M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Sonning  tashqi  nervi  katta  bel  muskulining  tashqi  chetidan  chiqib, 
yonbosh  suyagining  oldingi  ustki  qirrasiga  yetganda,  songa  tushadi.  Sonda 
tashqi tomondagi terisiga, tizza bo’g’imiga qadar tarqaladi. 
6.  
Epiluvchi nerv katta bel muskulining medial chetidan pastga tushadi va 
yopiluvchi  kanal  orqali  sonning  medial  tomoniga  chiqadi.  Yopiluvchi  nerv 
tarmoqlari  tos-son  bo’g’imining  kapsulasi  ichiga,  sonning  medial  yuzasidagi 
terisini,  tashqi  yopiluvchi  muskullni,  sonni  olib  keluvchi  muskullarini  orasida 
tarqaladi. 
7.  
Son nervi bel chigalining eng yirik stvoli bo’lib, katta bel muskuli bilan 
yonbosh  muskullar  orasidan  o’tadi  va  sonning  tashqi  tomoniga  chiqadi.  Son 
nervining  uchta  tarmog’i  farqlanadi:  muskulli  tarmog’i,  sonning  oldingi  teri 
tarmog’i,  teri  osti  nervi.  Muskulli  tarmog’i  turt  boshli  muskuli,  tikuvchilar 
muskuli va taroqsimon muskullariga boradi. Son nervining ikkinchi va uchinchi 
tarmoqlari  sonning  oldingi  yuzasidagi  teri,  tizza  bo’g’imi  sohasidagi  teri, 
boldirning  oldingi  -medial  yuzasining  terisi  bilan  panjaning  medial  chetini 
innervatsiyasida ishtirok etadi.  
 


 
147 
DUMG’AZA CHIGALI 
Eng  baquvvat  chigallardan  dumg’aza  chigali  bo’lib,  ikkita  oxirgi  bel 
nervlarining  oldingi  shoxlaridan  va  to’rtta  yuqorigi  dumg’aza  nervlarining 
birlashishidan hosil bo’lib, noksimon muskulining oldingi yuzasida joylashgan. 
 Dumg’aza chigali tarkibida kalta va uzun tarmoqlar farqlanadi.  
Kalta tarmoqlar:  
1.  Muskulli  tarmoqlar  egizak  muskullariga,  ichki  yopiluvchi  muskulga 
noksimon muskulga va sonning kvadratsimon muskuliga boradi. 
2. Ustki dumba nervi dumba sohasida o’rta va kichik dumba muskullarida 
tarmoqlanadi. 
3.  Pastki  dumba  nervi  tos  bo’shligidan  noksimon  muskullning  pastki 
teshikdan  dumba  sohasiga  chiqadi.  Bu  nervning  tarmoqlari  katta  dumba 
muskulida va tos-son bo’g’imi xaltasida tarqaladi. 
Uzun tarmoqlari: 
1.  Son  orqasining  teri  nervi  tosdan  noksimon  osti  teshigi  orqali  chiqadi, 
katta  dumba  muskulining  pastki  chetidan  sonni  orqa  yuzasiga  chiqadi  va  tizza 
osti chuqurchasigacha yetadi. Bu nerv dumba sohasinisonning orqa yuzasini va 
tizza osti chuqurchasini innervatsiya qiladi. 
2. Quymich nervi - eng yo’g’on stvol bo’lib, tosdan noksimon osti teshigi 
orqali  chiqadi.Katta  dumba  muskulining  tagidan  o’tib,  sonning  orqa  yuzasidan 
tizza  osti  chuqurchasiga  tushadi.  Bu  yerda  ikkita  asosiy  shoxga  -  katta  boldir 
nervi va kichik boldirning umumiy nervlariga ajralib ketadi. Quymich nervning 
tarmoqlari  yarimpayli,  yarim  pardali  sonning  ikki  boshli  muskullni  (uzun 
boshchasi) va sonni yaqinlashtruvchi katta muskul orasida tarqaladi. 
3.  Katta boldir nervi  tizza  osti  chuqurchasidan  boldirga  chiqadi,  yuza va 
chuqur  bukuvchi  muskullar  orasidan  o’tadi.  Boldirdan  pastga  to’shib,  ichki 
tupikni orqasidan o’tadi va ichki va tashqi kaft nervlariga bo’linadi. Katta boldir 
nervi  tarmoqlari  ikrasimon  muskullni,  kambalasimon,  tizza  osti,  barmoqlarni 
bukuvchi uzun muskul, bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul , katta boldirning 
orqa  muskullaridan  tashqari,  tizza  va  boldir-panja  bo’g’imlarini,  boldirning 
orqa-medial yuzasidagi terisini ham innervatsiya qiladi. 
4.  
Umumiy  kichik  boldir  nervi  quymich  nervidan  ajralgach,  tizza 
chuqurchasidan  kichik  boldir  suyakning  boshchasi  ustidan  boldirning  oldingi 
yuzasiga  chiqadi  va  shu  ondaek  yuza  bilan  chuqur  kichik  boldir  nervlariga 
bo’linadi.  Umumiy  kichik  boldir  nervining  muskulli  va  teri  tarmoqlari 
boldirning  tashqi  yuzasining  terisida,  tizza  bo’g’imining  xaltasida  va  sonning 
ikki boshli muskulining kalta boshida tarqaladi.  
a) Kichik boldirning yuza nervi faqat sezuvchi nerv tolalaridan iborat, ikki 
kichik  muskullari  orasidan  pastga  tushadi  va  panja  ustki  tomonining  o’rtasiga 
tushadi. Bu nervning tarmoqlari kichik boldir uzun muskuli, kichik boldir kalta 
muskuli, panjani ichki chetini, I barmoqning medial yuzasidagi terisini va II - Y 
barmoqlarning qarama qarshi yuzalaining sathlarini ichida tarqaladi.  
b)  Kichik  boldirning  chuqur  nervi  faqat  harakatlantiruvchi  nerv 
tolalaridan  iborat.  Oldingi  katta  boldir  arteriyasi  bilan  birgalikda  yo’naladi  va 
panjaning  yuza  tomoniga  o’tadi.  Bu  nervning  tarmoqlari  katta  boldir  oldingi 


 
148 
muskuli,  barmoqlarni  yezuvchi  uzun  muskul,  bosh barmoqni  yezuvchi  muskul, 
bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul, barmoqlarni yezuvchi kalta muskul, bosh 
barmoqni  yezuvchi  kalta  muskullar  ichiga  kirib  tarqaladi.  Nerv  tolalari  boldir-
panja  bo’g’imining  xaltasini  va  I-II  barmoqlarning  bir  birga  qaratilgan 
yuzalardagi terisini innervatsiya qiladi
5.  

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling