M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Kaft - barmoq bo’g’imlari kaft suyagining distal uchidagi bo’g’im yuzasi
bilan barmoqning proksimal falangasining bo’g’im yuzasi bilan birikishi natijasida hosil bo’ladi. Falangalararo bo’g’imlar esa blok shaklida bo’lib, bularda faqat bir xil harakat bajariladi: ko’ndalang uki atrofida bukish - yozish harakatlari kuzatiladi. Qo’l suyaklari bo’g’imlarning o’ng va chapligini aniqlash uchun yelka bo’g’imida yelka suyagining boshchasini medial tomonga yo’nalganligiga e’tibor berish kerak, tirsak bo’g’imida lateral yuzasidagi tirsak o’sig’iga, bilak- kaft bo’g’imida tirsak suyagining bigizsimon o’sig’iga va kaft-barmoq bo’g’imida barmoqlarni boshchasiga e’tibor berish kerak. Qo’l suyaklari boksyorlarda, fextovalshiklarda, basketbolchilarda va voleybolchilarda harakatchanligi yuqori darajada rivojlangan bo’ladi. Boksyorlarda kaft - barmoq bo’g’imlari shiddatli yuklamalar ta’sirida gipertrofiyaga uchraydi Erta yoshlik davrida bo’g’imlar faol rivojlanadi va bo’g’im tarkibiga kiruvchi asosiy va yordam chi komponentlarini shakllanishi 13-16 gacha tugallanadi. Yosh bolalarda, o’smirlarda va ayollarda erkaklarga nisbatan bo’g’imlarning harakatchanligi va egiluvchanligi ancha ustun bo’ladi. Odamlarning yoshi kattalashishi bilan bo’g’imlardagi harakatchanlik kamayadi. Asosiy sabablardan deb fibroz membranalarni va boylamlarni sklerozlashishi, muskul aktivligini susayishini ko’rsatish lozim. Yoshga qarab o’zgarishlarni oldini olish maqsadida va bo’g’imlarda yuqori darajada harakatchanlik xususiyatini saqlab kolish maqsadida doim jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish lozim. OYOQ SKELETI Oyoqlar skeleti oyoq kamariga va erkin oyoq suyaklariga bo’linadi. Oyoq kamari ikkita chanoq yoki tos suyaklaridan tashkil topgan. Tos suyaklari dumg’aza va dum suyaklari bilan paylar va bo’g’imlar yordamida birikib yaxlit suyak halqasini hosil qiladi. Erkin oyoq suyaklari 3 qismdan: son, boldir va oyoq panjasidan tuzilgan. Oyoq panjasi panja oldi, panja va barmoq suyaklariga bo’linadi. Oyoq kamarining suyaklari. Oyoq kamari ikkita chanoq yoki tos suyagidan iborat. Har bitta chanoq suyagi o’z navbatida yonbosh, quymich va qov suyaklarining birlashidan hosil bo’ladi. Bu uchta suyak tanalari qo’shilgan joyida quymich kosasi hosil bo’ladi. O’nga son suyagining boshi birikadi va tos-son bo’g’imi hosil bo’ladi. Quymich bilan qov suyaklarning shoxlari o’zaro qo’shilib yopiluvchi teshikni hosil qiladi. Teshik biriktiruvchi to’qimali membrana bilan to’silgan. Yonbosh suyagi quymich kosaga nisbatan yuqori joylashgan va 2 qismdan - tana va qanotdan iborat. Tanasi yo’g’on, quymich kosadan boshlanadi. Tanasidan yuqoriga qarab keng plastinka shaklida qanoti o’rnashadi. Qanotning eng yuqori cheti “S” shaklda bo’lib, chetlari yo’g’onlashgan, eng yuqori cheti yonbosh qirrasi deyiladi. Bu qirraga qorin muskullari birikadi. Qirraning old va orqa tomonida oldingi ustki o’siq va orqa ustki o’siqlari aniqlanadi. Yonbosh 38 suyagi qanotining ichki va tashqi yuzalari ajratiladi. Ichki yuzasi silliq va botiqroq bo’lib, yonbosh chuqurchasini hosil qiladi. Yonbosh chuqurchani pastdan quloqsimon yuzadan boshlangan yoysimon chiziq chegaralaydi. Qanotning tashqi yuzasida esa uchta g’adir-budir chiziqlari tafovut etiladi. Bu chiziqlardan dumba muskullari boshlanadi. Yonbosh suyagining medial va orqa tomonida dumg’aza suyagi birikishi uchun quloqsimon bo’g’im yuzasi joylashgan. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling