M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
kanalchalari chiqib, moyak ortigiga kiradi. Moyak ortigi konus shaklida burilib,
ortig yo’lini hosil qiladi. Ortig yo’lining davomi urug chiqarish yo’li deb ataladi va uzunligi 40-45 sm. ga teng. Urug chiqarish yo’liga tos bo’shligida urug pufakchalari ochiladi. Urug pufakchalari ishkoriy sekret ishlab chiqarib, spermatozoidlarni harakatchangligini oshiradi. Urug chiqarish yo’li prostata bezidan o’tadi. Rasm № Prostata bezi siydik chiqarish kanalining boshlangich qismida, qovukning tagida turadi. Prostata bu bez- muskulli a’zo bo’lib, spermatozoidlarni aktivlovchi moddalar ishlab chiqaradi. Tashqi tanosil a’zolarga erkak olati va yorgok kiradi. Moyaklarning generativ funktsiyasi. Spermatogenez Moyakning faqat egri-bugri kanalchalar devorida spermatogenez jarayoni ro’y beradi va natijada erkak jinsiy hujayralar - spermatozoidlar yetiladi. Qolgan davom etuvchi kanalchalar urugni olib ketuvchi yo’llar hisoblanadi. SHu sababli qisqacha spermatogenez jarayonini o’tish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Spermatogenez - bu erkak jinsiy hujayralarining (spermatozoidlarning) yetilishi, hayvon organizmlarda urugdonlarda, odamda – moyakda o’tadi. Spermatogenez jarayoni moyakning urug kanalllarida ro’y beradi. Urug kanalchalari egri-bugri naychalardan iborat bo’lib, bularning devorining har bir qatlamida (zonasida) erkak jinsiy hujayralarni turli yetilish davrida ko’rish mumkin. Spermatogenez 4 davrdan iborat: 1. Ko’payish davri 2. O’sish davri 3. Yetilish davri 4. SHakllanish davri 1. Ko’payish davri - egri-bugri kanalchalarning ichki yuzasi spermatogen epiteliy bilan qoplangan. Spermatogen epiteliy hujayralari bazal membrana ustida joylashgan bo’lib, orasida yordam chi hujayralar uchraydi. Spermatogen epiteliyning eng tashqi qavatida bevosita bazal membrana ustida 107 spermatogoniyalar joylashgan. Bular - juda kichik, birlamchi diploid hujayralar bo’lib, intensiv ravishda mitotik yo’l bilan tez-tez ko’payadilar. 2. O’sish davrida ko’payish davri natijasida hosil bo’lgan hujayralar o’sadi, tsitoplazma xajmi ortadi, yadro kattalashadi, DNK sintezlanadi va natijada ko’payishdan to’xtagan spermatogoniyalardan birinchi tartibli spermatotsitlar yetiladi. 3.Etilish davri meyoz bo’linishdan iborat. Meyoz ikkita ketma-ket mitotik bo’linishdan tashkil topgan bo’lib, birinchi va ikkinchi mitozlar orasida interfaza davri bo’lmaydi. Birinchi tartibli spermatotsitlar birinchi mitotik bo’linishidan so’ng ikkinchi tartibli spermatotsitlarga aylanadi. Ikkinchi mitotik bo’linishidan so’ng ikkinchi tartibli spermatotsitlardan gaploidli spermatidalar hosil bo’ladi. 4.SHakllanish davri spermatidalar yadrosida xech qanday o’zgarishlar ro’y bermaydi, hujayrada faqat morfologik o’zgarishlar kuzatiladi. Spermatidalarda bosh, bo’yin va dum qismlari shakllanadi va natijada yetilgan spermatozoidlar hosil bo’ladi. Moyaklarning endokrin funktsiyasi Erkak jinsiy bezlari - moyaklar ishlab chiqargan gormonlari qonga o’tadi. Moyakda endokrin funktsiyani interstitsial hujayralari yoki Leydig hujayralari bajaradi. Bu yirik hujayralar tuda-tuda bo’lib qon tomirlar atrofida, urug kanalchalar orasida joylashgan. Bu hujayralar erkak jinsiy gormoni - testosteronni ishlab chiqaradilar. Testosteron erkaklar organizmiga hos bo’lgan ikkilamchi jinsiy belgilarni hosil bo’lishini ta’minlash bilan bir qatorda, prostata hujayralariga, urug pufakchalarga, buyraklar, teri hujayralarga ham ta’sir ko’rsatadi, ularning o’sishini, funktsional faolligini oshiradi, oqsillar sintezini hujayrallarda jadallashtiradi, to’qimalar o’sishini tezlashtiradi. Gormonni muhim vazifalalaridan biri - bu spermatogenez jarayoniga ta’sir etishi: qonda gormonning miqdori past kontsentratsiyada bo’lsa spermatogenez jarayoni aktivlashadi, aksincha miqdori oshib ketsa spermatogenez sustlashadi. Ayollarning jinsiy a’zolari Ayollarning ichki jinsiy organlariga tuxumdonlar, bachadon naylari, bachadon, kin va tashqi jinsiy a’zolari kiradi. Ayollarning jinsiy a’zolari yaxlit murdada va alohida ajratilgan organlar kompleksida o’rganiladi. Kichik tosning shakliga, joylashishiga , tuxumdonlarning qorin pardaga, bachadonga va bachadon naylariga nisbatan joylashishiga alohida ahamiyat beriladi. So’ng bachadon shakliga, siydik pufagi va to’g’ri ichakka nisbatan joylashish xususiyatlariga e’tibor beriladi. Bachadonning keng boylami bilan xususiy boylamlar ham ko’rsatiladi. TUXUMDON - generativ, ham gormonal funktsiyani bajaradi. Generativ funktsiyasi tuxum hujayralar ishlab chiqarishdan iborat Endokrin funktsiyasi esa progosteron va estradiol (follikulin) gormonlarni ishlab chiqarishdan. Tuxumdonlar - juft bez bo’lib, ellipsimon shaklga ega, kichik tos ichida joylashgan va bachadonning keng boylami vositasida bachadonga tortilgan. Tuxumdon po’st va mag’iz moddadan iborat. Mag’iz moddasi markazda joylashgan bo’lib, biriktiruvchi to’qima va orasiga kirgan qon tomirlar va 108 nervlardan iborat. Po’st moddasi chetdan joylashib, birlamchi, yetiluvchi va atretik - involyo’tsiyaga uchragan follikulalar, chandiklar va sariq tanalardan iborat. Har bitta follikul pufakcha bo’lib, ichida tuxum hujayrasi yetiladi. Follikul ichidagi tuxum hujayra yetilgandan so’ng, follikul devori yoriladi. Yetilgan tuxum hujayrasi avval qorin bo’shligiga keyin bachadon yo’liga tushadi. Odatda 28 kunda bitta folikul yetiladi. Follikul o’rnida sariq tana rivojlanadi. Sariq tana takomilida turt bosqich farq qilinadi: a) proliferatsiya va Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling