M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Oxirgi miya ikkita yarim sharlardan iborat bo’lib, har bir yarim shar
tarkibida uch qism - plashch yoki oxirgi miyani po’stlogi, xid bilish miyasi va bazal yadrolar farqlanadi. Qobiqlari ajratilgan yaxlit bosh miya preparatida yakkol chap va o’ng yarim sharlar ko’rinadi. Yarim sharlar bir biridan chuqur bo’ylama yoriq orqali bir biridan ajralgan. Chuqurroqda ikkita yarim sharni bir- biri bilan bog’lovchi okish rangdagi kadoksimon tana ifodalanadi. Kadoksimon tana ko’ndalang joylashgan tolalardan iborat bo’lib, tolalar lateral tomonga yoysimon tarqalib, yarim sharlar ichiga kiradi. Oxirgi miyani bo’shligi sifatida, har bir yarim shardagi yen qorinchalar hisoblanadi. Bosh miyaning sagittal kesmasida kadoksimon tanani shaklini, yon qorinchani medial devorini, tepa- ensa egatini aniq ko’rishi mumkin. Plashch o’zining katta xajmi bilan va oxirgi miyaning hamma qismilarini sirtdan qoplaganligi uchun plashch deb nomlangan. Bosh miya yarim sharlarida uchta yuzasi: oldingi lateral, medial yoki ichki va ostki yuzasi bor. Bu yuzalarda eng bo’rtib chiqib turgan joylarini ko’tblar deyiladi. Quyidagi ko’tblar farqlanadi: peshona qutbi - oldiga qarab eng bo’rtib chiqqan joy, ensa qutbi, orqadan chiqib turgan qismi, chakka qutbi - chakka pallasining eng bo’rtib chiqqan joyiga aytiladi. Har bir yarim sharning ustki - oldingi lateral, medial va ostki yuzalarida ko’p sonda pushtalar va egatlar aniqlanadi. Uchta asosiy egat har bir yarim sharni palalarga ajratadi. Markaziy egatdan old tomonda peshona palla, orqa tomonida esa tepa palla joylashadi. Lateral (yon) egat ostida chakka palla va tepa- ensa egat ostida ensa palla joylashadi. Agar lateral egatni tubi ochilsa beshinchi palla - orolchani ham ko’rish mumkin. Har bir pallaning sathida o’ziga hos pushta va egatlar joylashgan. PESHONA PALLADA markaziy egat bilan markaziy egat oldi o’rtasida oldingi markaziy pushta yotadi. Gorizontal holda joylashgan ustki va ostki 155 peshona egatlari ham yaxshi ko’rinadi. Bu ikkala egat tufayli yuqorigi, o’rta va ostki peshona pushtilar bir biridan ajralgan. Peshona pallaning pastki yuzasida xid biluvchi egatni aniqlash mumkin. Bu yerda xid bilish piyozchasi, xid bilish yo’llari joylashadi CHAKKA PALLA yuzasida ikkita bo’ylama ketgan, ustki va o’rta chakka egatlar chakka pallasini yuqorigi, o’rta va ostki pushtilarga ajratadi. TEPA PALLA old tomonidan markaziy egat, orqa tomondan tepa-ensa egat va pastki tomondan yon egat vositasida qolgan pallalardan chegaralanib turadi. Tepa pallaning markaziy orqa egati markaziy egatning orqa tomonida joylashadi. Markaziy orqa egat ko’ndalang yo’nalgan ichki tepa egat bilan qo’shilib, tepa pallani uchta pushtaga: orqa markaziy pushta, usti tepa pushta, osti tepa pushtaga bo’ladi. ENSA PALLANING tashqi yuzasidagi egatlar bilan pushtalar soni va yo’nalishi doimiy emas. Egatlardan doimiysi ko’ndalang ensa egatidir. OROLCHALI PALLA lateral egatning tubida joylashgan. Chuqur aylanma egat orolchani boshqa qismlardan ajratib turadi. Yarim sharlarning ichki (medial) yuzasi hosil bo’lish da yarim sharlaning orolchadan tashqari qolgan hamma pallalari ishtirok etadi. Kadoksimon tana ustidagi egat kadok tanani ustidan aylanib o’tib, uni belbog pushtadan ajratadi, so’ng pastga yo’nalib dengiz oti egati (gippokamp) nomini oladi. Belbog pushti ustidan belbog egati o’tadi. Belbog egati kadoksimon tananing oldingi tomondan boshlanib, kadoksimon tana ustidagi egatga parallel holda joylashadi. Kadoksimon tananing tizzasidan belbog egatidan chetki shoxi tarmoqlanib chiqadi va markaziy egat orqasidan yarim shar qirg’og’icha ko’tariladi. Belbog egatning o’zi esa tepa osti egatiga davom etadi. Belbog egatining ustida peshona pushtasi joylashadi. Belbog pushtasi, dengiz oti pushtasi va ularning orasidagi toraygan qism birlashib, gumbaz shakliga kiradi va bularni kushib, gumbaz pushtasi deyiladi. Yarim sharlarning ostki yuzasi murakkab sathni hosil qiladi. Old tomondan peshona pallasining ostki yuzasi, undan orqada - chakka qutbi va chakka bilan ensa pallalarni ostki yuzalari joylashgan. Peshona pallasining ostki sathida, uzunasiga ketgan yoriqka parallel holda xidlov egati o’tadi. Unda xidlov piyozchasi (sugoni) va xidlov yo’li joylashgan bo’lib, bu yo’lning davomi xidlov uchburchakda tugaydi. Uzunasiga ketgan yoriq bilan xidlov egati orasida Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling