M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
po’stlok qismidan va ichi mag’iz qismidan iborat ekanini ko’rish mumkin.
Limfoid to’qima bezning po’stlok qismida folikulalar hosil qiladi, miya qismida esa tarkok holda joylashgan va Gassal tanachalari deb aytiladi. FUNKTSIYASI. Ayrisimon bez limfotsitlar ishlab chiqaradi. Ammo, bu bez limfotsitlardan tashqari, gormon ishlabchiqarsa ham kerak, degan fikrlar bor. CHunki jinsiy bezlar funktsiyasiga kirishi bilan bu bez qayta taraqqiyotga uchrashi, jinsiy bezlardan chiqqan gormonlar o’nga teskari ta’sir ko’rsatishdan darak beradi. Balogatga yetish davridadan so’ng bez qayta taraqqiyotga uchramaydigan xollari ham bo’ladi. Ayrisimon bezning qayta taraqqiyotga uchrashini va yog’ to’qimaga aylanishini bezning involyo’tsiyasi deyiladi. Suyak ko’migi. Suyak ko’migi asosiy qon yaratuvchi a’zo va immun tizimining markaziy a’zosi.Odam organizmida qizil va sariq suyak ko’migi farq qilinadi. Qizil suyak ko’migi suyak ko’migining qon yaratuvchi qismi hisoblanadi. Sariq suyak ko’migi katta yoshdagilarda naysimon suyaklar diafizida bo’ladi.Sariq suyak ko’migi tarkibida yog’ kiritmalari va degeneratsiyaga uchragan retikulyar to’qimadan iborat.Qizil suyak ko’migini ogirligi 2,5-3 kg tashkil etadi va turli suyak bo’shliqlarida joylashgan. Yosh bolalarda qizil suyak ko’migi sariq suyak ko’migiga aylanadi. Qizil suyak ko’migi hujayraviy tarkibi jixatdan sariq suyak ko’migiga nisbatan xilma-xilligi va aktivligi bilan farqlanadi. Yosh ulg’aygan sari suyak ko’migini miqdori kamayadi 70-80% dan 30% gacha yetadi. Limfoid va mieloid to’qima ham asta sekin kamayadi. Qizil suyak ko’migi stroma, mieloid to’qimadan va limfoid to’qimadan tuzilgan. Qizil suyak ko’migining stromasini retikulyar hujayralar va retikulin tolalar hosil qiladi. Retikulyar to’qimaning qovo’zloklarida qonning yosh hujayralari va yetilgan shakllari, limfotsitlar va makrofagotsitlar uchraydi. Retikulyar hujayralari orasida mieloid qatori hujayralari uchraydi. yetadi. Mielopoez jarayoni shu yerda sodir bo’ladi. Suyak ko’migining gemopoetik elementlari orasida gemotsitoblastlar va uning maxsulotlari uchraydi. Kumik surtmasidan tayyorlangan preparatni immersimon ob’ektiv yordamida qaralganda gemotsitoblast hujayralarining yadrosi yirikroq bo’lib, binafsha rangga, tsitoplazmasi esa pushti rangga , buyalganligi ko’zga tashlanadi. Neytrofillar yadrosi 3-4 buginli bo’lib, binafsha rangga, tsitoplazmasida juda ko’p mayda donachalari uchraydi. Retikulyar hujayralari ham bo’ladi. Yosh eritoblastlar har xil xajmga ega bo’lib, tsitoplazmasi kuchsiz binafsha rangga bo’yaladi. Bundan tashqari mikroskop ostida qon shakliy elementlarini mitoz yo’li bilan bo’linishini ko’rish mumkin. SHu sababli, bu yerda eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar hosil bo’lishining turli bosqichlarini kuzatish mumkin. 129 Periferik immun a’zolarning xususiyatlari: Immun tizimining periferik a’zolari qon tomirlarining yo’nalishi bo’ylab joylashadi va shu bilan qon tomir alarni himoyalaydi. Nafas olish, ovqat-hazm qilish tizimida joylashgan limfa tugunlari himoya vazifasini bajaradi. Ingichka ichakda peyerov tangachalari, yo’g’on ichakda – appendiks limfoid to’qimadan iborat. Talok - qonni tarkibini tekshiruvchi a’zo bo’lib, qonni immunologik nazoratini o’tkazadi. Limfa doim limfa tugunlaridan o’tib, filtrlanadi, tozalanadi, limfotsitlar bilan tuyinadi. Taloq. Taloq intraperetonial a’zo bo’lib, chap qovurg’alar ostida 9-11 qovurg’alar sathida joylashgan. Uzunligi o’rta hisobda 12-15 sm, kengligi 8-10 sm va ogirligi 150-200 g ga tengdir. Uning oldingi va orqa cheti, ustki va pastki tomoni, hamda tashqi va ichki yuzasi bor. Tashqi yuzasi kavarib chiqqan bo’lib, diafragma tomonga qaragan. Ichki (vistseral yuzasi botib kirgan. Talok hamma tomondan qorin pardasi bilan o’ralgan. Qorin pardasi ostida esa biriktiruvchi to’qimali kapsula talokni yuzasini qoplagan. Trabekulalar orasida talokni mag’izi yoki parenximasi joylashgan. Talok mag’izi tuk qizil rangda bo’lib, qon elementlariga (ayniqsa eritrotsitlarga) boy bo’ladi. Talokni ichki tuzilishi tekshirilganda, unda 2 qism tafovut etiladi: talok Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling