M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

tugunlariga  to’sh  suyagi  oldi  limfa  tugunlari  -  to’sh  suyagi  ning  ikki  yonida 
joylashgan, qovurg’alararo limfa tugunlar - qovurg’a oralarida yetadi, diafragma 
usti limfa tugunlari - diafragma ustida o’rnashgan, lateral tomondagi perikardial 
limfa  tugunlar  -  perikard  sohasida  joylashgan.  Parietal  limfa  tugunlaridan 
chiqadigan olib ketuvchi tomirlar tugiridan to’g’ri ko’krak limfa yo’liga quyiladi 
yoki yana bir qator limfa tugunlaridan o’tadi.  
Vistseral  limfa  tugunlari  ko’krak  qafasi  ichida  joylashgan  a’zolardan 
limfani  qabul  qiladi.  Oldingi  kuks  oralig’i  tugunlari  kuks  oralig’ining  yuqori 
qismida,  yuqorigi  kavak  venani  old  yuzasida,  aorta  ravog’i  ustida  joylashadi. 
Orqa kuks oralig’i tugunlari orqa kuks oralig’ida, qizilo’ngach va ko’krak aorta 
yonida  joylashgan. Yurak, perikard, ayrisimon  bezi, va o’pkalardan  chiqadigan 
limfa  tomirlari  kuks  oralig’i  tugunlariga  quyiladi.Kuks  oralig’i  tugunlaridan 
chiqadigan  olib  ketuvchi  tomirlar  ko’krak  limfatik  yo’liga  yoki  venoz 
burchagiga quyiladi.O’pkalar sohasidagi tugunlar, ikki guruxga bo’linadi: o’pka 
ichidagi bronx-o’pka tugunlar - bronxlarni o’pkani ichida tarmoqlanish joylarida 
uchraydi. A’zodan tashqari joylashgan yoki ildiz tugunlar asosan bosh bronxlar, 
o’pka  arteriyasi  va  venalar  atrofida  tarqalgan.  CHap  va  o’ng  bronx-o’pka 
tugunlardan chiqadigan olib ketuvchi limfa tomirlar kekirdak-bronx tugunlarga 
yo’naladi,  tomirlarni  bir  qismi  esa  to’g’ridan  to’g’ri  ko’krak  limfatik  yo’lga 
quyiladi.  Quyi  kekirdak-bronx  tugunlari  kekirdakning  bifurkatsiya  yoki  ikkiga 
ayrilish  joyida  yoki  kekirdak  bilan  bronx  orasidagi  burchakda  uchraydi.  Bu 
tugunlardan  chiqadigan  olib  ketuvchi  tomirlar  chap  venoz  burchagiga  yoki 
ko’krak limfa yo’li quyiladi.  
Ko’krak  qafasining  yuza  limfa  tomirlari  yoki  ko’krak  qafasi  old  va  yen 
devoridan keladigan limfa tomirlari, ko’krak bezidan chiqadigan limfa tomirlari 
asosan  qo’ltiq  limfa  tugunlariga,  qisman  uyindagi  chuqur  limfa  tugunlariga 
quyiladi.Ko’krak  qafasi  devorining  ichki  yuzasidan  chiqadigan  limfa  tomirlari 
bir nechta limfa tugunlaridan tizilib o’tib, ko’krak yo’liga quyiladi.  
 
IMMUN TIZIMI. 
Immun  tizimining  asosiy  vazifasi  organizmning  ichki  muhitini  genetik 
jixatdan  yet  bo’lgan  moddalardan,  antigenlardan,  zararli  mikroorganizmlardan 
va  toqsinlardan  himoya  etishdan  iborat.  Bunday  moddalar  organizm  ichki 
muhitiga  faqat  tashqaridangina  to’shmay,  balki  turli  a’zolarning  faoliyati 
okibatida  ham  hosil  bo’lishi  mumkin.  Bu  moddalar  yalliglanish  jarayonlari, 
hujayralar  bo’linishi  davomida  mo’tatsiya  natijasida  yoki  hujayralarning  ishi 
genetik  nazoratdan  chiqib  ketishi  orqali  paydo  bo’ladi.  Masalan,  immun  tizimi 
yordamida  organizmda  hosil  bo’lgan  o’simta  hujayralarning  rivojlanishi  va 
ko’payishi  tormozlanadi.  Organizmni  himoyalovchi  omillar  ikki  guruxga 
bo’linadi: birinchi guruxga immunologik reaktivlik bilan bog’liq bo’lgan omillar 


 
126 
kiradi;  ikkinchi  guruxni  esa  himoyaning  muayyan  bo’lmagan  omillari  tashkil 
etadi: 
 
Immunologik reaktivlik  
Himoyaning 
muayyan 
bo’lmagan 
omillar. 
1. Antitelolar 
1. Fagotsitoz 
2. 
Sekin 
ta’sir 
etuvchi 
yuqori 
sezuvchan tipi. 
2. Komplement  
3.  Tez  ta’sir  etuvchi  yuqori  sezuvchan 
tipi. 
3. Interferon va limfokinlar  
4. Immunologik reaktivlik  
4. Qoplovchi to’qimalarning 
moddalarni o’tkazmasligi. 
5. Immunologik tolerantlik 
5. Xususiy to’qimalarning 
bakteriyalarga qarshiligi. 
6. Fagotsitoz  
6. Gidrolitik fermentlarni mavjudligi.  
7. Komplement 
7. Lizotsim 
8. Idiotip va qarshi idiotip 
8. Properdin.  
 
  
Immunologik  reaktivlikka  tegishli  omillarning  yuzaga  kelishi  immun 
tizimining  faoliyati  bilan  bog’liq.  Bu  tizimni  tashkil  etuvchi  organlar  asosan 
limfoid to’qimadan tuzilgan bo’lib, qizil kumikdan tashqari 1-2 kg tashkil etadi. 
Joylashishi,  tuzilishi  va  bajaradigan  funktsiyasi  jixatdan  immun  tizimida 
markaziy  va  periferik  a’zolar  tafovut  etiladi.  Markaziy  a’zolarga  timus  yoki 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling