M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Muskullarning tuzilishi.
Skelet muskullari ko’ndalang targil muskul to’qimasidan tashkil topga?. Ma’lumki, muskullarning tayanch apparati “fo’tlyar ichida fo’tlyar” printsipida tuzilgan bo’lib, har xil xajmli muskul tutamlari endomiziy va peremiziy pardalari bilan bir-biridan ajralib turadi. Endomiziy va peremiziy nafaqat muskullar orasida joylashgan biriktiruvchi to’qimali to’siqlar bo’lib, balki muskullarda maxsus elastik karkasni hosil qilishi tufayli, muskul qisqarish qobiliyatiga ega. Ko’ndalang-targil muskul tolalarni uzunligi 1 – 40mm. teng bo’lib, tsilindrsimon shaklga ega. Plazmatik membrana ostida ko’p miqdorda yadrolar joylashgan. Sarkolemma tarkibida ko’p sonda miofibrillalar va mitoxondriyalar uchraydi. Sarqoplazma mioglobin oqsilidan tashkil topib, mioglobin xuddi gemoglobinga o’xshash o’ziga kislorod birikish xususiyatiga ega. Miofibrillalarni qalinligiga va mioglobinni miqdoriga ko’ra qizil, ok va oraliq muskul tolalari farqlanadi. Qizil tolalar nozik, ingichka, mioglobini ko’p, mitoxondriyalari ko’p bo’ladi. O’rta qalinlikga ega bo’lgan, mioglobini va mitoxondriyalarni soni bir oz kamroq bo’lishi oraliq tipdagi muskul tolalari uchun hos. Nihoyatda, oq tolalar eng qalin, sarqoplazmasida mioglobini va mitoxondriyalari kam miqdorda, lekin miofibrillalarni soni ko’p miqdorda va bir tekisda tarqalganligi hos. Ko’rsatilgan muskul tolalarni tuzilishi va funktsiyasi bir-biri bilan bog’liq. Masalan, oq tolalar tez qisqaradi, lekin tez charchaydi. Qizil tolalar uzoq vaqt davomida, lekin sekin qisqarishi mumkin. 54 Oxirgi yillarda sportchilarda muskullarni holatini nazorat qilish maqsadida tsitoximik tekshirish usullari qo’llaniladi. Ma’lumki, tez oq tolalari uchun aerob glikolitik modda almashinuvi va sekin qizil tolalari uchun aerob oksidlanish modda almashinuvi hos. Qizil va oq tolalarni ifodolovchi fermentlar bir-biridan farqlanishi sababli, ularni maxsus bo’yoqlar bilan bo’yaladi va tolalarni turi aniq ajratiladi. Turli odamlarda qizil va oq tolalarni miqdoriy nisbati turlicha bo’ladi va hayot davomida deyarli o’zgarmaydi. Muskullarda tolalarni taqsimlanish xususiyati odamning genotipi bilan bog’liq. Muskul tarkibidagi tolalarni miqdoriy taqsimlanishi aniqlangan ko’rsatkichlar asosida sportga laekatli bolalar va o’smirlarning orasida sport tanlovini o’tkazish tavsiya etiladi. Har bir muskul ichida harakat va sezuvchi nerv oxirlari bo’lib, ular muskullarini markaziy nerv sistemasi bilan bog’lab turadi. Harakat nervlari markaziy nerv sistemasida hosil bo’lgan ko’zgalishni yetkazib beradi, impulsni uzatadi, natijada muskul markaziy nerv sistemasining xoxishi bilan qisqaradi. Nerv impulsi muskullarning maxsus T-naychalari orqali sarqoplazmatik to’rning tsisternalariga yetkaziladi. So’ng sarqoplazmatik membranalardan tsitoplazma ichiga kaltsiy ionlari chiqadi. Natijada, aktin bilan miozinning birikishi natijasida muskullning qisqarishi vujudga keladi. Muskul qisqarishda ingichka aktinli miofilamentlar kalta, yog’on miozinli miofilamentlar orasiga kiradi va I- disk kaltalashadi. Muskullar ichida simpatik nerv oxirlari bor, shuning uchun tirik organizm muskullari bo’shashagan vaqtda doimo sal qisqargan holatda bo’ladi. Bo’nga muskul tonusi deyiladi. Har bir muskullning aktiv qisqaruvchi gushtdor qismi - tanasi va ikki uchi, ya’ni boshlanish va birikish joylari - pay qismlari bo’ladi. Uzun muskullarda bundan tashqari yana bosh va dum qismlari tafovut qilinadi. Yassi muskullarning yupqa yassi payi bo’ladi, bu pay aponevroz deb ataladi. Ba’zi muskullar bir necha bosh bilan boshlanishi mumkin. Bunday muskullarni ko’p boshli muskullar deyiladi. Muskul tolalari yo’nalishiga qarab to’g’ri, qiyshiq, ko’ndalang va aylanma bo’ladi. Bundan tashqari, bir patli va ko’p patli muskullar tafovut qilinadi. Muskullarning turkumlarga bo’linishi. Struktura va funktsiya birligi haqida gi dialektik qonunini ayniqsa tana muskullari misolida kuzatish mumkin. SHakli jixatdan muskullar 4 guruxga bo’linadi: 1. Uzun muskullar - bularning uzunligi kengligiga nisbatan ancha katta. Masalan, yelkaning ikki boshli, uch boshli muskullar. 2. Keng muskullar - bularga aksincha, kengligi uzunligiga nisbatan katta. Orqaning keng muskuli, qorinning tashqi kiya, ichki kiya muskullari, ko’ndalang muskullari misol bula oladi. 3. Yelpigichsimon muskullar - bu muskullarda bir uchi toraygan, ikkinchi uchi esa kengaygan. Masalan, deltasimon muskul, trapetsiyasimon muskul. Bunday muskullar ko’pincha, uch o’qli bo’g’imlar atrofida uchrab, 5-6 xil harakatlarda ishtirok etadilar va eng harakatchang muskullar hisoblanadi. 55 4.Doiraviy muskullar – muskul tolalari aylanma yoki tsirkulyar yo’nalgan bo’lib, tabiiy teshiklar atrofida joylashgan. Masalan, ogizning aylana muskuli, ko’zning aylana muskullari misol bula oladi. Tana muskullarini bajaradigan ishiga qarab 4 guruxga bo’lish mumkin: 1. Aylanma harakatlarni bajaruvchi muskullar - tayanch-harakat apparatida, naysimon suyaklarga birikkan bo’lib, tana lokomotsiyalarda ishtirok etadi. 2. Oldinga va orqaga, yuqoriga va pastga tomon harakat etuvchi muskullar – masalan, ko’rsatilgan harakatlar jag’ muskullari tomondan bajariladi. 3. Tana bo’shliqlar xajmini o’zgartirishda ishtirok etuvchi muskullar – gavda muskullari ko’krak qafasini yoki qorin bo’shligini xajmini o’zgartirishda ishtirok etadi. 4. Teshik va yoriqlarni xajmini o’zgartirishda ishtirok etuvch? muskullar – bu ishni doiraviy shaklga ega bo’lgan muskullar tomonidan bajariladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling