M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Gavda muskullari, tanani harakatga keltiruvchi muskullar. 
Gavda  muskullari  joylashishiga  qarab  ko’krak  qafasi,  qorin  va  orqa 
muskullariga bo’linadi. 
Orqa muskullari
Orqa  muskullari  ikki  guruxga:  yuzada  joylashgan  va  chuqur  muskullariga 
bo’linadi.  Yuza  muskullar  guruxida  trapetsiyasimon  muskul,  orqani  keng  yoki 
serbar  muskuli,  katta  va  kichik  rombsimon  muskullar,  kurakni  ko’taruvchi 
muskul, yuqori va pastki orqa tishsimon muskullar joylashadi. 
1.  Trapetsiyasimon  muskul  uchburchak  shaklga  ega,  juft,  o’ng  va  chap 
tomondagi  trapetsiyasimon  muskullar  birga  trapetsiya  shakliga  o’xshaydi. 


 
63 
Muskullning  yuqori  tutamlari  yuqoridan  pastga,  o’rta  tutamlari  pastga,  pastki 
tutamlari esa pastdan yuqoriga yo’nalgan. 
Bu  muskul  ensa  suyagidan,  bo’yin  va  ko’krak  umurtqalarini  o’tkir 
o’simtasidan  boshlanib,  o’mrov  suyagining  akromial  uchiga,  akromial 
o’simtasiga  va  ko’krakni  qirrasiga  kelib  birikadi.  Bu  muskullar  umurtqa 
pog’onasining  bo’yin  qismini  harakatga  keltirib,  yelka  kamar  va  yelka 
bo’g’imidagi harakatlarda ishtirok etadi. 
2.  Orqaning  keng  yoki  serbar  muskuli  tananing  yuzasida  pastki  qismida 
joylashadi. Bu muskul 5- ta oxirgi ko’krak umurtqalaridan yonbosh suyagining 
qirrasidan  boshlanibelka  suyagining  kichkina  do’ngiga  borib  birikadi.  Bu 
muskul  turli  harakatlarda  ishtirok  etadi.  Yelka  suyagini  harakatga  keltirganligi 
sababli  yelkani  pastga  to’shiradi,  kurakni  umurtqa  pog’onasi  tomon 
yaqinalashtiradi.  Ko’krak  qafasini  xajmini  kengayishida,  gavdani  yuqoriga 
ko’tarishda ishtirok etadi. 
3. Katta va kichik rombsimon muskullar oxirgi ikkita bo’yin umurtqasi va 
4-ta  yuqori  ko’krak  umurtqasining  ko’ndalang  o’simtalaridan  boshlanib 
kurakning ichki qirrasiga kelib birikadi. Bu muskul kurakni va yelka bo’g’imini 
harakatlarida asosan kurakni ko’tarish va olib kelishda ishtirok etadi. 
4.  Kurakni  ko’taruvchi  muskul  -  bu  muskul  yuqorigi  bo’yin 
umurtqalarining  ko’ndalang  o’simtalaridan  boshlanib  kurakning  yuqori 
burchagiga  birikadi.  U  kurakni  yuqoriga  ko’tarib  turishda  va  umurtqa 
pog’onasining  bo’yin  ksimini  egish  va  yozish  harakatlarini  bajarishda  yordam 
beradi. 
5. Orqaning yuqorigi (tishsimon muskuli) - bu muskul 2 - ta pastki bo’yin 
va  2-ta  yuqorigi  ko’krak  umurtqasining  o’tkir  o’simtalaridan  boщlanib 
ikkinchidan  5  -  chigacha  yuqori  qovurg’alarga  birikadi.  Bu  muskul  2-5 
qovurg’alarni yuqoriga ko’tarib, nafas olishda ishtirok etadi. 
6.  Orqaning  pastki  tishsimon  muskuli  -  bu  muskul  2  pastki  ko’krak  va  2 
yuqorigi  bel  umurtqalarining  o’tkir  o’simtalaridan  boshlanib,  4  pastki 
qovurg’aga birikadi. Muskul qisqarganda qovurg’alar pastga tushadi. 
Orqaning chuqur muskullari
Orqaning  chuqur  muskullari  umurtqa  pog’onaning  ikki  yonida  joylashib, 
qovurg’alar  burchaklarida,  umurtqalarning  o’tkir  o’simtalari  orasida  va  suyakli 
chuqurliklar  ichida  joylashadi.  Chuqur  muskullar  asosan  gavda  harakatlarida 
ishtirok  etadilar.  Umurtqa  pog’onasining  har  bir  yonida  uchta-orqa  ,  lateral  va 
medial muskulli tutamlar hosil bo’ladi. Bu traqilardagi muskullar va bo’yinning 
kamarsimon  muskullari,  gavdani  tiklovchi  muskulko’ndalang  o’tkir  o’simtali 
muskul kiradi. umurtqa pog’onani yozishda ishtirok etuvchi eng kuchli muskul - 
bu gavdani tiklovchi yoki rostlovchi muskul. Uning tuzilishi ham murakkab. Bu 
muskul  dumg’azaning  orqa  yuzasidan  va  yonbosh  suyagining  tashqi  qirrasidan 
boshlanib, ensagacha davom etadi. Muskul 3 qismdan: o’tkir o’simtali  muskul, 
orqaning eng uzun muskuli va yonbosh - qovurg’a muskullaridan iborat. 
Ko’ndalang - o’tkir o’simtali muskul orqaning eng uzun muskuli va o’tkir 
o’simtali  muskullar  ostida  joylashgan.  Bu  muskul  dumg’azadan  boshlanib 


 
64 
ensagacha  davom  etadi.  Bu  muskul  3  qatlam  bo’lib  joylashagn  muskul 
tutamlaridan iborat. 
Ko’krak muskullari. 
Ko’krakdagi  muskullar  bajaradigan  funktsiyasiga  qarab  2  gruppaga 
bo’linadi.  Birinchi  gruppadagi  muskullar  yuza  joylashib,  yelka  kamarini  va 
qo’lni  harakatga  keltiradi.  Bularga  ko’krakning  kichik  muskuli,  o’mrov  osti 
muskuli  va  oldingi  tishsimon  muskullari  kiradi.  Ikkinchi  gruppaga  chuqur 
joylashagn  muskullar  kirib,  ular  nafas  olishda  ko’krak  qafasini  harakalarida 
ishtirok  etadi.  Bularga  tashqi  va  ichki  qovurg’alararo  muskullari,  ko’krakning 
ko’ndalang muskuli kiradi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling