M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
ayrisimon bez va qizil suyak ko’migi kiradi. Periferik a’zolarga esa
organizmning turli joylarida uchraydigan limfa tugunlari, yo’g’on ichakdagi appendiks kiradi. Bundan tashqari qonda va to’qimalarda erkin limfoid to’qimaning to’plamlari kiradi. Bularga turli morfo-funktsional tizimlarda erkin holda harakatlanib yuruvchi limfotsitlar kiradi. Immun tizimi faoliyat natijasida immunitet hosil bo’ladi. Ma’lumki, immunitet bu organizmning turli kasalliklarga qarshi ko’rash olishi. Tabbiy va ortirilgan immunitet farqlanadi. Tabiiy immunitet tugma va nasldan-naslga o’tish qobiliyatiga ega. Ortirilgan immunitet odam hayoti davomida hosil bo’ladi, passiv va aktiv holda uchraydi. Aktiv immunitet organizmda vaqtsinatsiyadan so’ng yoki ma’lum bir kasalikdan so’ng hosil bo’ladi. Organizm tayyor antitanalar hosil qilgandan so’ng passiv immunitet bo’ladi. Immunitetning reaktsiya xillari Hujayraviy immunitet reaktsiyalari /Timusda hosil bo’lgan T- limfotsitlar hujayraviy immunitet reaktsiyalarini ta’minlaydi/ Gumoral immunitet reaktsiyalari /Bu reaktsiyalar V – limfotsitlar ishtirokida ro’y beradi/ T-killerlar T- supressorlar T-xelperlar 127 Immun a’zolar yuqorida ko’rsatilgandek, limfoid tukimdan tuzilgan. Limfoid to’qima tarkibida turli yetilish davrdagi limfotsitlar, makrofaglar va plazmotsit hujayralar bo’ladi. Limfotsitlar hosil bo’lish joyiga qarab ikki xil bo’ladi: T- limfotsitlar va V-limfotsitlar. T – limfotsitlar timusda yetiladi. V- limfotsitlar esa limfa tugunlarida va boshqa limfoid a’zolarda rivojlanadi. Bu hujayralar bir-biridan tuzilish jixatdan ham farqlanadi. T-limfotsitlarga nisbatan V-limfotsitlar yuzasida joylashgan mikrovorsinkalar soni 200 marotaba oshikroq. V- limfotsitlar antitanalar ishlab chiqarishda ishtirok etadi. T- limfotsitlar har xil funktsiyalar bajarganligi sababli, bir nechta turlarga ajralib ketadi. T- killerlar – bu hujayralar organizmga to’shgan antigen moddalarni parchalab yemiradi. T-supressorlar – antitanalar hosil bo’lish reatsiyalarni to’xtadi. T-xelperlar – antitanalar hosil bo’lish reaktsiyalarni boshlanishini ta’minlaydi. Immun tizimining markaziy va periferik a’zolariga hos xususiyatlari: Immun tizimiga tegishli a’zolar embrional davrda juda erta tarkkiy etadi. Masalan, embrional taraqqiyotning 1-4 xaftasida timus hosil bo’ladi, 9 xafta bilan 15 xafta orasida qolgan limfoid a’zolar rivojlanadi. Tug’ilish davrgacha butun immun a’zolar shakllangan va organizmni himoya etishda ishtirok etadi. Masalan, yangi tug’ilgan chaqaloq bilan o’smir bola solishtirilsa, qizil suyak kuligining miqdori tana ogirligiga nisbatan bir xil. Limfa tugunlari yosh bolalarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Immun a’zolar involyo’tsiyaga, ya’ni qayta rivojlanishga uchraydi. 8-10 yoshli bolalarda limfoid tugunlarda aterosklerotik o’zgarishlar vujudga keladi. Immun a’zolarni xajmi kichiklashadi, limfoid to’qima biriktiruvchi to’qimaga rivojlanadi yoki o’rnida yog’ to’qima hosil bo’ladi. Bunday organizm kasalliklarga tez duchor bo’ladi, turli shishlar hosil bo’lish extimoli oshadi. Markaziy immun a’zolarning xususiyatlari. Suyak ko’migi va timus organizmning eng yaxshi himoyalangan joylarida joylashgan. Masalan, suyak ko’migi suyakning bo’shliqlarida, timus ko’krak qafasida. Suyak ko’migi va timus faqat limfoid to’qimadan tuzilgan bo’lmay, balki ularning tarkibiga epitelial to’qima va mieloid to’qimalar ham kiradi. T- limfotsitlar timusda (ayrisimon bezda) hosil bo’ladi, ayniqsa aktiv bo’lgan V- limfotsitlar suyak ko’migida rivojlanadi. Timus yoki ayrisimon bez. Ayrisimon bez - ikki bo’lakdan tuzilgan bo’lib, asosan bolalik davrida ishlab turadi, balogatga yetgandan keyin qayta taraqqiyotga uchraydi va bujmayib, yog’ kletkachasiga aylanadi. Ayrisimon bezning ogirligi yoshga qarab turlicha bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolada 12 gr. bo’lib, bola usgan sari bez ogirligi ham usa boradi. Nihoyat, balogatga yetish oldida 35-40g ga yetadi. Balogatga yetgandan so’ng ayrisimon bez asta-sekin qayta taraqqiyotga uchraydi. 25 yoshda – 25 g, 60 yoshda – 15 g va 70 so’ng 6 g ga to’shib qoladi. 128 Ayrisimon bez ko’krak qafasida to’sh suyagi dasta qismining orqa tomonida joylashgan bo’lib, uning o’ng va chap bulagi bo’laklari farqlanadi. Bezni ustidan o’rab yotgan qo’shuvchi to’qima kapsulasi bez ichiga o’siqlar chiqaradi va bezni bo’laklarga bo’lib yuboradi. Bezni kesib kurilsa, uning usti Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling