M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
B) Dermaning to’r qavati zich tolali shakllanmagan biriktiruvchi
to’qimadan hosil bo’lgan. Biriktiruvchi to’qimaning kollagen tolalari bir biriga nisbatan burchakni hosil qilib birikishi tufayli, keng tarmoqlangan to’r qatlami shakllanadi. Kollagen tolalardan tashqari to’r qatlamda elastik tolalar, sochlarning ildizlari, ter va yog’ bezlari joylashgan. Kollagen tolalarning tutamlari teri ostiga, yog’ to’qima ichiga ham kiradi. 3. Teri osti yog’ kletchatkasi terining eng ichkarida joylashgan qavati bo’lib, yog’ hujayralaridan tashkil topgan. Bu qavat organizimning yog’ deposi, energetik manbasi bo’lib, tana haroratini idora etishda ham ishtirok etadi. Katta kishilarda yog’ni vazni 10-15 kg yetadi. Ayollarda teri osti yog’ qatlami erkaklarga nisbatan kuchli ifodalangan bo’lib, asosan tos, son va qorinning oldingi devorida qalin qatlamlarni hosil qiladi. Kam harakatchanlik, xaddan tashqari yog’li ovqatni iste’mol qilinishi, organizmga zarar keltirib, yurakda zo’riqish hodisani paydo bo’lishiga, diafragmani yuqoriga siljishi tufayli, uni qubbalarini pastga tushishi normadan chiqishi, nafas olish jarayonini ancha qiyinlashtiradi. Katta kishilarda yog’ nafaqat teri ostida to’planishi bilan, ayni vaqtda ichki a’zolarda ham yig’iladi. SHiddatli mashqlar va trenirovka natijasida teri osti yog’ kletchatkani miqdori keskin kamayadi. Terini bir qancha hosilalari bor. Bularga sochlar va ularning atrofidagi miotsitlar, yog’, ter bezlari va tirnoqlar kiradi. Sochning teri ostidagi qismi - ildizi, teri ustidagi qismi sochning erkin qismi hisoblanadi. 183 Sochlar terining tashqi yuzasiga nisbatan bir oz qiya joylashgan. Sochning ildizi soch follikuli yoki soch qopi ichida joylashgan. Follikul yoki soch qopi epitelial qin va uni tashqaridan o’rab turuvchi biriktiruvchi to’qimali xaltachadan iborat. Xaltachaga sochni ko’taruvchi muskul birikadi va yog’ bezining chiqaruv naylari ochiladi. Muskul qisqarib, sochni ko’taradi, yog’ bezini ezilishi tufayli, moy xaltachaga ajraladi. Soch ildizi uchida kengayib soch piyozchasini hosil qiladi. Soch xaltachasi soch piyozchasining pastki qutbida uning ichiga so’rg’ichga o’xshab o’sib kirganligi uchun soch so’rg’ichi deyiladi. Soch so’rg’ichi ichida ko’p qon kapillyarlari bo’lib, ular piyozchalarning oziqlanishini ta’minlaydi. Soch piyozchaning epitelial hujayralari ko’payish qobiliyatiga ega va ularning hisobiga soch o’sadi. Epitelial hujayralari soch piyozchasidan asta-sekin yuqoriga ko’tarila boshlashi bilan soch so’rg’ichi kapillyarlaridan borgan sari uzoqlashadi, natijada ularning oziqlanishi buziladi va muguzlanish jarayoni boshlanadi. Ko’ndalang kesmada soch uch qavatdan tuzilgan: markazda - mag’iz modda, atrofida po’st modda joylashgan va tashqi qavati - kutikula deyiladi. Sochning rangi po’st qavatidagi pigment moddasining miqdoriga bog’liq. Sochning oqarishi pigment moddani kamayib ketishi va havo pufakchalarini paydo bo’lishi bilan bog’liq. Tirnoqlar teridan tirnoqlar ham o’sib chiqadi. Tirnoqlar qavariq to’rt burchak plastinka shaklida bo’lib, ikki qismga - tirnoq ildizi va erkin qismiga bo’linadi. Tirnoq ildizi to’g’ridan to’g’ri falangalar suyak usti pardasi bilan birlashgan. Tirnoqni o’sishi ildizidan boshlanadi. Tirnoq ildizi o’zini yumshoqligi va o’ziga hos rangi bilan farqlanadi. Tirnoqlar epidermisning dag’allashishi hisobiga hosil bo’ladi. Tirnoqlar barmoqlar distal falangalarini mexanik ta’sirotlardan himoyalaydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling