M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
neyron tanasi - akson - keyingi neyron yoki ishchi a’zo.
Nerv hujayralarning uzun va kalta o’simtalari maxsus qobiqlar bilan o’ralgan bo’lib, nerv tolalari deyiladi. Tuzilishi jixatdan mielinli va mielinsiz nerv tolalari farqlanadi. Mielinsiz nerv tolalarida neyronning o’simtasi o’qli tsilindr deyiladi. O’qli tsilindr atrofidan oligodendrotsitlar joylashgan. Ularning plazmatik membranalari o’qli tsilindr -neyron o’simtasining membranasi bilan tutashib ketadi va juda tor oraliq bir birini ajratib turadi. Mielinli nerv tolalarda oligodendrotsitlarning yassilashgan o’simtalari o’qli tsilindr atrofida spiralsimon o’ralib, uchlaridan tsitoplazma va yadro siqilib tashqi qavat tsitoplazmasiga chiqadi. Mielin qavati spiral shaklida o’ralgan ikki plazmatik mebranalarning uramasidan iborat bo’lib, o’q tsilindrning atrofida o’ralgan qobig’ining ichki qatlamini hosil qiladi. Tashqi qavatni esa glial hujayraning yadrosi joylashgan tsitoplazmasi hosil qiladi. Demak, o’qli tsilindr atrofida mielinli «fo’tlyar» hosil bo’lib, bunday nerv tolasi mielinli deyiladi. Mielinsiz nervlarda mielinli qobig’i bo’lmaydi. Mielinli kobigni nerv impulslarni o’tkazish tezligi mielinsizga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Mielinli va mielinsiz nerv tolalari glial hujayralarning tashqarisidan bazal membrana bilan qoplangan. Mielinli nerv tolasida ikkita glial hujayrasi chegarasida sirtmoqsimon toraygan qismi bo’lib, uni Ranv’e bo’g’ilmalari deyiladi. Bir nechta nerv tolalarini ustidan biriktiruvchi to’qimali parda bilan qoplangan. Bu parda endonevriy deyiladi. Bir nechta nerv tutamlari ustidan qalin biriktiruvchi to’qimali parda - perinevriy bilan qoplangan, natijada nerv hosil bo’ladi. Nerv tarkibiga kiruvchi nervlarni soniga qarab, nozik, ko’zga ko’rinmas, qalin nerv tutamlar, tutamlar to’plamidan esa nerv stvollari hosil 134 bo’ladi. Masalan, yelkani o’rta nervi tarkibida 19-32 mingta,shu sohada joylashgan tirsak nervida nerv tolalarni soni faqat 13- 18 mingni tashkil etadi. Qovurg’aaro nervlarda oyoqdagi nervlargi qaraganda nerv tolalarni soni ancha yuqori bo’ladi. Har xil sohalardagi muskullar tarkibida nervlarni soni va diametri har xil bo’ladi. Demak har sohada joylashgan nerv va nerv stvollarning tarkibidagi nerv tolalarni soni bir biridan farqlanadi. Nerv tizimida o’simtalari yordamida nerv hujayralari bir-biri bilan tutashib, sinapslarni hosil qiladi. Sinapslar hujayralararo kontaktlar bo’lib, nerv impulsni bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tkazadi. Bir necha xil sinapslar farqlanadi: 1. Akso-somatik sinaps - bir neyronni aksoni ikkinchi neyronning tanasi bilan kontaktda bo’lishi. 2.akso-aksonal sinaps - bir neyronni aksoni ikkichi neyronning aksoni bilan kontakti 3. Akso-dendritik sinaps - bir neyronning aksoni ikinchi neyronning dendriti bilan kontaktni hosil qilishi. 4. Dendro-dendritik sinaps - bir xil o’simtalarni bir biri bilan birikishi. Nerv hujayralarning bunday tuzilishi va birikishi neyronlarni zanjir kabi bir biri bilan tutashib ketishini va turli ta’sirotalarni va qo’zgalishni o’tkazishini ta’minlaydi. Qo’zgalish bir neyron o’simta uchidan ikkinchi neyron o’simtasining uchiga maxsus biologik aktiv moddalar yordamida o’tkazilsa, kimyoviy o’tkazish usuli hisoblanadi. Uzatishni ta’minlovchi kimyoviy moddalar esa neyromediatorlar deyiladi. Noradrenalin, atsetilxolin, serotonin, dofamin kabi kimyoviy moddalar neyromediator vazifasini bajaradi. Bajaradagan funktsiyasi jixatdan neyronlar uch guruxga afferent, efferent va assotsiativ neyronlarga bo’linadi. 1. Sezuvchi yoki afferent neyronlar, tanalari markaziy nerv tizimidan tashqarida joylashadi. Ko’pincha bunday neyronlar tuzilishi jixatdan bipolyar yoki yolg’onunipolyar tiplarga kirib, tanasidan chiqqan bitta o’simtasi chetga chiqib, uchida retseptor hosil qiladi. Ikkinchi o’simtasi markaziy nerv tizimiga yo’naladi (bosh miyaga). Retseptorlar qabul qilingan ta’sirotni nerv impulsiga aylantiradi. Joylashuviga ko’ra quyidagi retseptorlar ajratiladi: a) Eksteroretseptorlar - qo’zgalishni tashqi muhitdan qabul qilib, terida, shilliq pardalarda va sezgi a’zolarda joylashgan. b) Interoretseptorlar - qo’zgalishni asosan ichki muhit to’qimalarning kimyoviy tarkibi o’zgarganda, to’qima va a’zolarda bosimi o’zgarganda qabul qiladi. v) Proprioretseptorlar - tananing xususiy to’qimalarida uchraydi, muskullarda, paylarda, fastsiyalarda, suyaklarda va bo’g’im kapsulasidan qo’zgalishni qabul qiladi. 2. Efferent yoki harakatlantiruvchi neyronlar - tanalari markaziy nerv tizimida yoki simpatik va parasimpatik nerv tugunlarida joylashgan. Harakatlantiruvchi neyronlarning aksonlari qo’zgalishni ishchi a’zolarga - muskullar yoki bezlarga yetkazadi. ishchi a’zolar ikki guruxga bo’linadi: a) ko’ndalang-targil muskul to’qimasi, b) vegetativ a’zolar - silliq muskul to’qima va bezlar. harakatlantiruvchi nerv o’simtalari muskullar yuzasida nerv oxirlarini hosil qiladi va ko’ndalang -targil muskul to’qimasida akso-muskul sinapslarni hosil qiladi. ` 3. Assotsiativ yoki qo’shimcha neyron bir biri bilan afferent neyronni efferent neyron bilan tutashtiradi yoki nerv impulsini sezuvchi-afferent 135 neyrondan harakatlantiruvchi-efferent neyronga o’tkazadi. Assotsiativ- qo’shimcha neyronlarning tanalari markaziy nerv sohasida yetadi Bosh miya sopidan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Bosh miya nervlarini o’rganishda har bir nerv juftini rakamini, nervining funktsiyasi,joylashuvini va nerv tolalari bilan ta’minlanadigan sohalarni bilish kerak. Sezuvchi nervlarni doim markazga tomon intiluvchi yo’nalishda, harakatlantiruvchi va aralashgan nervlarni esa markazdan kochuvchi yo’nalishda ko’rib o’rganish lozim. Bosh miyadan 12 juft nerv chiqadi: I- xid bilish nervi, II- ko’rish nervi, III - ko’z soqqasini harakatlantiruvchi nerv, IY- g’altaqsimon nerv, Y- uchlamchi nerv, YI- uzoqlashtiruvchi nerv, YII- yuz nervi, YIII- daxliz-chig’anoq nervi, IX- til-yutqin nervi, X- adashgan nerv, XI - qo’shimcha nerv, XII - til osti nervi. Yuqoridagi nervlar bosh miyaning turli bo’limlari bilan bog’langan bo’ladi: I - xid bilish nervi - katta miya yarim sharlarining xid bilish markazi bilan bog’liq, II- ko’rish nervi oraliq miyaning ko’rish bo’rtig’i bilan bog’langan, III- IY- ko’z soqqasini harakatlantiruvchi nerv va g’altaqsimon nervi o’rta miyabilan bog’liq. Y, YI, YII, YIII juft nervlari - uchlamchi, uzoqlashtiruvchi, yo’z va daxliz- chig’anoq nervlarining chiqish joyi - ortki miyaning Varoliy ko’prigi va rombsimon o’yiqning tubi hisoblanadi, IX, X, XI, XII - til-yutqin, adashgan, qo’shimcha va til-osti nervlari uzunchoq miyadan boshlanadi, bo’yinturuq teshigidan chiqib, nerv tolalariga ajaralib ketadilar. Bajaradigan funktsiyasi jixatdan I, II, YIII juftlar sezuvchi nervlar, III, IY,YI, XI, XII - faqat harakatlantiruvchi nervlari hisoblanadi, uchinchi xili - Y, YII,IX ,X juftlari aralash nervlar bo’lib, ularning tarkibida ham sezuvchi, ham harakatlantiruvchi nervlardir. Kalla suyagi asosida miya nervlarini kirish va chiqish joylarini ko’rsata bilish kerak: I juft - xid bilish nervi burunning shilliq pardasining xid bilish sohasida xidlov retseptor hujayralarining o’simtalaridan tashkil topgan. Bu o’simtalar 15-20 ga qadar ipga o’xshash oq tolalar to’plami bo’lib, xid bilish nervi hisoblanadi. Ipchalar holdagi xidlov nervi g’alvirsimon suyakning g’alvir plastinka teshiklari orqali kalla suyagi bo’shligiga kirib, oldingi miyaning xid bilish piyozchasida tugallanadi. Xid bilish nervi turli xid ta’sirotlarini burun bo’shligidan miyaga yetkazadi.. II juft - Ko’ruv nervi ko’zning to’r pardasidagi ganglioz hujayralarining o’simtalaridan hosil bo’ladi. Xidlov nervidan farqli nerv ipchalardan tashkil topmay bitta yaxlit nerv stvolini hosil qiladi.Bu nerv ko’z soqqasining orqa tomonidan ko’ruv teshigidan chiqib, kallani ichiga kiradi. Miya bo’shligida chap va o’ng ko’ruv nervlariga ajraladi. Miya tubida chap va o’ng nervlar tolalarining bir qismi kesishadi va kesishdan keyin ko’ruv yo’llariga davom etadi. III juft - Ko’zni harakatlantiruvchi nerv - uning yadrolari Silviy kanalining tubida yetadi. Miya oyoqchalaridan chiqib, g’ovakaro kavakning yon devoridan o’tadi. Ko’z soqqasiga kirishdan oldin nerv ustki harakatlantiruvchi shoxga va pastki aralash shoxga bo’linadi. Ustki shox ustki qovoqni ko’taruvchi muskullar va ustki to’g’ri muskullarga boradi. Pastki aralash shoxdan vegetativ parasimpatik tolalar kiprik tanasiga boradi va u yerdan kiprik muskul bilan ko’z 136 korachig’ini toraytiruvchi muskullarga boradi. Bundan tashqari pastki shox pastki qiyshiq muskul, pastki va ichki to’g’ri muskullarga boradi. IV juft - G’altak nerv - harakatlantiruvchi va eng ingichka nerv. Miya chodirining orqa tomonidan chiqib, miya oyoqchasini aylanib o’tadi, so’ng g’ovakaro kavakning yon devoridan o’tib, ko’z kosasining yuqorigi yorig’idan ko’z kosasi ichiga kiradi. G’altak nerv ko’z soqqasining usti qiyshiq muskuliga boradi. V - juft - Uchlamchi nerv bosh miya nervlari ichida eng yirigi bo’lib, aralashgan nerv hisoblanadi. Ko’prikdan chiqishda ikkita ildizcha hosil qiladi: katta ildizchasi - sezuvchi, kichik shoxchasi harakatlantiruvchi bo’ladi. Sezuvchi ildizcha yirik uchlamchi tugunni hosil qiladi. Uchlamchi tugun sezuvchi neyronlardan tashkil topib, uning tubida harakatlantiruvchi tugun yotadi. Uchlamchi tugundan uchta nerv chiqadi: ko’z nervi, ustki jag’ nervi, ostki jag’ nervi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling