M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

O’rta  parda  asosan  aylanma  yoki  spiralga  o’xshab  joylashgan  silliq 
muskul  hujayralaridan  va  ular  orasida  siyrak  joylashgan  elastik  tolalardan 


 
113 
iborat.Elastik tolalar nafaqat bo’ylama, balki radial va yoysimon ham joylashadi. 
Natijada yaxlit elastik karkas hosil bo’ladi. Bu karkas tomir devori cho’zilganda 
uning  elastikligini  ta’minlaydi.  Elastik  karkas  tufayli  arteriya  teshigi  doimo 
ochiq  bo’lib, devori  puchaymidi  va undan  qon  beto’xtov  yurishini  ta’minlaydi. 
O’rta pardani tashqi pardadan tashqi elastik membrana ajratib turadi. 
 Tashqi parda siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Bu pardada 
biriktiruchi  to’qimaning  elastik  va  kollagen  tollari  orasida  arteriya  devorini 
oziqlantiruvchi qon tomirlari va nervlar uchraydi.  
Elastik  tipidagi  arteriyalarga  ikki  qon  aylanish  doirasining  boshlangich 
qon tomirlari - aorta va o’pka stvoli kiradi. Bu arteriyalarni devori katta bosimni 
va  kuchli  qon  okimini  ko’tarish  qobiliyatiga  ega.  SHu  sababli  elastik  tipidagi 
tomirlar  devori  ancha  pishiq  va  o’ziga  hos  tuzilishga  ega.  Elastik  tipidagi 
arteriyalarda ham devori 3 pardadan iborat: a) ichki parda - faqat ikki qavatdan 
endoteliy  va  subendoteliydan  tuzilgan.  Ichki  elastik  membranasi  bo’lmaydi.  b) 
o’rta  pardaning  asosiy  qismini  qontsentrik  ravishda  joylashgan  40-50  elastk 
darchasimon  membranalardan  tuzilgan.  Membranalar  orasidan  qiyshiq 
yo’nalgan  miotsitlar  joylashadi.  SHu  sababli,  elastik  tipidagi  arteriyalar  o’ta 
elastik  va  cho’ziluvchanlik  xususiyalarga  ega.  Tashqi  parda  siyrak  tolali 
biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, uni tarkibida asosan bo’ylama joylashgan 
elastik va kollagen tolalari uchraydi.  
 Aralash  yoki  muskul-elastik  tipdagi  arteriyalarga  uyqu  va  o’mrov  osti 
arteriyalari kiradi. Pardalarni tarkibi yuqorida ko’rsatilgan arteriyalarga o’xshash 
Farqli  belgisi  shundan  iboratki,  uni  o’rta  pardasida  miotsitlar  bilan  elastik 
membranalari  miqdor  jixatdan  tengdir.  Aralash  tipidagi  tashqi  parda  devorida 
ikki  qavatni  ajratish  mumkin:  ichki  qavat  ayrim  muskul  tutamlaridan  iborat. 
Tashqi  pardaning  ichki  qavatini  bo’ylamasiga  ketgan  va  qiyshiq  yo’nalgan 
kollagen va elastik tolalar tutamlari tashkil qiladi.  
Mikrotsirkulyator tizimi 
Yurak  qon  tomir  tizimining  eng  distal  qismiga  mikrotsirkulyator  tizim 
deyiladi.  Mikrotsirkulyator  tizimga  arterial  tizimining  eng  oxirgi  shoxchasi 
bo’lgan  mayda  arteriliola,  kapillyarlar  va  venoz  tizimining  boshlangich  qismi 
bo’lmish venula kiradi. Mikrotsirkulyator tizim tomirlari devori orqali qon bilan 
to’qima orasida moddalar va gaz almashinuvi amalga oshiriladi. Arteriola devori 
endoteliy  va  undan  tashqarida  joylashgan  bir  qavat  silliq  miotsitlardan  iborat. 
Arteriolalardan  prekapillyar  va  kapillyarlar  boshlanib,  ularning  boshlangich 
qismida  arteriola  devorida  qalinlashgan  muskul  qavatidan  iborat  prekapillyar 
sfinkterlar joylashadi. Prekapillyar qismi arteriolaga tegishli bo’lib, uning devori 
ham  endoteliydan  va  siyrak  joylashgan  silliq  miotsitlardan  iborat. 
Prekapillyarlardan  so’ng  sof  kapillyarlar  boshlanib,  ularning  boshlangich 
qismida  sfinkterlar  bor.  Sof  kapillyarlar  postkapillyarlarga  (postkapillyar 
venulalarga)  davom  etadi.  Har  bir  postkapillyar  ikkita  yoki  bir  nechta 
kapillyarlarni  qo’shilishidan  paydo  bo’ladi.  Ularning  devori  tashqaridan  yupqa 
advetitsial qavat bilan qoplangan bo’lib, cho’ziluvchanchlik va o’tkazuvchanlik 
xususiyatiga ega. Postkapillyarlar o’z navbatda qo’shilib venulalar hosil qiladi. 
Venulalar diametri 25-30mkm. Venulalar venalarga quyiladi. Mikrotsirkulyator 


 
114 
tizimida  ba’zan  qonni  to’g’ridan-to’g’ri  arterioladan  venulaga  o’tish  hodisasi 
kuzatiladi. Bo’nga arteriya-venoz anastomozi deyiladi. Mikrotsirkulyator tizimi 
tarkibiga  limfatik  kapillyarlar  ham  kiradi.  Kapillyar  turi  hosil  bo’lganda  uning 
boshlangich  qismi  arterioladan  boshlanib  ,  turdan  esa  venula  chiqadi.  Ba’zi 
a’zolarda  (buyraklar,  jigar)  bu  qonuniyat  buziladi.  Masalan,  buyrakda  tomirli 
qoptoqcha  qonni  olib  keluvchi  va  qonni  olib  ketuvchi  arteriolalar  orasida  hosil 
bo’ladi, jigarda kapillyarlar turi olib keluvchi va olib ketuvchi venulalar orasida 
joylashgan.  Bunday  ikkita  bir  xil  tipdagi  qoni  tomirlar  orasida  joylashgan 
kapillyarlar turiga «ajoyib tur» deb nom berilgan.  
Qon  kapillyarlari  yoki  gemokapillyarlarining  devorlarining  ichki  yuzasi 
bazal  membrana  ustida  joylashgan  yassilashgan  endotelial  hujayralardan  - 
endoteliotsitlardan  tashkil  topgan.  Kapillyar  devorining  tashqi  tomonida  siyrak 
tolali  shakllanmagan  biriktiruvchi  to’qima  va  unig  orasida  tarkok  holda 
yo’ldo’zsimon  shaklga  ega  bo’lgan  peritsitlar  joylashgan.  Endoteliotsitlarni 
ustki  yuzasi  kapillyar  teshigi  tomon  qaratilgan  bo’lib,  turli  burmalarni  va 
invaginatsiyalarni  hosil  qiladi.  Bunday  yuza  fagotsitoz  va  pinotsitoz 
jarayonlarini  faol  o’tishini  ta’minlaydi.  Agar  fagotsitozda  qattiq  zarrachalarni 
yoki  yet  hujayralarni  kamrab  olish  va  parchalash  bo’lsa,  pinotsitozda  suyuqlik 
ichida  joylashgan  moddalarni  yoki  emulsiya  xolidagi  moddalarni  kamrab  olish 
va  kimyoviy  yo’l  bilan  parchalashga  aytiladi.  Peritsitlar  bazal  qavatdan 
tashqarida joylashgan bo’lib, o’zlarining o’simtaliri orqali bir-biri bilan tutashib 
kapillyar  devori  ustidan  o’ziga  hos  elastik  karkasni  hosil  qiladi.  Peritsit 
hujayralarning  o’simtalari  bazal  membranadan  o’tib  har  bir  endoteliotsit 
hujayrasi  bilan  kontaktni  hosil  qiladi.  Peritsit  hujayrasiga  simpatik  neyronning 
aksoni  botilib  kirib  nerv  impulslarni  yetkazadi.  Bu  impulslarni  peritsit 
endoteliotsitlarga  uzatadi  va  impuls  ta’sirida  endotelial  hujayra  shishadi  yoki 
suvni  yo’qotadi.  Natijada  kapillyar  teshigi  kengayadi  yoki  torayadi. 
Kapillyarlarda  qonning  okim  tezligi  sekundiga  0.5  mm  teng  bo’lib,  modda 
almashinuvi  uchun  eng  kulay  sharoit  vujudga  keladi.  Endoteliotsitlarni  yupqa 
qatlamni hosil qilishi, bazal membranani nozik fibrillyar tuzilishga ega ekanligi, 
atrofdagi  tomirni  o’rab  turgan  biriktiruvchi  to’qima  tolalari  kapillyarlar 
devorining o’tkazuvchanligiga katta ta’sir ko’rsatadi.  

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling