M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
stromasi va parenximasi. Talok stromasi - kapsuladan, undan parexima ichiga
o’tgan biriktiruvchi to’qimali trabekulalar (to’siqlar) va talok negizini hosil qiluvchi retikulyar to’qimadan iborat. Talok parenximasi qizil va ok pulpadan iborat. Qizil pulpani parchalanayotgan eritrotsitlar tashkil etadi. Qizil pulpa orasida mayda, yumaloq orolchalar xolidagi limfoid tugunchalar joylashgan. Ok pulpa deb sho’nga aytiladi. Ok pulpa leykotsitlardan iborat bo’lib, bu yerda limfotsitlar hosil bo’ladi. Talok funktsiyasi. Talok funktsional jixatdan limfa tugunlari va kumikka o’xshaydi. Talok olib tashlansa, uning vazifasini limfa tugunlari, kumik va jigarning retikulo-endotelial tizimi bajarib turishi mumkin. Talok qon elementlarini (limfotsitlar, monotsitlarni) ishlab chiqaradi va qon deposi vazifasini bajaradi. Organizmga qon ko’proq kerak bo’lib qolganda, talok qisqaradi va ichidagi qonni qon tomirlar tizimiga xaydaydi. Bu esa organizmning turli ogir holatlardan oson xoli bo’lish ga imqon beradi. Tez harakat qilish, yugurish va sho’nga o’xshash xollarda, qon yo’qotilganda kishi chap bikini sohasida ogrik sezadi (bu ogrik tez bosiladi). Bu ogrik talok silliq muskulining qisqarishi natijasida kelib chiqadi. Talok qisqarar ekan, uning ichida zapas holda turgan qon, qon tomirlar sistemasiga chiqadi va organizmda qon taksilligini barataraf etadi. Talok qon tarkibiga kirgan turli zararli mikroblarni o’zida olib qoladi va zararsizlantiradi, talokning bu funktsiyasi qonni filtrlash funktsiyasi deyiladi. 130 Ma’lumki, qon shaklli elementlarining «umri» qisqa bo’ladi, masalan, eritrotsitlar 118-120 kun, leykotsitlar 5-12 kun, trombotsitlar 4-5 kun yashay oladi. Binobarin, 24 soat ichida 450 milliard eritrotsit, 22-30 milliard leykotsit, 270-430 milliard trombotsit xalok bo’ladi. Bu normal va tabiiy qonuniyatdir, qonning nobud bo’lgan elementlarining taqdiri ham talokda xal bo’ladi. Talokka kirgjuft bo’lib, an qon tarkibidagi «umri tugagan» qon elementlari ushlanib qolib, parchalanib yuboriladi va ulardan hosil bo’lgan kimmatli tarkibiy qismlar yangi hujayralar to’zishga ishlatiladi. Talokni «eritrotsitlarning mozori» deyilishiga sabab ham ana shundandir. Nazorat savollari 1. Yurak-qon-tomir sistemasining qislarini sanab bering. 2. Katta qon aylanish doirasining tuzilishi va funkiyasini tushuntiring. 3. Kichik qon aylanish doirasining boshlanish va tugash joylarini ayting. 4. Limfa sistemasining qon aylanishdan farqini ayting. 5. Qon tomirlari devorining tuzilishini tushuntiring. 6. Yurakning tuzilishi va qavatlarini tushuntiring. 7. Yurak miokardinng joylashishi va funksiyasini ayting. 8. Yurakdan chiquvchi va yurakka keluvchi qon tomirlar tuzilishini tushuntring. 9. Yurak qon tomir faoliyatiga nerv sistemasining ta’siri. 10. Limfa tizimi takomillashuvini tushuntiring. 11. Taloqning organizmda joylashuvi va funksiyalarini ayting. 12. Leykositlarning organizm immunitetini ta’minlashdagi roli 13. Suyak ko’migida shaklli elementlarning ishlab chiqarilishini tushuntring. TEST SAVOLARI: Yurak qon tomir tizimi. Yurak. 1. Nima uchun yurak oqishroq bo`lib ko`rinadi? a) sarkoplazma ko`p miofibrilla kam. b) muskullni ustidan parda qoplagan. v) muskullni tolalari Yupqa, tashqi tomondan o`ralgan. g) sarkoplazma kam miofibrilla ko`p. 2. Qaysi mineral tuzlar Yurak urishini tezlashtiradi? a) kalsiy tuzlari. b) natriy tuzlari. v) kaliy tuzlari. g) kaliy va natriy tuzlari. 3. CHap bo`lmacha bilan chap qorincha o`rtasida necha tavaqali klapn bor? a) II tavaqali. b) yarim oysimon. v) III tavaqali. g) II-III tavaqli. 4. Bo`lmachalarning qisqarish ritmini tartibga solib turuvchi tugun? a) Kis –Flek tuguni. b) Ashshof –Tovar tuguni. v) Gis tutami. g) Genli tuguni. 5. Yurakni qaysi arteriya qon bilan taminlaydi? a) toj arteriya. b) uyqu arteriya. v) o`ng va chap arteriya. g) chap arteriya. 6.Qaysi mineral tuzlar Yurak urishini tezlashtiradi? a) kalsiy tuzlari b) natriy tuzlari v) kaliy tuzlari g) kaliy va natiy tuzlari 131 7. Chap bo`lmacha bilan chap qorincha o`rtasida nechta tabaqali klapan bor? a) II tabaqali b) yarim oysimon v) uch tabaqali g) ikki-uch tabaqali. 8. Yurak qanday o`tkazuvchi yo`llarini bilasiz? a) kiss-flek tuguni va ashshof tovar tuguni b) kiss-flek tuguni va genli tuguni v) pukrin tolasi va ashshof tovar tuguni g) pukrin tolasi va kiss-flek tuguni Qon tomir tizimi. 1.Yonbosh arteriyalari qaysi aorta tarmoqlari hisoblanadi? a) pastka to’shuvchi aorta. b) Yuqoriga ko`tariluvchi aorta. v) aorta ravog’`i. g) ko`ngdalang aorta. 2. Arteriyalar tarmoqlanib qayerda to`r hosil qiladi? a) tirsakda. b) bilakda. v) yelkada. g) panjada. 3. Venoz qon qayerda arterial qonga aylanadi? a) kapilyar qon tomirida. b) katta qon aylanish doirasida. v) o`pka venalarida. g) o`pkaga boradigan bronхial arteriya qon tomirlarida. 4. Limfani qon aylanishdan farqi? a) a`zo va to`qimalardan boshlanadi. b) a`zo va to`qimalarga keladi. v) qon tomirlardan boshlanadi. g) qon tomirlariga keladi. 5. Limfa suyuqligi nimadan hosil bo`ladi? a) to`qima suyuqligida. b) qondan. v) sitoplazmadan. g) shirali vakuoladan. MAVZU: 9. NERV SISTEMASI VA UNING AHAMIYATI. NERV SISTEMASINING STRUKTURA BIRLIGI NEYRONNING TUZILISHI, TURLARI VA AHAMIYATI. Ma’ruza rejasi: 1. Nerv hujayrasi va tolasining tuzilishi. 2. Miyaning oq va kulrang moddalari. 3. Nerv sistemasi markaziy va periferik bo’limlari tavsifi. 4. Orqa miyaning rivojlanishi. Orqa miya ildizlari. 5. Orqa miya nervlarining tarqalishi va chiqish joylari. 6. Orqa miya nervlari shoxlari va bo’linish joylari. 7. Bosh miya bo’limlari: uzunchoq miya, Voroliev ko’prigi, miyacha, o’rta miya, oraliq miya, ularning morfologiyasi, ahamiyati va tavsifi. 8. To’rt tepalik haqida tushuncha. 9. Bosh miya yarim sharlarining mirkoskopik tuzilishi. 10. Limbik sistema. Retikulyar formatsiya. 11. Bosh miyaning kishi yoshiga binoan shakllanishi. 12. Bosh miya nervlari, ularning soni, kelib chiqishi, tolalarning tarkibi va tarqalishi 132 13. Vegetativ nerv sistemasining simpatik bo’limi, chegara stvoli, simpatik tugunlari, va nervlari. Tayanch iboralar: neyron, nerv tolasi, oq modda, kulrang modda, markaziy nerv sistemasi, periferik nerv sistemasi, nerv sistemasi embriogenezi, neyron, neyrogliya, oq modda, kulrang modda, o’tkazuvchi yo’llar, orqa miya markazlari, refleks, reflektor yoyi, uzunchoq miya, o’rta miya, oraliq miya, miyacha, gipotalamus, katta yarim sharlar po’stolog’i, targ’il tana, refleks, somatik nerv tizimi, vegetativ nerv tizimi, simpatik bo’lim, parasimpatik bo’lim, preganglionar va postganglionar tolalar, nerv tugunlari. Nerv tizimi tirik tanadagi barcha tizimlar, a’zolar, to’qimalar va hujayralar faoliyatlarini bir butun organizmning o’zgaruvchan extiyojlariga mos ravishda boshqarib turadi. Organizmning extiyojlari esa ichki muhitning, tashqi muhitning va hayot faoliyatining uzluksiz o’zgarishlari bilan o’zviy bog’liqdir. Nerv tizimi deganda nihoyatda murakkab yo’llar bilan o’zaro bog’langan behisob nerv hujayralari (neyronlar), ularning o’simtalari tutamlaridan tashkil topgan nerv tolalari va o’simtalari uchidagi sezuvchi yoki qo’zg’atuvchi nerv oxirlari majmuasi tushuniladi. Nerv tizimi ikki xil to’qimadan tashkil topgan: aynan nerv hujayralari - neyronlar va neyrogliya hujayralari. Neyronlar va neyrogliya hujayralarining nihoyatda yirik to’plamlari nerv tizimining markaziy a’zolarini - bosh miya va orqa miyani tashkil qilsalar, periferik nerv tizimini esa neyronlarning katta- kichik to’plamlaridan iborat ko’plab nerv tugunlari hamda ular o’simtalari tutamlaridan iborat nervlar va nerv oxirlari tashkil qiladilar. Ammo nerv tizimini markaziy va periferik nerv tizimlariga bo’lib o’rganish nihoyatda shartli bo’lib, aslida ular anatomik va funktsional jixatdan bir tizimdirlar. Nerv tizimida ta’sirotni sezish, nerv impulsini hosil qilish, uni o’zga nerv hujayralariga yoki ishchi a’zolar hujayralariga uzatish kabi asosiy vazifani neyronlar bajaradilar. Neyrogliya hujayralari esa nerv to’qimasiga hos bo’lgan «xususiy ichki muhit» tarkibining doimiyligini ta’minlash, neyronlarni o’zga to’qimalar hujayralaridan chegaralash, ulardagi modda olmashinuvini ta’minlash, ichki bo’shliqlar yuzasini va nerv tugunlari hamda nervlarning tashqi yuzasini qoplash vazifalarini bajaradilar. Nerv tizimi turli a’zolar faoliyatini boshqarishni ikki asosiy uslub orqali amalga oshiradi: 1. Ishchi a’zolar hujayralariga to’g’rida-to’g’ri nerv impulsi ta’siroti orqali ular faoliyati turli tomonlarini o’zgartirish; 2. Gipotalamik neyrosekretor hujayralar ishlab chiqargan omillar orqali gipofizning turli hujayralari faoliyatiga ta’sir etib, gipofiz gormonlari o’z navbatida periferik endokrin bezlar faoliyatiga, periferik endokrin bezlarning gormonlari esa barcha a’zolar hujayralarining faoliyatiga ta’sir etib, ular faoliyatining turlicha tomonlarini kuchaytirish yoki susaytirish qobiliyatiga ega. 133 Nerv tizimining tuzilishi haqida umumiy ma’lumotlar Nerv tizimining tuzilish birligi neyron - nerv hujayrasidir. Nerv hujayrasi tana va undan chiqqan o’simtalardan tashkil topgan. Neyronlarni o’ziga hos tuzilishga ega bo’lishiga sabablardan biri - bu neyronlarning neyrogliya hujayralari bilan o’zviy bog’langanligi. Neyrogliya hujayralari neyronlarni atrofida uchrab, himoya, chegaralantiruvchi, trofik, tayanch va sekretor funktsiyalarni bajaradi. Neyrogliya hujayralari ikki xilga - mikrogliya va makrogliyaga bo’linadi. Makrogliyani epindimotsitlar, oligodendrotsitlar va astrotsitlar tashkil etadi. Mikrogliya hujayralari mayda o’simtali hujayralardan tashkil topgan. Neyronlar bir biridan o’zini shakli, xajmi, o’simtalarni soni bilan farqlanadi. Hujayra tanasidan chiqqan o’simtalarni soniga qarab, unipolyar yoki bir o’simtali neyronlar, bipolyar - ikki o’simtali, multipolyar - uch va undan ko’p o’simtali neyronlar farqlanadi. Neyronlar o’simtalarining tuzilishi jixatdan ikki xil bo’ladi. Uzun shoxlanmagan o’simtalari neyrit yoki akson deyiladi. Kalta shoxlangan o’simtalar dendritlar deb nomlanadi. Dendritlar tashqi va ichki muhitlardan yoki boshqa neyronlardan ta’sirotni qabul qilib, nerv impulsini neyron tanasiga uzatadi. Dendritlardan farqli neyritlar yoki aksonlar nerv impulsini boshqa neyronlar tanasiga yoki ishchi a’zolarga yetkazadi. SHuni eslatib o’tish kerakki, hamma neyronlar tarkibida akson faqat bittadan bo’ladi. Demak qo’zgalish yoki nerv impulsi faqat bitta yo’nalishda ketadi -dendrit - Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling