatomiya fanining asosiy tarmoqlari. Anatomiyaning rivojlanish tarixi Ma’ruza rejasi: 1. Anatomiyaga kirish. 2. Anatomiyaning fanining predmati, maqsadi va vazifalari. 3. Anatomiyani o’rganish usullari (metodlari). 4. Anatomiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi 5. Odam tanasining tuzilishi Tayanch iboralar: Odam anatomiyasi, sathlar, hujayra, to’qimalar, a’zo, Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling