M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Statik va dinamik yuklamalar ta’sirida muskul sistemasida morfologik o’zgarishlar. Statik yuklamalar Dinamik yuklamalar 1. Muskullning xajmi keskin holda ortadi. Muskullning xajmi me’eriy holda ortadi. 2 Muskullning payli uchlari yaxshi rivojlanadi va cho’ziladi. Muskullning qorinchali qismi cho’ziladi, payli uchlari kaltalashadi. 3. Muskullning payli uchlarini suyakka birikish sathlari katta bo’ladi. Muskullning payli uchlarini suyakka birikish sathlari kichik bo’ladi. 4 Muskullning tayanch va trofik apparatlari yaxshi rivojlanadi: (endomiziy, peremiziy, yadro va umumiy ahamiyatga ega bo’lgan organellar) Muskul tolasining qisqartiruvchi apparati yaxshi rivojlanadi (miofibrillalar) 5. Muskul tolalarida sarqoplazmasi ko’p, miofibrillalari turli yo’nalishda, tarkok va tartibsiz joylashgan. Muskul tolalarida sarqoplazmasi kam, miofibrillalar zich va parallel holda joylashgan. 6. Muskul tutamlari orasida siyrak tolali biriktiruvchi to’qima rivojlanadi. Muskul tutamlari orasida zich tolali biriktiruvchi to’qima rivojlanadi. 61 7. Muskul tarkibidagi nerv oxirlarining sath maydonlari kengliga qarab oshadi. Qon kapillyarlarni miqdori ortadi va nozik tutamli turlar hosil bo’ladi. Nervlarni soni 4-5 marta ortadi. Nerv oxirlari muskul yuzasi bo’ylab cho’ziladi. Muskul yuzasi bilan kontakt etuvchi kapillyarlar tur maydonlarining sathi kengayadi. Rezerv va qo’shimcha kapillyarlar ishga tushadi. XVIII asrda jismoniy yuklar ta’sirida muskullarda adaptatsiya jarayoni gipertrofiya yo’li bilan o’tishi aniqlangan edi. Gipertrofiya bu organni xajmini oshishga aytiladi. Organning xajmini ortishi uning tarkibiga kiruvchi hamma tuzilmalarni xajmini oshishi hisobiga rivojlanadi. Adaptatsiya jarayonining ikkinchi yo’li – bu giperplaziya. Giperplaziya – bu a’zoni tashkil etuvchi tuzilmalarning miqdoriy ortishiga aytiladi. Giperplaziyada hujayralarning mitoz yoki amitoz yo’li bilan bo’linishi orqali, a’zo tuzilmalarini miqdori oshadi. Ilmiy adabiyotda muskullarning adaptatsiya jarayoni nafaqat gipertrofiya, giperplaziya yo’li bilan ham o’tadi degan tushunchalar yuritiladi. Professor Gudzqabul N.Z. tomonidan o’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, giperplaziya muskul tarkibidagi tolalar ichida uzunasiga ketgan yoriqlarni paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Bu yoriq butun tola bo’ylab tarqalib, muskul tolasini ikkiga bo’ladi. Yangi hosil bo’lgan kiz tolalar atrofidan biriktiruvchi to’qimali parda hosil bo’ladi va ikkita tola bir biridan ajaraladi. Muskul tarkibidagi bir nechta tolalarning uzunasiga qarab bo’linishi, tolalarning umumiy sonini ortib borishiga olib keladi. Lekin, tolaning uzunasiga bo’linishi, hujayraviy bo’linishning turi deb hisoblab bo’lmaydi. Eslatib o’tish lozim, skelet muskulaturasi ko’ndalang – targil muskul to’qimasidan tuzilgan. To’qima degan atama shartli, chunki skelet muskulaturasi simplastik tuzilma bo’lib, hujayralardan emas, tolalaridan tuzilgan. Mitoz yoki amitoz bo’linishda bitta yadro tarkibidagi xromosomalar yoki DNK xolidagi irsiy material kiz hujayralarida teng taqsimlanadi. Muskul tolaning tarkibida esa sarkolemma tagida ko’p miqdorda tizim holda yadrolar joylashgan. Xech qanday hujayraviy bo’linish bunday tuzilmada sodir bula olmaydi. Lekin skelet muskulaturasida giperplaziya kuzatiladi va bu jarayon boshqacha yo’l bilan ketadi. Muskul to’qimaning tarkibida yosh, yetilmagan mioblastlar ko’rtakchalar shaklida uchraydi. Ana shu mioblastlar takomili va voyaga yetilishi natijasida giperplaziya jarayoni muskullarda sodir bo’ladi. Yuqori darajali jismoniy yuklamalar ta’sirida muskullardagi o’zgarishlar. Ogir jismoniy ishdan so’ng muskullni tiklanishi uchun yetarli dam olish vaqti ajratilishi lozim. Agar sportchini imkoniyatidan ortiq darajada mashqlar bajarilishi davom etilsa, yuklamani xajmi ortib borilsa, sportchida o’zi sezmaydigan mikrotravmalar paydo bo’ladi. Agar mikrotravmalar o’z vaqtida davolanmasa, suyak va suyak ustki pardalarning trofikasi buziladi va bir qancha morfologik o’zgarishlar paydo bo’ladi. Maksimal, submaksimal yuklamalar ta’sirida muskul sistemasida degenerativ - destruktiv o’zgarishlar rivojlanadi, va bu o’zgarishlar muskullning xususiyatlarini tiklanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, aks holda, organizmda surunkali charchash yoki zo’riqish yuzaga keladi. N.Z. 62 Gudzqabul surunkali charchash natijasida muskullarda yuzaga keladigan morfologik o’zgarishlarni ikki tomonlama bo’lishini ko’rsatdi. Bir tomondan muskul tolalarini parchalanish jarayoni kuzatiladi, ikkinchi tomondan muskul to’qimasida ishchi gipertofiya davom etadi (zurikish darajasiga qarab o’zgarishlar kuzatiladi). Mion tarkibidagi miofibrillalar sarqoplazmada o’z yo’nalishini yo’qotgan va tarkok holda joylashgan, ba’zi joylarda miofibrillalarni o’zilishi yoki alohida bo’lakchalarga bo’linib ketishi kuzatiladi, natijada muskul ko’ndalang-targillik xususiyatini yo’qotadi. Sarkolemma ostida joylashgan yadrolarni erib ketishi ham kuzatiladi. Sarqoplazmada vakuollalar (bo’shliqlar) paydo bo’ladi va ularni ichiga biriktiruvchi to’qimaning elementlari o’sib kira boshlaydi va muskul o’rnida biriktiruvchi to’qima rivojlanadi. SHunday qilib, jismoniy yuklamalar ta’sirida muskul sistemasida murakkab o’zgarishlar kelib chiqadi va bu o’zgarishlarning negizida ishchi gipertrofiya yetadi. Har bir sport turi o’zining mo’taxasislashgan yuklamalari bilan ta’riflanadi va bu yuklamalarni bajarilishi muayayn muskul guruxlarining faoliyati bilan bog’liq. SHuning uchun turli mo’taxasisli sportchilarda muskul guruxlari bir xilda rivojlanmaydi va har xil kuchni namoyon etadi. Har qanday jismoniy mashыlarning bajarilishidan oldin, tananing a’zolari va tizimlari shiddatli faoliyat bajarilishiga tayyorgarlik davrini tstishi lozim. Bu davrning asosiy mo’iyati shundaki, jismoniy mashыlarni bajarishga birdaniga kirishganda, turli a’zolar va tizimlar oliy faoliyat bajarilish darajasiga bir vaыtda emas, balki oldinma-ketin, turli vaqt oraliqlarida kirishadilar. Oliy darajali jismoniy mashqlarni bajarishga tayyorgarlik davrida tana a’zolari bir vaqtda, ya’ni sinxron ravishda yuqori darajali faoliyat ktsrsatish uchun tayyorgarlik ko’radi. Tayergarlik davridan stsng, oddiy elementlardan tashkil topgan harakatlar bajariladi, stsng mashыlar strukturasi murakkablashadi, ularning bajarilish tempi, ritmi oshadi va organizmning hamma tizimlari maksimal ravishda yuыori nagro’zkalarni bajarishga, oliy darajali faoliyat bajarishga tayyorgarligini namoyon etadi. Tayyorgarlik davrida faqat muskullarni “kizishi” sodir bo’lmasdan, balki – qon aylanish, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati asta ortib borib, ular organizmning adaptatsiya yoki moslashuv davrida erishgan jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namoyon bo’lishini ta’minlaydi. XUSUSIY MIOLOGIYA Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling