M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

 Teri  bezlariga  yog’  bezlari,  ter  va  sut  bezlari  kiradi.  Ter  bezlari  oddiy 
naysimon  tuzilishga  ega  bo’lib,  ularning  soni  2  -  2,5  mln  gacha  yetadi.  Ter 
bezlarining oxirgi bo’limlari burilib, qoptoqchalarni hosil qiladi, uzun chiqaruv 
nayi, teridan teri teshikchasi bilan ochiladi. Ter bezlarining ishlab chiqaradigan 
sekreti - ter bo’lib, uni tarkibini 98% suv va 2% organik va anorganik moddalar 
- mineral tuzlar, mochevina va siydik kislotasi tashkil etadi. Ter bezlari deyarli 
barcha  a’zolarda  uchraydi.  Ma’lumki,  buglanish  -  bu  issiqlik  ajratishning  eng 
samarali yulidir. Tananing yuzasidan ter buglanganda o’zi bilan ko’p miqdorda 
issiqlik energiyasini olib ketadi va tananing haroratini pasaytiradi.  
Yog’  bezlari  oddiy  alveolyar  tipda  tuzilgan,  alveolyar  oxirgi  bo’limidan 
va  kalta  chiqaruv  nayidan  iborat.  Yog’  bezlari  teri  dermasining  so’rg’ichsimon 
qavat  bilan  to’r  qavat  chegarasida  joylashadi.  Terining  barcha  yerida  uchraydi, 
faqat  oyoq-  kul  kaftlarida  bo’lmaydi.  Yog’  bezlarining  chiqaruv  naylari  soch 
qopchasiga ochiladi. Yog’ bezlarida ishlab chiqariladigan yog’ nafaqat soch va 
terini  yog’laydi,  uni  ko’rib  kolishdan  va  yerilishdan  saqlaydi,  balki  bakteritsid 
xususiyatlari tufayli mikroblardan himoyalaydi. 
Sut bezi katta ko’krak muskulining oldingi yuzasida, III - IY qovurg’alar 
sohasida  joylashgan.  Tugmagan  ayollarda  uning  vazni  100  -  200  gr.  teng.  Sut 
bezi  o’zgargan  teri  bezi  bo’lib,  ugil  bolalarda  va  erkaklarda  uncha  takomil 
etmagan  bo’ladi.  Kiz  bolalarda  balogatga  yetgandan  keyin,  bez  to’qimasi 


 
184 
rivojlana  boshlaydi.  Sut  bezining  markazida  pigmentlangan  so’rg’ichi  va 
so’rg’ich  atrofida  ko’ngir  rangli  so’rg’ich  doirasi  bo’ladi.  Takomil  topgan  Sut 
bezi  15  -  20  alohida  bez  bo’laklaridan  va  bo’laklar  orasidagi  biriktiruvchi 
to’qimali to’siqlar bo’laklarni bo’lakchalarga ajratadi. Hamma bo’lakchalardagi 
so’t chiqarish naychalari qo’shilib, so’t yullarini, so’t yullaridan esa bo’lak so’t 
yuli  hosil  bo’ladi. Natijada bezda  yaxshi rivojlangan  umumiy  so’t  yullar  tizimi 
shakllanadi.  Har  bitta  bo’lak  -  bu  alohida  murakkab  tuzilgan  alveolyar  bez 
bo’lib,  uning  chiqaruv  yuli  so’rg’ichga  tomon  radial  yo’naladi.  So’rg’ichga 
yetmasdan  chiqaruv  yuli  kengayib  so’t  kavagini  hosil  qiladi.  Xomilador 
ayollarda 5-6 oyidan boshlab, estrogen va progesteron ta’sirida bezlarning oxirgi 
bo’limlarida  alveolalar  hosil  bo’ladi.  Alveola  devorlari  bir  qavat  tsilindrsimon 
epiteliy  bilan  qoplangan,  hujayralari  laktotsitlar  deb  nomlanib,  ularning  ishlab 
chiqaradigan  maxsuloti  molozivo  deyiladi.  Bola  tug’ilgandan  so’ng  laktotsitlar 
so’t  ishlab  chiqaradi.  Laktotsitlar  atrofida  bazal  membranada  o’rnashgan 
mioepiteliotsitlarni  qisqarishi  tufayli  ishlab  chiqarilgan  so’t  bezning  chiqaruv 
yuliga chiqadi. So’t bezlarida so’t yaratish va uni ajratish jarayonlari gipofiz old 
bulagining  laktotrop  gormoni  tomonidan  idora  etiladi:  qonda  laktotrop 
gormonning miqdori ortganda so’t ajratilishi jarayoni ham jadallashadi. 
Tana,  qo’l-oyoqlar  terisi  tarkibidagi  ogrikni,  haroratni  va  o’zga 
ta’sirotlarni  sezuvchi  retseptorlardan  chiqqan  nerv  tolalari  yig’indisidan  orqa 
miya-talamik  nerv  yuli  shakllanib,  u  orqali  retseptorlarda  hosil  bo’lgan  nerv 
impulslari  bosh  miya  po’st  moddasidagi  markazdan  so’nggi  pushtaga  yetib 
boradi. Bosh sohasi terisidagi, qattiq miya pardasidagi, ko’z qon’yunktivasidagi, 
ogiz  bo’shligi,  burun  va  burun  oldi  bo’shliqlari  shilliq  qavatlaridan  hamda 
tishlardan  chiqadigan  sezuvchi  nerv  tolalaridan  esa  uchlamchi  nerv  tarkibidagi 
tolalarning  sezuvchi  qismlari  shakllanadi.  Bu  tolalar  uchlamchi  nervning 
rombsimon 
chuqurchada 
joylashgan 
yadrolaridan 
o’tib, 
Ko’rish 
do’mboqchasiga,  undan  esa  bosh  miya  po’st  moddasining  markazdan  so’nggi 
pushtasiga  boradilar.  Ko’rish  a’zosi  orqali  qabul  qilingan  ta’sirotga  javoban 
harakat amalga oshirilishi extiyoji tug’ilgan taqdirda markazdan so’ngi pushtaga 
yetkazilgan  axborot  markaz  oldi  pushtasiga  va  undan  esa  efferent  impulslar 
harakat  apparatiga  uzatiladi.  Axborotni  harakat  apparatiga  uzatish  o’zga  yo’l 
bilan  ham,  ya’ni  nerv  impulslari  markazdan  so’nggi  pushtadan  to’g’ri  po’st 
modda  ostidagi  harakatlantiruvchi  yadrolarga  uzatish  orqali  ham  amalga 
oshiriladi. 
 
Nazorat savollari 
 1. Analizatorlar haqida tushunchangizni ayting. 
 2. Eshitish analizatori qismlarini tushuntiring. 
 3. Tashqi, o’rta va ichki quloq tuzilishini ayting. 
 4. Vetibulyar analizatorning tuzilishi va qismlarini tushuntiring. 
 5. Ko’rish analizatori tuzilishi va qismarini tushuntiring. 
 6. Ko’zning tashqi va ichki tuzilishi qanday? 
 7. Ko’zning optik sistemasini qaysi qismlar tashkil etadi? 
 8. To’r pardaning muhim funksiyasi nimalardan iborat? 


 
185 
9. Teri analizatori qismlarini tushuntiring. 
10. Teridagi harorat, og’riq va taktil retseptorlarining joylashuvini  
tushuntiring. 
11. Teridagi pigment almashinuvi jarayonini tushuntiring. 
12. Terining boshqa muhim funksiyalariga nimalar kiradi? 
 


 
186 
Anatomiyadan o’quv-metodik qo’llanmalar 
 
A. Asosiy adabiyotlar 
 
1.  Frank H. Netter, Atlas of human anatomy, Saunders, USA, 2014. R.83; 
85-86; 94-95; 97; 136. 
2.  Xudoyberdiev  R.E.,  Axmedov  N.K.,  Zohidov  X.Z.  va  boshq.  Odam 
anatomiyasi. T.: 1993 y. - 739 b. 
3.  Axmedov  N.K.  Atlas.  Odam  anatomiyasi  (I  jild).  T.:  "Ibn  Sino" 
nashriyoti, 1998 y. - 335 bet. 
4.  Axmedov  N.K.  Atlas.  Odam  anatomiyasi  (II  jild).  T.:  "Ibn  Sino" 
nashriyoti, 1998 y. - 262 bet. 
5.  Safarova  D.D.  Odam  anatomiyasi  (I  jild).  Darslik.  T.:  "O’zDJTI 
nashriyot matbaa": 2005y. - 315 b. 
6.  Safarova  D.D.  Odam  anatomiyasi  (II  jild),  Darslik.  T.:  "O’zDJTI 
nashriyot matbaa": 2006y. - 302 b. 
7.  Safarova  D.D.  Anatomiyadan  praktikum  "O’zDJTI  nashriyot-matbaaa" 
2010y. - 160 b. 
 
B. Qo’shimcha adabiyotlar 
1.  Safarova  D.D.,  Musaeva  U.A.  Anatomiya  fanidan  oroliq  va  yakuniy 
nazorat  bo’yicha  test  savollari  "OzDJTI  nashriyot  -  matbaa  bolimi  " 
2011 y. - 96 b. 
2.  SHamirzaev  N.X.,  Nazarov  S.X.,  Usmonov  R.J.  "Topografik 
anatomiya".  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 
vazirligi tomonidan chop etilgan darslik. T.: "Akademiya" 2006 y. - 359 
 
V. Metodik ko’rsatmalar va qo’llanmalar 
1.  Gorelova  L.V.,  Tayurskaya  I.M.  -  Anatomiya  v  sxemax  i  tablitsax. 
Rostov na Donu: "Feniks", 2006g. - 573 b. 
2.  Safarova D.D. Anatomiyadan praktikum. O’quv qo’llanma. T.: O’zDJTI 
nashriyoti matbaa, 1993 y. - 255 b. 
3.  Safarova  D.D.  Praktikum  po  sporivnoy  morfologii.  Uchebnoe  posobie. 
T.: Poligraficheskiy otdel O’zGIFK, 2004 g. - 30 s. 
4.  Safarova  D.D.,  Musaeva  U.A.  Praktikum  po  anatomii.  Uchebnoe 
posobie T.: Poligraficheskiy otdel O’zGIFK, 2006 g. - 297 s. 
5.  Safarova D.D. "Odam anatomiyasidan praktikum" O’quv qo’llanma. T.: 
O’zDJTI nashriyoti matbaa, 2008 y. - 158 b 
 
 


 
187 
Mundarija: 
 
1. Kirish. Odam anatomiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, 
metodlari va rivojlanish tarixi. Anatomiya fanining asosiy tarmoqlari. 
Anatomiyaning rivojlanish tarixi………………………………………... 
 
 

2. Tayanch – harakat sistemasi. Tayanch harakat sistemasi organlari. 
Homilaning rivojlanishida suyak to’qimasining shakllanishi va 
o’sishi……………………………………………………………………. 
 
 
19 
3. Qo`l va oyoq suyaklari. Bosh skeleti………………………………….  32 
4. Muskul sistemasi. Muskullar va ularning funktsiyasi………………...  50 
5. Ichki organlar. Ovqat hazm qilish sistemasi…………………………..  75 
6. Nafas olish sistemasi. Nafas a’zolarining tuzilishi, vazifasi va tanada 
joylashishi……………………………………………………………….. 
 
92 
7. Siydik - tanosil organlar sistemasi. Siydik organlari, ularning 
tuzilishi, rivojlanishi va anomaliyalari. Jinsiy tanosil organlar…………. 
 
100 
8. Yurak – qon tomirlari sistemasi. Qon aylanish va limfa sistemasining 
ta’rifi…………………………………………………………………….. 
 
110 
9. Nerv sistemasi va uning ahamiyati. Nerv sistemasining struktura 
birligi neyronning tuzilishi, turlari va ahamiyati………………………... 
 
130 
10. Analizatorlar. Eshitish va vestibulyar analizatorlar, ko’rish va teri 
analizatorlari.……………………………………………………………. 
 
167 
Anatomiyadan o’quv-metodik qo’llanmalar……………………………..  185 
 
 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling