M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
3.Limfa tomirlarni devori vena tomirlarni devoriga o’xshash 3 pardadan
iborat. Ichki parda endoteliy hujayralaridan, o’rta parda - silliq muskul hujayralardan iborat va tashqi parda -siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Limfa tomirlarning ichki pardasida klapanlar bor. Limfa tomirlardagi klapanlarning fiziologik ahamiyati xuddi venalarga o’xshash: limfani markazga - yurak tomonga harakatlantirishdan va orqaga kaytib ketishiga yo’l ko’ymaslik mexanizmidan iborat. Qon tomirlardan farqli limfatik tomirlar o’zyo’nalishida albatta bir yoki bir necha marta o’ziladi, chunki limfatik tomir limfa tuguniga darvozasidan kirib, kavarik tomonidan chiqib ketadi va yo’l yo’lakay tugunlardan o’tib,turli zararli moddalardan tozalanadi. Limfa tomirlari yuza va chuqur joylashishi mumkin. Fastsiyalar va teri osti yog’ kletchatkasidan tashqarida yuza limfa tomirlari yetadi. Ichki a’zolarda, muskullarda qon tomirlarni chuqur limfa tomirlari kuzatadi. Limfa tomirlar bir- biri bilan tutashib a’zolarda, teri osti kletchatkasida turlarni hosil qiladi yoki shoxlanib, yana qayta qo’shilib kollateral yo’llarni hosil qiladilar. Bu yo’llar orqali limfa okimini harakati beto’xtov davom etadi. Limfa tugunlari - limfa tomirlari bo’ylab joylashadi va ko’pincha qon tomirlarga yoki venalarga yendoshadi. Rasm № Limfa tugunlar kattaligi 0,5 - 1 sm keladigan yumaloq yoki loviyasimon tuzilmalar bo’lib, bir tomoni odatda botiq bo’ladi. Bu yerda tugun darvozasi joylashadi. Tugun darvozasidan ichiga limfa olib keluvchi tomirlari, arteriyalar va nervlar kiradi, venalar va limfa olib ketuvchi tomirlar chiqib ketadi.. Limfa tugunlarining joylashuviga va limfani okimini yo’nalishiga ko’ra regionar limfa tugunlari farqlanadi. Bunday limfa tugunlar joylashgan sohasiga qarab nomlanadi. Masalan, qo’ltiq osti, bel, o’mrov osti limfa tugunlari yoki yirik tomirni nomi ham berilishi mumkin - yuqorigi ichakto’tkich limfa tuguni. Limfa 122 tugunlarini qaysi a’zoda joylashganiga qarab shu a’zo nomi bilan ham nomlanishi mumkin. Limfatik tugunlarini tuzilishi quyidagicha: tugun tashqi tomondan pishiq fibroz kapsulasi bilan qoplangan. Kapsuladan a’zo ichiga yupqa biriktiruvchi to’qimali to’siqlar - septalar kiradi. Tugunning ko’ndalang kesmasida kapsula ostida po’st modda va markazda joylashgan mag’iz modda tafovut etiladi. Ikkala modda ostida retikulyar to’qima joylashgan.Demak limfa tuguni tarkibida stroma va parenximasi tafovut etiladi. Tugun stromasini kapsula , to’siqlar va a’zo asosini tashkil etgan retikulyar to’qima hosil qiladi. Tugun parenximasini po’st va mag’iz modda tashkil qiladi. Po’st modda limfoid follikulalardan iborat. Mag’iz modda esa uzun tasmalardan iborat Limfoid follikulalarda har xil yetilish darajasiga yetgan limfotsitlarni uchratish mumkin. Mag’iz moddadagi tasmalarda ham limfotsitlar uchraydi, lekin ularni miqdori follikulalarga qaraganda kamroq bo’ladi. Limfoid follikulalarda va tasmalarda limfotsitlar yetiladi. Retikulyar to’qima har-xil yo’nalishda joylashgan retikulin tolalardan va retikulyar hujayralardan iborat. Retikulyar to’qima qovo’zloklari orasida limfotsitlar uchraydi.. Limfa tugunlaridan o’tadigan limfa retikulyar hujayralarni faoliyati tufayli yot zarrachalardan va organizmga to’shib qolgan mikroorganizmlardan tozalanadi hamda hujayra elementlariga boyidi, ayniqsa limfotsitlarga tuyinadi. Tugunlar limfa tomirlari yo’lida joylashgani uchun ular nafaqat qon yaratuvchi a’zo bo’lib qolmasdan, kuchli himoya bar’eri ham hisoblanadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling