M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Epikard - yurak xaltasini hosil qiladigan seroz pardaning vistseral varag’i 
bo’lib,  yurak,  o’pka  stvoli,  aorta  va  qovak  venalar  sohasini  ustki  tomondan 
qoplab,  xaltaning  (perikardning)seroz  pardaning  parietal  varag’iga  o’tadi. 
Epikard  usti  mezoteliy  bilan  qoplangan  va  yupqa  biriktiruvchi  to’qimali 
plastinkadan iborat. 
Yurakka keladigan nervlar simpatik chegara stvolidan, adashgan nervdan, 
bo’yin va ko’krak sohasidagi orqa miya tugunlaridan boshlanadi.  
Ikkita  arteriya  o’ng  va  chap  arteriyalar  yurak  devorini  qon  bilan 
ta’minlaydi.  Bu  arteriyalar  aorta  piyozchasidan  boshlanib,  yurak  sathida  toj  va 
qorinchalararo  egatlarda  joylashgan.  Tojsimon  tomirlar  yurakning  uchta 
pardasida,  so’rg’ichli  muskullarida  va  gushtli  etlarda  kapillyarlargacha 


 
119 
tarmoqlanib  ketadi.  Kapillyarlardan  qon  yurak  venalariga,  venoz  sinusga  va 
yurak  bo’lmachasiga  iygiladi. O’ng  toj  arteriyaning shoxlari o’ng  bo’lmachani, 
o’ng  qorinchani  orqa  devorini,  chap  qorinchaning  orqa  devorining  ma’lum  bir 
qismini, bo’lmachalararo to’siqni, qorinchalararo to’siqni orqa qismining birdan 
uch  qismini,  o’ng  qorinchalarning  so’rg’ichsimon  muskullarini  va  chap 
qorinchaning  orqadagi  so’rg’ichsimon  muskulini  qon  bilan  ta’minlaydi.  CHap 
toj  arteriyaning  shoxlari  chap  bo’lmachani,  chap  qorinchaning  oldingi  va  orqa 
devorining yarimidan ko’p qismini, qorinchalararo to’siqni ikkidan uch qismini, 
chap  qorinchaning  oldingi  so’rg’ichsimon  muskulini  qon  bilan  ta’minlaydi. 
Ikkala toj arteriyalarni shoxlari tutashib, ikkita arterial halqani hosil qiladilar. 
Perikard - berk xalta bo’lib, ikki qavatdan tashqi - fibroz perikard va ichki 
-  seroz  perikarddan  tuzilgan.  Seroz  perikard  o’z  navbatda  vistseral  va  parietal 
varaqlarga  ajralib  ketadi.  Vistseral  va  parietal  varaqlar  orasida  perikardial 
bo’shliq joylashib, uni ichida seroz suyuqligi bo’ladi. Seroz suyuqlik parietal va 
vistseral  varaqlarining  mezoteliy  bilan  qoplangan  yuzalarini  namlab  turadi. 
Ochilmagan perikard konus shaklida bo’lib, uning asos qismi diafragmani payli 
markazi  bilan  jiplashib  ketadi,  tumtoqlashgan  uchi  esa  tepaga  qaratilgan  va 
aortani  boshlangich  qismini,  o’pka  stvolini  va  yirik  venalarni  o’rab  oladi. 
Perikardning orqa yuzasi qizilo’ngach va aortaning ko’krak qismiga yendoshadi. 
Yon  tomonlaridan  yumshoq  biriktiruvchi  to’qima  vositasida  mediastinal  plevra 
bilan  yopishib  ketadi.  Perikardning  bir  qismi  to’sh  suyagi  ning  ichki  yuzasiga 
taqalib turadi. 
Jismoniy ish ta’sirida yurakdagi o’zgarishlar
Sportchilar yuragi ish ta’sirida gipertrofiyaga uchraydi. Gipertrofiya - bu 
yurakning  xajmi  oshish  bilan  ta’riflanadi.  Gipertrofiya  natijasida  yurak 
kameralarining  xajmi  oshadi,  miokard  qalinlashadi.  Lekin  miokardning 
gipertrofiya etish darajasi sport turiga va mutaxassisligiga bog’liq. CHidamlikka 
chinikayotgan  sportchilarda  miokard  gipertrofiyasi  yaxshi  ifodalangan 
(marafonchilar,  changichlarda)  Kuch  va  chakqonlikni  rivojlantirayotganlarda 
esa u kam ifodalangan (gimnastchilar, yengil atletika bilan shug’ullanuvchilarda, 
fo’tbolistlarda).  Keskin  gipertrofiyalangan  yurak  biologik  jixatdan  zaif  bo’ladi. 
O’rta  me’yorda  gipertrofiyalangan  yurakda  nerv  oxirlarining  uchlari  keng 
tarmoqlanadi,  kapillyar  turining  sathi  kengayishi  sababli,  miokardni  qon  bilan 
ta’minlanishi  yaxshilanadi.  Muskul  to’qimada  mioglobin  miqdori  ham  oshadi. 
Hujayralarda membranali strukturalar aktiv sintezlanadi va yig’ilib boradi. 
Kichik qon aylanish doirasi tomirlari. 
Kichik qon aylanish doirasi tomirlari gaz almashinuvida ishtirok etadilar. 
Kichik  qon  aylanish  doirasiga  o’pka  stvoli,  chap  va  o’ng  o’pka  arteriyalari  va 
uning  shoxlari,  o’ng  va  chap  o’pka  venalari  va  ularni  hosil  qiluvchi  venalari 
kiradi.  O’pka  stvoli  perikard  ichida  to’liq  joylashgan,  venoz  qonni  o’pkalarga 
olib boradi. Uzunligi 5-6 sm, diametri 3-3.5sm. Aorta yoyi ostida, IY-Yko’krak 
umurtqasi ro’parasida o’pka stvoli chap va o’ng o’pka arteriyalarga ajraladi va 
ulardan har biri tegishli o’pkalarga boradi. Qon o’pka arteriyalari orqali o’pkaga 
boradi. O’pkada qon bilan havo o’rtasida gaz almashinuvchi ro’y beradi va qon 
kislorodga  tuyinadi.  So’ng,  o’pkalarda  kapillyarlardan  o’pka  venalari  yig’ilib, 


 
120 
har  bir  o’pkadan  ikkitadan  o’pka  venalari  chiqadi  va  yurakning  chap 
bo’lmachasiga  arterial  qonni  olib  keladi.  Har  bir  o’pka  venasi  alohida  teshik 
orqali  chap  bo’lmachaga  ochiladi.  Kichik  qon  aylanish  doirasining 
xususiyatlaridan biri shundan iboratki, arteriyalarda venoz qon oqadi, venalarda 
esa arterial qon oqadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling