M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Kolbasimon  hujayralar  o’zining  tashqi  va  ichki  segmenlarinituzilishi 
bilan  farqlanadi.  Kolbochkalarning  tashqi  segmenti  yarim  dasklardan  tuzilgan. 
Yarim disklarni tarkibida yodopsin ko’rish pigmenti aniqlanadi. Yarim disklarni 
membranalari  tayoqchalar  disklariga  o’xshash  beto’xtov  yangilanmaydi.. 
Kolbochkalar  uch  xil  bo’ladi  -  qizil,  kuk  va  yashil  rangni  retseptorlari  qabul 
qiladi.Ularda  faqat  yarim  diskalardagi  membranalarda  oqsillar  yangilanadi. 
 
Kolbasimon hujayralarning umumiy soni 7 mln. 
Ko’ruv  analizatorining  o’tkazish  yo’li  to’rtta  neyron  zanjiridan  iborat. 
1,2,3  neyronlar ko’zning  to’r  pardasida  joylashgan. Birinchi neyron  hujayralari 
ko’ruv  hujayralari  yoki  yuqorida  ko’rsatilgan  ko’rish  tayoqchalari  va 
kolbachalari  hisoblanadi.  Bu  hujayralarning  o’siqchalarida  ko’ruv  purpuri  - 
rodopsin  joylashgan  bo’lib,  u  yoruglik  ta’sirotini  nerv  impulsiga  aylantirib 
beradi.  
Ko’rish analizatorining o’tkazuvchi yo’li 
Ko’rish  analizatorining  o’tkazuvchi  yo’llari  to’rtta  neyron  zanjiridan 
iborat. I, II, III neyronalar ko’zning to’r pardasida joydashgan. Birinchi neyron 
hujayralari  ko’rish  hujayralari  yoki  yuqorida  ko’rsatilgan  to’r  pardaning 
tayoqchalar  va  kolbochkalari  hisoblanadi.  Tayoqchalar  va  kolbochkalar  (I 
neyron)  to’shgan  yorug’lik  ta’sirotini  nerv  impulsiga  aylantirib  beradi  va 
impulsni to’r pardaning bipolyar neyronlariga (II neyron) uzatadi, ya’ni bipolyar 
hujayralarning  dentritlariga  yetkazib  beradi.  So’ngra  impuls  ikkinchi  neyron 
aksonlari  orqali  uchinchi  neyronga,  ya’ni  ganglioz  hujayralarning  dentritlariga 
(III  neyronga)  o’tkaziladi.  Ganglioz  hujayralarning  aksonlari  yig’ilib,  ko’rish 
nervini  hosil  qiladi.  Ko’z  nervi  ko’rish  teshigi  orqali  bosh  miya  ko’tisining 
ichiga kirib, bosh miya peshana bulagi asosidan o’tadi. So’ng ko’ruv nervi turk 
egari  tepasida  chala  kesishib,  ko’ruv  nervining  kesishmasini  (xiazmasini)  hosil 
qiladi.  Ko’rish  yo’llarining  bir  qismi  o’zulmasdan  oraliq  miyaning  tashqi 
tizzasimon  tanalariga  yetadi  va  o’rta  miyaning  ustki  ikki  tepaligning 
neyronlarida sinapslar hosil qilib, tugallanadi. O’rta miyanining turt tepalikning 
ustki  ikki  tepaligi  ko’rish  analizatorining  po’stlog  osti  markazlari 
hisoblanadi.Ustki  tepalikdan  nerv  impulslari  ko’z  soqqasini  harakatlantiruvchi 
nervga  boradi.  O’tkazuvchi  yo’llarining  yana  bir  qismi  ikki  tepalikdan  davom 
etib,  ensa  pallasining  po’stlogida,  ko’ndalang  egat  sohasida  tugallanadi. 
SHunday qilib, ko’rish analizatorining po’stlog markazlari bosh miyaning ensa 
pallasining po’stlogida joylashgan.  
Kuesh to’lqinlari ta’sirida ko’z korachig’i torayadi, ko’z olmalari esa nur 
to’shgan tomonga qaratiladi. 
Teri analizatori. Terining tuzilishi, pigmentlanish xususiyati va uning 
ahamiyati.  
Teri  tana  yuzasini  qoplab,  xilma-xil  funktsiyalarni  bajaradi.  Teri  nafaqat 
tashqi muhit ta’sirotlardan tanani himoya etadi, balki nafas olish, tana haroratini 
idora etish, almashinuv jarayonida hosil bo’lgan moddalarni ajratish vazifalarni 
bajaradi.  Odam  terisining  sathi o’rta hisobda 1,6  -  2  m
2
  teng bo’ladi. Bir  sutka 


 
181 
davomida odamda 500 ml suv, tuzlar va oxirgi azotli birikmalar ter bilan birga 
organizmdan chiqib turadi. Teri vitaminlar almashinuvida ham  faol qatnashadi. 
Ultrabinafsha  nurlar  ta’sirida  terida  vitamin  D  sintezlanadi.  Terida  joylashgan 
sezuvchi  retseptorlar  temperaturani,  bosimni,  og’irikni  va  boshqa  ta’sirotlarni 
qabul 
qiladi. 
Ta’sirot 
xususiyatiga 
qarab 
sezuvchi 
nerv 
oxirlari 
mexanoretseptorlar, xemoretseptorlar, notsiretseptorlar va boshqa retseptorlarga 
bo’linadi.  Tuzilishi  jixatdan  teridagi  sezuvchi  nerv  oxirlari  erkin  va  erkin 
bo’lmagan nerv oxirlariga bo’linadi. Erkin nerv oxirlari faqat nerv tolasining o’q 
tsilindrining  oxirgi  shoxlaridan  iborat.  Erkin  bo’lmagan  nerv  oxirlarida  nerv 
tolasining  barcha  tarkibiy  qismlari  bo’ladi,  chunonchi  o’q  tsilindr  va  uning 
shoxlari, gliya hujayralari bo’ladi.  
Terida  retseptorlarni  soni  bir  xil  emas.  Masalan,  boldir  sohasidagi  terida 
10 mm
2
 sathda 1 retseptor uchraydi, barmoqning uchlaridagi terida esa - 230. Bu 
retseptorlar teri analizatorining periferik qismlari hisoblanadi. 
Mikroskop ostida teri tuzilishi o’rganilganda uch qavati - teri ustki qavati 
- epidermis , xususiy qavat - derma va teri osti yog’ qavati farqlanadi. 
1.  Teri  epidermisi  ko’p  qavatli  yassi  muguzlanuvchi  epiteliydan  tashkil 
topgan.  Uning  qalinligi  0,3  dan  4  mm  gacha  yetishi  mumkin.  Ishqalanishga 
ko’proq  uchragan  joylarda  teri  ancha  qalin  bo’ladi.  Masalan  tovon  terisi 
qovoqdagi teriga qaraganda ancha dag’al bo’ladi. Teri epidermisi besh qavatdan 
tuzilgan: 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling