M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Muskullarining yordamchi apparati.
Muskullaring yordamchi apparatiga paylar, fastsiyalar, g’altaklar, sinovial kinlari, sinovial xaltalar, sesasimon suyaklar kiradi: Paylar - har bir muskullning suyakka kelib birikuvchi mustaxkam payi bo’ladi. Pay muskullning gushtdor qismidan o’zining yaltiroqligi, ok yoki sargish rangi bilan ajaralib turadi. Paylar paralel holda joylashgan kollagen tolalaridan va ularning orasida tarkok holda yetgan fibroblastlar va fibrotsitlardan tashkil topgan. Bir qancha paylar yig’indisi 1 tartibli paylarni hosil qiladi va atrofdan zich tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimali parda – endotendiniy bilan o’ralgan. Bir qancha paylar guruxi peritediniy bilan qoplangan. Ba’zan pay muskullarning faqat birikish tomonidangina bo’lib, boshlanish qismida bo’lmaydi. Paylar cho’zilishga juda chidamlidir. Masalan sonning turtboshli muskulining payi 600 kg., boldirning uchboshli muskulining Axill payi 400 kg. yukni ko’tarish qobiliyatiga ega. Fastsiyalar - muskullarni biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lgan parda chexol kabi o’rab turadi, u fastsiya deb ataladi. Fastsiya bir muskullni ikkinchi muskuldan ajratib turish, har qaysi muskullning alohida qisqarishini ta’minlash, muskullarning qorinchalariga yoki tanalariga tayanch bo’lish , muskullarni bir- biriga nisbatan ishqalanish kuchini kamaytirish vazifalarini bajaradi. Fastsiyalar qaysi qavatdagi muskullarni o’rab turishiga qarab chuqur, o’rta va yuza fastsiyalarga bo’linadi. Fastsiyalarni tuzilishi muskullarni bajaradigan ishiga va kuchiga bog’liq bo’ladi. Agar muskullar yaxshi taraqqiy etgan bo’lsa, katta yuklamalar ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lsa, ularni o’rab turuvchi fastsiyalar zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan, ancha pishiq bo’ladi. Kichik yuklamalarni ko’taradigan muskullar siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan nozik fastsiyalardan tuzilgan. G’altaklar - suyaklarda tog’aydan yoki zich biriktiruvchi to’qimadan iborat do’nglar bo’ladi. G’altak muskullning qisqarish samarasini oshiradi. Muskul payi g’altaklardan aylanib o’tgan joyda ularga mos arikchalar hosil bo’ladi. Sinovial kinlar – harakatlanadigan paylarni harakatsiz fibroz kin devorlaridan ajratib turadi. Sinovial kini - ma’lum miqdorda sinivial suyuqlik 56 bilan to’lgan tor yoriqsimon xalta bo’lib, parietal va vistseral varaqlari bilan chegaralangan. Vistseral yoki ichki varaq payni hamma tomondan o’rab oladi. Parietal yoki tashqi varaq fibroz kinning devorlarini qoplaydi. Sinovial xaltalar - ko’proq bo’g’im sohasida yoki yoki payni suyakdan aylanib o’tgan joylarda uchraydi. Sinovial xaltacha yassi ikki devorli qopcha bo’lib, sinovial qobiq bilan o’ralganva bo’shligini ichida ma’lum miqdorda sinovial suyuqlik saqlanadi. Xaltachalarni xajmi bir necha mm.dan bir necha smyugacha bo’ladi. Ba’zi xaltachalar bo’g’im bo’shligi bilan tutashadi. Sesamosimon suyaklar – muskul va bo’g’imlarning yordam chi apparati bo’lib, muskullarning paylari ichida, bo’g’imlarga yaqin joylashgan. Sesamosimon suyaklar kichkina no’xatsimon suyakchalar bo’lib, ular odatda muskullning suyakga birikish burchagini o’zgartiradi, natijada, muskullning kuch yelkasi oshadi va harakat effekti kuchaytiriladi. Organizmda eng yirik sesamosimon suyaklarga tizza ustki suyagi misol bula oladi. Harakat funktsiyalarini idora etilishi. Harakat funktsiyalarini markaziy va periferik nerv tizimlari orqali idora etiladi. Ikkala tizimning hamkor faoliyati tufayli organizmning tashqi muhit ta’sirotiga bergan oddiy javob reaktsiyalaridan tortib, toqi yuqori mo’taxasislashgan harakatlarni bajarilishi ta’minlanadi. Harakat funktsiyalarni bajarilishda nerv tizimining quyidagi tarkibiy qismlari ishtirok etadi: Po’stlokning harakat zonasi – harakatlarni taxminiy bajarilish rejasi aniqlanadi. Po’stlok osti zonasi – ongli harakatlarni idora etadi. Miyacha va bazal yadrolar – fazoda va ma’lum vaqt ichida harakatlarni aniq bajarilishi nazorat qilinadi. Talamus – sezuvchi impulslarni o’tkazish markazi. Orqa miyaning neyronlari – o’tkazuvchi tizimni tashkil etadi. Muskul retseptorlari va proprioretseptorlar – ta’sirotni qabul qilish, qo’zgalishni uzatish. Ko’rsatilgan tizimning har bir zvenosida harakat analizatorining perifirik uchidan boshlab, muskullarda va bo’g’imlarda joylashgan retseptorlar va proprioretseptorlarning ta’sirlanishi natijasida, qo’l-oyoq bo’g’imlari va muskullarni holati haqida signallar po’stlok osti sohasi orqali va miyacha ishtirokida nerv tizimiga yetkaziladi. MUSKULLARNING KUCHI VA ISHI. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling