M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Bir o’qli bo’g’imlar
1. Birinchi va ikkinchi bo’yin umurtqalari o’rtasidagi bo’g’imni buraluvchi 
bo’g’imlarga  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Bu  yerda  harakat  faqat  tishsimon 
o’siq atrofida bo’ladi. 
2.  Falangalar-aro  bo’g’imlar  oddiy,  g’altaqsimon,  bir  o’qli  bo’ladi. 
Bo’g’imni hosil qiluvchi suyaklarning birinchisini uchi g’altak shaklida (o’rtasi 
botiq,  ikki  cheti  ko’tarilgan),  ikkinchisining  uchi  esa  sho’nga  mos  (ikki  cheti 
botiq  va  o’rtasi  ko’tarilgan  bo’ladi).  Falangalar-aro  bo’g’imlarda  faqat  bitta 
ko’ndalang o’qi bo’lib, bu o’q atrofida bukish va yozish harakati bajariladi. 
Hamkor (kombinatsiyalangan) bo’g’imlar. 
Bir xil bo’lgan ikki yoki undan ko’p bo’g’imlar birgalikda bir xil harakatni 
bajarsa  bunday  bo’g’imlar  hamkor  bo’g’imlar  deb  ataladi.  Masalan,  jag’ 
bo’g’imi,  bilak  va  tirsak  suyaklarining  yuqori  va  pastki  uchlari  o’rtasidagi 
bo’g’imlar misol bula oladi. 
 
Tana skeleti.  
Odam  gavda  skeleti  umurtqa  pog’onasi,  12  juft  qovurg’a  va  to’sh 
suyagidan  tashkil  topgan.  12  ko’krak  umurtqalari,  12  juft  qovurg’alarni  to’sh 
suyagi bilan birikishi natijasida ko’krak qafasi hosil bo’ladi. Umurtqa pog’onasi 
kalla  suyagi  bilan  odam  tanasining  o’q  skeletini  hosil  qiladi,  tananing  turli 


 
29 
qismlarini bir-biri bilan bog’laydi va aktiv harakatlarida ishtirok etadi. Umurtqa 
pog’onasining  kanalida  joylashgan  orqa  miyani  himoya  qilish  vazifasini 
bajaradi.  Tananing  og’irlik  markazi  umurtqa  pog’onasining  bel-dumg’aza 
sohasida joylashganligi, umurtqa poganasining segmentlardan tashkil topganligi, 
shakli,  xajmi  va  egriklari  odamda  yurish  va  tik  turish  qobiliyatini  ifodalaydi. 
Tananing  asosiy  ogirligi  umurtqa  poganasiga  tushadi.  Umurtqa  poganasi 
misolida  suyak  sistemasiga  hos  bo’lgan  mexanik  qonuniyatlarini  namoyon 
etilishini  kuzatish  mumkin.  Masalan,  umurtqalar  kichik  xajmga  ega,  yengil, 
chunki  asosiy  qismi  g’ovak  moddadan  tuzilgan,  va  shu  bilan  birga  katta 
yuklamalar  ko’tarish  qobiliyatiga  ega.  Umurtqa  pog’onasini  bir  butun  yaxlit 
tuzilma  sifatida,  ham  pishiq,  ham  harakatchan  bo’lishini  baquvvat  bo’lgan 
bog’lovchi apparati ifodalaydi.  
Umurtqa  pog’onasi  bir-birining  ustida  joylashgan  alohida  umurtqalar 
yig’indisidan  tashkil  topgan  bo’lib,  bular  bo’yin  umurtqalari  -  7,  ko’krak 
umurtqalari  -  12,  bel  umurtqalari  -  5,  dumg’aza  umurtqalari  -  5,  va  dum 
umurtqalari  –  4-5.  Voyaga  yetgan  odamda  dumg’aza  va  dum  umurtqalari 
birlashib, alohida dumg’aza va dum suyagini hosil qiladi. 
Umurtqa  pog’onasining  o’rtacha  uzunligi  erkaklarda  73-75  sm,  ayollarda 
esa  -  69-71  sm  gacha  bo’ladi.  Har  qaysi  ayrim  umurtqada  old  tomonda 
joylashgan tana va orqa tomondagi ravog’i farqlanadi. Ravog’ umurtqa tanasiga 
ikkita  oyoqchasi  orqali  birlashib,  umurtqa  teshigini  hosil  qiladi,  hamma 
umurtqalarning  teshiklari  qo’shilishi  natijasida  umurtqa  kanalini  hosil  bo’ladi. 
Umurtqa  kanalining  mustaxkam  suyakli  devori  orqa  miyani  yaxshi  muxofaza 
etadi.  Umurtqalar  tanalari  orasida  umurtqalar-aro  disklari  joylashgan,  ular 
kollagen-tolali  tog’aydan  tuzilgan  bo’lib,  harakatlarni  amortizatsiyasini 
ta’minlaydi. Umurtqa ravog’idan toq va juft o’siqlari chiqqan bo’ladi. O’siqlarni 
umumiy soni 7 bo’lib, ulardan bittasi toq sonda, qolganlari 3 juft bo’ladi. 
  Umurtqa  ravog’ining  o’rta  qismidan  orqa  tomonga  bitta  o’tkir  qirrali 
o’siq,  ikkala  yonbosh  qismidan  esa  bittadan  ko’ndalang  o’siqlar  va  ikki  juft 
bo’g’im  o’siqlari  ko’rinadi.  Bu  yuqorigi  va  pastki  bo’g’im  o’siqlari  bo’lib, 
umurtqalarni bir-biri bilan birikishini ta’minlaydi.  
Umurtqa  tanasi  bilan  bo’g’im  o’siqlarining  o’rta  qismlarida  yuqorigi  va 
pastki  o’ymalar  joylashgan.  Umurtqa  pog’onasida  yuqoridagi  umurtqaning 
pastki  o’ymasi  yuqori  o’ymasi  bilan  birlashib,  har  tarafda  bittadan  umurtqa 
teshigini  hosil  qiladi.  Bu  teshiklar  orqali  orqa  miya  nervlari  va  qon  tomirlari 
o’tadi.  
Umurtqalarning tuzilishi. 
  1.  Bo’yin  umurtqalari  –odamda  hamma  umurtqalilarga  o’xshash  7  dona 
bo’lib,  yuqoridan  birinchi  va  ikkinchi  umurtqalar,  boshqa  beshta  bo’yin 
umurtqalaridan  tuzilishlari  bilan  ancha  farq  qiladi.  Bo’yin  umurtqalarining 
tanalari  kichkina,  oval  shaklida  bo’lib,  umurtqa  teshigi  katta,  tanalari 
uchburchak  shaklida  tuzilgan.  Faqat  bo’yin  umurtqalarining  ko’ndalang 
o’siqlarida  dumaloq  kichkina  teshiklari  bo’lishi  harakterlidir.  Bu  teshiklar  bir-
biri  bilan qo’shilib, maxsus  suyakli  kanal  hosil  qiladi, uni  ichidan  bosh  miyani 
oziqlantiruvchi qon tomir i o’tadi.  


 
30 
2-7  bo’yin  umurtqalari  tanasining  orqa  tomonida  joylashgan  o’tkir  qirrali 
o’siqlari  borgan  sari  uzayib  borib,  uchlari  esa  ikkiga  ayrilgan  bo’ladi.  7 
umurtqaning orqa o’sig’i boshqa bo’yin umurtqalariga nisbatan uzun va yo’g’on 
bo’lib,  tirik  odamda  teri  ostida  paypaslab  ko’rish  mumkin.  SHuning  uchun  bu 
umurtqani turtib  chiqqan  umurtqa deyiladi. 6  bo’yin  umurtqasining  ko’ndalang 
o’simtasida  uyqu  do’nglari  joylashgan,  bu  do’nglik  oldida  umumiy  uyqu 
arteriyasi  o’tadi.  Bu  arteriyani  bosib  pulsni  hisoblash  va  qonni  to’xtatish 
mumkin. 
Atlantni  tanasi  va  o’tkir  o’sig’i  bo’lmaydi,  uni  tarkibiga  oldingi  va  orqa 
ravog’i, ikki yonidan suyakli lateral massalar tafovut etiladi. Lateral massasining 
yuzalarida  yuqoridan  yuqorigi  bo’g’im  chuqurchalari,  pastidan  pastki  bo’g’im 
chuqurchalari  joylashgan.  Yuqorigi  bo’g’im  chuqurchalar  yordamida  atlant 
kallaning  ensa  suyagi  bilan  birikadi,  pastki  bo’g’im  chuqurchalari  orqali 
ikkinchi bo’yin umurtqasi bilan birikadi. Atlantning o’tkir qirrali o’siq qoldig’i 
o’rniga  orqa  ravog’ida  kichkina  do’mboq  qoldiq  holda  saqlanib  qolgan. 
Atlantning oldingi ravog’i ikkinchi bo’yin umurtqasining tishsimon o’sig’i bilan 
birikadi. 
  Bo’yinning  ikkinchi  umurtqasi  -  axis  deyiladi  va  tishsimon  o’siq  yoki 
tishning bo’lishi bilan boshqa hamma umurtqalardan ajralib turadi.  
Tishsimon  o’siq  o’q  vazifasini  bajarib,  uni  atrofida  umurtqa  bilan  kalla 
o’rtasida  turli  harakatlar  bajariladi.  Tishsimon  o’siq  birinchi  umurtqaning 
takomil  etish  paytida  tanasi  bo’lgan,  keyinchalik  uni  o’rnida  atlantda  oldingi 
ravog’i  rivojlangan.  Tishsimon  o’siq  esa  ikkinchi  bo’yin  umurtqaning  tana 
tarkibiga o’tgan. 
  2.  Ko’krak  umurtqalarining  tanalarining  xajmi  bo’yin  umurtqalarga 
nisbatan  kattaroq  va  1-12  ko’krak  umurtqasigacha  borgan  sari  kattalashib 
boradi.  Ko’krak  umurtqalari  o’ziga  hos  xususiyalarga  ega.  Ko’krak 
umurtqalarini o’tkir o’siqlari orqaga va pastga qaratilgan bo’lib, tomga yopilgan 
sopol  kabi  bir-birini  yopib  turgan  bo’ladi.  SHu  sababli  umurtqa  pog’onasining 
ko’krak  bo’limida  harakatchanligi  chegaralangan  bo’ladi.  Ikkinchidan,  ko’krak 
umurtqalarining  ikki  yonboshlariga  va  ko’ndalang  o’siqlariga  12  juft 
qovurg’aning  uchlari  bo’g’im  hosil  qilib  qo’shilib  turishi,  ularni  boshqa 
umurtqalardan farqlaydi.  
Aksariyat  qovurg’alarning  boshchalari  yonma-yon  joylashgan  ikkita 
umurtqa tanalarining yonbosh oralig’iga o’rnashib turadi. SHuning uchun aksari 
umurtqalarning  ikkala  tomondan  (tepa  va  pastida)  yarimtadan  chuqurchasi 
bo’ladi. Yaxlit chuqurcha faqat 1, 11, 12 umurtqalarda uchraydi. Yana bor farqli 
belgilardan  biri,  ko’krak  umurtqalarning  ko’ndalang  o’siqlari  bo’g’im  yuzalari 
bilan  ta’minlangan.  Bo’g’im  yuzalari  qovurg’a  do’ngchasi  bilan  birikib 
ko’ndalang – qovurg’a bo’g’imi yordamida birikadi. 
Umurtqa  tanasi  bilan 
uning  ravog’i  o’rtasida  joylashgan  umurtqa  teshigining  xajmi  bo’yin 
umurtqalariga qaraganda kichik bo’ladi. 
  3.  Bel  umurtqalari  -  5  dona,  umurtqalarning  orasida  eng  yirigi  bo’lib, 
tanalari  loviyasimon  shaklda  bo’ladi.  Umurtqa  teshigi  katta  va  uchburchak 
shaklida,  ko’ndalang  o’siqlari  bir  oz  yassilangan,  frontal  vaziyatda  joylashgan. 


 
31 
O’tkir o’sig’i kalta va yo’g’on bo’lib, gorizontal o’rnashgan. Yuqorigi va pastki 
bo’g’im  yuzalari  sagittal  vaziyatda  o’rnashgan.  SHu  sababli  umurtqa 
pog’onasining bel qismi ayniqsa harakatchan bo’ladi. 5 bel umurtqasining tanasi 
eng baland va katta ko’ndalang xajmga ega.  
  
4.  Dumg’aza  umurtqalari  -  5  dumg’aza  umurtqalarining  birikishidan 
dumg’aza suyagi hosil bo’ladi. 3,4, 5 dumg’aza umurtqalarning tanalari orasida 
joylashgan tog’ayli disklarni suyaklanish jarayoni 13-15 yoshdan boshlanib, 1-2 
dumg’aza umurtqalari uchun 23-25 yoshda tugallanadi. Natijada yaxlit bir butun 
suyak hosil bo’ladi. Bunday belgini paydo bo’lishi uzoq evolyutsion rivojlanish 
jarayonida,  antropogenez  davomida  odam  tik  holatga  o’tishi  bilan  gavda 
ogirligining dumg’aza umurtqalariga katta yuklama bo’lib tushishi natijasidir. 
Dumg’aza  suyagi  uchburchak  shaklida  bo’lib,  yuqorida  joylashgan 
kengaygan  qismi  –  tubi  yoki  asosi  deyiladi,  va  ponasimon  uchi  pastga  va 
oldinga  qaragan.  Dumg’aza  suyagi  tubi  bilan  beshinchi  bel  umurtqasining 
tanasiga birlashadi. Dumg’azaning asos qismining yon tomonlarida quloqsimon 
yuzalari bor, ular yordamida dumg’aza suyagi tos suyagi bilan birikib, bo’g’im 
hosil  qiladi.  Dumg’azada  oldingi  va  orqa  yuzalari  farqlanadi.  Oldingi  chanoq 
yuzasi  botiq  bo’lib,  tos  bo’shligiga  qaratilgan  va  to’rtta  juft  oldingi  teshiklar 
ko’rinib turadi. 
  Dumg’azaning orqa yuzasi g’adir-budir bo’lib, bunda ham dumg’azaning 
orqa  to’rtta  juft  teshiklari  ko’rinib  turadi.  Bu  yo’z  sathidan  o’rta  toq  va  2  juft 
yon  qirralari  o’tadi.  O’tkir  o’siqlarni  qo’shilib  ketishi  natijasida  o’rta  toq  qirra 
hosil bo’ladi, ko’ndalang qirralarni qo’shilishidan esa yon qirralar hosil bo’ladi. 
Dumg’aza suyagida dumg’aza kanali umurtqa kanali bilan tutashgan. Dumg’aza 
kanalining  pastki  teshigining  ikkala  tomonidan  chiqib  turadigan  o’siqchalar 
dumg’aza  shoxlarini  hosil  qiladi.  Ayollarning  dumg’aza  suyagi  kengroq, 
kaltaroq  va  kamroq  bukilgan  bo’lishi  bilan  erkaklar  dumg’azasidan  ajralib 
turadi. 
Dum  umurtqalari  -  4-5  rudimentar  (qoldiq)  umurtqalarni  qo’shilishidan 
hosil  bo’ladi.  Dum  umurtqalarni  qo’shilib  ketishi  12  yoshdan  boshlanib, 
suyaklanish jarayoni pastdan yuqori tomon yo’nalgan va 25 yoshda tugallanadi. 
Dum umurtqalarida faqat tanalari saqlanib qolib, qolgan elementlari esa yo’qolib 
ketgan. 
 KO’KRAK QAFASINING SUYAKLARI 
  Ko’krak  qafasi  umurtqa  pog’onasining  ko’krak  umurtqalaridan,  12  juft 
qovurg’alardan va to’sh suyagidan hosil bo’lgan.  
Qovurg’alar  juft  suyaklar  bo’lib,  yassi  egilgan  plastinka  shaklidadir. 
Qovurg’ada  o’rta  qism  –  tanasi  va  ikki  uchi  bo’ladi.  Qovurg’aning  orqa  qismi 
suyakdan,  oldingi  qismi  tog’aydan  tuzilgan.  Yuqoridagi  1-7  juft  qovurg’alar 
bevosita  oldingi  uchi  tog’ay  qismiga  o’tib,  to’sh  suyagiga  birikadi  va  haqiqiy 
yoki chin qovurg’alar deb ataladi. Qovurg’aning orqa suyakli uchida boshchasi 
so’ng bo’yinchasi va uning orqasida esa bo’rtig’i joylashgan. Boshcha bo’g’im 
vositasi  yordamida  umurtqa  tanasiga  birikadi.  Bo’rtiq  esa  umurtqaning 
ko’ndalang  to’siqlarining  bo’g’im  yuzalari  bilan  bo’g’im  hosil  qiladi.  1 
qovurg’aning  yuqori  yuzasida  o’mrov  arteriyasi  va  venasi  uchun  egatcha, 


 
32 
oldinda  va  ularning  oralig’ida  oldinda  narvonsimon  muskul  do’mbog’i  borligi 
bilan tafovut qiladi. 
I, XI, XII qovurg’alarni boshchalari shu sondagi umurtqalar bilan birikadi, 
qolgan  qovurg’alar  esa  2  ta  yonma-yon  joylashgan  umurtqalarning  tanalarini 
o’rtasiga birikadi. Pastki besh juft qovurg’alar to’sh suyagi bilan birikmaydi va 
aldamchi yoki sohtta qovurg’alar deb ataladi. 8,9, 10 nchi qovurg’alarni oldingi 
uchlari bir biri bilan birikib, qovurg’a yoyini hosil qiladi.  
Qovurg’alarning  birinchi  suyaklanish  nuqtasi  qovurg’a  burchagida, 
ikkinchisi  -qovurg’a  boshchasida,  uchinchisi  esa  qovurg’a  do’mbog’ida  15-20 
yoshlarda  paydo  bo’ladi.  Qovurg’alar  18-25  yoshga  borib  butunlay  suyaklanib 
bitadi. 
 To’sh suyagi – yassi cho’zinchoq toq suyakdir. U uch qismdan iborat:  
1. Yuqori qismi - dastasi 
2. O’rta qismi - tanasi 
3. Pastki qismi - xanjarsimon o’sig’i 
To’sh  suyagining  dastasida,  yuqorigi  chetining  o’rtasida  toq  bo’yinturuq 
o’yig’i  bor.  Yonlarida  esa  o’mrov  suyagi  o’yiqlari  bor.  Bu  juft  o’yiqlar 
yordamida o’mrov suyaklari to’sh suyagi bilan birikib bo’g’imlar hosil qiladilar. 
To’sh  suyagining  dastasi  bilan  tanasi  oralig’ida  yon  tomonlarida  2-7  haqiqiy 
qovurg’alar bilan birikish uchun mos keladigan o’yiqlar bor. Xanjarsimon o’siq 
to’sh  suyagi  pastki  tomonida  joylashadi.  Ayollar  to’sh  suyagi  erkaklar  to’sh 
suyagiga nisbatan kaltaroq bo’ladi. 
Ko’krak  qafasining  shakli  jinsga  va  yoshga  qarab  o’zgarishlarga  bog’liq. 
Ko’krak  qafasi  konussimon,  tsilindrsimon  va  yassi  shakllarda  bo’ladi.  Oraliq 
shakllari kam uchraydi.  
Ma’lumki, jismoniy ish va mashg’ulotlar ta’sirida o’pkaning tiriklik sig’imi 
ortadi.  Bu  esa  qovurg’alarni  va  diafragmani  harakatchangligini  oshishi  bilan 
bog’liq.  
Qovurg’alar  -  12  juft  ingichka  yoylardan  iborat  bo’lib,  orqa  tomondan 
ko’krak umurtqalari tanalariga yopishib turadi. 
 
 
Nazorat savollari 
1.  Suyaklar qanday kimyoviy tarkibga ega? 
2.  Suyaklar klassifikasiyasini aytib bering. 
3.  Qaysi suyaklar tana skeletiga kiradi? 
4. Umurtqa pog'onasi nechta umurtqadan tuzilgan va qanday 
qismlarga ajratiladi? 
5. Qovurg'aning tuzilishi. 
6. Dumg'аza suyagining o'ziga hos tuzilishi? 
7. Suyaklarning qanday birikish turlarini bilasiz? 
8. Bo'g'im nima va uni hosil bo'lishda qanday sharoitlar bo'lishi kerak? 
9.  Bir o'qli, ikki o'qli va ko'p o'qli bo'g'imlar qanday harakatlar qiladi? 
 
 


 
33 
MAVZU №: 3. QO`L VA OYOQ SUYAKLARI. BOSH SKELETI. 
 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling