M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Qalqonsimon tog’ay - eng katta gialinli tog’aydir. Ikkita to’rtburchak
plastinkani birlashishidan burchak hosil bo’ladi. Erkak va ayollarda qalqonsimon tog’ay plastinkalarini qo’shilishidan hosil bo’lgan burchak farqlanadi va ikkilamchi jinsiy belgilar qatoriga kiradi. Erkaklarda tog’ayning ikkita plastinkasi kushlib to’g’ri burchakni hosil qiladi va bo’yinning o’rta chizig’iga birikadi. Teri ostida bo’rtib chiqib turadi va uning shakllanishi ugil bolalarni jinsiy yetilishi haqida dalolat beradi. Aayollarda esa plastinkalar qo’shilishida o’tmas burchak hosil bo’lib , uncha ifodalanmaydi. Qalqonsimon tog’ayda ustki va pastki shoxchalari farqlanadi. Ustki shoxchalari bog’lamlar orqali til osti suyagi bilan birikadi, pastki shoxchalari ega bo’g’imlar yordamida o’zuksimon tog’ay bilan birikadi . Qalqonsimon tog’ayning ustki cheti S- harifi shaklida bo’lib, o’rta qismida yuqorigi o’yiq bor. Plastinkalarning tashqi yuzasida egri-bugri kiya chiziq farqlanadi. Bu joyi ma’lum bo’yin muskullarining birikish yuzasi hisoblanadi. Qalqonsimon tog’aydan halqumni kisuvchi muskul, tovush muskuli va o’zuksimon tog’ay va Hiqildoq ustki tog’aylar bilan tutashtiradigan muskullar joylashgan. O’zuksimon tog’ay - qalqonsimon tog’ay va cho’michsimon tog’aylar bilan harakatchang birikib, maxsus bog’lam orqali birinchi kekirdak halqasi bilan pastdan kekirdak bilan birikkan. O’zuksimon tog’ay tuzilishi jixatdan o’zukka o’xshash - old tomondan yoyi va orqada plastinka hosil qiladi. Hiqildoq osti tog’ayi - barg shaklida bo’lib, elastik tog’aydan tuzilgan va tilning orqa tomonida Hiqildoqka kirish teshigi ustida joylashgan. Cho’michsimon tog’aylar - juft tog’aylar bo’lib, piramidasimon shaklga ega. Kengaygan pastki qismi asosi deyiladi va o’zuksimon tog’ay bilan tutashadi. Asos qismida ikkita o’siq joylashgan - tovush o’sig’i va muskul o’sig’i. Old tomoni yo’nalgan tovush o’sig’iga ovoz boylamlari kelib birikadi. Asosning lateral tomonida joylashgan muskul o’sig’iga esa tovush chiqarishda ishtirok etuvchi muskullar birikadi. SHoxsimon tog’ay - kichik, juft tog’aylar bo’lib cho’michsimon tog’aylarning ustki uchida joylashgan. Ponasimon tog’ay - uncha katta bo’lmagan juft tog’aylar bo’lib, cho’michsimon- Hiqildoq ustki burmasining shilliq pardasi ichida uchraydi. Bu tog’ay ba’zan uchramasligi ham mumkin. Ovoz chiqarishda ovoz bog’lamlari bilan tovush yorig’i katta ahamiyatga ega. Ovoz bog’lami biriktiruvchi to’qimali tutamlardan tashkil topgan bo’lib, chumichismon tog’aylardan boshlanib, qalqonsimon tog’ayning qirrasiga birikadi. Ovoz boylamlaridan yuqoriroqda ularga paralel holda yolgon boylamlar joylashgan. Yolgon va ovoz boylamlari o’rtasida ularning har ikki tomondan Hiqildoq qorinchasi deb nomlanadigan chuqurcha bor. Hiqildoqning shilliq pardasi qorincha va ovoz boylamlarini o’rab turgan joyda shu paylar nomi bilan ataladigan burmalar hosil bo’ladi. CHap va o’ng tomondagi tovush burmalar orasida tovush yorig’i joylashgan. 96 Ovozning past yoki baland chiqish ovoz boylamlarining taranglanish va titrash darajasiga bog’liq. Taranglashish darajasi ovoz muskullarning qisqarish kuchiga bog’liq. Ovoz boylamlarining cho’zilishi o’zuksimon tog’ayga nisbatan qalqonsimon tog’ayi siljishiga bog’liq. Tovush kuchini esa tovush yorig’ining torayishi va kengayishini ifodalaydi. Demak Hiqildoq holatini, tovush boylamlarining tarangligini, tovush yorig’ini kengligini o’zgarishi Hiqildoq muskullarining faoliyatiga bog’liqdir. Hamma muskullar ko’ndalang-targil muskul to’qimasidan tuzilgan bo’lib, 3 guruxga bo’linadi: siquvchilar, 2) kengaytiruvchilar, 3) ovoz boylamlari tarangligini o’zgartiruvchi muskullar. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling