M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Yuz  nervi  miya  sopidan,  ko’prik  va  uzunchoq  miya  orasidagi  egatdan 
chiqib,  chakka  suyagining  piramida  qismida  joylashgan  ichki  eshituv  teshigi 
orqali ichki eshituv yo’liga kiradi. CHakka suyagining yuz kanalidan o’tib bigiz 
- so’rg’ichsimon teshikdan chiqadi. Yuz kanalida yuz nervi tizza tugunini hosil 
bo’lish da ishtirok etadi va quyidagi shoxlarga ajraladi:  
A)  Katta  toshsimon  nervining  tolalari  tizza  tanadan  chiqadi.  Uning 
tarkibiga yuqorigi so’lak ajratuvchi yadrodan chiqqan parasimpatik tolalar ham 
kiradi.  Katta  toshsimon  nervining  tolalari  qanot-tanglay  tuguniga,  undan  ko’z 
yoshi beziga, qolgan nerv tolalari eshituv toriga davom etadi.  


 
138 
B)  Eshituv  tori  aralash  nerv  bo’lib,  yuqorigi  so’lak  ajratuvchi  yadrodan 
chiqqan parasimpatik tolalardan va tizza tugunidan chiqqan sezuvchi tolalardan 
tashkil  topgan.  Eshituv  tori  yuz  nervining  kanalidan  chiqib,  o’rta  quloq 
bo’shligiga  chiqadi,  nog’ora  pardani  ichki  yuzasi  orqali  tashqariga  chiqadi. 
So’ng  oldga  va  pastga  yo’nalib,  til  nervi  bilan  qo’shiladi.  Nerv  tarkibidagi 
tolalari  tilning  oldingi  qismini  va  parasimpatik  tolalari  esa  til  osti  va  jag’  osti 
bezini innervatsiya qiladi. 
V)  Uzangi  nervi  harakatlantiruvchi  tolalardan  tashkil  topib,  nog’ora 
bo’shligida  uzangisimon  muskuliga  boradi.  Yo’z  muskuli  bigiz-so’rg’ichsimon 
teshikdan  chiqib,  quloq  oldi  beziga  kiradi  va  bir  nechta  muskullarga  kiradigan 
shoxchalarga  ajraladi:  ensa-peshana  muskulining  orqa  qorinchasiga,  ikki 
qorinchali  muskullning  orqa  qorinchasiga,  quloq  suprasini  orqada  joylashgan 
muskullarga. Quloq oldi bezining ichida yuz nervi yelpigichsimon tarqalib, katta 
g’oz  panjasini  yoki  quloq  oldi  bezi  chigalini  hosil  qiladi.  Bu  chigal  faqat 
harakatlantiruvchi  nerv  tolalaridan  iborat  bo’lib,  undan  chiqqan  tarmoqlari 
quyidagi  muskullarga  boradi:  a)  chakka  tarmoqlari  yuqoriga  ko’tarilib,  quloq 
orqada joylashgan  muskullarni, ensa-peshana  muskulining oldingi qorinchasiga 
boradi. b) lunj tarmoqlari yonoqning katta va kichik muskuliga, ogiz burchagini 
ko’taruvchi muskulga, yuqori labni ko’taruvchi muskulga, kulgi muskuliga, lunj 
muskuliga,  ogizning  doiraviy  muskuliga  boradi.  v)  yonoq  tarmoqlari  yuqoriga 
ko’tarilib, ko’zning doiraviy muskuli va yonoqning katta muskuliga o’tadi.  
VIII juft - Daxliz-chig’anoq nervi sezuvchi nerv bo’lib, eshituv a’zodan 
va  muvozanat  saqlash  a’zodan  chiqqan  nerv  tolalaridan  hosil  bo’lgan.  Daxliz-
chig’anoq  nervi  miya  sopidan  chiqib,  ko’prikdan  orqaroqda,  yuz  nervidan 
chetroq  o’tadi  va  ichki  eshituv  yo’lida  ikki  qismga  bo’linadi:  daxliz  va 
chig’anoqli qismga. 
1.  
Daxliz  qismini  hosil  qiluvchi  neyronlar  tanalari  eshituv  yo’lining  tubida, 
daxliz  tugunida  joylashgan.  Har  bitta  neyron  tanadan,  markaziy  va  periferik 
o’simtalaridan  tashkil  topgan.  Neyronlarning  periferik  o’simtalari  pardali 
labirindagi  yarim  to’garak  kanallarida  retseptorlar  hosil  qilib  tugallanadi. 
Markaziy  o’simtalari  nervning  daxliz  qismi  bo’lib,  kalla  bo’shligiga  ichki 
quloq  teshigi  orqali  kirib,  rombsimon  chuqurchaning  daxliz  yadrolarida 
tugallanadi.  Bu  nervning  daxliz  qismi  bosh,  gavda  va  qo’l-oyoqlarni 
holatlarini  fazoda  saqlashni  idora  etadi,  turli  harakatlarni  koordinatsiyasini 
boshqaradi.  
2.  
Chig’anoqli  qismi  -  labirintning  chig’anoqli  qismida  joylashgan  chig’anoq 
tuguni  tarkibidagi  neyronlardan  tashkil  topgan.  Bu  neyronlarning  periferik 
o’simtalari  chig’anoq  ichidagi  eshituv  a’zosi  -  Kortiy  a’zosiga  boradi. 
Markaziy  o’simtalari  miyaga  borib  rombsimon  chuqurchaning  chig’anoq 
yadrolarida tugullanadi.  
IX  juft  -  Til-yutqin  nervi  aralash  nerv  bo’lib,  tarkibiga  sezuvchi, 
haraktlantiruvchi  va  parasimpatik  tolalar  kiradi.  Til-yutqin  nervi  uzunchoq 
miyadan  chiqib,  bo’yinturuq  teshigi  orqali  kalla  bo’shligidan  chiqib  ketadi. 
CHakka suyagining bigizsimon o’simtasiga birikkan muskullalarning yo’nalishi 
bo’yicha  pastga  va  oldinga  qarab  tushadi,  halqumda,  tilning  ildiz  qismining 


 
139 
shilliq  pardasida,  tanglay  murtaklarda  tarmoqlanib  ketadi.  Bu  nervning  sinusli 
tarmog’i  orqali  uyqu  qoptoqchasidan  sezuvchi  impulslar  yetkazadi.  Til-yutqin 
nerv  bo’yinturuq  teshikga  kirmasdan  oldin  ustki  tugunni  hosil  qiladi,  ikkinchi 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling