M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Muskullning ishi. Muskullar tomonidan bajaradigan ishining negizida
qisqarish xususiyati yetadi. Muskul qisqarganda uning bir uchiga ikkinchi uchi yaqinlashadi. Turli harakatlar bajarish jarayonida muskullning harakat qiluvchi va kimirlamay turuvchi uchlari almashib turishi mumkin. Qisqarish natijasida muskullar tomonidan ma’lum tortishuv kuchlar paydo bo’ladi va turli jismlarni bir joydan ikkinchi joyga surilishi natijasida mexanik ish bajariladi. Bu ish kilogrammometrlar bilan ulchanib, muskul kuchi bilan jismni surilgan masofa orasidagi ko’paytmasiga teng. Demak, muskullarni qisqarishi natijasida mexanik ish bajariladi. Muskullning qisqarish jarayoni bo’shashish va taranglashish holatlaridan tashkil topgan. Muskullning bo’shashishi muskullning cho’zilishi 57 bilan ta’riflanadi. Masalan, pastga to’shirilgan qo’lni muskullari cho’zilgan, lekin taranglashmagan bo’ladi. Muskullning taranglashish holatida muskullning uzunligi ikki xilda o’zgaradi: ba’zi vaziyatda cho’zilishi, boshqa bir holatlarda kaltalashishi mumkin. Masalan, gavda orqaga tashlanganda qorin muskullari taranglashadi va cho’ziladi. Qo’ll panjasini qattiq kisib, yelka oldi yelka tomon bukilganda, ikki boshli muskul taranglashadi va kaltalashadi. Demak, qisqarish jarayonining holatlarida muskullning uzunligi o’zgaradi va muskullar har xil rejimda ishlashi mumkin. Muskullarni ishi 3 xil - izometrik, izotonik va auksotonik rejimlarida o’tishi mumkin. 1. Izometrik ish rejimi – muskullning tonusi o’zgarib, uzunligi o’zgarmaydi. 2. Izotonik ish rejimi - muskullning uzunligi o’zgarib, tonusi o’zgarmaydi. 3. Auksotonik ish rejimi – muskullning uzunligi o’zgarishi bilan tonusi ham o’zgaradi. Amaliyotda alohida holda bunday rejimlar uchramaydi, ko’rsatilgan rejimlarning biri ustun turishi mumkin. Muskullar statik va dinamik ishni bajarishi mumkin. Statik ish bajarilganda muskullarning ishi tufayli tana harakatsiz bo’lib, ma’lum bir holatni saqlaydi. Statik ish bajarilganda quyidagi ish turlari bajariladi: a) qarshilikni ushlab turish – muskullning qisqarish kuchi qarshilik kuchi bilan tenglashadi va tananing ma’lum vaziyati saqlanib turadi. b) mustaxkamlab beruvchi ish - muskullning ishi og’irlik kuchini yengishga yo’nalgan. v) kotirib turuvchi yoki fiksatsiyalovchi ish – muskullning kuchi antogonist muskullarni kuchini yengishga yo’naltirilgan. Dinamik ish bajarilganda muskullar tomonidan 3 xil ish bajariladi: a) qarshilikni yengish ishi – muskullning ishi tananing muayyan qismi ogirligini yoki ma’lum bir qarshilikni yengadi. b) qarshilik kuchiga bardosh bera olmaslik ishi – muskullning taranglashgan holdan qarshi kuchlar ta’sirida asta - sekin bo’shashadi va qarshilik kuchlarga bardosh bera olmaydi. v) ballistik ish – juda qisqa vaqt ichida muskullar tomonidan qarshilikni yengish ishini bajarish. Ballistik ish turida muskullar qisqa muddat davomida katta kuchni namoyon etadi va bu ish A =F t formulasi bilan ifodalanadi. ( A- ish, F – êó÷, t – âàêò ). Relaksatsiya bu – muskul tomonidan qarshilik kuchiga bardosh bera olmaslik ish turi bo’lib, muskul tolalari bo’shashgan va cho’zilgan holda bo’ladi. Harakat jarayoni bajarilishida bir qancha alohida muskullar hamkorlik bilan ish bajarishda ishtirok etadi. Funktsional jixatdan muskullar antogonist va sinergistlarga bo’linadi. Sinergist muskullar deyilganda turli guruxlarga kiruvchi muskullarning hamkorlikda bir xil harakatni bajarishishda ishtirok etishiga aytiladi. Masalan, trapetsiyasimon muskul bilan oldingi tishsimon muskuli kurakni pastki burchagini tashqariga tomon aylanishida ishtirok etadilar. Antogonist muskullar alohida muskullar yoki turli muskul guruxlari qarama – qarshi harakatda ishtirok etishiga aytiladi. Masalan, tirsak bo’g’imida yelka oldini bukuvchi muskullardan yelka muskuli misol bo’lsa, uning doimiy 58 antogonisti bo’lgan yelkani orqa guruxida joylashgan uch boshli muskul yelka oldini yozishda ishtirok etadi. Muskullarning qarama-qarshi va hamkor ishlashi turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Bir harakatda sinergist bo’lgan muskullar, ikkinchi harakatda bir-biriga nisbatan antogonist bo’ladi. Masalan, panjani bukishda tirsakni va bilakni bukuvchi muskullar sinergist holda ishlashsa, panjani olib qochish va olib kelish harakatlarida har bir muskul alohida funktsiyani bajaradi. Panjani bukuvchi tirsak muskuli panjani olib kelishda, bilak muskuli esa panjani olib qochishda ishtirok etadi. Antogonist va sinergist muskullarini hamkor va koordinatsiyali qisqarishlarini bajarilishi nerv sistema tomonidan idora etiladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling