1. VII juft bosh miya nervining funksional va klinik anatomiyasi: O’zaklari,yuz nervi kanali
Download 51.48 Kb.
|
anat 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- (n.intermedius)
- (ganglion geniculi)
1.VII juft bosh miya nervining funksional va klinik anatomiyasi: O’zaklari,yuz nervi kanali. VII ju ft, yuz nervi (n . facialis) ta rk ib ig a ik k ita nerv: harakatlantiruvchi o ‘zak hujayralari aksonlaridan hosil b o ‘lgan xususiy vuz nervi va tarkibida sezuvchi, vegetativ tolalari bo‘lgan oraliq nerv (n.intermedius) kiradi. Yuz nervining sezuvchi (nucleus solitarius), harakatlantiruvchi (nucleus n. facialis) va parasimpatik (nucleus salivatorius superior) o ‘zaklari miya ko‘prigi sohasida joylashgan. Kanal ichida nerv bukilma-yuz nervi tizzachasi (geniculum n. facialis) va tizzacha tugunini (ganglion geniculi) hosil qiladi. Tizzacha tuguni soxta unipolyar hujayralardan iborat bo‘lib, oraliq nervning sezuvchi qismiga taalluqli. Yuz nervi kanali ichida nervdan quyidagi shoxlar chiqadi: 1.Katta tosh nervi (n. petrosus major). 2. Nog‘ora tori nervi (chorda tympani) 3. Uzangi nervi (n. stapedius). Chakka suyagining piramidasi ichida o ‘z nomidagi kanal ichida joylashib, bigizsim –so’rg’chsirnon teshik orqali tashqariga chiqadi. Yuz nervi bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshikdan chiqqanidan keyin quyidagi harakatlantiruvchi shoxlarini beradi: 1. Quloq suprasining orqasidagi nerv (n. auricularis posterior) peshonaensa mushagining ensa qorinchasini va orqa quloq mushagini innervatsiya qiladi. 2.1kki qorinchaU shox (r. digastricus) ikki qorinli mushakni orqaqorinchasini innervatsiya qiladi. 3. Bigizsimon-til osti mushagiga boruvchi shox (r. stylohyoideus). So‘ng yuz nervi quloq oldi bezi ichiga kirib, uning ichida shoxlaiga bolinadivaquloqoldibezichigalim (plexus intraparotideus)hosil qiladi. Bu chigaldan quyidagi shoxlar chiqadi: 1. Chakka shoxlari (rr. temporalis) quloq mushagi, kalla usti mushagining peshona qorinchasini va ko‘z kosasi atrofidagi aylana mushakni innervatsiya qiladi . 2. Yonoq shoxlari (rr. zygomaticus) ko‘z kosasi atrofidagi aylana mushakni va katta yonoq mushagini innervatsiya qiladi. 3. Lunj shoxlari (rr. buccales) katta va kichik yonoq mushaklari, ustki labni ko‘taruvchi mushak, lunj mushagi, og‘iz burchagini ko'taruvchi mushak, og‘iz tirqishi atrofidagi aylana mushaki, burun vakulgu mushaklariniinnervatsiya qiladi. 4. Pastki jag ‘ chekkasi b o ‘ylab yo‘naladigah shox (r. marginalismandibulae) pastki labni va og‘iz burchagini tushiruvchi va engak mushaklariniinnervatsiya qiladi. 5. Bo‘yin shoxi (r. coli) bo‘yinning teri osti mushagini innervatsiya qiladi. Download 51.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling