M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Siquvchi
muskullardan eng muhimlaridan lateral o’zuksimon- cho’michsimon muskul bo’lib, o’zuksimon tog’ayning yoyidan boshlanib, cho’michsimon tog’ayning muskul o’sig’iga birikadi. Funktsiyasi - ovoz boylamlarini bir-biriga yaqinlashtiradi, taranglashtiradi va orasidagi yoriqni toraytiradi. Qolgan siquvchi muskullarga qalqonsimon-cho’michsimon muskul, qiyshiq cho’michsimon muskullar kiradi. Bu muskullar tovush yorig’ini kengligini o’zgartirishda ishtirok etadi. Kengaytiruvchi muskullarga orqa o’zuk-cho’michsimon muskul kiradi va bu muskul tovush yorig’ini kengaytiradi. Ovoz boylamlari tarangligini o’zgartiruvchi muskullarga o’zuksimon- qalqonsimon muskul, tovush muskuli kiradi. Ovoz boylamlarining taranglashishi va qalqonsimon tog’ayni cho’michsimon tog’aydan uzoqlashishi va oldga qarab siljishi o’zuksimon-qalqonsimon muskulining faoliyati tufayli yetiladi. Tovush muskuli ayniqsa odamda takomil topib, tovush burmasining orasida joylashadi va ovoz boylamlariga tutashib ketadi. Hiqildoq bo’shlig’ining shakli kum soatni eslatadi, o’rta bo’limi toraygan, yuqorigi bo’limi esa kengaygan bo’ladi. Yuqorigi bo’limi Hiqildoq oldi deb nomlanadi, Hiqildoqga kirish qismidan boshlanib Hiqildoq oldi burmalari bilan chegaralangan. O’rta bo’limi tovush apparatidan tashkil etgan. Hiqildoqni eng toraygan bo’limini tovush yorig’idir. Tovush yorig’i un va chap tovush burmalar orasida joylashgan. Tovush yorig’ini teshigi nafas olishda, tovush chiqarishda Hiqildoq muskullarining qisqarishi tufayli o’zgarib turadi. Hiqildoq o’rta bo’limining shilliq pardasida sof va yolg’on tovush burmalari (Hiqildoq oldi) orasida chuqurchalar - Hiqildoq qorinchalari joylashgan. Qorinchalar rezonatorlik vazifasini bajaradi. Sof tovush boylamlari ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan va ovoz boylami bilan tovush muskulidan iborat. Tovush yorig’ining ostida Hiqildoqni pastki bo’limi - tovush osti bo’shlig’i joylashgan. Tovush osti bo’shlig’i traxeya bo’shlig’i bilan tutashib ketadi. SHuni eslatib o’tish kerakki, Hiqildoqda faqat tovush hosil bo’ladi. Aniq nutq hosil bo’lishida esa lablar, til, yumshoq tanglay, burun oldi kavaklari ishtirok etadi. Kekirdak Hiqildoqni davomi bo’lib 9-13 smga teng bo’lgan nayidan iborat. Yuqori qismida o’zuksimon tog’ay bilan xiyla harakatchang birikadi va YI-YII bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan. Pastki chegarasi Y ko’krak umurtqasini yuqori qirrasiga to’g’ri keladi, shu sohada kekirdak chap va o’ng bosh bronxlarga ajralib ketadi. Pastki ayri qismi kimirlamay turadi. Kekirdak 97 tananing o’rta chizig’i bo’ylab joylashgan. CHap va o’ng yonlaridan bo’yinning qon tomirlari va nervlari o’tadi, ko’krak bo’shlig’ida esa kekirdak ikki o’pkani uragan plevra qopchalari o’rtasidan o’tadi. Rasm № Kekirdak devori shilliq parda,shilliq osti qatlam, fibroz-tog’ayli va adventitsial pardadan iborat. Shilliq parda bir qavatli ko’p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Shilliq osti qatlamida esa qon tomirlari, nervlar, limfa tugunlari, shilliq ishlab chiqaruvchi bezlar ko’p miqdorda uchraydi. Fibroz - tog’ayli pardasi 16-20 gialinli tog’ay yarim halqalardan iborat. Yarim halqalarni uchlari biriktiruvchi to’qimali tutamlar bilan va miotsitlar yordamida birikkan. Kekirdak orqa tomonidan tog’ayni yuk bo’lishi katta ahamiyatga ega, chunki uning orqasidan qizilo’ngach o’tadi va ovqat lukmalarini bemalol o’tishi ta’minlanadi. SHu bilan birgalikda kekirdak devori pishiq va elastik bo’ladi, teshigi doimo ochiq va tashqaridan ta’sir etuvchi bosimlarga bardosh bera oladigan bo’ladi. Kekirdak siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan adventitsiya pardasi bilan qoplangan. Kekirdak 4-5 ko’krak umurtqalari sohasida chap, o’ng bosh bronxlarga bo’linadi. O’ng bronx chap bronxga qaraganda kaltaroq va keng, chap bronx ingichkaroq va uzun. CHap bronx ustidan aorta yoyi o’tadi, o’ng bronxdan esa - toq vena. Bronx devorlari tuzilishi jixatdan kekirdakni eslatadi. Lekin kekirdakdan farqli bronxlarda tog’ayli yarim halqalar emas to’liq halqalar hosil bo’ladi. SHu sababli bronxlar teshigi doim ochiq turadi va havo bemalol o’taveradi. Bosh bronx o’pka darvozasida un o’pkada 3 va chap o’pkada 2 palla bronxlarga ajraladi. O’z navbatda o’pka to’qimasida palla bronxlar segmentar bronxlarga, so’ng shoxlanib o’rta, kichik bronxchalarga va eng oxirida o’pka atsinusida uchraydigan eng mayda terminal va respirator bronxiolalarga bo’linib ketadi. Bronxlarni kalibri kichraygan sari devori yupqalashib boradi va asta- sekin o’zgaradi: tog’ayli halqalar orolchalar holda joylashgan tog’ay plastinkalarga aylanib ketadi. Kichik kalibrli bronxlarda tog’ay plastinkalari yo’qolib ketadi, shilliq pardadagi muskul qavat esa qalinlasha boradi. Ana shu muskullar patologik holatlarda, masalan bronxial astmada uzoq vaqt qisqarishi natijasida mayda bronx teshigi torayib qoladi va nafas olish qiyinlashadi. O’pka atsinusini oxirgi tarmoqlaridan terminal bronxiolalar hisoblanadi. Ikkala o’pkada 20000 terminal bronxiolalar bo’ladi. Oxirgi bronxiolalar alveolyar bronxiolalarga tarmoqlanadi. Alveolyar bronxiola devorida uning teshigiga ochiladigan ayrim alveolalar joylashadi. Terminal va alveolyar bronxiolarni devorlari bazal membrana ustida joylashgan bir qavatli xilpilovchi epiteliydan tuzilgan. Bronxiolalarni yumshoq devor tarkibida silliq muskul tolalarni soni ortadi. Nafas olish tizimining bosh a’zosi o’pkalar. O’pkalar juft a’zolar bo’lib, butun ko’krak bo’shlig’ini egallab, shakli va xajmini doim nafas fazasiga qarab o’zgarib turadi. CHap va o’ng o’pkalar ko’krak qafasining oldingi qismida joylashgan bo’lib, konussimon shaklga ega. Konusning asosi past tomondan diafragmaga tegib tursa, uchi esa birinchi qovurg’adan 3-4 sm yuqoriroqda turadi. Rasm № 98 O’ng o’pka 3 bo’lakdan, chap o’pka 2 bo’lakdan iborat. O’pkada uchta yuza farqlanadi. O’pkalarning diafragmaga tegib turgan yuzasi medial yuza va qovurg’alarga tegib turgan yuzasi qovurg’a tomon yuzasi deyiladi. O’pkalarning medial yuzasi kuks oraliga qaragan yuza bo’lib, yuzasida yurak va yirik qon tomirlarining o’ymalari ko’rinadi. Medial yuzasining markaziy qismida o’pka Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling