M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
1. Ko’z nervi sezuvchi nerv bo’lib, ko’z kosasining ustki yorig’idan ko’z
kosasiga o’tadi va uchta tarmoqqa bo’linadi: peshana nervi, ko’z yoshi nervi, burun-kiprik nervi. A) Peshana nervi bu nervning tarmoqlari ko’z kosasining ustki qirg’og’idagi teshigi orqali peshanaga chiqdi va peshana terisida tarqaladi. Yana bir tarmog’i ko’z soqqasining ustki qiyshiq muskuliga va yuqorigi qovoqga boradi. B) Ko’z yoshi nervi ko’z soqqasining tashqi yonidan chiqib, ko’z yosh beziga borib, sezuvchi nerv tolalari bilan uni ta’minlaydi. V) Burun-kiprik nervining shoxlari kiprik tuginiga va burun bo’shligining shilliq pardasiga, qovoqlarga, ko’z yoshi xaltasiga kiradi. 2. Ustki jag’ nervi uchlamchi nerv tuginidan chiqib, ponasimon suyakning qanotdagi yumaloq teshik orqali qanot-tanglay chuquriga chiqadi va o’zidan quyidagi shoxlari beradi: A) ko’z kosasi pastidagi nerv ustki jag’ nervining to’g’ridan to’g’ri davomi bo’lib pastki ko’z kosa yorig’i orqali ko’z kosasi ichiga kiradi. U yerdan ko’z ostki kanali orqali tashqariga yo’zga chiqadi va mayda tarmoqchalarga bo’linib ketadi. Bu nerv paski qovoqni, burunning yon devorlarini, yuqorigi labni va ustki jag’ning tishlari va milklari uchun nerv shoxchalarni beradi. B) qanot-tanglay nervlari kalta nerv tolalaridan iborat bo’lib, qanot-tanglay tugunining tarkibiga kiradi. V) yonoq nervi ko’z kosasining yuqorigi yorig’i orqali ko’z kosasiga kiradi va bu yerdan o’z shoxlari bilan parasimpatik tolalarni ko’z yoshi beziga yuboradi. So’ng yonoq nervi yonoq suyagi yuzasiga chiqib ikkita shoxga ajralib ketadi. Birinchi,shoxi chakka chuqurchasi bilan ko’zning tashqi burchagini, ikkinchi shoxi yonoq va lunj sohasidagi terini nerv tolalari bilan ta’minlaydi. Ustki jag’ nervining tugunli shoxlari qanotsimon-tanglay tuguniniga yo’nalib, tarkibini sezuvchi va vegetativ tolalari tashkil etadi. Qanotsimon-tanglay tuguni vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismini tashkil etib, tugundan chiqqan shoxlar burun bo’shligining shilliq pardasini, qattiq va yumshoq tanglayni nerv tolalari bilan ta’minlaydi. 137 3. Pastki jag’ nervi uchlamchi tugunning sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalaridan tashkil topgan. Kalla bo’shligidan uzunchoq teshik orqali chiqadi va nechta shoxlarga ajralib ketadi. Harakatlantiruvchi mayda shoxlari chaynov muskullariga, chakka muskuliga, ichki va tashqi qanotsimon muskullarga, eshituv pardani taranglovchi muskulga va tanglay chodirini taranglovchi muskuliga. Sezuvchi tolalardan quyidagi to’rtta nerv ajraladi: lunj nervi, til nervi, quloq-chakka nervi, pastki katakchalar nervi. A) Lunj nervining tolalari lunj muskulida va shilliq pardasida tarqaladi. B) Til nervi sezuvchi tolalardan tashkil topib, tilning shilliq pardasining yarimdan ko’p qismini, ogiz bo’shligining shilliq pardasini innervatsiyasida ishtirok etadi. Til nerviga yuz nervidan parasimpatik tolalari qo’shilib, til osti va jag’ osti so’lak bezlariga boradi. G) Quloq-chakka nervi pastki jag’ nervidan ajralib, avval ikkiga ajraladi, so’ng qaytadan birlashib, quloq osti bezidan o’tadi, tashqi eshituv yo’lidan yuqoriga ko’tarilib, chakka sohasidagi terini innervatsiyasida ishtirok etadi. D) Pastki katakchalar nervi aralashgan nerv bo’lib, pastki jag’ nervining eng yirik tarmog’i hisoblanadi. Bu nerv ikki qanotsimon muskullar o’rtasida, til nervining orqasida keladi, tashqi qanotsimon muskulining oldingi yuzasida pastki jag’-til osti nerviga tarmoqlanadi. Pastki jag’-til osti nerv o’zini nomidagi muskullni va ikki qorinchali muskullni nerv tolalari bilan ta’minlaydi va pastki jag’ kanaliga kiradi. Kanal ichida bu nerv pastki jag’ tishlariga, ularning ildizlari orqali shoxchalarini bittadan beradi. VI juft - Uzoqlashtiruvchi nerv harakatlantiruvchi nerv bo’lib, bu nervning yadrolari IY qorincha tubida joylashgan. Harakatlantiruvchi neyronlarning aksonlaridan tashkil topib, uzoqlashtiruvchi nerv ko’prik bilan uzunchoq miyaning orasidagi egatdan chiqadi, ko’z kosasining ustki yorig’i orqali ko’z kosasining tashqi tomoniga o’tadi va u yerda ko’z olmasining tashqi to’g’ri muskulini innervatsiya qiladi. VII juft - Yuz nervi aralash bo’lib, ikki nervning qo’shilishidan - xususiy yuz nervi va oraliq nervidan hosil bo’ladi. Oraliq nervi sezuvchi (ta’m biluvchi) va parasimpatik nerv tolalaridan iborat. Oraliq nervining sezuvchi tolalari chakka suyagining piramida qismidagi, yuz kanalida joylashgan, tizza tugunidagi xujayralarning periferik o’simtalaridan hosil bo’ladi. Oraliq nervning tolalari ko’z yosh bezni katta toshsimon nerv va qonotsimon tugun orqali, jag’ osti va til osti bezlarni eshituv tori orqali innervatsiyasida ishtirok etadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling