M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
bo’lmacha - qorincha teshigi bor. Bu teshikning chetiga ikki tavakali klapan
birikkan. CHap qorincha konus shaklida bo’lib, bo’shligining devoridan ikkita so’rg’ichsimon muskul va et to’siqlari yaxshi ifodalangan. So’rg’ichsimon muskullardan klapan tavakalari chetiga payli iplar tortilgan bo’ladi.CHap va o’ng qorinchalar orasidagi qorinchalararo to’siq muskul to’qimadan tuzilgan, faqat yuqorigi qismi fibroz to’qimali bo’lib, ikki tomondan endokard bilan qoplangan. Qorinchaning asosida chap arterial teshik joylashgan, undan aorta boshlanadi. Aorta teshigi uchta yarimoysimon qopkok bilan ta’minlangan. CHap qorinchaning devori o’ng qorinchaga nisbatan 2-3 marotaba qalinroq bo’lib, asosan miokard hisobidan yaxshi rivojlangan. Yurak devori uch qavatdan: 1. ichki qavat - endokard, 2. o’rta qavat- miokard, 3. tashqi qavat- epikarddan tuzilgan. Endokard - yurakning ichki pardasi, yurak kameralarining ichki yuzasini, muskul so’rg’ichlarini, pay iplarini qoplab turadi. Yurakning tavakali va yarimoysimon qopkoklari endakard hisobiga takomil etadi. Endokard bir necha qavatdan iborat. Yurak bo’shligiga qaragan qavati bazal membranada joylashgan yupqa endoteliy bilan qoplangan. Endoteliy ostida subendotelial qavat joylashadi. Undan chuqurroqda muskul-elastik qavat yetadi. Bu qavat tarkibiga silliq muskul hujayralari va elastik tolalari kiradi. Endokardning miokardga tegib turgan qavati tashqi biriktiruvchi to’qimali qavat deb ataladi. 118 Miokard - ko’ndalang-targil muskul to’qimadan tuzilgan. Bu qavat tipik miotsitlar va atipik miotsitlardan tashkil topgan. Tipik miotsitlar skelet muskulaturasidagi miotsitlardan tuzilishi jixatdan bir oz farqlanadi. Muskul tolalari bir-biridan qo’shimcha disklar orqali ajraladi. Qo’shimcha disklar skelet muskulaturasida bo’lmaydi. Atipik miotsitlar kelib chiqishi jixatdan muskul to’qima hisoblanadi, lekin bajaradigan funktsiyasi nerv hujayralarni funktsiyasini eslatadi. Bu hujayralar impulslar ishlab chiqaradi. Impulslar taqabulsirida tipik miotsitlar qisqaradi. Morfologik jixatdan atipik miotsitlar tipik miotsitlardan farqlanadi. Atipik miotsitlarda sarqoplazmasi ko’p, miofibrillalari kam va periferiyada (chetda) joylashgan. Atipik miotsitlar yurakning o’tkazuvchi tizimini hosil qiladi. Bularni Purinqabule tolalari deb ham ataladi. Bu hujayralarning to’plamlari yurakning ma’lum joylarida uchraydi. Yurakning o’ng quloqchasi bilan yuqoriga qovak vena oralig’ida Kis-Flak tuguni hosil bo’ladi. Bundan tashqari yurakning o’ng bo’lmachasi devorida joylashgan uch tavakali klapanga yaqinroq Ashof-Tavar tuguni boshlanadi. Bu tugundan qorinchalar orasiga Gis tutami kiradi, so’ng chap va o’ng oyoqchalarga bo’linadi. Yurakning o’tkazuvchi tizimi yurak bo’lmachalari bilan qorinchalari o’rtasidagi sistola bilan diastola o’rtasidagi ritmini tartibga solib turadi. Bo’lmacha va qorincha miokardi bir-biridan ajralgan bo’lib, shu tufayli kameralar alohida qisqarish imkoniyatiga ega. Qorincha va bo’lmacha muskullari chap va o’ng bo’lmacha-qorincha teshiklari atrofida joylashgan fiboz halqalardan boshlanadi. Bo’lmachalarda yuza va chuqur qavatlarni hosil qiladigan muskullar joylashgan. Yuza qavati ko’ndalang yoki aylanma joylashib, ikkala bo’lmachani o’rab turadi. Chuqur qavati bo’ylamajoylashgan muskul tolalaridan iborat bo’lib, har ikkala bo’lmachani alohida qoplab turadi. Qorinchalarda muskullar uchta qavatni hosil qiladi. Yupqa bo’lgan yuza qavat ikkala qorincha uchun umumiy bo’lib, uzunasiga joylashgan muskul tutamlaridan tashkil topgan. Muskul tolalari fibroz halqalardan boshlanib pastga qarab kiya yo’naladi va yurakning uchida burmani hosil qilib ichki bo’ylama qavatga o’tib, yuqorigi chetlari bilan fibroz halqalarga birikadi. Tashqi va ichki bo’ylama qavatlar orasida tsirkulyar joylashgan o’rta qavati o’rnashadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling