M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Limfatik stvollari va yo’llari devorini qalinligi va diametrini kattaligi bilan
limfa tomirladan farqlanadi. Ikkita yirik limfatik yo’li - ko’krak va o’ng limfatik yo’li farqlanadi. Ko’krak limfa yo’lini devorida o’rta pardasida muskul qavat yaxshi rivojlangan bo’lib, bo’ylama va spiralsimon joylashgan miotsitlardan iborat.Miotsitlarni qisqarishi tufayli limfa harakatlanadi. Ko’krak yo’lining devori nerv tolalari bilan yuqori darajada ta’minlangan bo’ladi va tarkibida postganglionar nerv tolalari bilan simpatik stvolning hujayralari ko’proq tashqi pardada uchraydi. Ko’krak limfa yo’lining ichki pardasidan 7-9 klapanlari hosil bo’lib, ayniqsa oxirgi quyish qismida juft klapanlari bo’ladi. XII ko’krak - I bel umurtqalari ro’parasida ko’krak limfa yo’li chap va o’ng bel stvollarini qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ko’krak limfa yo’li aortani orqa va o’ng tomonida joylashib, diafragmaning aortal teshigi yordamida ko’krak qafasiga va orqa kuks oralig’iga o’tadi. So’ng yuqoriga ko’tarilib, IY-Y ko’krak umurtqalari ro’parasida chapga yo’naladi. YII bo’yin umurtqasigacha yetib, yoysimon burilib chap venoz burchagiga quyiladi. Bu yerda chap o’mrov vena bilan chap ichki bo’yinturuq venanini qo’shilish joyi. CHap venoz burchagiga quyilishdan oldin ko’krak limfa yo’liga uchta yirik limfatik stvollar quyiladi - bu kuks oralig’idagi chap bronx limfa stvoli, chap o’mrov osti va chap ichki bo’yinturuq stvollari. Ko’krak limfa yo’li orqali tanani pastki yarimidan, bosh, bo’yin, ko’krak qafasining chap tomonidan, bu yarimida joylashgan ichki a’zolardan va chap kuldan limfa yig’ilib keladi. 123 O’ng limfatik yo’l kuks oralig’idagi o’ng bronx stvoli, bosh va bo’yinning o’ng tomonidan keladigan o’mrov osti va ichki bo’yinturuq stvollarini qo’shilishidan hosil bo’ladi va o’ng venoz burchagiga borib quyiladi. O’ng limfatik yo’lga tananing 25% limfasi kelib quyiladi: bosh, bo’yin va ko’krak qafasining o’ng yarimidan va ularni ichida joylashgan ichki a’zolardan va o’ng kuldan limfa yig’iladi. Tananing turli qismlardagi limfa tomirlari va limfa tugunlari Bosh va bo’yin. Bosh va bo’yin sohasidagi limfa bosh bilan bo’yin chegarasida gurux buli to’plangan, ensa, quloq oldi, iyak osti, jag’ osti,til, lunj limfa tugunlariga kelib quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari bo’yiinning yuza va chuqur joylashgan limfa tugunlariga yo’naladi. Bo’yin sohasida yuza limfa tugunlari bo’yin fastsiyaning yuza plastinkasi ustida joylashadi, uning ostida esa chuqur limfa tugunlari yetadi. Yuza joylashgan limfa tugunlardan olib ketuvchi tomirlar uni ostida joylashgan chuqur limfa tugunlari tomon yo’naladi. Bo’yinning chuqur limfa tugunlari xiqildoq oldi, qalqonsimon bezlar va traxeya sohasida , ichki bo’yinturuq vena yonida joylashgan. Ularning olib ketuvchi tomirlari chap va o’ng bo’yinturuq stvolini hosil qiladi. Har bir stvol o’z nomiga hos venoz burchagiga quyiladi. Kul limfa tomirlari va tugunlari. Yelka kamari bilan kuldan limfa yuza va chuqur limfa tomirlaridan yig’ilib, regionar limfa tugunlariga yo’naladi. Qo’lning regionar limfa tugunlariga tirsak va qo’ltiq osti tugunlari kiradi. Kul sohasidagi limfa tugunlari asosan tirsak va yelka bo’g’imlari sohasida tudalanib yetadi. Tirsak limfa tugunlari tirsak bo’g’imi sohasida joylashib, yuza va chuqur guruxlarga bo’linadi. Kulda asosiy tugunlarga qo’ltiq osti tugunlari kiradi. Bular ham yuza va chuqur joylashgan bo’lib, qo’ltiq osti sohasida joylashganligiga qarab medial, lateral, orqa, pastki, uchli va markaziy limfatik tugunlariga bo’linadi. Qo’ltiq osti chuqurchasiga yaqin bo’lgan va doimiy bo’lmagan Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling