M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

bo’lmachasi va ularning ostida ikkita qorinchasi tafovut qilinadi. 
Yurakning  tashqi  yuzasida  bo’lmachalarni  qorinchalardan  ajratadigan 
tojsimon  egat  joylashgan.  Qorinchalar  esa  bir-biridan  oldingi  va  orqa 
qorinchalar-aro  egatlar  bilan  ajratilgan.  Tojsimon  va  qorinchalar-aro  egatlarda 
yurakni oziqlantiruvchi qon tomirlari joylashgan. 
Yurakning  o’ng  bo’lmacha  va  o’ng  qorinchadan  faqat  venoz  qon,  chap 
bo’lmacha va chap qorinchadan faqat arterial qon harakat qiladi. 
Yurakning chap va o’ng qismlari bir-biri bilan tutashmaydi va shu sabali 
arterial va venoz qon qo’shilmaydi. 
Yurakning  o’ng  bo’lmachasi  kubsimon  shaklda  bo’lib,  o’nga  yuqoridan 
yuqorigi  qovak  vena,  pastdan  -  pastki  qovak  vena  quyiladi.  Yurakning  o’ng 
bo’lmachasiga  yurak  venalarining  umumiy  okimi  -  yurakning  tojsimon  sinusi 
quyiladi. Yurakning o’ng quloqchasi yurak bo’lmachasining bo’rtib chiqqan bir 
qismi bo’lib, konus shakliga ega va bo’lmacha bo’shligiga qo’shilib uni xajmini 
ancha oshiradi. Qovak venalar quyiladigan joy o’rtasida venalararo do’ngi hosil 
bo’ladi.  Pastki  qovak  vena  quyiladigan  joy  ostida  yarim  oysimon  klapanlar 
joylashadi.  Bo’lmachaning  ichki  yuzasi  silliq  bo’lib,  quloqcha  qismida  va 
oldingi  devor  sohasida  tarmoqsimon  muskullar  joylashgan.  CHap  va  o’ng 
bo’lmachalar  orasida  to’siq  joylashgan  bo’lib,  uniing  o’rta  qismida  ovalsimon 
chuqurcha  joylashgan.  Embrional  taraqqiyot  davrida  chuqurcha  o’rnida  oval 
teshik bo’ladi va bu teshik chap bo’lmachani o’ng bo’lmacha bilan tutashtiradi. 
Bola tug’ilgandan so’ng bu teshikcha beqilib ketadi, ba’zan ovasimon teshikcha 
bitmasdan kolishi mumkin.  
Yurakning  o’ng  bo’lmachasi  bilan  o’ng  qorinchasi  chegarasida 
qorinchaning  o’ng  bo’lmacha-  qorincha  teshigi  bor.  Bu  teshik  qorincha 
qisqarganda  (sistolasida)  uch  tavakali  qopkok  (klapan)  bilan  yopiladi.  Uch 
tavakali  klapan  yuzasidan  ingichka  pay  iplari  boshlanadi  va  bu  paylar  borib 
so’rg’ichsimon muskullarga birikadi. 
Natijada  har  bir  so’rg’ichsion  muskul  klapanga  pay  iplari  yordamida 
tutashib turadi. 
O’ng  qorincha  Qon  o’ng  bo’lmachadan  o’ng  bo’lmacha-qorincha  teshigi 
orqali  o’ng  qorinchaga  o’tadi.  Bo’lmacha-qorincha  teshigining  chetida  uch 
tavakali  klapan  joylashgan  bo’lib,  uni  tarkibida  oldingi,  orqa  va  to’siqli 


 
117 
tavakalar  farqlanadi.  Tavakalar  -  endokard  burmalari  bo’lib,  zich  tolali 
biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan.  Tavakalarni  tutashish  joyida  biriktiruvchi 
to’qima  o’ng  bo’lmacha-qorinchali  teshikni  atrofini  chegaralab  turgan  fibroz 
halqaga  aylanadi.Tavakalarning  bo’lmachali  sirti  silliq,  qorinchali  sirti  esa 
notekis bo’lib, bo’rtiqlaridan payli ipchalar boshlanadi. 
O’ng qorincha uch qirrali piramida shaklida bo’lib, qorinchaning yuzasida 
muskul tutamlari bir-biri bilan kesishib murakkab muskul chigali - et to’siqlarini 
hosil  qiladi.  Qorincha  devoridan  bo’shlig  ichiga  chiqib  turadigan  uchta 
so’rg’ichsimon muskullarni hosil bo’ladi.  
Uch  tavakali  klapanning  tavakalari  qorincha  bo’shligiga  ochilganda, 
qorincha  diastola  -  bo’shashgan  holda  bo’ladi.  Qorinchalar  sistolasida 
(qisqarganda) tavakalar yopiladi. Natijada, qon bo’lmachaga kaytmasdan, o’pka 
stvoliga qarab yo’naladi. 
O’ng  qorinchadan  o’pka  stvoli  boshlanadi,  uning  teshigida  uchta 
yarimoysimon klapanlar bo’ladi. Klapanlar o’pka stvoli tomonga qarab ochiladi 
va qonni o’sha tomonga o’tkazib, orqaga qaytarmaydi va qon qayta qorinchaga 
to’shmaydi. 
Yurakning  chap  bo’lmachasi  kubsimon  shaklda  bo’lib,  uning  oldingi 
devoridan  yurakning  chap  quloqchasi  boshlanadi.  Bu  yerda  tojtaroqsimon 
muskullar joylashgan. 4 o’pka venasi arterial qonni yurakning chap bo’lmachaga 
kelib kuyadi.  
Yurakning  chap  bo’lmachasi  bilan  chap  qorinchasi  o’rtasida  chap 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling