M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Boldir  suyaklari  ikki  xil:  katta  va  kichik  bo’ladi.  Ular  uzun  naysimon 
suyaklardir, ular har birining tanasi va ikki uchi bo’ladi. 
Katta  boldir  suyagining  yuqorigi  uchi  ancha  yo’g’onroq  bo’lib  ikkita  - 
ichki  va  tashqi  do’nglik  hosil  qiladi.  Bu  do’nglar  bo’g’im  yuzalari  orqali  son 
suyagining  do’nglari  bilan  birikadi.  Katta  boldir  suyagining  tanasi  uch  qirrali. 
Suyakning  anchagina  bo’rtib  chiqqan  oldingi  qirrasi  suyakning  butun  uzunligi 
bo’ylab  cho’ziladi va  oldingi qirrasi deb  ataladi. Oldingi o’tkir  qirrasi  yuqorigi 
epifiz sohasida katta boldir suyagining g’adir-budurligi bilan tutashadi. Oldingi 
qirra  suyakning  medial  yuzasini  lateral  yuzasidan  ajratadi. Medial  qirra  medial 
va  orqa  yuzalarni  bir-biridan  chegaralaydi.  Suyakning  pastki  uchida  ikki 
tomondan  ichki  tupiq  deb  atalgan  o’simta  bo’lib,  u  pastga  qarab  yo’nalgan. 
Suyak distal uchining pastki yuzasida tovon usti suyagi bilan birikadi. Boldirda 
joylashgan ikkita suyakdan faqat katta boldir suyagi son suyagi bilan birikadi va 
shuning uchun u eng pishiq va yo’g’on bo’ladi. 
Uzun  va  ingichka  kichik  boldir  suyagi  katta  boldir  suyagidan  tashqarida 
yoki  lateral  tomonda  joylashadi.  Kichik  boldir  suyagining  yuqorigi  uchi 
yo’g’onlashgan  bo’lib,  boshcha  deb  ataladi.  Boshchaning  uchi  tashqi  tomonga 
va  orqaga  qaragan.  Boshchasi  bo’g’im  yuzasi  bilan  ta’minlangan  bo’lib,  katta 
boldir  suyagining  yuqorigi  epifizi  bilan  birikadi.  Bosh  bo’yincha  yordamida 
ingichka  tanasiga  o’tadi.  Tanasi  uch  qirrali  bo’ladi.  Suyakning  pastki  uchi 
yo’g’onlashgan  va  tupikni  hosil  qiladi.  Tupik  tovon  usti  suyagini  tashqi 
tomondan qoplab turadi. 
Boldir  suyaklarining  bir-biriga  qaragan  tomonida  suyaklararo  joylashagan 
g’adir-budir  qirralari  bo’lib,  ularga  ikkala  suyakning  bir-biriga  yopishtirib 
turuvchi suyaklararo pardasi kelib birikadi. 
Oyoq  panjasining panja  oldi  suyaklari 7-ta  bo’lib, ular: tovon usti,  tovon, 
kubsimon, qayiqsimon va uchta ponasimon suyaklardan iborat 
Yuqorida  joylashgan tovon  usti suyagi tana va boshchaga  ega.  Tovon usti 
suyagining  ostida  panja  oldi  suyaklarining  eng  kattasi  -  tovon  suyagi  yotadi. 


 
40 
Uning  orqa  tomonida  yo’g’onlashagan  joyda  tovon  bo’rtig’i  bor.  Suyak 
tanasining ust tomonida tovon ust suyagi bilan birikish uchun bo’g’im  yuzalari 
bor. Tovon  usti  suyagi boshchasining  oldida  kubsimon  suyak  bilan  yonma-yon 
va undan ichkariroqda – medial, oraliq va lateral ponasimon suyaklarni ajratish 
mumkin. 
Panja suyaklari beshta kalta naysimon suyaklardan iborat. Ular panja oldi 
suyaklari  -  kubsimon  va  ponasimon  suyaklaridan  nariroqda  joylashadi.  Har 
qaysi panja suyagida asosi, tanasi va boshchasi bor. Panja suyaklarning asoslari 
panja oldi suyaklariga taqalgan bo’ladi. 
Oyoq barmoqlari 3-ta falangalardan iboratdir, faqat 1 barmoq proksimal va 
distal  falangalardan  tashkil  topgan.  Har  bitta  falangada  asos,  tana  va  boshcha 
tafovut  etiladi.  Proksimal  falangalar  o’z  asoslari  bilan  panja  suyaklarining 
boshchalariga  qaratilgan  bo’ladi.  Har  bitta  distal  falanga  o’zining  uchlarida 
g’adir-budur  yuza  bilan  tugaydi.  Ba’zi  sport  turlarida  oyoqlar  uzunligi  Bu 
suyaklarda  jismoniy  ish  ta’sirida  bo’ladigan  o’zgarishlarni  bilish  lozim 
(gimnastika, fo’tbol). 
Oyoq suyaklarining birikishi
Oyoq kamari suyaklari bir-biri bilan dumg’aza - yonbosh bo’g’imi va qov 
simfizi yordamida birikadi. 
Dumg’aza-yonbosh  bo’g’imi  tos  va  dumg’aza  suyaklarining  quloqsimon 
yuzalaridan  hosil  bulagn.  Bu  bo’g’im  oddiy,  yassi  shaklda,  harakatlari 
chegaralangan  (atigi  3-5  є  atrofida)  bo’ladi.  Bo’g’im  bir  qancha  paylar  bilan 
mustaxkamlangan. 
Paylar bo’g’im yuzasida va ichida joylashgan. Bularga dumg’aza-yonbosh 
payi,  suyaklararo  paylari,  yonbosh-bel  payi,  dumg’aza-bo’rtiq  va  dumg’aza 
o’siq paylari kiradi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling