M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Tirsak  suyagi  uzun  naysimon  suyak  bo’lib,  uning  tanasi  uch  qirrali 
prizmaga o’xshash. Proksimal epifiz yarim oy shakliga ega bo’lib, uchida ikkita 
o’simta joylashgan. Old tomondagi tojsimon o’sig’i bilan orqadagi tirsak o’sig’i 
oralig’ida  g’altaqsimon  o’ymasi  aniqlanadi  va  bu  ikkala  o’siqlar  o’ymani 
chegaralab turadi. Tirsak suyagining pastki uchi yumaloq boshcha bilan tugaydi, 
uning orqasida bigizsimon o’simta bor. 
Bilak  suyagining  proksimal  epifizi  tsilindr  shaklidagi  boshchani  hosil 
qiladi.  Boshchaning  ustki  yuzasi  botiq  bo’lib,  yelka  suyagining  boshsimon 
do’ngchasi  bilan  birikadi.  Boshchani  tanadan  tor  bo’yincha  ajratadi.  Tanasi 
naysimon bo’lib, yuzasida g’adir-budirlik bor. Bu g’adir-budurlikka yelkani ikki 


 
35 
boshli  muskulining  payi  birikadi.  Bilak  suyagining  distal  uchida,  lateral 
tomondan bigizsimon o’simta chiqib turadi. Pastki yuzasi esa kaft usti suyaklari 
bilan birikishi uchun botiq bo’g’im yuzani hosil qiladi. Distal epifizning medial 
tomonida  esa  tirsak  o’yig’i  joylashgan.  Tirsak  o’yig’i  yordamida  bilak  suyagi 
tirsak suyagining boshchasi bilan birikib, bo’g’im hosil qiladi. 
Qo’l  panja  suyaklarining  bo’limiga  qarab,  preparatda  suyaklarni 
joylashishini  va  nomlarini  bilish  lozim.  Kaft  usti  suyaklarga  8-ta  suyak  kiradi. 
Ular to’rtadan proksimal va distal qatorlarni hosil qiladilar. 
Proksimal  qatorda  katta  barmoqdan  hisoblanganda  quyidagi  navbatda 
suyaklar joylashgan: qayiqsimon suyak, yarimoysimon suyak, uch qirrali suyak, 
no’xatsimon  suyak.  Distal  qatori  -  trapetsiya  suyagi,  trapetsiyasimon  suyagi, 
boshchali suyak va ilmoqli suyaklardan tashkil topgan. 
Kaft qismi 5 ta naysimon suyaklardan tashkil topgan. Birinchi kaft suyagi 
kalta  va  keng  bo’ladi.  Har  bitta  kaft  suyagi  boshcha,  tana  va  asos  qismlardan 
iborat.  Kaft  suyaklarining  asoslari  kaft  oldi  suyaklari  bilan  bo’g’imlar 
yordamida  birikadi.  Kaft  suyaklarining  boshchalari  maxsus  bo’g’im  yuzalari 
orqali proksimal barmoq falangalari bilan birikadi. 
Har  bitta  barmoq  3ta  falangadan  iborat.  Faqat  birinchi  barmoq  ikkita  - 
proksimal  va  distal  falangadan  iborat,  o’rta  falangasi  bo’lmaydi.  Qolgan 
barmoqlar  esa  proksimal,  o’rta  va  distal  falangalardan  iborat.  Har  bitta  falanga 
kalta  naysimon  suyaklar  guruxiga  kirib,  asos,  tana  va  boshcha  qismlaridan 
tashkil  topgan.  Boshcha  falanganing  distal  uchida,  asosi  esa  proksimal  uchida 
joylashgan. 
Panjada  ba’zan  qo’shimcha  sesasimon  suyaklar  hosil  bo’lishi  mumkin. 
Ko’pincha  bunday  suyaklar  sportchilarda  hosil  bo’ladi.  Masalan,  gimnastlar 
panjalarida  rentgenogrammalarda  sessasimon  suyaklar  aniq  ko’rinadi.  Bu 
suyaklarga birikkan muskullarning yelka kuchi ancha ortadi. 
QO’L SUYAKLARINING BIRIKISHI 
Yelka kamari suyaklarining birlashishi. 
To’sh-o’mrov  bo’g’imi  ikki  o’qli,  egarsimon  shaklga  ega,  to’sh  suyagi 
dastasidagi  bo’yituruq  kemtigining  ikki  yon  tomonida  joylashgan  o’mrov 
suyagining kemtiklari orasida hosil bo’ladi. Bo’g’imning bo’shligida joylashgan 
tog’ayli  disk,  ikkita  yarim  bo’shliqlarga  uni  ajratadi.  Bo’g’imni  o’rab  turgan 
kapsuladan tashqari, bo’g’im pishiq tolali to’rta boylam bilan mustaxkamlangan. 
Old  va  orqa  to’sh-o’mrov  bog’lamlari  to’sh  suyagini  dastasi  bilan  o’mrovning 
to’sh  uchi  orasida  tortilgan.  Qovurg’a-o’mrov  bog’lami  1  qovurg’a  bilan 
o’mrovning pastki qirrasi orasida, o’mrov-aro boylami esa chap va o’ng o’mrov 
suyaklarining  to’sh  uchlari  orasida  tortilgan.  Sagittal  o’q  atrofida  bo’g’im 
yuqoriga  va  pastga  qarab  harakatlanadi,  tikka  o’q  atrofida  esa  old  va  orqaga 
harakatlanadi.  Odam  skeletida  to’sh-o’mrov  bo’g’imi  yelka  kamarini  gavda 
bilan birlashtiradigan yakka-yagona bo’g’im hisoblanadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling