M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Oyoq-panjasining bo’g’imlari oyoq panjaning turli qismlariga mansub
bo’lgan suyaklari orasida ko’p miqdorda hosil bo’ladi. Tovon usti suyagi bilan tovon suyagi bilan o’rtasidagi va tovon usti suyagi bilan qayiqsimon suyagi o’rtasidagi bo’g’imlar bir-biri bilan qo’shilib bitta bo’g’im hosil qiladi. Boldir –panja oldi bo’g’imlari panja oldi suyaklarining ponasimon va kubsimon suyaklaridan hamma panja suyaklarining asoslaridan hosil bo’ladi. Panja suyaklarining bosh qismlari bilan barmoqlar falangalar asoslari orasida sharsimon bo’g’imlar hosil bo’ladi. Oyoq panjasining barmoq falangalari orasida falangalararo bo’g’imlar hosil bo’ladi. Falangaaro bo’g’imlar oddiy, shakli jixatdan g’altaqsimon va bir o’qli bo’ladi. Ko’ndalang o’q atrofida faqat bukish va yozish harakatlari bajariladi. Jismoniy ish va sport faoliyati taqabulsirida oyoq skeletida moslashuv o’zgarishlar ro’y beradi. Turli mo’taxasisli sportchilarda oyoq skeletida hosil bo’lgan o’zgarishlar beraladigan jismoniy ish xajmiga va muddatiga bog’liq. Suyaklarda faqat morfologik o’zgarishlar vujudga kelmay, balki ularni bir-biri 42 bilan birikishlarida., bir-biriga nisbatan joylashuvida ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. Fo’tbolchilarda va shtangachilarda son suyagining ko’ndalang kattaliklari, ayniqsa distal epifizdagi lateral va medial bo’g’im usti do’nglar orasidagi kattaliklar ancha oshadi. Velosipedchilarda son va boldir suyaklari ayniqsa yaxshi rivojlanadi va katta o’lchovlarga ega. Birinchi panja suyagini kompakt qatlami qalinlashadi. Sportchilarda muayyan o’zgarishlar tovon oldi suyaklarda, ayniqsa, tovon suyagida vujudga keladi. Bosh skeleti yoki kalla suyaklari bosh miya va u bilan birga bog’liq bo’lgan sezgi organlarni tashqi muhit ta’siridan himoyalaydi, yo’zni hosil bo’lishini ta’minlaydi. Kalla skeletining bo’shligida bosh miya joylashgan. Organizmning muhim sistemalardan bo’lgan nafas olish, ovqat-hazm qilish sistemalarniing boshlanish joyi hisoblanadi. Kalla skeleti shartli ravishda ikkita bo’limga 1- kallaning miya bo’limi 2- kallaning yo’z bo’limiga ajratiladi. Miya bo’limining bo’shligida bosh miya joylashgan. Kallaning yo’z bo’limi yo’zning suyakli asosini hosil qiladi. Anatomik nuqtai nazardan ikkala bo’lim yaxlit bo’lishiga qaramasdan, kelib chiqishi jixatdan har xil bo’ladi. Kalla skeleti 23 suyakdan tashkil topgan bo’lib, undan 8 si juft va 7si toq sonda bo’ladi. Rasm № , Kalla bo’shligi pastki tomondan har turli teshik va kanallari bo’lgan kalla tubi bilan chegaralanib turadi. Kalla qopqog’ining suyaklari yupqa va yassi bo’ladi. Tashqi plastinkasi qalin zich moddadan, ichki plastinkasi yupqa zich moddadan tuzilgan va orasida g’ovak modda – diploe joylashgan. Diploe tarkibida qizil suyak ko’migi, ko’p sonda qon tomirlari va venalari o’tadi. Kalla suyaklarni ichki yuzalarida chuqurchalar va barmoqsimon botiqlar ko’p miqdorda uchraydi. Bundan tashqari qon tomirlarning izlarini ham kuzatish mumkin. Boshqa so’t emizuvchilarga qaraganda odamda arterial va venoz egatchalar yaxshi ifodalanadi. Kalla suyagining miya bo’limi - 8 suyakdan tuzilgan, undan 4 toq sonda, ikkitasi juftdan bo’ladi. Toq suyaklarga ensa suyagi, peshona suyagi, ponasimon yoki asosiy suyak va g’alvirsimon suyaklar kiradi. Juft suyaklarni tepa suyaklari va chakka suyaklari tashkil etadi. Yuqori jag’, tanglay suyagi, yonok suyagi, burun suyagi, ko’z yosh suyagi, pastki chig’anoq juft sonda uchraydi. Dimok suyagi, pastki jag’ va til osti suyaklari toq sonda bo’ladi. Kallaning miya bo’limi. Ensa suyagi – miya qopqog’ining orqa va pastki tomonini va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi va oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklari bilan birlashgan. Ensa suyagi katta teshik orqali umurtqa kanaliga qo’shilib turadi. Ensa suyagi alohida 4 bo’lakdan iborat. Ensa suyagining bo’laklarini aniqlashda asosiy orientir – bu katta ensa teshigidir. Katta ensa teshigidan yuqorida palla bulagi joylashgan, yon tomonlarida yen bo’laklari, old tomonida ensa suyagini tanasi joylashgan. 43 Yen bo’laklarining pastki yuzasida joylashgan bo’g’im do’mboqchalari – bo’yinning birinchi umurtqasining bo’g’im yuzasi bilan birikadi. Do’mboqcha orasida esa bo’yinturuq vena o’ymasi bo’ladi. Ensa suyagining pallasi tashqi tomonga kabarib, ichki yuzasi botiq bo’lib, yelpigichsimon shakldagi plastinka - palladan iborat. Ensa suyagining tashqi yuzasi markazida tashqi ensa do’mbog’i bo’lib, uning ikkala tomonida ko’ndalang yo’nalgan g’adir-budur chiziq ko’rinadi. Pallaning ichki yuzasi krestsimon tepa bilan 4 chuqurchaga bo’lingan. Krestsimon tepani o’rtasida esa ichki ensa do’mbog’i bo’lib, uning tepa va ikki yonbosh tomonlarida egatchalar ko’rinadi. Ikkita yuqorigi chuqurchalarda oxirgi miyaning ensa pallalari, pastki chuqurchalarida – miyachaning yarim sharlari joylashgan. Ensa suyagining tanasi ponasimon suyakning tanasi bilan birikib ketgan. Katta ensa teshigi sohasida ensa suyagining tanasi keng va yupqa, old tomonga qaragan qismi toraygan va qalinlashgan bo’ladi. Tananing pastki yuzasining o’rtasida halqum do’mbog’i joylashgan. Bu do’mboqga halqum orqa yuzasi bilan birikadi. Ponasimon suyak - juda murakkab tuzilgan bo’lib, tana va uch juft o’simtalardan iborat. Kichik qanotlar yuqoriga, katta qanotlar - yenga va lateral tomonga – qanotsimon o’simtalar pastga qaratilgan bo’ladi. Ponasimon suyakni tanasi kubsimon shaklga ega bo’lib, havo saklovchi katakchalardan iborat. Bu katakchalar burun bo’shligi bilan tutashadi. Ponasimon suyak tanasining kalla bo’shligiga qaragan yuqori yuzasining o’rta qismida egarchaga o’xshash chuqurcha - turk egari joylashgan, bunda endokrin bezlarning “malikasi” - gipofiz o’rnashgan. Ponasimon suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha bor. Ponasimon suyak tanasi orqali ensa suyagi bilan birlashadi. Kichik qanot miya bo’shligini tubini, ko’z kosasi yuqori devorini hosil bo’lish da qatnashadi. Har bir kichik qanotning asosida ko’ruv kanali joylashgan. Ko’ruv kanalidan ko’ruv nervi bilan ko’z arteriyasi o’tadi. Ponasimon suyakning botiq yuzasi kalla suyagining bo’shligiga, yassi yuzasi - ko’z soqqasiga, bir oz botilgan yuzasi esa chakka chuqurchasiga qaratilgan. Katta qanotlarning asosida yumaloq, cho’zinchoq va o’tkir qirrali teshiklar joylashgan. Yumaloq va cho’zinchoq teshiklardan uch shoxli nerv tarmoqlari o’tsa, o’tkir qirrali teshikdan miya pardasiga boruvchi arteriya o’tadi. Katta qanot bilan kichik qanot oralig’ida yuqorigi ko’z yorig’i joylashgan. Yuqori ko’z yorig’idan uch shoxli nervning ikkinchi tarmog’i, g’altaqsimon nerv, olib kochuvchi nerv va ko’z venasi o’tadi. Ponasimon suyakni qanotsimon o’simtalari tanadan tikka ketib, pastga qaratilgan. Har bir o’simta ichki medial va tashqi lateral plastinkadan iborat. Peshona suyagi kalla suyagini tomini va asosini hosil bo’lishida ishtirok etadi. Bu suyak to’rtta qismga peshona, juft ko’z qismlar, burun qismiga bo’linadi. Peshona qismi yarim aylana shaklida bo’lib, kavarik yuzasi tashqariga, botiq qismi ichkariga miya tomon qaratilgan. Pastki yuzasida ko’z kosasining ustidagi o’tkir chekkasi aniqlanadi, uni ustida kosh usti ravog’ini ajratish mumkin. Kosh usti ravog’idan teparoqda bir juft peshona do’mbog’i 44 ko’rinib turadi. Bu do’mboqlar faqat odamlarga hos bo’lib, akliy faolyat bilan bog’liq va hayvonlarda uchramaydi. Ikkita kosh usti ravog’i orasida chuqurlik – kanshar o’tadi. Peshona qismining yuqorigi chetida tishsimon chok hosil bo’ladi va tojsimon chok orqali peshona suyagi tepa suyaklari bilan birikadi. Peshona suyakni gorizontal plastinkasi ikkita ko’z qismi va ular orasida joylashgan toq, burun qismidan iborat. Ko’z qismlari yupqa plastinkalardan tashkil topib, pastki yuzasi ko’z kosa bo’shligiga, yuqorigi yuzasi kalla bo’shligiga qaragan. Ko’z qismining lateral chekkasida ko’z yoshi bezining chuqurchasi joylashgan. Peshona suyagining burun qismi g’alvirsimon o’ymani old tomondan berkitib turadi. Uning o’rta qismida burun to’sig’ini hosil qilishda ishtirok etadigan o’tkir kiltanok joylashgan. Burun qismidagi juft teshiklar peshona kavaklariga ochiladi. G’alvirsimon suyak – shakli jixatdan “T” harfiga o’xshash, yengil va yupqa suyak, bo’lib 3 qismdan: perpendikulyar yoki tikka ketgan plastinkadan, gorizontal joylashgan g’alvirsimon plastinkasidan va perpendikulyar plastinkani ikki yonidan osilib turgan g’alvir labirintdan iborat. G’alvirsimon plastinkada juda ko’p g’alvirsimon katakchalar bo’lib, katakchalar burun bo’shligiga ochiladi. G’alvirsimon katakchalardan xid bilish nervini tolalari burun bo’shligiga o’tadi. Plastinkaning o’rtasidan eng yuqori uchida xuroz toji joylashgan. Xuroz tojiga bosh miyaning qattiq pardasi birikadi. G’alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi galvisimon plastinkadan tikka pastga qarab yo’nalgan bo’lib, burun to’sig’ini hosil bo’lishida ishtirok etadi. Labirintlar juft bo’lib, har xil katta-kichiklikda bo’lgan suyakli va havo saklovchi katakchalardan tuzilgan. Katakchalar old va orqa tomonlardan peshona suyagining sinusi va ponasimon suyakning sinusi bilan tutashadi. Katakchalar burun bo’shligidan kayrilgan yupqa suyak plastinkalari va yuqorigi va o’rta burun chig’anoqlari bilan yopilgan bo’ladi. Lateral tomonidan g’alvirsimon suyagining yupqa ko’z plastinkasi ko’z soqqasining medial devorini tashkil qiladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling