M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Gavda harakatlari
Tana  yozish,  bukish,  tik  o’q  atrofida  ikki  yonga  burilish  harakati  va 
aylanma  harakatlarini  bajarishi  mumkin.  Tanada  bukish  harakatini  qorinning 
to’g’ri  muskuli,  tashqi  qiyshiq  muskuli,  ichki  qiyshiq  muskuli,  katta  va  kichik 
yonbosh - bel muskullari bajaradi. 


 
66 
Tananing  ikki  tomonga  burilish  harakati  umurtqa  pog’onasining  bir 
tomonidagi bukuvchi va yozuvchi muskullarning bir zumda qisqarishi natijasida 
vujudga keladi. Bularga belni kvadrat muskuli, qovurg’alararo muskullar, pastki 
orqa tishsimon muskullar kiradi. 
Nafas olishda ishtirok etuvchi muskullar 
Nafas olish  muskullari ikkiga: nafas olish va nafas chiqarish muskullariga 
bo’linadi.  Bundan  tashqari  bu  muskullarni  uchta  guruxga  bo’lish  mumkin:  a) 
nafas olishda ishtirok etuvchi asosiy muskullar, b) nafas olishda ishtiork etuvchi 
qo’shimcha muskullari, v) nafas olishda ishtirok etuvchi vositali muskullar. 
Nafas olishda ishtirok etuvchi asosiy muskullardan diafragma hisoblanadi, 
chunki u nafaqat nafas olishda, nafas chiqarishda ham ishtirok etadi. Diafragma 
- ko’ndalang targil muskul to’qimadan tuzilgan yupqa muskul. U gumbazsimon 
shaklda  bo’lib,  ko’krak  qafasini  qorin  bo’shligidan  ajratib  turadi.  Diafragmani 
markaziy va eng yuqori qismi - payli markaz deyiladi. Atrofdagi periferik qismi 
esa  muskul  to’qimasilan  iborat  bo’lib,  muskulli  qismi  deyiladi.  Diafragmada  3 
qism - to’sh, qovurg’a va bel qismlari farqlanadi. To’sh qismi to’sh suyagi ning 
xanjarsimon 
o’simtasidan 
boshlanadi. 
Qovurg’a 
qismi 
6-ta 
pastki 
qovurg’alarning  tog’aylaridan  va  yoysimon  paylardan  boshlanadi.  Bu  qismda 
o’ng  va  chap  oyoqchalari  farqlanadi.  O’ng  oyoqcha  yoysimon  paylardan 
boshlanadi,  chap  oyoqcha  esa  oxirgi  ko’krak  umurtqasidan  va  4-  ta  yuqori  bel 
umurtqalaridan  boshlanadi.  CHap  va  o’ng  tomondagi  oyoqchalar  o’rtasida 
teshiklar bor. Bu teshiklardan qizilo’ngach, adashgan nerv, aorta, ko’krak limfa 
okimi  o’tadi. Payli  markazning o’ng  qismida teshik  bo’lib, undan pastki qovak 
vena o’tadi. diafragmani asosiy vazifasi bu nafas olish protsessida ishtirok etish. 
Diafragmani muskuli qismi qisqargaligi sababli harakatlar vujudga keladi. payli 
markaziy qismi esa muskulli qism qisqargandan so’ng passiv holda harakatlarni 
takrorlaydi.  Muskul  tolalar  qisqarganda  diafragma  pastga  tushadi,  natijada 
ko’krak  qafasi  kengayadi  va  o’pkaga  havo  tulishi  tezlashadi.  Bunda  limfa 
okimini yurak tomon harakati tezlashadi. 
Muskul  tolalar  bo’shashganda  diafragma  yuqoriga,  ko’krak  qafasi  tomon 
ko’tariladi.  SHuni  aytib  o’tish  kerakki,  diafragmani  pastga  tushishi  aktiv  holda 
o’tadi,  yuqoriga  ko’tarilish  esa  passiv  holda  ro’y  beradi  va  bu  protsess  qorin 
bo’shligi  bilan  ko’krak  qafasi  bosimlari  orsidagi  farqi  hisobiga  sodir  bo’ladi. 
Turli  jismoniy  harakatlar  va  holatlarda,  masalan,  gimnastik  ko’prik  yoki  tik 
turish  holatlarida  diafragmani  ishi  murakkablashadi  va  nafas  olish  protsesslari 
ancha qiyinlashadi. 
Diafragma  sport  bilan  shug’ullangan  odamlarda  yaxshi  rivojlangan. 
Harakatchanligi sport bilan shug’ullanganda (6-8 sm), shug’ullanmaganlarda (3-
4  sm).  Diafragmani  joylashishi  yoshga,  nafas  olish,  ekskursiyaga  va  tananing 
holatiga  bog’liq.  Yosh  bolarda  diafragma  kattalarga  nisbatdan,  baland 
joylashadi.  Tanani  tik  holatiga  nisbatdan  gorizontal  holatida  diafragma  baland 
joylashadi.  Yoshi  katta  odamlarda  diafragma  pastroq  joylashadi.  Qovurg’aaro 
muskullar ikki qavat bo’lib joylashagn. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling