M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

1. Fibroz parda o’z navbatida orqa tomondan joylashgan oqsilli pardadan 
yoki  skleradan  va  old  tomonda  joylashgan,  shox  pardadan  iborat.  Sklera  yoki 
oqsilli  parda  ok  rangda  bo’lib,  qalinligi0.3  -  0.4  mm  teng,  zich  tolali 
biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan.  Sklerani  orqa  tomonini  g’alvirsimon  plastina 
chegaralaydi va undan ko’rish nervining tolalari o’tadi. Skleraning ichida bir biri 
tutashgan bo’shliqlar sklerani venoz kavagini (SHlemm kanali) hosil qiladi.  
Fibroz pardaning tiniq, no’rni o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan qismiga 
shox  parda  deyiladi.  SHox  pardani  shakli  soat  oynasiga  o’xshash  bo’lib, 


 
178 
qalinligi  markazda  1-1.1  mm,  chetda  esa  -  0.8  -09  mm.  teng.  SHox  parda  5 
qavatdan  tashkil  topgan:  oldingi  epiteliy,  oldingi  chegarali  plastinka,  xususiy 
modda, orqadagi chegarali plastinka va orqadagi epiteliy. Oldingi epiteliy - ko’p 
qavatli  yassi,  muguzlanmaydigan,  doim  ko’z  yosh  suyuqligi  bilan  namlangan. 
Bu  qavat nihoyatda nerv  oxirlariga boy  bo’ladi. Oldingi  chegarali  plastinka bir 
biri  bilan  tutashgan  kollagen  tolalardan  tuzilgan.  Xususiy  modda  nozik 
biriktiruvchi  to’qimali  plastinkalardan  iborat  bo’lib,  bularning  orasida 
yassilashgan  fibroblastlar  uchraydi.  Orqadagi  chegarali  plastinka  kollagen 
tolalardan  tuzilgan.  Orqadagi  epiteliy  -  bir  qavat  ko’p  burchakli  shakldagi 
xujayrlardan  tuzilgan.  SHox  pardada  qon  tomirlar  bo’lmaydi,  uni  oziqlanishi 
diffuziya yo’li bilan limb tomirlari orqali va ko’zning oldingi kamera suyuqligi 
hisobidan ro’y beradi. 
2.  Tomirli  parda  fibroz  pardaga  nisbatan  ichkarida  joylashgan  bo’lib, 
tarkibi  ko’p  miqdorda  qon  tomirlar  va  pigment  hujayralardan  iborat.  Tomirli 
parda  tarkibiy  qismlarining  akkomadatsiya  funktsiyasi  bajarilishi  tufayli 
gavharni  yuza  qiyshiqligi,  korachig  xajmi  o’zarib  turadi.  Akkomadatsiya  deb, 
turli  uzoqlikda  joylashgan  jismlarni  aniq  ko’rish  qobiliyatiga  aytiladi.  Tomirli 
parda  to’r  pardaning  old  tomonida  joylashib,  ko’zning  retseptor  apparatining 
oziqlanishini  ta’minlaydi.  Tomirli  parda  3  qismdan  iborat:  orqa  tomonda 
joylashgan  xususiy  tomirli  qismidan,  kiprikli  tanadan  va  rangdor  pardadan 
iborat.. 
A)  Xususiy  tomirli  parda  -  tomirli  pardaning  katta  qismini  egallab, 
qalinligi  0.1-0.2  mm  teng.  Uni  negizi  tomirli  plastinkadan  iborat  bo’lib, 
tarkibida  bir  biri  bilan  tutashib  ketgan  qon  tomirlar  va  orasida  pigmentli 
hujayralariga boy bo’lgan siyrak tolali biriktiruvchi to’qima joylashgan.Tomirli 
parda  bilan  sklera  orasida  bir  qancha  bo’shliqlar  tomir  oldi  bo’shliginini  hosil 
qiladi.  Old  tomondan  xususiy  tomirli  parda  halqa  shaklidagi  kiprikli  tanaga 
o’tadi.  
B)  Kiprikli  yoki  tsiliar  tana  -  tomirli  pardaning  qalinlashgan  o’rta  qismi 
hisoblanadi.  Kiprikli  tana  ikki  qismdan  iborat:  mezenximadan  rivojlangan 
muskul-biriktiruvchi  to’qimali  va  to’r  pardadan  rivojlangan  epiteliy-neyroglial 
qismlaridan.  TSiliar  tanini  negizini  kiprikli  muskul  tashkil  etadi.  Kiprikli 
muskullning  tutamlari  -  aylanma,  radial  va  meridional  yo’nalishda  joylashgan. 
Kiprikli  muskullning  qisqarishi  tsin  boylamini  bo’shashtiradi.  Natijada,  gavhar 
yumaloqlashadi  va  no’rni  sindirish  kuchi  oshadi.  Kiprikli  tana  yuzasilan  radial 
yo’nalishda  70  -  80  ga  yaqin  o’simtalar  chiqadi.  O’simtalar  ustidan  tashqi  va 
ichki  qavatlarni  hosil  qiluvchi  epiteliy  bilan  qoplangan.  O’simtalarning  tashqi 
qavati  ko’z  to’r  pardasining  pigmentli  qavatining  davomidir.  boshlanadi.  Ko’z 
gavhari  kipriksimon  muskullar  yordamida  ikki  yon  tomondan  tomirli  pardaga 
tortilib turadi.  

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling