M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
CHakka suyagi - bir juft bo’lib, kalla suyagini asosini va tom qisminihosil
bo’lish da ishtirok etadi. Piramidal qismining bo’shligida eshituv va muvozanat saqlash organlarini o’z tarkibida saqlab turadi. Bu suyak uchta qismlardan iborat: palla, nog’ora va piramida qismlarda. CHakka suyagining uchchala qismi eshituv yo’li atrofida joylashgan. 1. CHakka suyagining pallasi kalla suyagining yon devorini hosil bo’lishida ishtirok etadi, ichki yuzasida miya egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi yuzasi silliq bo’lib, chakka chuqurining hosil bo’lishida qatnashadi va undan chiqqan yonok o’sig’i, yonok suyagi bilan birlashadi. Pastroqda pastki jag’ bilan bo’g’im hosil qiladigan pastki jag’ chuqurchasi joylashgan. CHakka chuqurchasi faqat odamlarga hos belgi bo’lib, antropogenez davrida aniq nutqni paydo bo’lishi bilan bog’liq. Uning oldida do’mbog’i bo’lib, pastki jag’ning bo’g’im o’sig’ini chuqurchadan chiqib ketishidan saqlab turadi. 2. Nog’ora qismi chakka suyagining tashqi eshituv yo’lining atrofida joylashgan bukilgan suyak plastinkasi. 45 3. Piramidal qismi - chakka suyagining bu bulagi uchburchakli piramidaga o’xshash va shakliga qarab piramida deb ataladi. Bunda eshituv va muvozanat saqlash organlari joylashgan, hamda bosh miya uchlik nerv tugunining izi joylashgan. Piramidaning oldingi yuzasi nog’ora bo’shligining qopqog’i holda joylashgan bo’lib, o’rta quloqning devorlaridan biri hisoblanadi. Pastki va oldingi yuzalari kallaning bo’shligiga qaragan. aniqlanadi. Piramidaning pastki yuzasida tashqi uyqu teshigi ko’rinib turadi. Bu teshikdan ichki uyqu arteriyasi kalla bo’shligiga o’tadi. Ichki teshik esa piramida uchida joylashgan. Piramidal qismining orqa yuzasida ichki eshituv teshigi joylashgan va undan yo’z va daxliz oldi-chig’anoq nervi o’tadi. So’rg’ichsimon qismida so’rg’ichsimon o’siq bo’lib, u tashqi eshituv yo’li orqasida turadi. Bu o’siqqa to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon muskuli birikadi. So’rg’ichsimon o’siqning medial tomonida ikki qorinchali muskul yopishadigan chuqur o’yma bor. O’ymaga paralel ravishda ensa arteriyasining egati o’tadi. So’rg’ichsimon o’siqning ichki tuzilishi ko’pgina kattaklardan tuzilagan va o’rta quloq bilan qo’shilgan. Tepa suyagi - bir juft bo’lib, kalla qopqog’ining markaziy qismini tashkil qiladi. Tepa suyak turt qirrali va to’rt burchakli, sirti gumbazsimon bo’rtib chiqqan plastinka shaklida tuzilgan. Plastinkaning eng bo’rtib turgan nuqtasida tepa do’mbog’i joylashgan. Tepa do’mboqdan pastroqda va chetroqdan chakka chizig’i o’tadi. CHakka chizig’iga chakka muskul birikadi. Bu suyak peshona, chakka va bir-biri bila? choklar orqali birlashadi. Orqa chekasi ensa suyagining pallasiga birlashadi. Oldingi chekasi peshona suyagi bilan tojsimon chok orqali birikadi. Ikki yonidan esa yassi tangachali chok orqali chakka suyaklari bilan birikadi. CHap va o’ng tepa suyaklari bir-biri bilan sagittal chok orqali birikadi. Tepa suyagining ichki botiq yuzasida arteriya egatchalari, miya burmalarning izlari aniq ko’rinadi. Kallaning yo’z bo’limi suyaklari. Kallaning yo’z bo’lim suyaklari evolyutsiya jarayonida chuqur o’zgarishlarga uchradi. Buning asosiy sabablaridan bosh miyaning rivojlanishi, nutqni paydo bo’lishi, ovqatni sifatini o’zgarishi hisoblanadi. Yo’z bo’lim suyaklari yo’zning suyakli asosini tashkil qiladi, ovqat hazm qilish va nafas olish tizimlarning, jag’ muskullarning boshlanish qismlaridir. Kallaning yo’z bo’limi yuqori va pastki jag’, tanglay, pastki burun chig’anog’i, dimok, yonok va til osti suyaklari kiradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling