M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Kichik qon aylanish doirasini quyidagi sxemada tasvirlash mumkin
Doiraning  boshlanishi-----  O’ng  qorincha-------  chiqadi-----  O’pka  stvoli 
(tarkibida  venoz  qon)  -  yo’naladi  ---  O`pkalarga  qon  bilan  gaz  almashinuvi 
uchun----  chiqadi----  4  o’pka  venasi  (arterial  qon)-  -  kelib  quyiladi----  CHap 
bo`lmachaga. /doira tugaydi/. 
Organizmda limfa sistemasining joylanishi (yuza va chuqur limfalar). 
Limfa tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi: 
To’qima va hujayralardan hosil bo’lgan turli maxsulotlarni olib ketishda, 
ayniqsa qon kapillyarlariga o’ta ololmaydigan yuqori molekulyarli oqsillarni va 
yet zarrachalarni. 
Qonni  zararlantirishda,  ya’ni  qon  tarkibiga  to’shgan  turli  mikroblar  va 
mikroorganizmlarni emirishda ishtirok etadi. 
3.  Himoya  vazifasi  -  limfa  tugunlarida  limfotsitlardan  tashqari  himoya 
ahamiyatga  ega  bo’lgan  oqsillar  -  antitanachalar  ishlab  chiqariladi  va 
organizmning immun statusini ifodalaydi. 
Venoz tizimi uchun yordam chi drenaj tizimi hisoblanadi. 
Limfa  tizimiga  limfa  kapillyarlari,  limfa  tomirlari,  asosiy  limfa  stvollari 
va  yirik  limfa  yo’llari  -  ko’krak  limfa  yo’li  va  o’ng  limfa  yo’li  kiradi.  Yo’l-
yo’lakay limfa okimi bo’ylab limfatik tugunlar yetadi. 
1. Limfa - rangsiz yoki sargish suyaklik bo’lib, uning miqdori organizmda 
1-1.5 l, tarkibi qon plazmasiga o’xshashdir. Limfada suv, oqsillar, tuzlar va qon 
shakliy elementlaridan - eozinofillar, bazofillar va limfotsitlar uchraydi. Ammo 
limfaning oqsilli va hujayraviy  tarkibi o’zgarib boradi  Masalan, periferik  limfa 
tarkibida oqsillarni miqdori 0.49 - 0.69% tashkil etsa, ko’krak limfatik yo’lida 2-
4.5  %  yetadi.  Hujayraviy  miqdori  jixatdan  D.A.  Jdanov  periferik,  oraliq  va 
markaziy  limfani  ajratadi.  Periferik  limfada  hujayralarni  soni  kam  va  bunday 
limfa  umuman  limfatik  tugunlardan  hali  o’tmagan.  Oraliq  limfa  bir  nechta 
limfatik tugunlardan o’tgan. Markaziy limfa esa barcha limfa tugunlardan o’tib, 
hujayralarga  ancha  boyigan  bo’ladi.  Masalan,  ko’krak  limfa  yo’lida  va  o’ng 
limfatik  yo’lida  1  mm

limfada  2000  dan  20  000  limfotsitlar  va  500  -  12  250 
leykotsitlar  aniqlanadi.  Limfani  yana  bir  xususiyati  -  uni  doim  faqat  bitta 
yo’nalishda - a’zolardan markazga yurak tomon okishidir. 
2. Limfa kapillyarlar - bir tomoni berk bo’lgan naychalar bo’lib, devorlari 
yupqa  bir  qavat  endotelial  hujayralardan  iborat.Limfa  kapillyarlarda  bazal 
membranasi  va  tashqi  qavatida  peritsitlar  bo’lmaydi  va  endoteliysi  to’g’ridan 
to’g’ri  biriktiruvchi  to’qimaning  xujayroaro  moddasiga  yendoshadi.  Endoteliy 
hujayralari  o’zining  shaklini  o’zgaruvchangligi  bilan,  tarkibida  yaxshi 
ifodalanmagan  organellardan  tashqari  ko’p  miqdorda 
mikropinotsitoz 
pufakchalar, 
va 
ikki 
tomonga 
qaratilgan 
mikrovorsinkalari 
bo’ladi. 
Mikropinotsitoz  pufakchalar  transport  vazifasini  bajarib,  atrofdagi  moddalarni 


 
121 
hujayra 
tsitoplazmasi 
orqali 
kapillyar 
bo’shligiga 
yetkazib 
beradi. 
Mikrovorsinkalar  esa  nafaqat  limfatik  kapillyar  bo’shligiga,  balki  tashqariga, 
biriktiruvchi  to’qimaning  xujayroaro  moddasi  tomon  yo’nalgan.  SHu  sababli, 
to’qimalararo  suyuqligining  ortiqcha  qismi  hujayralar  o’rtasidagi  oraliqlardan 
limfa  kapillyarlarning  devori  orqali  yengil  suriladi.  To’qimalararo  suyuqlikdan 
oqsillarning  kolloid  eritmalari,  suv  va  unda  erigan  kristalloid  moddalar, 
mikroorganizmlar, hujayra qoldiqlari limfa kapillyarlariga o’tadi. 
Limfatik  kapillyarlar  tananing  barcha  a’zo  va  to’qimalarida  uchraydi, 
faqat  bosh  miyada,  orqa  miyada,  ko’z  soqqasida,  ichki  quloqda,  teri 
epidermisida,  talokda,  suyak  ko’migida  va  yo’ldoshda  bo’lmaydi.  Limfa 
kapillyarlarni  diametri  0.2  mmgacha  yetishi  mumkin  va  qon  kapillyarlarga 
nisbatan  ancha  yirik bo’ladi. Limfatik  kapillyarlar  bir  biri bilan  tutashib, yopiq 
turlarni  hosil  qiladi,  lekin  bu  turlar  uchlamchi  tuzilishga  ega  va  biri  biriga 
nisbatan  turli  sath  ostida  joylashishi  mumkin.  Masalan,  fastsiyalarda,  teri 
epidermisida, seroz pardalarda limfa kapillyarlar turi yassi sathi shaklida bo’lib, 
va  shu  a’zolarning  sathiga  nisbatan  parallel  holda  joylashgan.  Kapillyarlar 
yo’nalishi  biriktiruvchi  to’qimaning  tolalarini  joylashuviga  va  a’zo  ichidagi 
tuzilmalarni  o’rnashganligiga  bog’liq.Limfa  kapillyarlari  bir-biri  bilan  tutashib 
limfa tomirlarni hosil qiladi.  

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling