M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

ko’kraklararo  limfa  tugunlarini  ham  ko’rsatish  mumkin.  Bu  tugunlar 
ko’krakning  katta  va  kichik  muskullari  orasida  joylashgan.  Barcha  kul 
bo’limlaridan  okib  chiqayotgan  limfa  tomirlarning  hammasi  yig’ilib,  o’z 
tomondagi o’mrov osti limfa yo’liga quyiladi. CHap yoki o’ng o’mrov osti limfa 
yo’li  o’z  tomondagi  o’mrov  osti  vena  bilan  yonma-yon  borib  chap  yoki  o’ng 
venoz burchagiga quyiladi.  
Oyoqning  limfa  tomirlari  va  tugunlari.  Oyoqning  regionar  limfa 
tugunlariga  tizza  osti  va  chov  limfa  tugunlari  kiradi.  Limfa  tugunlari  va  limfa 
tomirlari  yuza  va  chuqur  bo’lib  joylashgan.  Oyoqning  yuza  limfa  tomirlari 
limfani  teridan,  teri  osti  kletchatkasidan  yigadi.  Chuqur  limfa  tomirlari  esa 
chuqur  joylashgan  to’qimalardan:  fastsiyalardan,paylardan,  boylamlardan, 
bo’g’imlardan,  muskullar  va  suyaklardan  limfani  yigadi.  Yuza  limfa  tomirlari 
medial,  orqa  va  lateral  guruxlarga  bo’linadi.  Medial  gurux  tomirlari  limfani 
oyoq  panja,  boldir  VA  son  terisidan  limfani  yigib,oyoqning  teri  osti  venani 
yenma  yen  kuzatib,  yuza  joylashgan  chov  limfatik  tugunlariga  quyiladi.  SHu 
tugunlarning o’ziga qorin bo’shligining oldingi devoridan, kindakdan pastroqda, 
dumba  sohasidan  va  kichik  tos  a’zolaridan  limfa  kelib  ku  ygiladi.  Orqa  va 
lateral  gurux  limfa  tomirlari  orqali  panja  va  boldir  terisidan  yig’ilgan  limf, 


 
124 
kichik teri  osti  venasini  kuzatib borib, tizza  osti  limfa  tugunlariga quyiladi. Bu 
tugunlardan  chiqqan  olib  ketuvchi  limfa  tomirlari  chuqur  joylashgan  chov 
limfatik tugunlarga borib quyiladi. 
Chuqur  joylashgan  limfatik tomirlari  oyoq  panjasi, boldir  muskullaridan, 
tizza  bo’g’imining  kapsulasidan  limfani  yigib,  tizza  osti  chuqur  limfa 
tugunlariga  quyiladi.  Bu  yerldan  chiqqan  yirik  limfa  tomirlari  son  arteriyasini 
kuzatib, chov sohasidagi chuqur limfa tugunlariga quyiladi.  
Chanoq (tos) sohasining tugunlari va limfa tomirlari. Tos sohasidagi limfa 
tugunlari joylashuviga ko’ra parietal (devor oldi) va vistseral (ichki) guruxlariga 
bo’linadi. 
Parietal  limfa  tugunlariga  tashqi  va  ichki  umumiy  yonbosh  tugunlari 
kiradi.  Bu  tugunlarga  limfa  tos  devoridan  yig’ilib  quyiladi.  Tos  ichida 
joylashgan  ichki  a’zolardan  (qovuk,  to’g’ri  ichak,  tuxumdon,  bachadondan) 
chiqadigan  limfa  tomirlari  vistseral  limfa  tugunlariga  quyiladi.  Limfa  tomirlari 
bilan  birgalikda  yenma  yen  tos  a’zolarining  qon  tomirlari  yenma  yen  yetadi. 
Vistseral  limfa  tugunlari  joylashgan  a’zolariga  nisbatan  nomlanadi:  qovuk  oldi 
limfa  tuguni,  bachadon  oldi  limfa  tuguni,  to’g’ri  ichak  oldi  limfa  tuguni. 
Bachadon  va  kindan  limfa  bel,  chov  sohasidagi  yuza  limfa  tuguni,  ichki  va 
tashqi  yonbosh  va  dumg’aza  limfa  tugunlariga  qarab  oqadi.  Tashqi  va  ichki 
yonbosh  tugunlardan  chiqadigan,  tomon  olib  chiquvchi  tomirlari  umumiy 
yonbosh tugunlarigacha yetadi, bulardan esa limfa bel tugunlariga quyiladi.  
Qorin va ko’krak qafasi sohasining limfa tugunlari va tomirlari. 
Qorin  bo’shligining  limfa  tugunlari  devor  oldi  va  ichki  guruxlarga 
bo’linadi.  Devor  oldi  tarmoqlari  qorin  bo’shligining  oldingi  devor  va  orqa 
devorlarida joylashgan. Qorin oldingi devorida pastki qorin usti limfa tugunlari
orqa  devorida  esa  bel  tugunlari  joylashgan.  Pastki  qorin  usti  limfa  tugunlariga 
qorin  bo’shligining  oldingi  devorining  teri  va  muskullaridan,  parietal  qorin 
pardadan,  qorin  osti  kletchatkasidan  kelayotgan  limfa  quyiladi.Ularning  olib 
ketuvchi  tomirlari  pastga  qarab  tashqi  yonbosh  limfa  tugunlariga  va  yuqori 
tomon ko’krak oldi limfa tugunlariga yo’naladi. Bel limfatik tugunlarining soni 
40 yaqin bo’lib, oyoqdan, tos devoridan va ichida joylashgan ichki a’zolardan va 
qorin bo’shligining ichki yoki vistseral gurux tugunlaridan limfani qabul qiladi. 
Ichki  yoki  vistseral  limfa  tugunlari  qorin  aortaning  toq  vistseral  tarmoqlari 
yonida joylashgan va qaysi arteriya bilan yenma yen yetishiga qarab nomlanadi. 
Qorin  sohasidagi  tugunlar  oshqozon,  me’da  osti  bezi,  jigar  va  buyraklarning 
limfa  tugunlaridagi  limfani  qabul  qiladi.  Qorin  tugunlarning  olib  ketuvchi 
tomirlari  bel  tugunlariga  ko’tariladi.  Qorin  bo’shligi  ichida  joylashgan  ichki 
a’zolarning limfa tugunlari bilan ta’minlanishi har xil. Masalan, me’da, jigar va 
boshqa a’zolarda vistseral limfa tugunlari 4-10 bo’lsa, ingichka ichak arteriyalari 
atrofida  joylashgan  yuqorigi  qorinto’tkich  limfatik  tugunlarning  soni  60-400 
gacha  yetishi  mumkin.  Bu  limfatik  tugo’nga  ingichka  ichakning  bo’limlaridan 
keladigan  limfa  quyiladi.  CHambar  limfa  tugunlari  yo’g’on  ichak  uchun 
regionar  limfa  tuguni  hisoblanadi.  Yuqorigi  qorintukichning  tugunlari  va 
chambar  ichakning  tugunlari  ham  yo’l  yo’lakay  bir  qancha  tugunlardan  tizilib 
o’tib, bel limfatik tugunlarga borib quyiladi. Limfa tugunlaridan chiqadigan olib 


 
125 
ketuvchi  tomirlardan  bel  stvollari  hosil  bo’ladi.O’ng  va  chap  bel  stvollarni 
qo’shilishidan esa ko’krak limfatik yo’li hosil bo’ladi.  
Ko’krak  qafasi  sohasida  parietal  va  vistseral  limfa  tomirlari  va  ular 
yo’lida  joylashgan  limfa  tugunlari  bor.  Ko’krak  qafasining  parietal  limfa 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling