M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
MUSKULLNING KUCHI qo’zgalish natijasida muskulda maksimal
darajada taranglashishni rivojlanishi bilan ifodalanadi. Muskul kuchini namoyon etilishi anatomik, fiziologik va mexanik shart-sharoitlari bilan bog’liq. 1. Anatomik faktorlardan muskullning kuchiga uning tarkibiga kiruvchi tolalarning miqdori, uzunligi, yo’nalishi, suyakga birikish sathlarning yuzasi, ishni bajarayotgan muskullni anatomik va fiziologik ko’ndalang kesimini hisobga olish lozim: a) Muskul tarkibida qanchalik tolalar miqdori ko’p bo’lsa, muskul shunchalik kuchli bo’ladi. Bajarilgan ishning kuchi shu ishni bajarayotgan muskullning ko’ndalang kesimiga bog’liq. Muskul ko’ndalang kesimining o’lchovi anatomik ko’ndalang kesimi deyiladi, bunda 1 smІ sathida muskul tolalar miqdori hisoblanadi. Muskullning fiziologik ko’ndalang kesimi muskullning xajmini, tolalar o’rtacha uzunligiga bo’lish orqali aniqlanadi. Muskullarning anatomik ko’ndalang kesimi sm. bilan, fiziologik ko’ndalang kesimi kg. bilan ulchanadi. Muskullning ish bajarish quvvatini yuk ko’tarish kuchi deyiladi. Tolalari parallel holda joylashgan muskullarning anatomik va fiziologik ko’ndalang kesimi bir xil bo’ladi. Ko’p patli muskullarning ko’ndalang kesimining yuzasi, uzun muskullarning ko’ndalang yuzasidan katta bo’lganidan sababli, ularning fiziologik ko’ndalang kesimini ko’rsatkichi yuqori bo’ladi. SHu boisda, bu muskullning qisqarish kuchi kattaroq bo’ladi. 1 sm.І ko’ndalang kesimiga ega bo’lgan muskul o’rta hisobda 10 kg. yuk ko’tara olishi aniqlangan. b) Muskullarning kuchi ularning suyakka birikish sathining kattaligiga ham bog’liq. Muskullning suyakka birikish sathi qanchalik katta bo’lsa, muskul shunchalik kuchli bo’ladi. Masalan, deltasimon va katta dumba muskullari taxlil qilinsa, deltasimon muskulda muskul tutamlari uchburchak shaklda o’rnashgan bir uchburchak ichida joylashagn muskul tolalari, ikkinchisiga nisbatdan qarama-qarshi joylashadi - bir uchburchakning uchi ikkinchi uchburchakning asosi bilan yonma-yon joylashadi. Hamma uchburchaklarning asoslari ulchanib qo’shilgandan so’ng, anatomik va fiziologik ko’ndalang kesimi katta chiqadi. Demak, bu muskulda kuch belgisi yaxshi ifodalangan. Deltasimon muskullning payli uchlari ingichka bo’ladi va suyakka birikish sathlari ham kichik yuzani egallaydi. Ma’lumki, kichik sath orqali suyakka birikkan muskullarda chakqonlik belgisi namoyon etiladi. Demak, deltasimon muskulda ham kuch, ham chakqonlik xususiyatlari yaxshi rivojlangan. SHu sababli, organizmda 59 deltasimon muskul eng harakatchang muskul bo’lib, eng harakatchang yelka bo’g’imini hamma harakatlarini bajarilishini ta’minlaydi. Katta dumba muskulida esa, tolalari parallel holda joylashgan, dumg’aza suyakka birikish sathi katta bo’ladi. SHuning uchun, bu muskulda faqat kuch sifati yaxshi rivojlangan bo’lib, tananing tik turish holatini ta’minlab beruvchi asosiy kuchli muskullardan biri hisoblanadi. v) Muskullarning kuchi muskul tolalarining uzunligi bilan bog’liq. Muskullning eng kuchli qisqarish qobiliyati tolalari uzunligining kvadratiga to’g’ri proportsional bo’ladi. 2) Muskullning kuchiga fiziologik faktorlar o’z ta’sirini ko’rsatadi, muskullar tarkibida qanchalik ko’p motoneyronlarning soni qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik muskulllarga tez impulslar yetib keladi. Bir vaqtda bir qancha muskul tolalari ko’zgaladi, muskul katta yuklamali ish bajarishga tayer bo’ladi. 3) Mexanik faktorlardan muskullning qisqarish kuchining kattaligi va tezligi uning suyakka birikkan qismidan tayanch nuqtasigacha bo’lgan masofaga bog’liq bo’ladi. Bu masofa qanchalik katta bo’lsa, muskullning harakat kuchi shunchalik katta bo’ladi. Masofa qanchalik kichik bo’lsa, harakat tezligi shunchalik katta bo’ladi. Demak, muskul kuchdan yo’tkanda, u masofa va tezlikdan yo’tkazadi va aksincha – muskul tezlikdan va masofadan yo’tkanda, kuchdan yo’tkazadi. Muskul kuchiga bo’g’im burchagini o’zgarishi ham hisobga olinadi. Bo’g’im burchagi o’zgarib borishi bilan bir vaqtda muskul kuchining aylanma momenti o’zgarib boradi. Bo’g’im burchagi qanchalik katta bo’lsa, muskullning qisqarish aylanma momenti shunchalik kichik bo’ladi. Harakat jarayonida bo’g’im burchagi kichrayib borgan sari, muskullning tortishuv kuchining yelkasi ortib boradi. Bo’g’im burchagi 180є 140є 100є 80є Muskul tortishuv kuchining yelkasi (mm) 11,5 26,9 43,5 45,5 Sport amaliyotida turli harakatlar bajarilganda, qaysi muskul va qanday darajada harakatda ishtirok etishni aniqlashda elektromiografiya usuli qo’llaniladi. Muskullarning elektr aktivligi aniqlangandan so’ng elektrmiografik kartalar tuziladi. Kuch talab etuvchi harakatlar bajarilganda aktiv muskullar guruxlarning zurikishi ularning turli uzunlikda bo’lishini talab etadi. Kuch belgilarini rivojlantirish uchun, mashqlar jarayonini boshlashdan oldin, tayergarlik davrida jismoniy mashqlarni cho’zilgan va bo’shashgan holdagi muskullarda olib borilishi lozim. SHunda kuch ko’rsatkichlarining o’sish darajasi yuqori bo’ladi. Aynan muskullarning qisqarish aylanma momentining kattaligi shu muskullar harakatlantiruvchi bo’g’imlarning yoki tananing holatiga bog’liq. Kuch ishlatish vaqtida bo’g’imlarning yoki tananing shu harakatini amalga oshirish uchun nomuvofiq holatda bo’lishi, kuch momentining samarasiz yoki noto’g’ri yo’nalishda ishlatilishiga olib keladi va ko’p xollarda sportchilarga travmalarga (lat yoyishga) sababchi bo’ladi. SHu sababli, sportchilar harakat 60 texnikasini aniq bajarishga va travmaga olib keluvchi kritik holatlarni cheklab o’tishga harakat qiladilar. Jismoniy yuklamalar ta’sirida muskul sistemasida adaptatsion o’zgarishlar. Ma’lumki, turli jismoniy yuklamalar organizmda adaptatsiya jarayonini rivojlanishiga olib keladi. Jismoniy yuklamalar organizmga o’zining ta’sir etish kuchi bilan, xajmi va shiddati, qayta-qayta takrorlanishi va tiklanish muddatlari bilan ta’riflanadi. Bu xollarni hisobga olish va nazorat etish zarur, chunki adaptatsiya jarayoni turli yo’nalishda o’tishi mumkin. Oddiy harakatlardan tortib murakkab yuqori mo’taxasislashgan sport mashqlarni asosan tayanch-harakat tizimi tomonidan bajariladi. Organizmda jismoniy yuklarga eng ta’siruvchan va labil (o’zgaruvchan) sistemalardan muskul sistemasi hisoblanadi. Jismoniy mashqlar natijasida muskullarni ishi intensivlanashadi – bunday holatni muskullning giperfunktsiyasi deyiladi. Odam organizmi yaxlit bir sistema bo’lib, bir tizimdagi o’zgarishlar boshqa tizimlarda ham struktur o’zgarishlarga olib keladi. Demak morfologik o’zgarishlar nafaqat suyak-muskul sistemalarda, balki qon-aylanish, nerv, nafas olish, endokrin sistemalarda kuzatiladi. Sport amaliyotida sportchilarga trenirovka jarayonida dinamik va statik yuklamalar beriladi. Trenerlar tomonidan statik va dinamik yuklamalar hamkor holda kullniladi. Agar bu yuklamalar alohida holda berilsa, unda muskul sistemasida quyidagi o’zgarishlar kuzatiladi: Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling